O`zbekiston xalqlari madaniyati tarixi fanidan



Download 40,01 Kb.
bet1/9
Sana25.04.2022
Hajmi40,01 Kb.
#580358
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-МАВЗУ


O`ZBEKISTON XALQLARI MADANIYATI TARIXI
fanidan
(MA`RUZA MATNI)
TO`M-19/1, TO`M-19/2, TO`M-19/3 guruh uchun





6-Mavzu: Kommunistik mustabid mustamlaka davrida «sotsialistik madaniyat» rivoji va uning mohiyati (1917-1991)




«Kommunistik mustabid mustamlaka davrida «sotsialistik madaniyat» rivoji va uning mohiyati» mavzusi O`zbekistonning 20—30 va 50—80-91-yillardagi madaniy hayotini qamrab olgan. O`qituvchi bu mavzuni 20—30-yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat Respublika ma‘naviy-madaniy xayotida o`z aksini topganligini dalillar asosida ochib berish bilan boshlaydi.
Sovet hokimiyati ilgari surgan sotsializm qurish rejasining tarkibiy qismi
«madaniy inqilob» edi. O`zbekistonda «madaniy inqilob» siyosati «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» madaniyatni rivojlantirish qobig`iga o`rab amalga oshirildi. Sovetlarning bu tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san‘at, maorif, oliy ta‘lim sohalarini o`z izmiga solgan edi.
Bu vazifani amalga oshirish uchun tub yerli musulmon aholini tarixidan, tilidan, madaniyati va asrlar osha shakllangan milliy, diniy qadriyaglaridan begonalashtirish va mahrum qilish lozim edi.
Kommunistik partiyaning mustamlakachilik, tobelik mafkurasini aholining keng qatlamlari ongiga singdiradigan sovet ta‘lim-tarbiya tizimini yaratishga muhim ahamiyat berildi. Buning uchun milliy ta‘lim-tarbiya tizimini tag-tomiri bilan yo`q qilish talab qilinardi.
Sovet davlatining Turkiston xalqlari savodsizligini tugatish, maktablar qurish, mutaxassis xodimlar tayyorlash, madaniyat, san‘atni rivojlantirishga bag`ishlangan tadbirlari o`lka aholisini «kommunistik ruhda» qayta tarbiyalashga qaratilgan bo`lib, ularga yoppasiga «kommunizm alifbosi»ni o`rgatashdan iborat edi. 1921 yilgi hukumat qaroriga muvofik 8 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan savodsiz fuqarolarning hammasi davlat maktablarida va savodsizlikni tugatish kurslarida o`qitilishi lozim edi. 1929 yilga kelib bu kurslarni bitirganlar soni 70 mingtaga yetdi.
1920-yillarning ikkinchi yarmida sovet hokimiyati o`zining siyosiy va iqtisodiy mavqeini yanada mustaqkamlagach, bolshevikcha «madaniy inqlob»ga zo`r bsrildi. Yangi ziyoli kadrlarni shakllantirish, eski mavjud milliy ziyolilarni yo`q qilish ana shu maqsadlarni ko`zlab amalga oshirildi.
1928 yilga kelib Sovet hukumati O`zbekistonda eski milliy maktablar faoliyatini batamom taqiqlab qo`ydi.
1930 yili umumiy boshlang`ich ta‘lim joriy etilib, 30-yillarning oxirlarida umumiy yetti yillik ta‘limni amalga oshirishga kirishildi. Ammo bu sohada sifatga emas songa qarab yondashuvning ustunlik qilishi, talim-tarbiyada mafkuraviy, sinfiy tamoyilga asoslanganligi jamiyatning madaniy holatiga yomon ta‘sir o`tkazdi.
Sovet hukumati Respublikada milliy ta‘lim va tarbiya tizimi ildiziga ikki marta halokatli zarba berdi. Birinchisi, 1929 yili arab alifbosiga asoslangan eski o`zbek yozuvining lotinlashtirilgan alfavit asosidagi o`zbek yozuvi bilan almashtirilganligi bo`lsa, ikkinchisi, 1940 yilda «O`zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga ko`chirish to`g`risidagi qonun» edi.
1918 yilning 21 aprelida rus ziyolilari tomonidan Turkiston xalq universiteti ochildi. Munavvarqori rahbarligida tashkil etilgan ushbu universitetning musulmon bo`limi - Musulmon xalq dorilfununi faoliyati keyinchalik to`xtatib qo`yildi.
1920 yilda Turkiston Davlat universiteti (1923 yilda SAGU, 1960 yildan ToshdU, hozirda Milliy universitet) ta‘sis qilindi. Universitet tarkibidan keyinchalik 15 dan ortiq oliy o`quv yurti ajralib chiqdi.
1920 yillarning o`rtalarida o`zbek tilida 17 nomda gazeta va jurnallar chiqgan, mahalliy va markaziy kutubxonalar 152 tani tashkil etgan, 2 oliy o`quv yurti, 5 ta muzey, 14 teatr, 19 kinoteatr faoliyat ko`rsatgan.
1922 yilda Turkiston, Buxoro va Horazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga o`qishga jo`natildi. afsuski, keyinchalik ularning mutaxassis bo`lib qaytganlari mustabidlik qatag`oniga uchradi.
1917 yil Oktabr to`ntarishidan keyin milliy adabiyot rivojida bir qancha o`zgarishlar sodir bo`ldi.
1924 yilda Turkiston bolsheviklarning siyosatiga mos holda miliy-davlat chegaralanishi o`tkazilib, sovetlashtirilgach, O`zbekistonda «Yangi jamiyat» uchun kurash boshlandi. Jadidchilik ta‘qib ostiga olindi. Erkin fikr deyarli to`xtadi.
Adabiyotda yangi tuzumga umid va shubha, e‘tirof va e‘tiroz kuchayib bordi. Xar xil madaniy-adabiy uyushmalar tashkil topdi. 1919 yilda Fitrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan «Chig`atoy gurungi» uyushmasi yangi o`zbek milliy adabiyoti, tili va madaniyatini yaratish, adabiy-madaniy merosni to`plash va o`rganish, ists‘dodlarga xar tomonlama ko`mak berishga harakat qildi. Ikkinchi tomondan, bu davrda sovetlarning g`oyaviy-sinfiy qarashlari ta‘sirida totalitar tuzumning mahsuloti sifatida yuzaga kelgan turli ijodiy tashkilotlar, guruhlar, xususan, proletar madaniyatini shakllantirishni maqsad qilib qo`ygan proletkult tobora kuchayib bordi.
Ana shu ruhda ijod qiluvchilar uyushmasi bo`lgan «Qizil qalam» 1928 yilda tuzildi. 1930 yilda uning o`rniga O`zbekiston Proletar yozuvchilar uyushmasi tashkil qilindi. 1934 yilda bu uyushma tugatilib, O`zbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasi vujudga keldi.
Milliy qarashdagi jadid ijodkorlar Oktabr to`ntarishi g`oyalarini qo`llamasalar-da, millatning dunyoviy siyosiy madaniyatini va saviyasini oshirish uchun kurashni o`z faoliyatlarining bosh maqsadi qilib oldilar.
20-yillarning oxiri va 30-yillarning boshlariga kelib jadid ijodkorlari bilan bir qatorda, Oybek, H.Olimjon, F.Fulom, Uyg`un, U.Nosir, Elbek, Botu, Abdulla Qahhor, X.Shams, Oydin, Mirtemir, Sobir Abdulla, Zulfiya, Amin Umariy kabi qalam sohiblari adabiyot maydoniga kirib keldilar.
Bu davrda Fitrat, Xamza, G`ulom Zafariy o`zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini yaratdilar. Abdula Qodiriy «O`tgan kunlar» (1926),

Download 40,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish