Ikkinchi paragrafda AKT ning qo’llanish sohalari va uning ta’lim sohasidagi ahamiyati yoritib berildi. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari bir necha turlarga bo`linadi: Ma`lumotlarga ishlov beruvchi aхborot teхnologiyalari; Boshqarishning aхborot teхnologiyalari;Tashkilot aхborot teхnologiyasi; Ma`lumotlar ombori;Elektron pochta. Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson faoliyatining biznes, ta’lim, tibbiyot va boshqa shu singari turli sohalarida qo’llanilishini ko’rish mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: odamlarga vaqtni tejash va masofani qisqartirish imkonini beradi; ushbu texnologiyalarning ulkan salohiyatini o’z manfaatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi; davlat boshqaruvi, iqtisodiy faoliyat, ta'lim, sog'liqni saqlash, ish bilan ta'minlash, atrof-muhit, qishloq xo’jaligi va fan sohasidagi samaradorlikni oshirish va barqaror rivojlanishni ta'minlashning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |