O‘zbekiston tarixi fani 5120300 – Тарих ( мамлакатлар ва минтақалар бўйича ) йўналиши Mavzu


Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi bilan savdo munosabatlari



Download 100,02 Kb.
bet5/9
Sana16.06.2022
Hajmi100,02 Kb.
#676980
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farxodov Jamshidbek. Kurs ishi

3. Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi bilan savdo munosabatlari.
Buxoro amirligi Qo‘qon xonligi bilan yaqin savdo aloqalari o‘rgatgan. Ular o‘rtasidagi savdo aloqlari Xiva xonligiga qaraganda juda faol bo‘lgan deb bemalol ayta olamiz.
Qo‘qonga Buxorodan quyidagi karvon yo‘llari o‘tgan:
1. Buxoro – Samarqand – Jizzax – Zomin – O‘ratepa – Xo‘jand – Mahram – Beshariq – Qo‘qon.
2. Buxoro – Samarqand – Yangiqo‘rg‘on – Jizzax – Ravot – Jom – O‘ratepa – Xo‘jand – Mahram – Beshariq – Qo‘qon.
Buxorodan Qo‘qonga oziq-ovqat mahsulotlari ham keltirilgan. P. I. Demezonning yozishicha, Buxoroda yetishtirilayotgan guruch aholi ehtiyojini qondirmayotgani uchun uni Qo‘qondan keltirishga to‘g‘ri kelgan10.
Buxorodan Qo‘qonga ipak matolar, qorako‘l terisi, hind baqqolik matolari, mal-mal, Qobul kamarlari va sallalari keltirilgan. Qo‘qon aholisi orasida, asosan, tilla yoki kumush bilan to‘qilgan kimxob ipak matosiga talabgor bo‘lgan. Uning eni bir arshin bo‘lib, 10 tillodan 45 tillogacha sotilgan.
Qo‘qon bilan Buxoro o‘rtasidagi savdoda Qo‘qonda yashayotgan 70 ga yaqin afg‘onlar va hindlar faol rol o‘ynagan. Qo‘qon faqat Buxoro bilan savdo qilibgina qolmay, Buxoroning Toshkent va Qoshg‘ar bilan savdo aloqalarida transit joy rolini ham o‘tagan. Buxoroda Qo‘qon ipagi mashhur bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili Qo‘qon va Buxorodan Hindistonga 1000 tuyada ipak jo‘natilgan11.
Savdo aloqalarining domiy, bir meyorda davom etishi va rivojlanishi transport va karvon yo‘llarining ahvoliga bog‘liq bo‘lgan. Bu o‘rinda Qo‘qon bilan Buxoro o‘rtasidagi savdo aloqalari alohida mavqega ega bo‘lgan. Ular o‘rtasidagi karvon yo‘li tekis bo‘lib, tovarlarni tashishda avaralardan foydalanilgan. N. V. Xanikovning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, .ikkita asosiy Qo‘qon karvonining birinchisi Buxoroga yozning boshida va kuzning oxirida kelgan, kichik karvonlar esa yil davomida qatnab turgan. Qo‘qonliklar Buxoroga mahalliy hunarmandchilik buyumlaridan tashqari, Xitoy tovarlari – choy, kumush yombi, chinni buyumlar va marjon hamda boshqa rus tovarlarini olib kelgan.
Qo‘qondan Buxoroga eksport qilinadigan asosiy tovarlar ipak va ipak gazlamalar bo‘lib, har yili 8 ming pudgacha keltirilgan. Eng sifatli ipak “chilla” deb atalib, u Qo‘qonda ishlab chiqarilgan.
Qo‘qon bilan Buxoro o‘rtasida yaxshi savdo aloqalari o‘rnatilgan. Qo‘qon tovarlari nafaqat Buxoro bozorlarida, hattoki, Buxorodan Qobulga olib borib sotilgan. Qo‘qon ipagi sifati jihatidan Buxoro ipagidan ustun tugan. Shuning uchun uning narxi bir pudi 16 tillo, Xo‘jand ipagi esa 15 tillo turgan12.
Buxoro bozorlarida choy, chinni idishlar, qisman Xitoy va Qo‘qon ipak gazlamalari va ko‘plab rust emir, cho‘yan va po‘lat buyumlari sotilgan. Toshkentning Sibir chegaralariga yaqinligi, toshkentlik savdogarlarga qisqa muddatda tovarlarni Buxoro bozorlariga yetkazib berishga imkoniyat bergan. Bu temir, cho‘yan va po‘lat buyumlarning kattagina qismi Hisor, Badaxshon, Hulm, Maymand va boshqa joylarga toshkentlik va xivalik savdogarlar tomonidan olib borib sotilgan13.
Qo‘qon Buxoro orqali Hindiston bilan ham savdo qilgan. Xususan, Peshavordan Buxoro orqali Qo‘qonga ingliz-hind tovarlari keltirilgan. Peshavordan Qobul, Qarshi, Samarqand va Qo‘qon yo‘li orqali O‘rta Osiyoga har yili 10-15 ming tuyada tovarlar keltirilgan. Keltirilgan tovarlar oq mal-mal, gul tikilgan ko‘ylaklik matolar, shakar, indigo, qalin surp va chitlardan iborat edi. Peshavordan keltirilgan 10-15 ming tuya tovarlaridan 1000 tasida bombey choylari bo‘lgan.
Hindistonda Qo‘qon ipagiga talab katta bo‘lgan. Har yili Qo‘qondan, Buxoro va Hindistonga 1000 tuyada ipak jo‘natilgan.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan dalillardan ko‘rinib turibdiki, Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi bilan savdo aloqlari Xiva xonligiga nisbatan ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.


Download 100,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish