3
KIRISH
Respublikamizda istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ijtimoiy fanlar sohasi
olimlari oldida xalqimiz tarixini, shuningdek boshqa xalqlar tarixini haqqoniy va
to'laqonli o'rganish masalasi dolzarb vazifa etib qo’yildi. Bu haqda O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning avgustida nashrdan
chiqqan ―O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖ nomli kitobida,
respublikamizning yetakchi tarixchi olimlari bilan o'tkazgan uchrashuvida va
boshqa mazkur soha bilan bog'liq yig'ilishlarda bir necha marta ta'kidlab o'tgan
1
.
Shuningdek, bu vazifalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarorlarida ham o'z aksini topgan
2
.
O'zbekiston hududida yuzaga kelgan qadimgi Baqtriya (mil.av. VII asr),
Xorazm (mil. av. VII asr), So’g’d (mil.av. VII asr), Kushon (mil.av. I asr), Turk
xoqonligi (VI asr), Amir Temur saltanati (XIV asr oxiri - XV asr boshlari) kabi
davlatlar tariximizda alohida o'rin tutadi. Ularda o'ziga xos davlat boshqaruv
asoslari yaratilgan bo'lib, o'z davrida davlat, xalq va jamiyatning tinchligi,
taraqqiyoti hamda farovonligini ta’minlashga xizmat qilgan.
O’zbekiston tuprog’ida mil. avv. II ming yillikka oid madaniyat bir xilda
taraqqiy topgan emas. Bu bosqichda Surxondaryo, Zarafshon va Qashqadaryo
vohalari va Xorazmdan iborat uchta o’lkada eng qadimgi madaniyat izlari topilgan.
Har qaysi o’lkaning madaniy taraqqiyotida o’ziga xos xususiyatlar bo’lgan. Bu
madaniyatlar dehqonchilik, uy chorvachiligi va chorvachilik-dehqonchilik bilan
shug’ullangan qabilalarga mansub bo’lishgan. Ular bir-biridan ajralgan holda
taraqqiy etgan emas, qabilalar o’rtasida keng madaniy aloqalar o’rnatilgan edi.
1
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillakka erishish ostonasida. – T., ―O’zbekiston‖, 2011; Karimov I.A. Tarixiy
xotirasiz kelajak yo'q // Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. –T., O'zbekiston, 1999. 7 j. –B. 128-132;
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – T., 2008; Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning chora va tadbirlari. – T., 2009; Karimov I.A. Mamlakatimizni
modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir // O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasi. – T., 2010; Karimov I.A. Asosiy
vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir // 2009 yilning asosiy yakunlari
va 2010 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. – T., 2010.
2
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ―O'zbekistonning Yangi tarixini tayyorlash va nashr
etish‖ // G. Xalq so'zi. 17 dekabr 1996 yil; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ―O'zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to'g'risida‖ // G. Xalq so'zi. 27 iyun
1998 yil.
4
Mavzuning dolzarbligi sifatida jahon tamadduni tizimiga Zarafshon va
Qashqadaryo oralig'idagi hududda yashagan qadimiy aholining o'ziga xos
madaniyatni yaratganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlarni to’plash,
o'rganish, ularni tizimga solish va tahlil qilish asos qilib olindi.
O’rta Osiyo sivilizatsiyasida umumso’g’d madaniyatining tutgan o’rni va
rolini ochib berish maqsad qilib olindi.
- O'rta Osiyoda ilk shaharsozlik va davlatchilik madaniyatining ildizlarini
yozma va arxeologik manbalar asosida tahlil qilish;
- Qadimgi yozma manbalarda So'g'd haqidagi ma'lumotlarning aks etishini
manbalar asosida tahlil qilish;
- Qadimgi So'g'd hududida olib borilgan arxeologik izlanishlarni tahlil
qilish;
- Markaziy So'g'd (Samarqand) madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini
tahlil qilish;
- Janubiy va G'arbiy So'g'dda madaniyat taraqqiyotini manbalar asosida
tahlil qilish.
- O'rta Osiyoda ilk shaharsozlik va davlatchilik madaniyatining ildizlari
yozma va arxeologik manbalar asosida tahlil qilindi;
- Qadimgi yozma manbalarda So'g'd haqidagi ma'lumotlarning aks etishi
manbalar asosida tahlil qilindi;
- Qadimgi So'g'd hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar tahlil qilindi;
- Markaziy So'g'd (Samarqand) madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari
tahlil qilindi;
- Janubiy va G'arbiy So'g'dda madaniyat taraqqiyoti manbalar asosida tahlil
qilindi.
Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot qismi va xulosa qismida keltilirgan
ma'lumotlardan umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar, o'rta maxsus
kasb-hunar kollejlarida tarix fani darslarida, o'lka tarixini o'rganishda,
universitetlardagi tarix fakultetlarida maxsus kurs ma'ruzalarini tayyorlashda
foydalanish mumkin.
5
Qadimgi So’g’d hududidagi yodgorliklarda olib borilgan arxeologik
izlanishlar natijalariga asoslanib moddiy madaniyatning rivojlanganligini va
umumso’g’d sivilizatsiyasining yaratilganligini qator olimlarning izlanishlarida
ko’rish mumkin.
Bugungi kunda ham So’g’d hududidagi yodgorliklardan topilayotgan
moddiy ashyolarni ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan betakror va noyob
madaniyat namunalari sifatida o'rganish va tadqiq etish davom etmoqda.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar
ro'yxati va ilovadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: