O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti


Muammoning  o’rganilish  darajasi



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana03.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#163115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
oliy oquv yurtlarida fizikadan zamonaviy laboratoriya mashgulotlarini tashkil etish metodikasi

Muammoning  o’rganilish  darajasi.  Yuqoridagi  ko’nikmalarni  shakllantirish 

muammosining  alohida  jihatlari  o’rta  va  oliy  maktablar  uchun  umumiy 

hisoblanadi.  Birinchidan,  u  yoki  boshqa  ko’nikmalar  predmetli  faoliyatda 

shakllantiriladi.  Ikkinchidan,  bu  jarayonning  samaradorligi  maktabda  qanday 

bo’lsa,  oliy  o’quv  yurtida  ham  boshqa  ko’nikmalar  (intellektual,  umum  o’quv, 

maxsus,  informatsion)  shakllanganlik  darajasiga  jiddiy  bog’liq.  Uchinchidan, 




 

10 


o’quvchilar  va  talabalarning  eksperimental  ko’nikmalariga  bir  xildagi 

klassifikatsiya qo’llaniladi. Farqli tomoni shundaki, pedagogika oliy o’quv yurtlari 

bitiruvchilarining  eksperimental  informatik  bilimi  va  malakaviy    ko’nikmalari 

umumlashgan  va  psixologik-pedagogik sikldagi  fanlarni  o’rganishdagi egallangan 

bilimlarini  ham  o’z  ichiga  olgan  bo’lishi  lozim.  Respublikamizda  va  bir  qator  

xorijiy davlatlarda so’nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarida fizika ta’limiga oid 

tadqiqotlarning  xarakteri  fizika  fani va ta’lim jarayoniga zamonaviy informatsion 

texnologiyalarning intensiv joriy qilinishi bilan bog’liqdir. Bu yo’nalishda bir qator 

nomzodlik  dissertatsiya  ishlari  bajarilgan.  Jumladan,  G.N.Yunusovaning  [54] 

nomzodlik dissertatsiyasida Oliy ta’lim muassasalarida fizikani o’qitish jarayonida 

kompyuter  texnologiyalaridan  foydalanib  o’qitish  uslublari  tahlil  etilgan.  Fizika 

o’qitishda  masala  yechish  va  uning  yechimini  ifodalovchi  grafik  chizish,  fizik 

qonuniyat,  hodisa  va  jarayonlarni  kompyuter  vositasida  o’rganishda  namoyish 

tajribasi  imkoniyatlari,  ularga  tegishli  pedagogik  dasturlar  vositasini  yaratish 

hamda  amaliyotga  qo’llash  orqali  umumiy  fizika  kursining  tanlab  olingan 

mavzularini o’qitish samaradorligini oshirish yo’llari bayon etilgan. 

     Moskvalik  olima  S.Kodikovaning  [28]  nomzodlik  dissertatsiyasida  maktab 

o’quvchilarida  tadqiqiy  eksperimental  ko’nikmalarni  shakllantirish  rejasi  va 

texnologik  modeli ishlab chiqilgan.  Ko’nikmalarning tarkibi, darajalari  va ularni 

shakllantirish  bosqichlari  o’rganilgan.  VII  va  VIII  sinflarda  laboratoriya 

mashg’ulotlarini  o’tish  bo’yicha  metodik  tavsiyanoma  yaratilgan.  Fizikani 

o’rganishda mustaqil ishlarning o’rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. 

     M.Haydarovaning  [52]  tadqiqot  ishi  laboratoriya  praktikumida  texnika  oliy 

o’quv  yurtlari  talabalarini  kasbga  yo’naltirish  muammosiga  qaratilgan.  Bo’lajak 

muhandislarning kasbiy ko’nikmalari ajratilgan, kompleks laboratoriya ishlarining 

hisoboti  uchun  talabalarning  faoliyatlarini  oshirishga  imkon  beruvchi  smenardan 

foydalanilgan,  asboblar  bilan  tanishtiruvchi  va  kichik  kursdagi  talabalarni  kasbga 

yo’naltiruvchi topshiriqlar ko’rsatilgan va asoslangan. 

     M.L.Boltayevaning  [15]  dissertatsiyasida  umumiy  fizika  kursini  o’qitishda 

talabalarning  mustaqil  o’quv  faoliyatlarini  rivojlantirishning  pedagogik  dasturi 




 

11 


ta’minoti  yaratilgan,  ta’lim  jarayonida  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarning 

bir ko’rinishi sifatida kompyuterdan foydalanish yo’llari o’rganilgan. 

     X.M.Mahmudova [33] ning dissertatsiyasida umumiy fizika kursining «Optika» 

bo’limida  laboratoriya  mashg’ulotlarini  o’tishda  yangi  axborot  texnologiyalari 

asosida  avtomatlashtirilgan  o’rgatuvchi  va  nazorat  qiluvchi  dastur  tizimi  «test-

trening»  dasturlari  hamda  mavzular  bo’yicha  kompyuterli  o’quv  senariylardan 

foydalanish, o’qitishning umumiy sifatini yaxshilashga ijobiy ta’siri o’rganilgan.  

          V.M.Kolikova  [29]  fizikadan  laboratoriya  praktikumini  talabalarning 

mustaqil  tadqiqotga  o’rgatish  vositasi  sifatida  qaragan.  A.Abduqodirov  [8], 

M.Djorayev  [24],  G.Safayevalarning  [43]  ishlari  esa  fizika  o’qituvchilarining 

informatsion  tayyorgarligini ta’minlash muammolariga qaratilgan. 

     Ammo, 

bu 

tadqiqotlarda 



bo’lajak 

o’qituvchilarning 

eksperimental 

ko’nikmalarini  shakllantirishning  yagona  sistemasini  yaratishga  doir  metodika 

yetarlicha o’rganilmagan, shu bilan birga kompyuter texnologiyalaridan foydalanib 

o’qitish uslublarining shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari  va uni amalga 

oshirish usullari ishlab chiqilmagan. 

Xulosa  qilib  aytganda,  yuqoridagi  ishlarning  tahlili  pedagogika  oliy  ta’lim 

muassasalari 

bo’lajak 

fizika-astronomiya 

o’qituvchilari 

eksperimental 

ko’nikmalarini  shakllantirish  va  olingan  natijalarni  kompyuter  yordamida 

avtomatlashtirish, umumiy  fizika kursining laboratoriya praktikumini mazmuni va 

shaklini  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablari,  o’rta-maxsus  va  kasb-hunar  ta’limi 

muassasalarida  fizika  o’qitish  hamda  o’qituvchi  kadrlar  tayyorlash    muammolari 

bilan uzviy bog’liq holda o’rganilmaganligini ko’rsatmoqda. Yuqorida keltirilgan 

ob’ektiv  fikr  va  mulohazalar  natijasida  tadqiqotimizning  mavzusini 


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish