O'zbekistonda iqlimning o'zgarishi va uning kutilayotgan oqibatlari reja


O‘zbekistonda iqlim o‘zgarish sur’ati global darajadan ancha yuqori



Download 437,04 Kb.
bet3/7
Sana12.07.2022
Hajmi437,04 Kb.
#779163
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'zbekistonda iqlimning o\'zgarishi va uning kutilayotgan oqibatlari

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarish sur’ati global darajadan ancha yuqori


Gidrometeorologiya xizmati markazida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati trendlari baholandi. Markaz 2019 yilda kuzatilgan ob-havo bo‘yicha tahlillari natijasini ma’lum qildi.
Kuzatuvlar boshlangan vaqtdan 2019 yilgacha o‘rtacha yillik haroratning o‘zgarishi tahlili shuni ko‘rsatdiki, iqlim isishi tendensiyalari O‘zbekistonning barcha iqlimiy zonalarida namoyon bo‘lmoqda, bunda haroratning ko‘tarilish sur’atlari global miqyosda kuzatilayotgan o‘rtacha sur’atlardan ancha yuqori.
Havoning o‘rtacha yillik haroratlari ko‘tarilishining eng katta qiymatlari yirik shaharlar (Toshkent, Samarqand, Farg‘ona)da, ehtimol, qo‘shimcha urbanizatsiya samarasi hisobiga qayd etilgan. O‘rtacha yillik harorat ko‘tarilishining eng kichik qiymatlari respublikaning tog‘li hududlarida kuzatilgan.

O‘zbekistonning deyarli barcha mintaqalari bo‘yicha oxirgi o‘n yillik (2010-2019 yy.) va oxirgi besh yillik (2015-2019 yy.) uchun o‘rtacha havo haroratlari butun meteorologik kuzatuvlar davridagi oldingi o‘n va besh yillik davrlar bilan taqqoslaganda eng yuqori bo‘ldi.
2019 yilda respublika hududining katta qismida o‘rtacha yillik harorat me’yordan 1,6-2,3 darajaga yuqori, Orolbo‘yida hamda cho‘l zonasida esa ayrim joylarda me’yordan 2,9-3,1 darajaga yuqori bo‘ldi. Faqat respublikaning tog‘li tumanlarida o‘rtacha yillik haroratning me’yordan chetlanishi 1 darajadan oshmasdan 0,5-0,9 darajani tashkil qildi.
2019 yil O‘zbekistonda butun meteorologik kuzatuvlar tarixi davrida ikkinchi eng issiq yil bo‘ldi. Respublikada kuzatuvlar tarixida 2016 yil eng issiq yil bo‘lib turibdi.
Iqlimshunos olimlar buni ikki omil — iqlim isishiga olib keluvchi El-Nino hodisasi hamda uzoq muddatli iqlim o‘zgarishi bilan tushuntirmoqdalar.
O‘zbekistonning barcha mintaqalari bo‘yicha harorat 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar sonining barqaror o‘sish tendensiyasi iqlim isishi ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Issiq kunlar soni ortishining eng yuqori tendensiyalari Orolbo‘yida va respublikaning janubiy hududlarida qayd etilgan.

Harorat 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar soning o‘zgarishi, Termiz

Harorat 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar soning o‘zgarishi, Chimboy


2019 yil yozda respublikaning barcha mintaqalarida jazirama ob-havoning anomal uzoq davri kuzatildi. Harorat 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan va hatto 2016 yil ko‘rsatkichlaridan oshib ketdi.


Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yanvarida Jahon Meteorologiya tashkiloti tomonidan asbob-uskunalar vositasida meteorologik kuzatuvlar o‘tkazish boshlangan davrdan 2019 yilgacha olib borilgan iqlimiy monitoring natijalari e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, 2019 yil butun kuzatuvlar davrida 2016 yildan keyin ikkinchi eng issiq yil ekani ma’lum bo‘lgandi.



Download 437,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish