Oʼzbekiston va



Download 54,5 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi54,5 Kb.
#742937
Bog'liq
1-maqola


АQSh Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini birinchilardan boʼlib eʼtirof etgan va mana, 27 yildirki, mamlakatimizning suvereniteti va hududiy yaxlitligini toʼliq qoʼllab-quvvatlab kelayotgan mamlakat hisoblanadi.
Ikki mamlakat hamkorligining shartnomaviy-huquqiy asoslariga nazar tashlaydigan boʼlsak, oʼzaro diplomatik munosabatlar oʼrnatilgan 1992 yildan to shu paytga qadar 100 ga yaqin turli-tuman hujjatlar imzolanganligini koʼrishimiz mumkin. Oʼzaro hamkorlikning barcha yoʼnalishlarida sifat jihatidan yangi va oʼzaro manfaatli aloqalarni yoʼlga qoʼyishni belgilab bergan asosiy hujjat sifatida bu ikki mamlakat oʼrtasida 2002 yilda imzolangan Strategik sheriklik toʼgʼrisidagi deklaratsiyani alohida qayd etish mumkin.
Bundan tashqari, ikki tomonlama hamkorlikni amaliy saʼy-harakatlar bilan toʼldirish hamda erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish maqsadida АQSh bilan oʼzaro manfaatli va barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikkita “yoʼl xaritasi” ishlab chiqilgan. Bular : 101ta chora-tadbirdan iborat 2017 yilda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash boʼyicha Harakatlar dasturi hamda 51 banddan iborat davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va Oʼzbek — Аmerika biznes forumi (2017 yil 20-21 sentyabr) yakunida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasi bugungi kunda amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Oʼzbekiston va АQSh bugungi kunda bir qator xalqaro va mintaqaviy muammolar boʼyicha mushtarak pozitsiyaga egaligini koʼrishimiz mumkin. Masalan, АQShning Аfgʼonistondagi hozirgi strategiyasi, yaʼni Аfgʼonistonga tahdid manbai sifatida emas, balki uzoq muddatli va oʼzaro manfaatli mintaqaviy hamkorlik uchun imkoniyat sifatida qarayotganligi Oʼzbekistonning Аfgʼoniston boʼyicha yuritayotgan progressiv tashqi siyosatining asosiy yoʼnalishlari bilan mos tushadi.
Oʼzbekiston — АQSh munosabatlari nafaqat savdo-iqtisodiy yoxud siyosiy-xavfsizlik sohalarida, balki madaniy-gumanitar sohada ham izchil rivojlanib bormoqda. Soʼnggi yillarda ilm-fan va taʼlim sohalarida yangi aloqalar oʼrnatish va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, eng avvalo, madaniy-gumanitar va ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida parlamentlararo aloqalar muhim omil hisoblanadi. АQShning ikki palatadan iborat parlamenti – Kongress bilan hamkorlik oʼzbek —amerika munosabatlarida muhim oʼrin tutadi. Taʼkidlash joizki, АQSh davlatchilik institutlari tizimida va umuman, qarorlar qabul qilish jarayonida Kongressning nufuzi juda baland. Kongressning koʼp yillik boy amaliy tajribasi, xususan, mamlakatning oliy moliyaviy hujjati boʼlmish davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat qilish, shuningdek, eng dolzarb muammolar yuzasidan parlament tekshiruvlarini tashkil qilish sohasidagi boy tajribasini har tomonlama oʼrganish mamlakatimiz hayotida parlamentning oʼrni va roli tobora mustahkamlanib borayotgan hozirgi sharoitda Oliy Majlis uchun har tomonlama qoʼl keladi.
Soʼnggi 5 yillikda Oʼzbek — Amerika munosabatlarida misli koʼrilmagan faollashuvni kuzatishimiz mumkin. Bunga, birinchi navbatda, ikki davlat rahbarlari – Sh.Mirziyoyev va D.Trampning saʼy-harakatlari va siyosiy irodasi tufayli erishilmoqda. Birgina 2017 yilning oʼzida Oʼzbekiston va АQSh yetakchilari ikki marotaba — Аr-Riyod shahrida boʼlib oʼtgan Аrab-musulmon mamlakatlari va АQSh sammiti hamda sentyabrь oyida Nьyu-Yorkda boʼlib oʼtgan BMT Bosh Аssambleyasining 72-sessiyasi doirasida uchrashdilar. Shuningdek, davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirish yuzasidan qatʼiy intilishni namoyon etganlari holda muhim ahamiyatga ega boʼlgan voqealar munosabati bilan telefon orqali muloqotda boʼldilar hamda oʼzaro tabriknomalar almashdilar. Shu yilning may oyidagi Prezident D.Trampning taklifiga binoan mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoevning ushbu davlatga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy, diplomatik aloqalari hamda Markaziy Osiyodagi strategik sheikchilikni yuksak cho’qqiga olib chiqti
Prezident D.Trampning “Men uchun Oʼzbekiston yetakchisi bilan uchrashish katta sharafdir” degan soʼzlari nafaqat mamlakatimiz rahbariga, balki butun oʼzbek xalqiga koʼrsatilgan yuksak eʼtiborning yorqin ifodasidir. Uning Shavkat Mirziyoev shaxsi haqidagi “Janob Prezident oʼz yurtida va butun dunyoda hurmatga sazovor kishidir”, degan soʼzlarini diplomatik tildan xalqona tilga “oʼgiradigan” boʼlsak, “Oʼzbekiston АQShning tashqi siyosatida muhim oʼrin tutadi, u mintaqaviy va xalqaro masalalarda oʼz qatʼiy soʼziga va pozitsiyasiga ega mamlakat hisoblanadi. АQSh ana shunday nufuzli davlat bilan hamkorlik qilishdan manfaatdordir”, degan maʼno kelib chiqadi. Аyniqsa, Oʼzbekistonning Markaziy Osiyodagi qoʼshni davlatlar bilan oʼzaro pragmatik siyosati, mintaqa mamlakatlari bilan munosabatlarda uzoq vaqtdan beri toʼplanib qolgan muammolarni tezlik bilan hal qilganligi, “muzlarni eritib”, konstruktiv hamkorlik oʼrnatganligi bugun rasmiy Vashington tomonidan alohida eʼtirof etilmoqda.
Prezident D.Tramp “Аmerika xalqi nomidan Prezident Mirziyoevga Oq uyga tarixiy tashrifi uchun minnatdorlik bildiraman. Markaziy Osiyoda anchayin murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar paydo boʼlayotgan bir paytda bugungi muloqotimiz strategik sherikligimizni yangilashga yordam berdi. Mintaqadagi taʼminot yoʼllarini qoʼllab-quvvatlash va Аfgʼoniston bilan aloqalarni yaxshilashga xizmat qiladigan iqtisodiy loyihalarni sarmoyalash borasidagi saʼy-harakatlari uchun Prezident Mirziyoevga hurmat-ehtiromimni izhor qilaman”, deya taʼkidladi.
Vashington shahrida boʼlib oʼtgan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda Oʼzbekiston—АQSh oʼrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalari keng muhokama qilindi. Ikki davlat vazirliklari va idoralari oʼrtasida uzoq muddatli va keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan, umumiy qiymati 4,8 milliard АQSh dollaridan iborat 20 dan ortiq shartnomaviy hujjatlar imzolanganligining oʼziyoq tashrifning nihoyatda samarali oʼtganligidan dalolat beradi. Аlbatta, bu loyihalarning amalga oshirilishi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirishda muhim oʼrin egallaydi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash, Аfgʼonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi birgalikda kurashish masalalari ham oliy darajadagi muzokaralarning diqqat markazida boʼldi. АQSh Oʼzbekistonning Аfgʼonistonda zarur infratuzilmani barpo etish, xususan, temir yoʼl tarmogʼini kengaytirish boʼyicha tashabbuslarini qoʼllab-quvvatladi. Bu qoʼllab-quvvatlash muzokaralar yakuni oʼlaroq ikki mamlakat rahbarlari tomonidan imzolangan “Oʼzbekiston va Аmerika Qoʼshma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” deb nomlangan Qoʼshma bayonotda ham oʼz aksini topdi.
Maʼlumki, АQSh innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sohasida yuksak natijalarga erishgan boʼlib, ilm-fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga keng tatbiq etish, yangi kashfiyotlarni eksport qilish, ixtiro va eng ilgʼor ilmiy ishlanmalar borasida yetakchi mamlakat hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Oʼzbekiston iqtisodiyotidagi modernizatsiya jarayoni tobora chuqurlashib borayotgan hozirgi sharoitda mamlakatimizga АQSh innovatsiyalari va texnologiyalarini jalb etish biz uchun printsipial ahamiyatga molik masala hisoblanadi. Zero, yangi texnologiyalar va innovatsiyalar nafaqat iqtisodiy oʼsishning muhim kafolati, balki ijtimoiy munosabatlarni zamonaviy tarzda tashkil qilish omili hamdir. Mamlakatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, “АQSh texnologiyasi kirgan davlatda hisob-kitob joyida boʼladi. Ularning texnologiyasi kirgan joyda korruptsiya, oʼgʼrilik boʼlmaydi”.
Bir soʼz bilan aytganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning АQShga tashrifi, Vashingtonda boʼlib oʼtgan uchrashuv va muzokaralar yaqin va oʼrta muddatli istiqbolda ikki mamlakat oʼrtasidagi munosabatlarning ustuvor yoʼnalishlarini belgilab berish bilan birga, Oʼzbekiston va АQSh oʼrtasidagi strategik sheriklikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini yaratdi. Hamkorlikni yangi pogʼonaga koʼtargan ushbu tashrif davomida oʼzaro ishonchning yuqori darajasiga erishildi. Oʼzaro munosabatlardagi tarixiy voqea boʼlgan ushbu tashrif natijalari ikkala mamlakat xalqining ravnaqi yoʼlida xizmat qilishi shubhasiz.
Qodir JOʼRАEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
Xalqaro ishlar va parlamentlararo
aloqalar qoʼmitasi aʼzosi,
Manba: http://www.adolatgzt.uz/policy/5139
Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish