O’zbekiston respulikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Bolalar salomatlik holatidagi funksional siljishlar vujudga kelishining ba’zi qonuniyatlari [Milovanova A.X.,1991]



Download 10,34 Mb.
bet16/140
Sana27.03.2022
Hajmi10,34 Mb.
#513220
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140
Bog'liq
3 kurs 6 semestr majmua

Bolalar salomatlik holatidagi funksional siljishlar vujudga kelishining ba’zi qonuniyatlari [Milovanova A.X.,1991]


Yosh

Siljishlarnig namoyon bo‘lishi

Ko‘krak yoshi
Erta yosh
Maktabgacha yosh

Maktab yoshi



Qonning o‘zgarishi, allergik ko‘rinishlar
Ovqat hazm qilishning buzilishi.
Nerv, nafas olish va siydik ajratish sistemalari,tayanch-harakat ap­parata va LOR-a’zolar funksiyasining buzilishi.
Yurak-kon tomir faoliyati, ko‘rish organi funksiyasining buzilishi

Ko‘p yillik kuzatuvlarda I va II salomatlik guruhiga kiruvchi bolalar va o‘smirlar salomatlik holatidagi o‘zgarishlarning katta dinamikligi va eng muhimi, qaytuvchanligi aniqlandi. Shunga bog‘liq tarzda sog‘lom bolalarda funksional siljishlarning yuqolishi hisobiga sog‘lom bolalar va o‘smirlar sonining ortishi uchun katta rezervlar mavjud. Profilaktikaning bu aspekti juda muhim, chunki, surunkali patologiyaning shakllanishi II salomatlik guruhiga kiruvchi bolalarning 46,5% ida sodir bo‘ladi [Berejkov L.F.,1991].


Surunkali patologiya faqatina 20-40% bolalarda yillar davomida deyarli uzluksiz davolanganda sog‘ayish munosabati bilan aniqlanmay qo‘yadi. Solishtirilganda aniqlanishicha, funksional siljishlar sog‘ayish sodir bo‘lishiga nisbatan 1,5-5 marta ko‘proq yo‘qoladi. Bu organizm sistemasi, kasallik og‘irligi, bolaning yoshi, og‘irlashtiruvchi nasliylik, oila turmushining ijtimoiy-gigiyenik sharoitlariga bog‘liq holda turlicha sodir bo‘ladi.
Bu ma’lumotlar birlamchi profilaktikaning davolash chora-tadbirlariga nisbatan ustunligini miqdoriy jihatdan tasdiqlaydi va salomatlik holatidagi siljishlarning yakuniga sezilarli darajada ta’sir qiluvchi ijtimoiy-gigiyenik va tibbiy-biologik omillarni hisobga olgan holda bolalarni davolashga differensiallashgan yondoshuv uchun asos beradi.
Yosh bolalar ustidan o‘tkazilgan nazorat shu narsani ko‘rsatdiki, maktabgacha va maktab yoshida I-II salomatlik guruhiga kiritilishi mumkin bo‘lgan bolalarning soni kamayadi va III salomatlik guruhining «to‘luvchanligi» ortadi
Umumiy qonuniyat yana shunda namoyon bo‘ladiki, bolalarda yil davomida qayd qilingan kasalliklarning o‘rtacha soni yosh o‘tgan sari asta-sekin pasayadi, bu holat asosiy organ va sistemalar rivojlangan sari bola organizmining hayot sharoitlariga moslashib borishini o‘zida aks ettiradi.
Bolalarning ko‘pchilik qismida (30-50% atrofida) yil davomida 1-2 ta kasallik aniqlanadi. Biroq 4 va undan ko‘proq kasalliklarga ega bo‘lgan bolalarning ancha yuqori foizlariga (12-30%) e’tibor bermaslik mumkin emas. Bu hodisa hamma joylarda uchraydi va umumiy qonu­niyat sifatida ko‘rib chiqilishi kerak.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, maktabgacha bo‘lgan yoshdayok surunkali patologiyaning shakllanishi sodir buladi. Bu yoshdagi bolalarning taxminan 14% i LOR-a’zolari kasalliklari (surunkali tonzillit, murtaklarning III- darajadagi gipertrofiyasi, P-Sh darajadagi adenoidlar), suyak-muskul sistemasi kasalliklari (yassi oyoqlik), teri ka­salliklari (neyrodermit), shuningdek, siydik-tanosil a’zolari kasalliklariga ega bo‘ladilar.
Maktab yoshidagi bolalar uchun nerv (nevrozlar), siydik ajratish (piyelonefritlar), va yurak-kon tomir (vegetotomir distoniyasi) siste-malarining, LOR- a’zolari (surunkali tonzillit, sinusitlar) ko‘rishning (o‘rta va yuqori darajali miopiya) surunkali kasalliklarining paydo bo‘lishi xarakterli.
O’zbekistonlik 7-16 yoshdagi bolalar orasida odatdagi tibbiy ko‘riklarda aniqlanadigan qomat buzilishlar chastotasi 1000 nafar bolalarda 14,1-30,2 % atrofida o‘zgarib turadi, bunda eng yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida qayd etilgan.Tadqiq qilingan davr uchun (2003-2007 yillar) maktab o‘quvchilarida qomat buzilishlari sonining tobora o‘sib borishiga xosdir. Toshkentlik va qarshilik bolalar va o‘smirlarni maqsadli yo‘naltirilgan tekshiruvi odatdagi tibbiy ko‘riklarda mavjud qomat buzilishlarining faqat undan bir ulushi ro‘yxatga olinishidan dalolat beradi, vaholanki bunday buzilishlarning amalda tarqalganligi 13,3-53,0 % (ya’ni 133-530%) ni tashkil qiladi. (Salomova F.I., 2009)
Qomat buzilishlari tarqalganligining yosh-jinsga oid farqlari aniqlandi: qiz bolalarda u aksariyat 9-11 yoshda, o‘g‘il bolalarda esa 13-16 yoshda ko‘proq ro‘yxatga olinadi. Bolalarda tayanch – harakat apparati (THA) buzilishlarining asosiy shakllari bo‘lib qanotsimon kuraklar, bukurlik, skoliotik qomat, oyoqlarning O-simon shakli hisoblanadi.(Shayxova G.I., Salomova F.I., 2009).
Patologiyaning konkret ko‘rinishlari struktur munosabatlarining turg‘unligi ham umumiy qonuniyat hisoblanadi. Patologiya spektri yetarlicha turg‘un va qonuniyatlarga ega. Kasallanish qayerda o‘rganilishidan qat’iy nazar, patologik holatlarning asosiy ulushini nafas a’zolari kasalliklari (60-70%), infeksion va allergik kasalliklar, nerv siste­masi va sezgi a’zolari kasalliklari tashkil qiladi.
5.3Kasallanish strukturasini bilish bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitar-gigiyenik va davolash-profilaktik chora-tadbirlarni to‘g‘ri re-jalashtirish uchun zarur.
Bolalik va o‘smirlik yoshidagi kasalliklarni ranglar buyicha taqsimlash (2.17 jadval) shuni ko‘rsatdiki murojaat qilinishi buyicha 1 o‘rinni nafas a’zolari kasalliklari egallar ekan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nafaqat infeksion, balki allergik kasalliklar, shuningdek, ovkat hazm qilish a’zolari kasalliklari ham keng tarqalgan.
Yosh o‘tgan sari kasallanish strukturasining sezilarli darajada o‘zgarishi kuzatiladi:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish