Geometrik shakllar.
1. Doskada 2 ta doiracha, 3 ta uchburchak va 4 ta to‘rtburchak chiziladi.
- Barcha figuralar nechta?
- Doirachalar nechta?
- Uchburchaklar nechta?
- To‘rtburchaklar-chi?
- Qaysi shakllar ko‘p?
2. “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan” deb boshlanuvchi ertaklarni bilasiz. Shulardan biri- “Bremen mashshoqlarida bir eshak, bir it, bir mushuk, bir xo‘rozning birgalikda kechirgan sarguzashtlari bayon etilgan.
Endi siz shu ertakdagi “bir”, “biri” va hokazo shu kabi so‘zlarni sanab chiqing.
O‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakalarini shu kabi mustaqil ishlar berib tekshirib turish kerak. O‘quvchilarga berilgan mustaqil ishlar ularga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmasligi lozim. 1 sinflarda mustaqil ishlarni tashkil etishning yana bir usuli nazorat yozma ishlaridir. 1 sinflarda nazorat yozma ishlari 1 yilda 20 ta bo‘lib, 4 chorakka taqsimlangan. Har bir nazorat ishi 2 variantdan iborat bo‘ladi. Nazorat yozma ishlari matematikaning hamma bo‘limlariga oid misol va masalalarni o‘z ichiga oladi va o‘quvchilarning mustaqil ishlashdagi bilimlarini tekshirishda o‘qituvchiga yordam beradi.
Quyida nazorat ishlaridan namunalar keltiramiz :
Maqsad : Bolalar tomonidan 10 ichidagi sonlarni raqamlar yordamida yozish ko‘nikmalarining shakllanishini tekshirish.
1-variant.
1.Har bir juft sonlardan kattasining tagiga chizing: 7 va 3; 2 va 5; 6 va 10;
2.Darchalarni son bilan to‘ldiring:
5= +1 9 + =10 4 = 2 +
3. dan kam chizing.
2-variant.
1.Har bir juft sonlardan kichigining tagiga chizing: 3 va 9; 7 va 6; 4 va 8
2.Darchalarni son bilan to‘ldiring.
7 = +1 9 + =10 5 = 2 +
3.Chizilganlarga qaraganda ko‘proq chizing.
I-IV sinflarda darsni tashkil qilish turlaridan birini ko‘rib chiqamiz, u ikkinchi yarim yillik uchun, birinchi sinf o‘quvchilari mustaqil ishlash malakalariga ega bo‘lganlaridan so‘ng tavsiya etiladi.
Darsning bunday tuzilishi ushbu turga mos keladi:
Bir sinfda yangi materialni tu shuntirib, qolgan ikki sinfda o‘rganilgan materialni mustahkamlash.
Bir necha sinflar bir vaqtda shug‘ullanganida o‘quvchilarning mustaqil ishlari alohida o‘rin tutadi. Darsda mustaqil ishlashning mazmuni quyidagicha :
- darsda yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, oldin o‘tilgan materialni darslik yoki boshqa manba bo‘yicha mustaqil takrorlash;
- darsda o‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun mashqlar;
- olingan bilimlarni amaliy qo‘llaniladigan turli xildagi mashqlar.
Mustaqil ishlash usullari bilan o‘quvchilarni o‘qituvchi makatabdagi birinchi darslaridan boshlab tanishtira boshlaydi. Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, kuchsiz o‘quvchilarning materialni yaxshiroq tushunib olishiga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |