O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 17- dekabrdagi 406-son buyrug‘iga


Lingvistik kompetensiya fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyat)



Download 82,04 Kb.
bet6/7
Sana13.06.2022
Hajmi82,04 Kb.
#664747
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
406 3 11 янги ДТС буйругига илова

Lingvistik kompetensiya fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyat) :

A1
o‘zbek tilining nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi va husnixat talablari asosida yoza
oladi;
fikrni bayon qilish uchun zarur bo‘lgan sodda grammatik vositalarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
sodda gaplar tuza oladi.
A1+
inkor, tasdiq va buyruqni ifodalovchi vositalarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay
oladi;
sodda matn tuza oladi.
A2
o‘zbek tilidagi mustaqil so‘zlar, ularning yasalishi va morfologik shakllarini nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
gaplarni ma’noli bo‘laklarga ajrata oladi; gaplarda tinish belgilarni to‘g‘ri qo‘llay oladi; grammatik atamalarni nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
yasama (sodda, qo‘shma, juft) so‘zlar va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
so‘zlarning yozilishi, grammatik vositalarning so‘zlarga qo‘shilishi bilan bog‘liq imlo qoidalarini biladi va ularni nutqda qo‘llay oladi.
A2+
kasb-hunarga oid leksikani og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi vositalarni nutqda qo‘llay
oladi;
sodda gaplar tarkibida uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay
oladi.
B1
kasb-hunarga oid lug‘at minimumi, o‘zbek tilining milliy-madaniy leksikasini nutqda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
murakkablashgan sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi vositalarni
biladi;
o‘zbek tilining so‘zlashuv, badiiy, ommabop, rasmiy nutq uslublarini biladi;
ma’muriy ish qog‘ozlari, mutaxassislikka oid ichki hujjatlar, hisobotlarni to‘g‘ri yoza oladi.
B1+
Mutaxassislik sohasidagi matnlar va suhbatlar mazmunini, atamalar ma’nosini tushuna
oladi;
murakkablashgan sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi vositalarni farqlay oladi;
mutaxassislikka oid mavzularda ma’ruzalar qila oladi; bitiruv malakaviy ishi va uning qisqa mazmunini yoza oladi.

  1. §. Rus tili fani

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili fanini o‘rganish bosqichlari (ta’lim rus tilidan boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalari uchun)

Bitiruvchilar

Standart
darajasi

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4- sinf bitiruvchilari

A1

Rus tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rus tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari

A1+

Rus tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2

Rus tili fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rus tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9 sinf bitiruvchilari

A2+

Rus tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11 -sinf bitiruvchilari

B1

Rus tili fanini o‘rganishning umumiy darajasi



Rus tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili fanini o‘qitishning maqsadi:
o‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda rus tilida mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, rus tilida eshitilgan axborotni idrok etish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish;
adabiyotning eng sara namunalari, jahon va milliy madaniyatga hissa qo‘shgan buyuk allomalar ijodiy merosini o‘rganish orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish malakasini rivojlantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rus tili fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: o‘quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun rus tili fani bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;
o‘quvchilarning rus tilida og‘zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;
o‘quvchilarning bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llash kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Rus tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka
talablari

  1. Nutqiy kompetensiya A1

sodda yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi;
savol va ta’kidlovlarni, tanish matndagi autentik nutqni tushuna oladi;
sodda savollar tuza oladi va ularga javob bera oladi;
yashash joyi, oilasi, do‘stlari va tanishlari haqida ma’lumot bera oladi;
o‘zini tanishtira oladi, yoqtirgan va yoqtirmagan narsalari haqida so‘zlab bera oladi;
tanish mavzularda qisqa xabar bera oladi;
bir daqiqada 30 — 35 ta so‘zni ovoz chiqarib to‘g‘ri o‘qiy oladi;
shaxsiy sodda xabarlarni yoza oladi;
shaxsiy ma’lumotlar (ismi va otasining ismi, yashash manzili va hokazo) bilan sodda so‘rovnomani to‘ldira oladi;
she’r va hikoyalar, qo‘shiqlarni, tanish matndagi autentik nutqni tushuna oladi.
A1+
xalq og‘zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti namunalaridan olingan hikoya, she’rlarni va ulardan berilgan parchalarni o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlab bera oladi.
A2
o‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga bog‘liq bo‘lgan gap va iboralarni tushuna oladi; kerakli ma’lumotni tegishli manbalardan topa oladi;
ommaviy axborot vositalarida chop etilgan qisqa xabar va kichik maqolalarni, rasmiy xatlarning asosiy turlarini, texnik qurilmalar, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va hokazolardan foydalanish yuzasidan berilgan yo‘riqnomalarni tushuna oladi;
sodda iboralar orqali narsa-buyumlar va o‘ziga tegishli narsalarni qiyoslay oladi; kommunikativ vaziyatlarda o‘zaro suhbatga kirisha oladi; sodda iboralar yordamida odamlar, joylar va buyumlarni tasvirlay oladi; kundalik turmushini, tarjimai holini yoza oladi.
A2+
kundalik mavzulardagi muhim ma’lumotlarni tushuna oladi; turli ommaviy vaziyatlarda muloqotga kirisha oladi;
oldindan rejalashtirilgan tanish mavzular yuzasidan qisqa muloqotga kirisha oladi; tadbir, voqea-hodisa haqida qisqa ma’lumotlar bera oladi;
rejalar, tadbirlar, odatlar, maqsadlarni ifodalay oladi;
faktlarga asoslangan matnlarda, masalan, broshyuralar, reklamalar, gazeta e’lonlaridan, veb- saytlardan kerakli ma’lumotlarni topa oladi;
ba’zi notanish so‘zlarning ma’nosini matnga qarab aniqlay oladi; og‘zaki xabar yoza oladi.
B1
ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarni tushuna oladi; kasbiy sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni tushuna oladi;
asosiy rasmiy ish qog‘ozlarining turlarini biladi va ular haqida qisqacha axborot bera oladi. B1+
qisqa hajmli matnlarni rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qila oladi;
kundalik hayotiy faoliyatda va shaxsiy ehtiyojiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va veb-saytlardan topa oladi;
kasbiy sohasi bo‘yicha qisqacha taqdimot tayyorlashni biladi.

  1. Lingvistik kompetensiya A1

rus tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz qila oladi;
muloqot vaziyatlarida mantiqiy urg‘u, intonatsiya modellarini farqlaydi, oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan to‘g‘ri foydalana oladi;
voqea va hodisalarni tasvirlashda, hikoyalarni bayon qilishda gaplarni to‘g‘ri ketma-ketlikda bog‘lay oladi;
kommunikativ vaziyatlarda lug‘atlardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalana oladi; baynalmilal so‘zlar va boshqa tildan olingan o‘zlashtirma so‘zlarni tushuna oladi va o‘z o‘rnida ishlata oladi.
A1+
kommunikativ vaziyatlarda oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan foydalana
oladi;
fe’l shakllari va o‘rganilgan sodda payt ravishlaridan foydalanib, gaplarni to‘g‘ri bog‘lay oladi, hikoyalar hamda voqealarni bayon qila oladi.
A2
so‘z yasashning turli usullarini farqlay oladi;
sodda bog‘lovchilar yordamida so‘z birikmalari va qo‘shma gaplarni bog‘lay oladi; fe’l shakllari va sodda payt ravishlaridan foydalanib, gaplarni to‘g‘ri bog‘lay oladi, hikoyalar hamda voqealarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ta’riflay oladi.
A2+
kommunikativ vaziyatlarda asosiy grammatik tuzilmalarni to‘g‘ri qo‘llay oladi.
B1
so‘z tanlash tamoyillari va so‘z qo‘llash me’yorlarini biladi; kasb sohasiga oid so‘z, so‘z birikmalaridan o‘rinli foydalanib, hikoya qila oladi; badiiy, publitsistik, ilmiy va rasmiy uslublarning asosiy xususiyatlarini biladi va matnda ularni ma’nolaridan aniqlay oladi.
B1+
turli nutqiy vaziyatlarda erkin muloqotga kirisha oladi;
o‘qilgan va tinglangan matn, ko‘rilgan rasm, tasvir asosida kichik hikoya tuzadi va bayon yoza oladi.

  1. §. Tarix fani

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari

Bitiruvchilar

Standart
darajasi

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf bitiruvchilari

A1

Tarix fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi




Tarix fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 5-sinf bitiruvchilari

A1+

Tarix fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 9-sinf bitiruvchilari

A2

Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi (eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha)

Tarix fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari

A2+

Tarix fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

B1

Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.

Tarix fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari

B1+

Tarix fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi.



Tarix fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Tarix fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka
talablari

  1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi

A1
tarixda yil hisobini biladi;
tarixga oid muhim fakt, voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
o‘z fikr va qarashlarini bayon etishda tarixiy bilimlaridan foydalana oladi.
A1+
tarixiy jarayonlarni ko‘rgazmali tushuntira oladi.
A2
tarixda davr va yil hisobini biladi;
tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;
O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan XX asr boshlariga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
o‘zbek xalqining shakllanish bosqichlarini tushuntirib bera oladi;
o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;
davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;
o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon sivilizatsiyasiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi;
mamlakatimizdagi tarixiy-me’moriy obidalar hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi.
B1
tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;
O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;
o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi; davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi; mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;
jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi haqida ma’lumotlarni tushuntira oladi; tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi.
B1+
O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;
voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtai nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi;
davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;
tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.

  1. Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi A1

tarixiy illyustratsiyalar asosida hikoyalar tuza oladi;
fikrini tarixiy xaritalar va qo‘shimcha materiallar (videofilm, slaydlar) yordamida tushuntira
oladi.
A2
eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi; qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;
tarixiy-badiiy asarlar, OAVlarida berilayotgan ma’lumotlarga tarixiy bilimlari asosida munosabat bildira oladi.
B1
XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;
tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;
tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.
B1+
tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;
mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;
o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.
6-§. Davlat va huquq asoslari fani Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida davlat va huquq asoslari fanini o‘rganish bosqichlari

Bitiruvchilar

Standart
darajasi

Daraja nomlanishi

Umumta’lim maktablarining 8-sinf bitiruvchilari

A1

Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2

Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Davlat va huquq asoslari fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2+

Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

Davlat va huquq asoslari fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari

B1

Huquqshunoslik fanini o‘rganishning umumiy darajasi



Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning maqsadi:
davlat va huquq asoslari fani o‘quvchilarga huquqiy bilimlar berish orqali ularda huquqiy ong va huquqiy tafakkurni shakllantirish;
o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish;
o‘quvchilarda tayanch huquqshunoslik faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchilarda konstitutsiyaviy burch, majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish;
o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini belgilangan me’yorlar doirasida tartibga solish va boshqara olishni tarbiyalashdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

  1. Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi A1

Konstitutsiya, davlat, huquq, burch, majburiyat, fuqaro, inson, qonun, axloq, odob kabi huquqiy tushunchalarning mazmunini bila oladi;
huquq va huquqqa zidlik haqida ma’lumot bera oladi; axloq va huquq qoidalarini biladi;
bola huquqlari, voyaga yetmaganlik, mehnat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi kabi tushunchalarning mazmunini bila oladi.
A2
Jamiyat, davlat va huquqning paydo bo‘lishi, huquqbuzarlik va ularning belgilari haqida ma’lumot bera oladi;
inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini biladi;
hokimiyat va uning bo‘linish prinsiplari, belgilari, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va uning asoslarini tushuntira oladi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarga oid huquqlarni va cheklovlarni biladi;
O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarning huquqlarini biladi;
huquq sohalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi;
huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi; kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholab, maqbul qaror qabul qila oladi.
A2+
huquq manbalarini biladi;
voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslarini tushuntira
oladi;
huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib beradi.
B1
jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi;
xalqaro umume’tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi; davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi; tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi; o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi.

  1. Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi A1

axloq va huquq qoidalariga amal qiladi;
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqlarini hurmat qiladi;
huquqiy ko‘nikma hosil qiladi;
huquqiy masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda kichik maishiy bitimlarni tuza oladi.
A2
voyaga yetmaganlarga oid qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya etadi; o‘quvchilarning ongi va tafakkurida inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq, burch va majburiyatlariga rioya qilish refleksi shakllanadi (kundalik faoliyatiga aylanadi); o‘z xatti-harakatlarini huquq talablariga moslashtiradi;
qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila oladi; korrupsiyaga qarshi toqatsizlikni namoyon eta oladi.
A2+
huquqiy qoidalarni bajaradi, huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi;
huquqiy voqea va hodisalarga munosabat bildirishda huquqiy madaniyatini namoyon eta
oladi.
B1
fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;
huquq manbalaridan foydalana oladi;
o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi;
huquqiy voqea va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;
korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;
jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi;
huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.

  1. §. Iqtisodiy bilim asoslari fani

Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv fanini o‘rganish
bosqichlari

Ta’lim
bosqichi

Bitiruvchilar

Standart
darajasi

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A1

Iqtisodiy bilim asoslarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi



Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv fanining maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda iqtisodiy savodxonlikni va iqtisodiy madaniyatni shakllantirish; ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng maqbul yechim topa olish va to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni shakllantirish;
tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

  1. Iqtisodiy savodxonlik kompetensiyasi A1

asosiy iqtisodiy tushunchalarning mazmun va mohiyatini zarur vaziyatlarda bayon qilib bera
oladi;
iqtisodiyotga oid asosiy atamalarni hayotiy va ta’limiy vaziyatlarda o‘z o‘rnida, og‘zaki yoki yozma nutqda qo‘llay oladi;
iqtisodiy hodisa va jarayonlarni shaxs va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan tahlil qila
oladi;
bozor iqtisodiyotining amal qilishi qonuniyatlarini tushuntira oladi;
odatiy va noodatiy hayotiy va ta’limiy vaziyatlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga maqbul yechim topa oladi;
asosiy milliy va xalqaro darajadagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda modellar, diagrammalar, jadvallar, chizmalar, iqtisodiy xaritalar kabi iqtisodiy tahlil vositalaridan o‘rinli foydalana oladi;
iqtisodiy ta’limga oid bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.

  1. Iqtisodiy madaniyatga ega bo‘lish kompetensiyasi A1

o‘z ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarga maqbul ravishda egalik qiladi, ulardan samarali foydalanadi va tasarruf eta oladi;
ijtimoiy ne’matlarga tejamkor va oqilona munosabatda bo‘ladi;
iqtisodiy faoliyati jarayonida ekologiya va atrof muhit muhofazasiga ustuvor munosabatda bo‘ladi;
iste’molchi huquqlari, burchlari va majburiyatlarini biladi va ularga amal qiladi; shaxsiy iqtisodiy manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlikda ro‘yobga chiqarish usul va vositalarini biladi;
mavjud iqtisodiy va ta’limiy vaziyatlarni to‘g‘ri baholay oladi, eng maqbul yechim topa
biladi;
iqtisodiy munosabatlarga amaldagi qonunchilik doirasida kirisha oladi.

  1. §. Matematika fani

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Matematika fanini o‘rganish bosqichlari

Bitiruvchilar

Standart
darajasi

Daraja nomlanishi

Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari

A1

Matematika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Matematika fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari

A1+

Matematika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi




Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2

Matematika fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Matematika fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari

A2+

Matematika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

Umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari

B1

Matematika fanini o‘rganishning umumiy darajasi

Matematika fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari

B1+

Matematika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi



Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Matematika o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
qo‘yiladigan malaka talablari

  1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya A1

berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi; sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi;
tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi; obyektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi; sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi.
A1+
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi;
bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha
oladi;
sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi; elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topadi, foydalana oladi.
A2
natural, butun va ratsional sonlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
foizlar, proporsiyalar va kasrlarga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi; ifodalarning yig‘indisi, ko‘paytmasi, butun ko‘rsatkichli darajalar, sodda radikallar, sodda trigonometrik ifodalarni o‘z ichiga olgan formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblar hamda ayniy almashtirishlarni bajarib, amalda qo‘llay oladi;
sodda ketma-ketliklar (jumladan, arifmetik va geometrik progressiyalar) va funksiyalarni taniy oladi hamda tahlil qila oladi;
tekislikda figuralarning xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan foydalanib masalalarni yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi;
sodda fazoviy jismlarni va ularning tarkibiy qismlarini tasavvur qiladi, sharhlay oladi, sirtlarining yuzalari va hajmlarini tayyor formulalardan foydalanib hisoblay oladi; sodda kombinatorik masalalarni yecha oladi;
amaliy vaziyatlarda hodisalarning ro‘y berish-bermaslik imkoniyatlarini hisoblay oladi va baholay oladi.
A2+
sonlarning bo‘linish munosabatiga, Dirixle va matematik induksiya prinsiplariga, juft-toqlikka oid nostandart masalalarni yecha oladi;
ayniyatlarga, ko‘phadlarga, tenglamalar va tengsizliklarga oid nostandart masalalarni yecha
oladi;
uchburchaklar haqidagi klassik teoremalardan va murakkab bo‘lmagan yassi figuralar xossalaridan foydalanib geometrik masalalarni yecha oladi;
graflarga, to‘plamlar, obyektlarning takrorsiz kombinatsiyalariga oid masalalarni yecha
oladi;
sodda amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan hodisalarning ehtimolliklarini topa oladi, ro‘y berish-bermaslik imkoniyatlari bo‘yicha taqqoslay oladi;
turli manbalardan ma’lumotlarni izlab topadi, dastlabki ishlov bera oladi.
B1
kompleks sonlarni o‘z ichiga olgan sodda sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi; formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblarni va ayniy almashtirishlarni bajara oladi;
o‘rganilgan turlardagi tenglamalar va tengsizliklarni hamda ularning sistemalarini aniq va taqribiy yecha oladi;
turli usullarda berilgan funksiyalarning xossalarini aniqlay oladi, elementar funksiyalar grafiklarini tasvirlay oladi;
murakkab bo‘lmagan vaziyatlarda differensial va integral hisob usullaridan foydalana oladi; o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan foydalanib amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi, sodda geometrik tasdiqlarni isbotlay oladi;
sodda tasodifiy hodisalarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi; mulohazalar va predikatlar hisobi, to‘plamlar nazariyasi, kombinatorikaga oid amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi.
B1+
sonlar nazariyasiga oid masalalarni yecha oladi; nostandart tenglama va tengsizliklarni yecha oladi; sodda funksional va differensial tenglamalarni yecha oladi;
o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni yecha
oladi;
kombinatorikaga oid nostandart masalalarni yecha oladi;
amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan ayrim hodisalar va jarayonlarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi;
sodda amaliy vaziyatlarni graflar yordamida modellashtira oladi.


  1. Download 82,04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish