Bog'liq umumiy orta talim maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublari
AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING HUQUQLARI Amaliyotchi psixologlarning huquqlari quyidagilar:
Bog`cha , maktablarning ta`lim – tarbiya shart-sharoitlarini hisobga olib, faoliyat uchun eng muhim yo`nalishni tanlaydi.
Pedogogik kengash, pedogogik konseliumlarda ishtirok etadi.
Ta`lim – tarbiya jarayonida bolalar o`quvchilar xulqi o`quv faoliyati xususiyatini kuzatish maqsadida dars sinfdan tashqari mashg`ulotlarda qatnashadi.
Murabbiylar, ota- onalar yig`ilishida o`qituvchilar , metodik birlashmalari majlisda ishtirok etadi.
Bog`cha maktablarning hujjatlari bilan tanishadi va tahlil qiladi.
Muayyan davr oralig`ida amaliy faoliyatning yetakchi yo`nalishi yuzasidan turli ishlarni navbat bilan amalga oshiradi. Ularga ma`lum metodlar shakl tanlaydi, bolalar, o`quvchilar , ota-onalar, o`qituvchilar ishining yaqqol vazifal;arini mustaqil belgilaydi.
Ilmiy izlanishni yo`lga qo`yish maqsadida bog`chada guruhiy va individual psixologiktekshiruvlar va tajribalar o`tkazadi.
Pedogogik- psixologik matbuotda o`z tajribalarini umumlashtirib maqolalar, xabarlar e`lon qiladi.
Pedogogik- psixologik bilimlarni targ`ibot qilish ishlarini olib boradi.
Psixologik ixtisos malumotdan kelib chiqqan holda o`quv va faultativ tarzda 0,5 pedogogik ish lash imkoniga ega.
Kasbiy majburiyatlarni muvaffaqiyatli ado etish uchun yuqori tashkilotlardan ma`muriyatdan zarur shart-sharoitlar yaratish talab qilinadi.
Nizom bandlariga uning printsiplariga zid bo`lgan ma`muriyat topshirig`ini bajarmaydi.
o`quvchilarni kasb tanlashga oid muammolari hal qilish maqsadida kasbga yo`naltirish markazlarga murojat qiladi.
ma`muriyat orqali u yoki bu tashkilotga o`quvchilarga yordam berish zaruriyati to`g`risida malumotnoma yuboradi.
Ota –onalarga zaruriyat tug`ilganda oilaviy turmush psixologiyasiga oid konsultativ xizmat xonalarini tavsiya qiladi.
Tibbiyot va defektologik muassalarga rasmiy talablar yuboradi.
Tibbiy pedogogik- psixologik konsultativ ishlarda ishtirok etadi, balog`atga yetmagan o`smirlar komissiyasi ishida qatnashadi, bola taqdiri hal qilinayotgan tashkilotlar bilan aloqa bog`laydi. Umuman psixolog yordamchi ovoz berish huquqiga ega xolos. Agar qabul qilingan qarorlarga e`tirozbildirilsa u holda o`z fikrini bildirish uchun yuqori tashkilotlarga murojat qiladi.
Psixologik xizmatni ilmiy jihatdan ta`minlash maqsadida ilmiy- uslubiy markazlarga murojat qiladi.
Bog`cha maktab faoliyatini yaxshilash maqsadida mavjud muammolorani hal qilishni xalq ta`limi tashkilotlari oldiga qo`yadi.
Ilmiy-uslubiy markaz rahbarligida yangi diagnostik metodikalar ishlab chiqish, uslubiy tavsiyalar yozishda faol qatnashadi.
Amaliyotchi psixologlarni ish haqi Respublika xalq ta`limi vazirligi qoshida tashkil etilgan amaliyotchi psixologlarni atestasiya qilish komissiyasi qaroriga binoan toifa darajasida belgilanadi. Agar amaliyotchi psixolog psixologik fanlari doktori, nomzodi maxsus psixologik malumotga ega bo`lsa psixologlar atestatsiyadan o`tgunga qadar oylik maoshi I toifali o`qituvchi darajasida belgilanadi (haftalik ish soatlar 20 soatni tashkil qiladi).
Amaliyotchi psixologning mehnat ta`tili muddati barcha maktab o`qituvchilari bilan barobardir.
Oqituvchiga berilgan barcha imtiyozlar xalq talimi tizimida ishlovchi psixologlarga ham taluqlidir.