O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar Reja


O`zLiDeP – liberal-demokratik konsepsiya hamda jamiyat va davlat rivojlanishi ta’limotining tashabbuskori va tashuvchisidir



Download 33,76 Kb.
bet6/7
Sana24.10.2022
Hajmi33,76 Kb.
#855799
1   2   3   4   5   6   7
O`zLiDeP – liberal-demokratik konsepsiya hamda jamiyat va davlat rivojlanishi ta’limotining tashabbuskori va tashuvchisidir. Partiya o‘zining liberalizm va demokratiyaning umum tan olingan tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi. Partiyamizning ochiq va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga asos bo‘ladigan, donishmand, bag‘rikeng xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar davomida o‘zining hayotiyligini ko‘rsatgan asosiy qadriyatlari – erkinlik, ma’suliyat, sabr-toqatlilik va imkoniyatlar tengligi, biz uchun o‘zgarmas bo‘lib qoladi. 
Partiya nuqtai nazariga ko‘ra, mamlakatda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlarning bosh maqsadini inson, uning hayoti, or-nomusi, qadr-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlari tashkil etadi. Biz uchun shaxsning huquqlari va erkinliklari jamiyat va davlat manfaatlaridan ustun hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, insonning individual huquqlari jamiyat va iqtisodiy tartibning huquqiy bazasi hisoblanadi va biz “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan olijanob g‘oyani va tamoyilni izchillik bilan hayotga joriy etish, shaxsiy huquq va erkinliklar, shaxsning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta’minlash tarafdorimiz.
Partiya nuqtai nazariga ko‘ra, mulk – erkinlikning bosh sharti, eng muhim kafolati, insonning boshqa huquqlari manbai, fuqarolarning himoyalanishi asosidir. Siyosiy, ijtimoiy, madaniy erkinlikni iqtisodiy erkinliksiz tasavur etib bo‘lmaydi. Mol-mulk va mulkiy munosabatlar masalasi yangi ijtimoiy-siyosiy tizimni barpo etishda muhim o‘rin egallaydi. Davlat xususiy mulkdorning qonuniy huquqlarini himoyalashi, har kim o‘z mol-mulkini ko‘paytirish maqsadida ishlashi mumkin bo‘lgan sharoitlarni yaratishi kerak. Bizning fikrimizcha, qayerdaki jamiyat va davlat xususiy mulkni hurmat qilish tamoyillariga tayansa, o‘sha yerda – taraqqiyot, qayerdaki inkor etish ustunlik qilsa – orqaga ketish kuzatiladi.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi ko‘p ukladli bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq, unda xususiy mulk yetakchi rol o‘ynaydi. Partiya tadbirkorlarning erkinligi, ularning ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishni yoqlaydi.
Download 33,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish