O’zbekiston respulikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Download 10,34 Mb.
bet11/140
Sana27.03.2022
Hajmi10,34 Mb.
#513220
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140
Bog'liq
3 kurs 6 semestr majmua

Sentil shakalasi
ismoniy rivojlanganlikni ba
holash maqsadidagi antropometrik tekshiruvlar tibbiyot ko‘rigi vaqtida salomatlikni tekshirish bilan birga olib boriladi.
Ayrim bolalar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash usullari. Ayrim bolalar jismoniy rivojlanishini muntazam ravishda uzoq vaqt kuzatib borish, tekshiruvning individual uslubi nomini oldi. Bu uslub aniq yashash sharoitlariga bog’liq xolda individumning o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini aniqlashga xamda butun o‘sish davomida uning somatik rivojlanish tezligini o‘rganishga yoram beradi. Bu usuldan tashqari generelezatsiyalovchi uslub qo‘llaniladi (populyasiyaning ko’ndalang kesimi usuli). Generilezatsiolovchi uslub nisbatan qisqa vaqt davomida bolalarning katta guruxi jismoniy rivojlanganligini bir butun o‘rganish mumkin. Yig‘ilgan materiallarning statistik ishlab chiqish xar bir yosh ,jins guruxining jismoniy rivojlanganlik o‘rta ko‘rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi. Regional standartlarni ishlab chiqish maqsadida jismoniy rivojlanish generilizatsiyalashtiruvchi usul bilan yoppasiga tekshirish, ilmiy tekshirish jamoalari va tibbiyot oliy bilmigoxlarining bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi, Shuningdek, sanitariya-epidemiologiya stansiyalari orqali amalga oshiriladi.
Martin tomonidan taklif etilgan va indekslar usulini butun siqib chiqargan sigmal chetlashishlar usuli keng tarqaladi. Uning ma’nosi shundan iboratki ,unda o‘zi a’zo bo‘lib turgan guruxlar jismoniy rivojlanishini indivdumlar jismoniy rivojlanishi bilan solishtiradi
Sigmal chetlashishlar usuli o‘rnida regressiya shkalalari bo’yicha jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarini baxolash usuli qo‘llanmoqda. Asosiy jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari orasida bog‘lanish borligi sababli, ular statistik ishlab chiqarish korrelyasiyasi uslubi yordamida amalga oshiriladi.
Keyingi paytlarda jismoniy rivojlanganlikka individual baxo berishda sentil shkalalarini qo‘llash taklif etilgan. Antropometrik tekshiruv materillarini qayta ishlab chiqish atsentil analizi usulini qo‘llash keng tarqalmokda. Bu jismoniy rivojlanganlikni ba’zi ko‘rsatkichlari (tana vazni,mushak kuchi) o’ ng tomonlama asimmetriyasi bilan xarakterlanishiga asoslanadi va ularni taxlil qilishda noparametrik usullarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Sentil usuli qo‘llanganda regressiv taxlilga xos bo‘lgan asosiy xossalar yo‘qotiladi.
Biologik yosh deb, organizmning morfologik va funksional rivojlanish darajasiga etishi tushuniladi. Xar bir indiviumning biologik yoshini aniqlashda ,ko‘pgina skelet aloxida qismlari suyaklanish jarayonlari , tishlarning chiqishi va almashishi , jinsiy belgilarning rivojlanishi, jismoniy rivojlanganlikni asosiy morfologik ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari va boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Suyaklanish jarayonlarini o‘rganishda o‘ziga xos model bo‘lib, kaft va elka suyagining distal bo‘lagi xisoblanadi. Suyaklanish ma’lum ketma-ketlikda borishi va sinostozlarning paydo bo‘lishi va o‘g‘il, qiz bolalardagi suyaklanish mudatlarini rentgen tekshiruv usullarini qo‘llash yordamida aniqlash suyak yoshini aniqlashga yordam beradi.
Tana uzunligini yillik qo‘shilib borishi , biologik yoshning bosqichlari bilan jips bog’liq bo‘lgan jarayonining jadalligi o‘zgarish konuniyatlarinio‘zida aks ettiradi.
Doimiy tishlarning chiqish muddatlari xar bir yosh guruxida turlicha bo‘ladi, ammo boshqa belgilar bilan qo‘shilib xisoblanganda, ulardan xam biologik yoshning ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichni faqatgina 13-14 yoshgacha qo‘llash mumkin. Bu yoshga kelib, ko‘pchilik bolalarda sut tishlari doimiy tishlarga almashgan bo‘ladi.
Jinsiy yetuklik darajasi organizmning biologik rivojlanganligini ishonchli ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi. U qiz bolalarda qo‘ltiqlar ostiga(Ax) va qovuqqa (R) tuk chiqishi, sut bezlarni rivojlanishi (Ma) Xamma xayz ko‘rish yoshining (MS)boshlanishiga qarab baxolanadi. O‘g‘il bolalarda esa qo‘ltiqlar osti va qovuqqa tuk chiqishi, ovozning o‘zgarishi (V), yuzda soqol chiqishi (F) va rivojlanishi (L)aniqlanadi.
Funksional ko‘rsatkichlar yosh me’yori bilan solishtirib baholanadi. Tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasi va bo‘y o‘rtasidagi nisbatlarga qarab, jismoniy rivojlanish gormonik (normal), disgarmonik yoki yuqori darjali disgarmonik turlarga bo‘linadi.
Jismoniy gormonik rivojlanish deb, tana vazni va ko‘krak qafasi aylanasining tana uzunligiga mos kelishi yoki bir sigma regressiya atrofida bo‘lishiga aytiladi. Disgarmonik rivojlanish deb, tana vazni va ko‘krak qafasi aylanasi 1,1-2,0b ortda qolishi , shuncha kattalikka ortiqcha yog‘ to‘planishi natjasida yog‘ to‘planishiga aytiladi.
Yuqori darajali disgormonik rivojlanish -deb, tana vazni va ko‘krak kafasi aylanasi keragidan 2,1 b ga undan ko‘proq ortda qolishi yoki ko‘p miqdorda ortiqcha yog‘ to‘planishi natijasida xuddi shu miqdorda ortda qolishiga aytiladi. Disgarmonik va yuqori darajali disgarmonik funksional ko‘rsatkichlar yosh normasiga qaraganda juda kichik bo‘ladi.
Bolalarning jismoniy rivojlanganligiga kompleks baxo berish , yoshiga va gormonik rivojlanishiga mos keladigan , yosh normasini turli chetlashishlariga ega bo‘lgan bolalar guruxiga ajratish imkonini beradigan sxema bo‘lishi mumkin. Shuni xam aytib o‘tish kerakki, jismoniy rivojlanishiga individual baxo berishga xali ham bir tomonlama yondoshilmagan. Tana vazni 1,6 an 2 b atrofida bo‘lgan bolalarni qoniqarli garmonik jismoniy rivojlangan deb xisoblash taklif etilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan shakllanmagan yondoshish, bu xar bir yosh jins guruxida kuzatiladigan tana vazni ko‘rsatkichining assimetriyasidir.
5.3. Inson salomatligini saqlab qolishi ko‘p asrlardan buyon tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Bolar va o‘smirlar gigiyenasining eng muhim masalalarini yechishda ishonchli o‘lchov bo‘lib bolalar salomatligi xisoblanadi. U o‘sib kelayotgan organizmga ta’sir etuvchi muxitning ma’lum omillariga gigiyenik baxo berishda o‘rganiladi. Salomatlikni aniqlashda quydagi ko‘rsatkichlar:
1) Bolalarni tekshiruv paytida ularga surunkali kasallik bor yoki yo‘qligi
2) organizm asosiy tuzilmalarini funksional xolati darajasi
3)nomaqbul ta’sirotlarga organizmni qarshilik ko‘rsata olish darajasi
4)rivojlanganlik darajasi va uning gormonikligi ishlab chiqilgan
Salomatlik ko‘rsatkichlardan sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va asoslashda foydalaniladi. Salomatlik tadbirlarni samaraliroq tashkil etish uchun bolalar salomatligidagi o‘zgarishlarni barvaqt baholash ,sog‘liqni saqlashning muxim vazifalaridan birdir.

Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish