O’zbekiston resublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 66,11 Mb.
bet35/87
Sana20.06.2022
Hajmi66,11 Mb.
#683569
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
Bog'liq
2 5404843452955364946word

O`TKAZISH USULI. Munozarali savollarni analitik-sintetik tahlil qilish va ob’ektiv fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish uchun talaygina metodika mavjud. Ro`y berayotgan voqelikni tanqidiy fikrlash asosida baholash quyidagi bosqichlardan iborat bo`lishi mumkin:
1.o`quvchining o`z fikrini erkin ifodalashi.
o`quvchiga echimini topish uchun taklif etilgan muammo bo`yicha o`z o`rnini aniqlab olishi uchun imkon beriladi. Misol uchun, Toshkentda 16 fevral voqealari nima uchun sodir bo`lganligi to`g`risida. Muammoga o`quvchidan javob olish uchun qator savollar bilan murojaat qilish mumkin: Sening fikring qanday? Bu haqda sen nimalarni o`ylaysan? va boshqa.
2.O`z fikrini oydinlashtirish.
o`quvchilarning bildirgan fikrlarini yanada aniqlashtirish maqsadida ularga qo`shimcha tarzda quyidagi savollar beriladi: Bu bilan nima demoqchisan? O`z fikringni tushuntira olasanmi? Bu nima degani?
3.o`quvchilarning fikrlarini asoslanganligini tekshirish.
Bu erda quyidagicha savollarning berilishi o`rinlidir: Nima uchun sen aynan shunday deb o`ylaysan? Sening mavqeingni tasdiqlovchi qanday asoslar bor? Nima uchun senda shunday taassurot tug`ildi? qanday argumentlarni bildirgan fikring foydasiga keltirasan? Sening fikringni nima isbotlaydi? va hokazo.
4.Boshqalar fikrini o`rganish.
Inson o`z fikrining ojizligini har doim ham tan olavermaydi va suhbatdoshining fikriga hurmat va ehtirom bilan qaravermaydi. Ayniqsa bu holatni ko`proq o`smirlarda kuzatish mumkin. SHubhasiz, ko`p hollarda buning aksini ham ko`rish mumkin. SHu bilan birgalikda qator murakkab muammolarning echimini topishda o`zgalar fikrini eshitish va tinglash ko`nikmasi juda asqotadi. Bu ko`nikmani o`quvchilarda shakllantirishni hohlasangiz, marhamat, quyidagi savollar bilan murojaat qiling: o`z fikringizga muqobil bo`lgan holatni bayon qila olasizmi? Bu haqda boshqalar nima deyin mumkin? Tanqidga uchrashingiz mumkinmi?
5.o`z holatini va o`zgalar fikrini tahlil etish.
Bu haqda nafaqat o`smirlar, balki kattalar ham ko`pincha o`ylashmaydilar. o`quvchi hususiy fikri bilan to`g`ri kelmaydigan fikrlarni ham o`zaro taqqoslash, ilmiy asoslangan holatni aniqlash uchun fikrlar qarama-qarshiligini tahlil etishi kerak. SHu maqsad uchun quyidagi savollar asqotishi mumkin: o`z fikring ojizligi nimada? qarshi tomonning dalil-isboti nima uchun kuchli yoki nima uchun kuchsiz? qanday fikrlar sizning mavqeingizni mustahkamlaydi yoki uni kuchsizlantiradi?
o`rganilayotgan muammo bo`yicha har ikkala fikrlarning mantiqiy oqibatlarini o`rganish uchun savollar: agar sizning g`oyangiz qabul qilinsa, nimalar ro`y berishi mumkin? Bu jamiyatga qanday ta’sir ko`rsatadi? Uning natijasi kelajakka foyda beradimi?
6.Muammo bo`yicha echim qabul qilish.
Bu “tanqidiy fikrlash” metodining so`ngi bosqichi hisoblanib, o`quvchilar tomonidan bildirilgan turlicha fikrlar qaytadan baholanadi va mutanosiblik aniqlanadi. Buning uchun: qaysi natija eng qulay va ishonchli? Kimning chiqishi maqsadga muvofiq bo`ldi? Siz bahsga qanday nuqta qo`ygan bo`lardingiz? va hokazo.
IZOh: Bu metod ko`proq huquqiy bilimlarni o`zlashtirishda qo`l kelishini ta’kidlash joiz. huquqiy ta’lim bolalarga jamiyatda, jamoada, oilada o`z o`rnini topishlari uchun ko`maklashadi, atrofda ro`y berayotgan voqealarga tanqidiy ko`z bilan qarash va ob’ektiv baholash imkonini beradi. “Davlat va huquq asoslari” fani (9-sinf) qator qarama-qarshiliklarni va tafovutlarni o`rganadi.
Aslida qonunlar tafovutlarni echish uchun hizmat qiladi. huquqni o`rganish o`quvchilarga jamiyatda ro`y berayotgan tafovutli savollarni o`z yoshiga muvofiq chuqur o`rganishga, o`zini o`zbekiston fuqarosi deb his etishga undaydi.
“STEERT LAW” dasturidan joy olgan yana qator metodlarni (mediatsiya, kazuslarni o`rganish, vizualli materiallar bilan ishlash, hayoliy sayohat, dunyo sudi va boshqa) tarjima va tahlil qilish, tartibga keltirishni davom ettirish mumkin edi. Biroq yaqin kelajakda bu dastur tarjima qilinib, alohida kitob shaklida nashr etilishga umid bog`lab qolamiz.
Bu metodlardan didaktik jarayonning qaysi bosqichida foydalanish kerak? SHubhasiz, mavjudlik algoritmida (MA) - o`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini tashkil etishda - mustaqil o`z-o`zini (sinfdoshin ) o`qitishda, yakka tartibda, kichik guruhlarda foydalaniladi. Ularni tanlash mezonlari esa o`qituvchiga ma’lum: mavzudan ko`zlangan maqsadga, mazmuniga mos kelishi, o`quvchi va o`qituvchining imkoniyatlari, vaqt o`lchovi, mavjud o`quv -moddiy baza va boshqalar. Eng asosiysi, yakuniy natijani ta’minlaydigan va kafolatlaydigan pedagogik muhit yaratilishi lozim.



Download 66,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish