O’zbekiston Respublikasida yo’l transport hodisalarini oldini olishni rivojlantirish yo`llari



Download 71,61 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi71,61 Kb.
#279778
1   2   3
Bog'liq
Sarimsaqov A Tursunboyev M

Kalit so`zlar: yo’l transport, hodisalar, yo`l belgilari, yo’l transport, sodir bo‘lishi, ehtimoli yuqori
Ключевые слова: автомобильный транспорт, аварии, дорожные знаки, автомобильный транспорт, вероятность возникновения.


Key words: road transport, accidents, road signs, road transport, probability of occurrence
Yildan yilga transport sohasi rivojlanib borayotgan bir paytda undagi muammolar ham o’sib bormoqda. Hozirgi kunda transport sohasida xavfsizlikni ta’minlash eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu borada yurtimizda qilinayotgan say harakatlar o’zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Transportga bo’lgan talab yuqoriligi, transportlarning ko’payishi va rivojlanishi bu sohada muammolarning yanada murakkablashishiga sabab bo’lmoqda.

Transport sohasida inson hayoti va uning salomatligi birinchi o’rinda turadi. Shuning uchun yo’llarda harakatlanoyatgan transport vositalarining yo’l qoidalariga amal qilishi turli xil ko’ngilsizliklarni maksimal darajada oldi olish hisoblanadi. Bundan tashqari yo’lovchi va yuk tashish uyushmalarida transportlarni o’z vaqtida tehnik ko’rikdan o’tkazish, haydovchilarning salomatligini va ularning ish tartibi, ish vaqtlarini muntazam nazorat qilish xavfsizlikni ta’minlashning asosiy omillardan biridur.

O’zbekiston Respublikasida yo’l transport hodisalarini oldini olish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlarning ijobiy ta’sirini yo’l transport hodisalarini yildan yilga kamayib borayotganida ko’rishimiz mumkin. O’tgan 2020-yil talqinida ko’radigan bo’lsak 2020 yilda O‘zbekistonda jami 6 982ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu – bir yil oldingi 2019-yildagi ko‘rsatkichdan 13,7 foizga (8 092)kam. Ammo yo’l transport hodisalari kamaygani bilan fojiali yakun topganlari hali hanuz ko’pligicha qolmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili yo’l transport hodisalar natijasida 1 962 kishi halok bo‘lgan. 2019 yilga nisbatan, yo’l transport hodisasi qurbonlari soni (2 094) 6,3 foizga kamaygan. O‘lim bilan tugagan yo’l transport hodisalar soni 12,9 foizga (1 940tadan 1 689taga), yo’l transport hodisalarda jarohatlanganlar soni 16,8 foizga (7 923 nafardan 6 591 nafarga) kamaygan.

Hisobot davrida yo‘l transport hodisalarining asosiy sabablari qatorida piyodalar yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tishi (26,2%), belgilangan tezlikka rioya qilmaslik (14,5 %), piyoda yo‘lga to‘satdan chiqib qolishi (10,3 %), quvib o‘tish yoki qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish (7 %), velosipedlar yo‘lning qatnov qismida harakatlanishi (5,3 %), haydovchilarni rulda uxlab qolishi (5,1 %) va avtomobilni mast holatda boshqarish (4,2%) kabi holatlar bo‘lgan. Yo‘l transport hodisalari sodir etilish vaqti asosan kunduzgi (61 %), qolgan (39%) tungi vaqtga to‘g‘ri keladi.

Albatta yo’l transport hodisalarini kamayishida albatta ushbu sohada olib borilayotgan jadal olib borilayotgan islohotlar asosiy omil sifatida ko’rishimiz mumkin. Bu yerda yo’l patrul hodimlarining hizmati katta vas hu qatori yangi tehnologiyalarning ham.

Ichki Ishlar Vazirligi Yo’l Harakati Xavfsizligi Bosh Boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ilhom Idirovning 19 fevral kungi brifingda ma'lum qilishicha, 2020 yilda yo’l harakati xavfsizligi xodimlarining bildirgilari asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yo’l harakati xavfsizligi xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan 70 nafar shaxs ushlangan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Xizmat olib borishning samaradorligini oshirish maqsadida 2020 yil davomida 428 ta zamonaviy avtomobil xarid qilingan.

109 ta alkotester, 120 ta avtomobil oynalarining tusi o‘zgartirilganini aniqlovchi «Tonik» moslamasi, 4 671 ta ko‘p funksional jyezl moslamasi YHX xodimlariga foydalanish uchun topshirilgan.

Bundan tashqari, xodimlar 188 ta radioaloqa (ratsiya), 3 514 ta planshet, 380 ta maxsus texnika (migalka) vositalari bilan ta'minlangan.

O‘tgan yili yo’l harakati xavfsizligi xodimlariga 4 076ta bodikamera tarqatilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, 2020 yil 21 iyuldagi 629-sonli qonun bilan 15 kun ichida to‘langan ma'muriy jarimalar uchun 30 foiz chegirma qo‘llanadigan bo‘ldi.

Albatta qilinayotgan barcha ishlar yo’l transport hodisalarini oldini olish hamda qonunbuzarliklarni kamaytirish uchun hizmat qiladi. Yanada samarali loyihalarni ishlab va ularni isloh qilish dolzarb vazifa bo’lib qolmaoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yo’l transport hodisalarini oldini olish hamda haydovchi va yo’lovchilarning xafvsizligini maksimal ta’minlash hisoblanadi.

Statistik ma’lumotlarga nazar solsak 2020-yilda eng ko’p yo’l transport hodisasini kelib chiqishi (26,2%) – piyodalar yo’lning belgilanmagan joyidan o’tganligiga to’g’ri kelmoqda. Bu asosan piyodalarning loqaydligi sabab sodir bo’laadi. Bu qoidabuzarlik uchun ham qonunda belgilab qo’yilgan ma’muriy javobgarlik mavjud. Ammo shunday bo’lsada hali hanuz bunday holatlar ko’p kuzatilmoqda va bu holat yo’l transport hodisalariga sabab bo’lmoqda. Eng yomoni bazi hollarda bu qoidabuzarliklar piyodaning o’limi bilan yakun topmoqda. Yo’llarda belgilanmagan joydan o’tayotgan piyodalar uchun qat’iy choralar ko’rish talab etiladi. Bundan tashqari qatnov ko’p bo’lgan yo’llarni maxsus to’siq bilan to’sish bilan piyodalarning belgilanmagan joydan yo’lni kesib o’tishini oldini olish mumkin.

Keyingi navbatda haydovchilarning belgilangan tezlikka rioya qilmasligi 2020-yilda 14.4% ni tashkil qiladi. Bu borada har kun yangi islohotlar ketmoqda. Yo’llarda nazoratni kuchaytirish va tezlikni chegaralovchi va qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar kun sayin o’zining ijobiy natijalarini ko’rsatmoqda. Bundan tashqari o’tgan yili Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi «Yo’l transport hodisalar sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘l qismi» yangi yo‘l belgisini joriy etish to’g’risidagi xabarlar tarqalgan edi.

Mazkur belgi tahminan shunday ko’rinishda bo’lishi kutilmoqda.

Mazkur yo‘l belgisi haydovchi va piyodalarni yo‘l-transport hodisalari ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘l qismiga yaqinlashib kelayotganlari haqida ogohlantiradi.

Yo‘l-transport hodisalari ro‘y berishi ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘l qismlariga o‘tgan chorak davomida uch martadan ko‘p yo’l transport hodisalari ro‘y bergan hududlar kiritiladi.

Belgi xavfli hududdan 100−150 metr oldin o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda, natijada yo‘l harakati qatnashchilarida bu belgini ko’rib chora ko‘rishlari uchun vaqt bo‘ladi. Haydovchi tezlikni pasaytirishi, harakatlarni ehtiyotlik bilan amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Piyodadan esa yo‘lni ehtiyot bo‘lib kesib o‘tishi talab etiladi.

Yana qo’shimcha sifatida Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ma’lum yo‘l qismining xavfliligi statistik ma’lumotlar va mavjud sharoitlarni, jumladan, yo‘l qoplamasi, ko‘rinishni to‘suvchi yo‘l chetidagi daraxtlar, bino va inshootlar kabi omillarni inobatga olgan holda baholanadi.

Albatta hali bu belgi rasman kuchga kirmadi. Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasining xabarlariga ko’ra bu belgi dastlab Toshkent shahrining xavf yuqori bo’lgan yo’llarida sinov tariqasida qo’llanilioshi nazarda tutilgan.

Bu belgini joriy etsih ko’plab yo’l transport hodisalarini oldini oladi. Agar haydovchi birinchi marta yurayotgan yo’lida shu belgiga duch kelsa o’z o’zidan ehtiyotkorlikni oshiradi.

Yana bir dolzarbligi yuqori bo’lgan holat haydovchilarning rulda uhlab qolishi. Bu 2020-yilda yo’l transport hodisalarining 5.1% ga to’g’ri kelgan. Bu holat qolganlarga nisbatan kam bo’lsada ammo bu halokatli yakun topishi yuqori bo’lgan yo’l transport hodisalariga kiradi. Ko’p hollarda haydovchilar me’yoriy huquqlarni bilmaganliklari bazi hollarda bilsa ham amal qilmaganliklari mana shunday holatlarga sabab bo’lmoqda.

Mazkur holatlar bo’yicha yechimlarni ko’radigan bo’lsak.

-haydovchi va yo’lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish. Bu orqali haydovchi va yo’lovchilarning me’yoriy hujjat, talablarni o’rganishi va ularga amal qilishini kengroq ta’minlash mumkin. Albatta bu islohotlar allaqachon yurtimizda amalda qo’llanib kelinmoqda. Ammo bu islohotlarga fuqarolarni jalb qilish masalasi biroz muammo bo’layotganini ko’rishimiz mumkin. Bu borada quyidagicha ijobiy yechimga erishish mumkin. Yo’llardagi reklama bannerlari qatoriga yo’l harakati qoidalari tushirilgan bannerlarni o’rnatish, bundan tashqari odamlar uzoq vaqt turib qoladigan joylarga yani bekatlar, dam olish hiyobonlariga ham shunday yo’l harakati qoidalarinio’z ichiga olgan bannerlar o’rnatish mumkin. Bir vaqtning o’zida bu haydovchi va yo’lovchilarning xuquqiy savodxonligini oshishiga sabab bo’ladi. Va bu o’z o’zida ko’plab yo’l transport hodisalarni oldini olishi mumkin bo’ladi.




Download 71,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish