O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv, mintaqalarning


-savol : “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi ilg‘or innovatsiyalar.(xolisonalik,  texnologiyalar, uzviylik)   Javob



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/169
Sana05.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#164743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

7-savol : “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi ilg‘or innovatsiyalar.(xolisonalik, 
texnologiyalar, uzviylik)  
Javob : Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya 
avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika 
yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil 


etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida 
qoʻllanilishiKadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yosh avlodga chuqur 
bilim beradigan, fikrlash doirasi keng, kasbiy ko`nikmalarga ega bo`lgan,  
huquqiy demokratik jamiyat a’zolarini ozod va erkin yashashga, mustaqil fikr 
yuritishga o`rgata oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy 
vazifa qilib belgilangan. «Ilgari biror bir mamlakatning taraqqiyoti va kuchqudratini ifodalash va 
baholash uchun uning mavjud bo`lgan tabiiy boyliklari va 
iqtisodiy salohiyati haqida so`z yuritilar edi. Bugun dunyo taraqqiyotning 
shunday bosqichiga qadam qo`ydiki, har qanday millat va davlat 
imkoniyatlarining hal qiluvchi belgisi bu- ma’rifat, insonlarning intellektual,  
kasbiy va ma’naviy salohiyatidir»-deb ta’kidlaydi prezidentimiz I.A.Karimov. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan 
biri - bu ta’lim tizimini tuzilishi va mazmun jihatidan isloh qilish uchun 
o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir 
mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim muassasalarining faoliyatiniuyg`unlashtirish, ilg`or 
pedagogik texnologiyalarni, pedagogik innovatsiyalarni 
ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi 
 Leontev «Dunyoni idrok qilishning birinchi sharti -faoliyat, ikkinchi sharti - 
tarbiyadir. Faoliyat jarayonida; kishilarning qobiliyati, bilim va malakalari 
shakllanadi, demak, faoliyat ijtimoiy hodisa bo`lib, hayotiy kurashning asosiy shartidir  
shartidir. 
 
 
 
8-savol : Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. ("Kadrlar 
desanti»,«Qayta qurish»,“Paxta ishi”) 
Javob : Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar 
80 yillar oxiri 90 yillar boshlarida O`zbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka 
intilish harakatlari kuchayib bordi. 80 yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qo`lga kiritish 
shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi qonunni qabul qilinishi 
mustaqillik yo`lida muhim bosqich bo`ldi.1990 yili bahorida markazning qattiq qarshilishga 
qaramasdan sobiq Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo`lib O`zbekistonda Prezidentlik 
lavozimi ta`sis etildi. Bu o`zbek davlatchiligi va mustaqillikning printsipial yangi bosqichi 
bo`ldi.I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Kengashida O`zbekistonning birinchi 


Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyaning qabul 
qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan 
to`ldirdi va g`oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston jamoat tashkilotlari va 
harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qo’llab-quvvatlandi.1991 yil 31 avgustda 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat 
mustaqilligi va mustaqil suveren O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi. 
Unda O`zbekiston Respublikasidavlat mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonoti va 
Respublika davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi 
hamda 1 sentyabr — Mustaqillik kuni milliy bayram deb belgilandi.. 
9-savol: XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi 
inqirozli holat. ("Kadrlar desanti»,«Qayta qurish»,“Paxta ishi”) 
Javob : XX asrning  70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotni  rivojlanish surati tobora pasayib, sarf-
xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-
ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa soha-lardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy 
ziddiyatlarni chuqur-lashtirib yubordi. 
KPSS Markaziy Qo'mitasining 1985 yil aprelda bo'lgan Plenumi noxush tendensiyalar yig'ilib, 
SSSR inqiroz oldi vaziyatga tushib qolganligini ilk bor etirof etdi. Mazkur Plenum jamiyatni 
«qayta qurish» orqali iqtisodiyotni ko'tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 
1985-1986 yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o'zgarishlar qilish zarurligi anglandi. 
Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to'la idrok etilmagan edi. 
«Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm 
«afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar 
edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum 
inqirozga olib kelganligini pay-qamagan edi. 
1987 yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda 
xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez 
orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi. 
1980 yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va 
mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan 
chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu 
sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. 
1986-87 yillarda faqat O'zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va 
shikoyatlartushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqo'm kotiblari va bo'lim boshliqlari qabulida 
bo'lib, o'zlarining arz-dodlarini bildirdilar. Poytaxtga yetolmagan 100 minglab fuqarolar mahalliy 
hokimiyat organlariga o'z haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining buzilganligidan shikoyat qilib 
koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar. 
 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish