Oʻzbekistonda maʼmuriy-hududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning oʻzbek xalqining



Download 75,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.01.2022
Hajmi75,7 Kb.
#365351
  1   2
Bog'liq
Mahalla - Vikipediya Mamatqulov Dilshod



Mahalla

Mahalla — Oʻzbekistonda maʼmuriy-hududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning oʻzbek xalqining

anʼanalari va qadriyatlariga xos boʻlgan usuli.

Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, 

jez davrining

yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan. Ularni faqat urugʻ jamoasigina emas, balki

ishlab chiqarish manfaatlari ham birlashtirib turgan. Keyinchalik ularning safiga patriarxal tizim

asosida 100 dan ortiq oilalar kelib qoʻshilgan. Katta oilalar jamoasini ular orasidan saylangan

oqsoqol boshqargan. Oqsoqollar oʻz navbatida oliy oqsoqollar kengashiga birlashgan.

Oqsoqollar, odatda, jamoa — qishloq hayoti bilan bogʻliq barcha masalalarni oliy kengash orqali

hal qilishgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 5-asrning boshlarigacha Fargʻona (Parkana)

davlatida ham oqsoqollar kengashi muhim vazi-falarni hal etgan. Kengash, asosan, sulh tuzish,

vazirlar tarkibi va soliqlarni tayinlash, urush eʼlon qilish, jamoa ishlariga safarbar etish kabi

masalalar bilan shugʻullangan.

Mahalla atamasi arabcha boʻlib, „oʻrin-joy“ degan maʼnoni anglatadi. U turli mintaqalarda

mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan. Adabiyotlarda M.larning koʻp

ming yillik tarixga ega ekanligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Masalan, Narshaxiy oʻzining „Buxoro

tarixi“ asarida Buxoroda bundan 1100-yil ilgari bir qancha mahallalar boʻlganini qayd etib oʻtgan.

Alisher Navoiy oʻzining „Hayrat ul-abror“ asarida mahallani „mahalla shahar ichidagi shaharcha“dir

deb taʼriflaydi, Hirot shahri yuz shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan mahallalardan tashkil

topganini aytib oʻtadi. Mahallalar, ayniqsa, Amir Temur davrida ravnaq topgan. Bu davrda

mahallalar fuqarolarning kasbkori asosida shakllangan va shunga qarab nomlangan. Masalan,

zargarlik, misgarlik, koʻnchilik, pichoqchilik, qoshiqchilik, temirchi, egarchi, taqachi va h.k. Mahalla

qadimda mahalliy hokimiyatning oʻziga xos bir shakli, koʻrinishi tarzida faoliyat koʻrsatgan. Uni

Tarixi



boshqarish jamoatchilik asosida olib borilib, oʻzining yozilmagan ichki tartib-qoidalariga ega

boʻlib, u hamma uchun birdek qonuniy hisoblangan.

Mahalla kichik maʼmuriy hudud boʻlishi bilan birga, turmush tarzi, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlar

umumiyligi bilan bogʻlangan kishilar jamoasi birligidir. Tarixning turli bosqichlarida davrlar,

tuzumlar oʻzgarishiga qarab M.ning vazifalari ham oʻzgarib turgan.

20-asrning boshlaridayoq Mahallalar daha boshliqlari — mingboshilar saylaydigan yuzboshi

(oqsoqollar) tomonidan boshqarilgan. Yuzboshi va uning yordamchilari Mahalladagi barcha

jamoat ishlari va marosimlarni boshqargan. Shuningdek, fuqarolarning shahar yigʻinlari va shahar

muassasalarida M. manfaatlarini himoya qilgan.

Mahallaning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda oʻtkazish, oʻz hududini batartib saqlash va

obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, jamiyat hayotida tartib saqlanishini

taʼminlash, barcha anʼanaviy meʼyorlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish, urf-odatlarga

rioya qilish va ularni buzgan, jamoat maj-buriyatlaridan boʻyin tovlaganlarni jazolashdan iborat

boʻlgan. M. rahbari-yati ariq-hovuzlarni tozalash, koʻchalar, yoʻllar qurish va M. obodonchiligi bilan

bogʻliq boshqa jamoat ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlarning barchasi birgalikda hashar yoʻli bilan

amalga oshirilgan.

Mahalla jamiyatning tuzilmasi sifatida tarixan bir qancha rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtdi. U

20-asrning 1-choragida oʻzining anʼanaviy shaklini oldi.

Sovet hukumati mahallalarga oʻz umrini yashab boʻlgan oʻtmish sarqiti sifatida qaradi. Shundan

kelib chiqib, u anʼanaviy milliy boshqaruvlarni bekor qilish yoʻli bilan bu yerda sanoatlashgan

jamiyatni qaror toptirish siyosatini joriy etishga kirishdi. 20-yillar boshlaridan sovet hukumati

mahallalar vazifasini cheklash, oʻziga boʻysundirishga intildi. Biroq mahallalar oʻzining

yashovchanligini namoyon etib, anʼanaviy xayot va aloqa tarziga qarshi har qanday hujumlarga va

ularni yoʻqotish yoʻlidagi urinishlarga dosh berdi. U ilgarigi hayot tarzi, urf-odat va rasmrusumlarni

saklab qoldi.

1932-yil 17-aprelda Oʻzbekistonda birinchi marotaba shaharlardagi „Mahalla qoʻmitalari

toʻgʻrisida“ Nizom qabul qilindi. 1935—36 yillarda mahallalarda oqsoqol boshchiligida Mahalla

qoʻmitalari tashkil etilib, aholi oʻrtasida olib boriladigan barcha ishlarni rais boshqargan.

1961-yil avgustda Oʻzbekiston Oliy Kengashi tomonidan chiqarilgan „Respublika shahar, qishloq,

posyolkalaridagi va ovullaridagi M. qoʻmitalari toʻgʻrisida“gi Nizomda ham mahallaga yuridik

shaxs maqomi berilmagan edi. Mahalla qoʻmitalari biron-bir moliyaviy xoʻjalik faoliyati bilan

shugʻullanishi mumkin emas, ular oldisotdi, ijaraga berish ishlarini bajarishda qatnashishlari

mumkin bo'lmagan. Mahallaning huquq va vakolatlari cheklangan edi.



Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, M.larga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. OʻzR

Konstitutsiyasining 105-moddasiga va 1993-yil sentabrda qabul qilingan „Fuqarolarning oʻzini-

oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida“gi qonunga binoan, M.lar oʻz huquqiy maqomiga ega boʻlib,

mahalliy hokimiyat tarkibiga kirdi. Mahallalar davlatning joylardagi muhim tayanchi, yuridik shaxs

sifatida oʻz mol-mulkiga, moliyaviy byudjetiga, bankdagi hisobkitob raqamiga — jamgʻarmasiga

egadir. Bu qonunga asosan, har bir M. oʻz hududida ishlab chiqarishni tashkil etishi, kichik

korxonalar ochishi, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni sotishi, uning bir qismini M.dagi

ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi, oʻz hududidagi aholini ish bilan taʼminlashi, aholiga

madaniymaishiy xizmat koʻrsatishi mumkin.

Hozirgi paytda M.larning bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida, oʻz faoliyatlarini tashkil etishlari

uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ular, toʻymaʼraka marosimlarini oʻtkazish, hasharlar

uyushtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari bilan shugʻullanadi.

Koʻpchilik M.larning oʻz masjidi bor, turli maʼrakalar uchun kerakli ashyolar (doshqozon,

idishtovoq, choynak-piyola, tobut va boshqalar) mavjud. 90-yillarda M. hokimiyatning rasman

quyi yuridik organiga aylandi. M. vazifalari ancha kengaydi, u demokratik davlatning eng muhim

boʻgʻinlaridan biri.

M. va uning aholisining ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham madaniy yuksalishiga har tomonlama yordam

berish, milliy anʼana va urf-odatlarni boyitish, M. qoʻmitalari ishlarini muvofiklashtirish, M.lardagi

kam taʼminlangan oilalar, keksalar, faxriylar, nogironlar, koʻp bolali oilalar, yetim-yesirlar,

baynalmilalchilar manfa-atlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida 1993-yil 17-avgustda

Oʻzbekiston „Mahalla“ xayriya jamgʻarmasi tashkil etidsi. „Mahalla“ gazetasi chiqa boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov M.ning hozirgi zamon jamiyatidagi mohiyati va

ahamiyatiga quyidagicha baho beradi: "Oʻz-oʻzini boshqarishning xalqimiz anʼanalari va

qadriyatlariga juda xos boʻlgan usuli — mahallalar tizimi soʻnggi yillarda juda katta nufuzga ega

boʻlib bormoqda. Ular amalda oʻz huquqlaridagi barcha ishlar uchun masʼuldirlar. Zero,

mahallaning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Uning nufuzini koʻtarish, bilingki, nafaqat iqtisodiy,

nafaqat ijtimoiy, balki bu siyosiy, tarbiyaviy, ulkan maʼnaviy masaladir. Biz mahallalarga shu nuqtai

nazardan qarashimiz lozim".

Har bir M. aniq tashkiliy tuzilmaga ega. Unga M.ning umumiy yigʻilishida saylanadigan M.

kengashi rahbarlik qiladi. Kengash oʻz tarkibidan rasman M. yigʻini raisi (oqsoqol)ni, oʻrinbosari va

kotibini saylaydi. Bundan tashqari, M. kengashiga keksa, tajribali kishilardan M. oqsoqoli

maslahatchilari ham saylanadi. Kengash huzurida toʻy marosimlarini oʻtkazish, xotinqizlar,

yoshlar, urush va mehnat faxriylari bilan ish olib boruvchi, jamoat tartibini saqlash,

obodonlashtirish, turar joy fondlarini saqlash va h.k. boʻyicha komissiyalar tuziladi.




M. rahbariyati 2,5 yilga saylanadi va har yili aholi oldida hisobot beradi. Joriy masalalarni hal etish

uchun M. kengashi oyda bir marta yigʻiladi. Endilikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

yuridik shaxs maqomiga ega boʻlib, belgilangan namunadagi muhrga ega hamda mahalliy davlat

hokimiyati organlarida roʻyxatga olinadi.

1998-yil 23-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi „Prezidentining Fuqarolarning oʻz-oʻzini

boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash haqida“gi farmoniga koʻra, M. rahbariyatining (rais,

kotib) faolligini oshirish, ijtimoiy muhofaza qilish va qoʻllabquvvatlash maqsadida ularning ish

haqi oshirildi, pensioner raislarga pensiyani toʻliq olishlariga ijozat berildi. Natijada M.

rahbariyatining manfaatdorligi va nufuzi ortdi.

Fuqarolik jamiyatini qurish, albatta, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich

oʻtish orqali roʻy beradi. 1999-yil 14-aprelda Oʻzbekiston Res-publikasining „Fuqarolarning

oʻzoʻzini boshqarish organlari haqida“gi (yangi tahrirda) qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun

fuqarolarning oʻzinioʻzi boshqarish organlari faoliyatida tub burilish yasadi. Yangi tahrirdagi

qonunning 7-moddasiga asosan, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari davlat hokimiyati

organlari tarkibiga kirmaydi deb toʻgʻridan-toʻgʻri belgilab qoʻyildi.

Yuqorida sanab oʻtilgan vazifalardan tashqari, yangi vazifalar yuklatilgan. U oʻz hududida savdo

va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatni nazorat qilishga koʻmaklashadi, yongʻin

xavfsizligi, turar joy fondini saklash, aholidan soliq va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida

toʻshishini taʼminlashga yordam beradi. Ana shu pul mablagʻlari tushumining muayyan miqdori

oʻz-oʻzini boshqarish organlari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Bu mablagʻ kam taʼminlangan

oilalarning uy-joy, kommunal xizmatlari toʻlovlariga, shuningdek, M.ni obodonlashtirishga

sarflanadi. Endilikda, har bir M. oʻz madaniy markazini, guzarini qurib, shu yerda choyxona,

novvoyxona, doʻkon, maishiy xizmat shoxobchalari, turli sport oʻyinlari maskanini barpo

etmoqda. M. qoʻmitasi tashabbuskor jamoat tashkilotidir. M.da xoʻjalikmadaniy qurilish

tadbirlarini amalga oshirish, uning hududini obodonlashtirish, uy-joylarni va hududdagi shahar

xoʻjaligini saqlash, ozodalikni taʼmin etish, tartibqoidani mustahkamlash va h.k. uchun sharoit

mavjud. M.larning ahamiyati mustaqillik sharoitida kun sayin oʻsib bormoqda.

2003-yil


 Oʻzbekistonda „Obod mahalla yili“deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

2003-yil

 7-fevralda qabul qilgan „Obod mahalla yili“ dasturiga

binoan, M. nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim vazifalar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida jami 9627 fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi faoliyat

koʻrsatadi, shulardan 6855 tasi yuridik shaxs maqomiga ega.

Mahallalarni identifikatsiyalash




2021-yil 5-mart kuni Vazirlar Mahkamisining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada

takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy

etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Oʻzbekistonda har bir

mahallaning ID identifikasiya raqami va hududiy chegarasi koʻrsatilgan yagona elektron

ma’lumotlar bazasi joriy etildi. 2021-yil 1-aprelgacha quyidagilar ishlab chiqilib, joriy etildi:

har bir mahallaning ID identifikasiya raqami va hududiy chegarasi koʻrsatilgan yagona elektron

ma’lumotlar bazasi;

ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar hamda vasiylikka va homiylikka olingan

bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar boʻyicha elektron ma’lumotlar bazasi;

davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar boʻyicha tegishli

ma’lumotlarni oʻz ichiga oladigan yagona elektron axborot tizimi;

fuqarolarning avtotransport vositalari sozligi yoki nosozligi boʻyicha elektron ma’lumotlar

bazasi

[1]


.

Karimov I. A., Bizdan ozod vaobod Vatan qolsin, T., 1996; Malitskiy N. G., Toshkent mahalla va

mavzelari, T., 1996; Mahalla: oʻzini oʻzi boshqarish huquqiy kafolati (qonunchilik va meʼyoriy

hujjatlar toʻplami), T., 1999; Toshkent mahallalari: anʼanalar va zamonaviylik, T., 2002.

Davron Shorahmedov.

[2]


1. 


Download 75,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish