Yutuqlarga yo’nalganlik. Ta’lim jarayonida kishining muayyan natijalarga erishishga (o’qishga kirish, dissertatsiya yoqlash, moddiy kamolotga etishish) yoki boshqa hayotiy maqsadlarga erishishga intilishlarida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar ta’lim jarayonining har bir bosqichini rejalashtirish, oqibatini o’ylash, har bir bosqichda aniq maqsadlarni o’z oldilariga qo’yish xislati bilan ajralib turadilar. Shu bilan birga o’zlariga yuqori baho berishga moyil bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |