O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi manbalarni rivojlantirishdagi muammolar va ularni bartaraf etish



Download 28,73 Kb.
Sana12.03.2022
Hajmi28,73 Kb.
#492041
Bog'liq
konf


O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi manbalarni rivojlantirishdagi muammolar va ularni bartaraf etish.
Hozirgi davrda qayta tiklanuvchi energiya manbalarida samarali foydalanish jarayoni har bir davlatning asosiy muammolaridan biri sifatida sanalmoqda. Neft va gaz energiya resurslariga bo‘lgan talabning keskin oshishi, ular narxi jahon bozorida beqarorligi insoniyatni noan’anaviy, qayta tiklanuvchi, ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishga majbur qilmoqda. Bunday energiya manbalaridan foydalanishning eng qulay, iste’molchiga uchun arzon va texnologik jihatdan mukammal bo‘lgan manbalardan biri bu quyosh energiyasidir. Sanoati rivojlangan mamlakatlardan Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Ispaniya, Italiya, Avstraliya va Hindiston kabi davlatlar atom yoki ko‘mir elektr energiyasi ishlab chikarishni keskin kamaytirib, muqobil energiya manbalariga, ekologik jihatdan toza quyosh va shamol energiyasi uchun katta sarmoya kiritmoqdalar. Buyuk Britaniya ko‘mir elektr stansiyalarini o‘rniga ekologik jihatdan butunlay toza quyosh elektr stantsiyasidan foydalanishni ma’qul ko‘rmoqda[1]. Jumladan, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya salmog’i ayni paytda 10-14 foizni, 85-90 foizi esa ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa neft maxsulotlarini yoqish evaziga ishlab chiqariladi[2]. Muqobil energiyadan foydalanish qamrovi keng darajada emasligi zamonaviy texnologiyalarning keng joriy etilmaganligi, mutaxassis kadrlarning bu sohada yetarli miqdorda emasligi bilan ifodalanadi. Geografik jihatdan qulay joylashuvga ega O‘zbekistonda quyoshli kunlar 280-320 ni tashkil etadi[3]. Ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur ko‘rsatkich muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish imkoniyati mavjudligini isbotlaydi. Quyosh energiyasidan samarali foydalanish mamlakatimizning ishlab chiqarish sanoatiga, energiya tejamkorligi istiqbollariga bevosita foydali ta’sir ko‘rsatadi va ishchi o‘rinlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olgan holda 2021-yil 9 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror prezidentimiz tomonidan imzolandi. Qonunda jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining o‘sishi iqtisodiyotning energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshayotganligi sababli Respublikaning energetika xavfsizligini mustahkamlash uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini barqaror rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishini ta’minlash, shu jumladan ushbu sohaning ilmiy salohiyatini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilingan[4].
Quyoshdan yerga bir soat ichida tushadigan energiya dunyodagi umuiy bir yil ichida ishlatiladigan energiyadan ko‘ra ko‘proq.
Ayni paytga kelib, bir qator davlatlar energetika sohasida yangicha yondashuvlar asosida sa’y-harakatlar olib bormoqda. Chunonchi, ekologik talablarni inobatga olgan holda, sanoatning asosiy tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda. Pirovardida ishlab chiqarish samaradorligi yuksalayapti. Chunki resurstejamkor va kamchiqitli texnologiyalar iqtisodiyot taraqqiyoti hamda uning raqobatdoshligini oshirishning muhim omilidir. Mamlakatingizda bu borada yaratilgan tashkiliy-huquqiy baza izchil takomillashtirib borilayapti. Bu yerdagi korxonalar tomonidan quyosh panellari, fotoelektrik modullar ishlab chiqarilmoqda.
Bugungi kunda dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish miqyosini kengaytirish tobora dolzarb masalaga aylanmoqda. Energiya resurslariga bo‘lgan talabning oshayotgani, uglevodorod xomashyosi zaxiralarining kamayib borayotgani yangi muqobil energiya manbalarini topishni va joriy etishni taqozo etmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, energetika sohasini rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratildi.
Ushbu qonun hujjatlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog’iga yetkazish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan va ulardan olingan elektr energiyasini tarmoqqa yetkazib berishning maxsus xarid tarifini (“yashil tarif”) joriy etish belgilandi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining o‘rtacha yillik miqdori 69-72 mlrd. kVt/soatni tashkil etib, 2030 yilgacha ushbu ko‘rsatkichni 2 barobarga oshirish nazarda tutilmoqda. Energetika sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish natijasida davlat-xususiy sheriklik asosida qiymati 7,4 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan jami 19 ta loyiha amalga oshirilib, shundan bugungi kungacha 12 ta loyiha bo‘yicha tegishli bitimlar imzolangan.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlar energetika tizimida ishlab chiqarilayotgan energiyaning 40-60 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga to‘g’ri kelayotgan bir vaqtda, ushbu ko‘rsatkich mamlakatimizda 5 foizni ham tashkil etmasligi ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni jadallashtirishni taqozo etadi.
Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi past darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yuzasidan investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar bugungi kunda yetarli darajada emas.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi resurslarni va energiyani tejovchi ilg’or texnologiyalarni joriy etishni rag’batlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Yurtimizda qayta tiklanuchi energiya manbalari(QTEM) qurilmalaridan foydalanishni rivojlantirish ekologik muammolarning oldini olish bilan birga, qazilma energiya resurslariga bo‘lgan talab o‘rnini qoplash va yangi iqtisodiy sohani yaratish maqsadlarida olib borilmoqda. Bu borada dunyo tajribasi Xalqaro QTEMni qo‘llab quvvatlovchi tashkilotlar, turli ilmiy nashriyotlar ko‘magida o‘rganilmoqda va tatbiq etish ishlari olib borilmoqda. Dastlab jadal amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bularga misol sifatida sanoat ko‘lamidagi QTEM elektr stantsiyalarini keltirish mumkin.
QTEMdan foydalanishni respublikamizda rivojlantirishni davom ettirish uchun mavjud huquqiy asoslarni takomillashtirish, texnik normativ tartibga solish hujjatlarini mukammallashtirish, strategiya va metodikalarni ishlab chiqish, ilmiy-texnik va kadrlar tayyorgarligini oshirish, shuningdek institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari turli iqtisodiy darajadagi davlatlarda turlicha miqdordagi energiya ulushlarini tashkil etadi. 2020 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori dunyo bo‘yicha o‘rtacha 29 foizni tashkil etgan. Yana bir misol sifatida dengiz bo‘yida joylashgan doimiy shamol oqimlariga ega davlatlarda shamol energiyasidan foydalanilishi yuqori darajaga yetganligini keltirish mumkin. Shuningdek, Islandiya va olov halqasida joylashgan hududlarda geotermal energiyadan foydalanish yuqori natijadorlikka ega bo‘ladi. Bundan QTEMlarning tabiatda mavjudligidan kelib chiqib, ularni rivojlantirish mumkinligini ko‘rish mumkin.
Mamlakatimizda mavsumiy gidroenergetika resurslari miqdori o‘zgarishi sabab, QTEM ulushi yillar bo‘yicha farq qiladi. 2019 yilda gidro elektr stantsiyalardan ishlab chiqarilgan QTEM miqdori umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarilishining 10 foizini tashkil etdi. QTEMdan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ulushini 2030 yilga qadar 25 foizdan ziyodroqqa yetkazish maqsad qilib olingan. QTEM ulushini oshirish yagona energetika tizimini ularni qabul qila oladigan darajaga o‘zgartirish bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar, xususan, yangi elektr tarmoqlari qurilishi va eskilarini yangilanishi, energetika tizimini raqamlashtirish, moslashuvchan energiya manbalarini qurish va eski issiqlik elektr stantsiyalari portfelini yangilash, Markaziy Osiyo mintaqaviy energetika tizimlarini muvofiqlashtirish va kadrlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish kabi ishlar bilan bir vaqtda bajarilmoqda.
Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash kontseptsiyasi”ga binoan 5 GVt quyosh fotoelektr va 3 GVt shamol elektr stantsiyalari qurilishini amalga oshirish orqali sanoat ko‘lamidagi QTEM elektr stantsiyalari miqdorini oshirish maqsad qilingan. Energiyani ishlab chiqarish, yetkazib berish va iste’mol qilishda samarali texnologiyalardan foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik va energiyadan foydalanish odatlarini boshqarish orqali energetika tizimidagi yuklamalarini, xususan infrastrukturaga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish mumkin.
Amalda O‘zbekiston energetikasiga investitsiyalar kiritish istagida bo‘lgan xorijiy va mahalliy investorlarda qiziqishlari mavjud. Shu boisdan sanoat ko‘lamida QTEM elektr stantsiyalari qurish loyihalari tanlovida qatnashuvchilar soni ortgan. Misol uchun, Qorao‘zak tumanida 100 MVt shamol elektr stantsiyasi qurish loyihasiga 70 ta kompaniya qatnashishga hujjat topshirgan, Sherobod quyosh fotoelektr stantsiyasida qurish tanlovida qatnashish uchun 54 ta kompaniya va konsortsiumlardan hujjatlar qabul qilingan. Shuningdek, energiya samaradorlik va kichik hajmdagi QTEM loyihalariga ham sarmoya qilish istagida bo‘lganlar soni ham ortmoqda. Biroq, elektr energiyasining sotish narxi va xususan sotib olish tarifi ushbu loyihalardan manfaatdorlikni kamaytirmoqda. Shu boisdan hozirda Energetika vazirligi tomonidan Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining texnik ko‘magida “Economic Consulting Associates Limited” kompaniyasi bilan yangi tarif metodikasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Davlat-xususiy sheriklik asosida QTEM elektr stantsiyalari loyihalarini amalga oshirishda Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilinmoqda. Moliya institutlari QTEM elektr stantsiyalari tanlovlarining shaffofligini ta’minlagan holda o‘tkazishga imkon qadar texnik ko‘mak berib kelmoqda. Bu investitsiya loyihasini jozibadorligini oshirib, investorlarning loyihaga bo‘lgan qiziqishlarini orshirmoqda. Tanlov jarayonlarining tartibli va shaffof o‘tkazilishi investorlarga tanlovda ishonch bilan qatnashishlariga imkon yaratmoqda.
2019 yilda Xalqaro moliya korporatsiyasining (XMK) texnik ko‘magida o‘tkazilgan ilk sanoat ko‘lamidagi QTEM elektr stantsiyasi qurilish loyihasi (Solar scaling 1) tanlovida “Abu Dhabi future energy company - Masdar” g’olib bo‘lgan. Masdar tomonidan Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stantsiyasi (QFES) qurilishi oxirgi bosqichlarda bo‘lib, 2021 yil 27 avgustidan yagona energetika tizimiga yashil energiya yetkazib berishni boshlagan. Ushbu QFES dastlabki yildan boshlab yiliga 260 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu O‘zbekistonda 80 million metr kub tabiiy gaz sarf qilgan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga ekvivalentdir. Loyiha qurilishi davomida 70 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya jalb qilingan.
Shuningdek, XMK bilan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg’on tumani va Jizzax viloyati G’allaorol tumanida QFES qurish loyihasi uchun o‘tkazilgan tanlovlar yakunlanib, g’olib bilan shartnomalar imzolandi. Bunda, G’olib “Masdar”kompaniyasi Samarqand va Jizzax viloyatlarida xar biri 220 MVt quvvatga ega bo‘lgan, QFESlar quradi. Kompaniya tomonidan rekord darajada past bo‘lgan 1 kVt.soat elektr energiyasi uchun o‘rtacha 1,6 AQSh tsent tarif miqdori taklif etilgan.
Joriy yil Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida QFES qurish loyihasi tanlovida ham “Masdar” tomonidan eng raqobatbardosh tarif taklif etilib, ushbu kompaniya g’olib bo‘ldi. Mazkur g’olib kompaniya Surxondaryoda quvvati 457 MVt bo‘lgan QFES qurib, yagona energetika tizimiga yashil energiya yetkazib berish faoliyati bilan shug’ullanadi. Joriy yil avgust oyida XMK bilan Buxoro viloyatida 250 MVt, Namangan viloyatida 150 MVt va Xorazm vilyatida 100 MVt QFES qurish loyihasi tanlovlari e’lon qilindi. Hozirgi vaqtda OTB bilan Qashqadaryo viloyatida 300 MVt va Farg’ona viloyatida 100 MVt QFES qurish loyihasi uchun tanlov oldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shamol elektr stantsiyalari (ShES) loyihalari tanlovlari Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. ShES qurish loyihasining birinchi fazasi bo‘yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Qorauzak tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan ilk ShES qurish loyihasi tanlovining g’olibini e’lon qilish joriy yil 16 sentyabrь kuni bo‘lib o‘tdi. Tariflar taklifini e’lon qilishda g’olib ma’lum bo‘ldi. G’olib tanlov ishtirokchisining moliyaviy ma’lumotlari qayta tekshirilganidan so‘ng g’olib rasman e’lon qilinadi. Ushbu loyiha ishga tushganda yiliga 350 million kVt.soat qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Farg’ona politexnika institutida 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha” tayanch doktorantura mavjud. Bundan tashqari mazkur istitut “huzurida PhD 03/27.02.2020.T.106.02 raqamli Ilmiy kengash faoliyat yuritadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu ochilishi rejalashtirilayotgan 70711001 – Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari keyinchalik Ilmiy faoliyatini davom ettirish imkoniyati yetarli hisoblanadi.


Farg’ona politexnika institutida joylashgan 3 binoning 3-chi qavatida jami 4 ta xona mavjud bo‘lib, shundan laboratoriya xonalari 3 ta, 1 ta ilmiy tadqiqot xonasi, 5-chi qavatida jami 6 ta xona mavjud bo‘lib, shundan 1 tasi Smart qurilmalar bilan jixozlangan xona, 2 ta laboratoriya xonasi va 2 ta kompyuter sinfi, shuningdek kafedra professor -o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan muqobil energiya olish uchun tajribaviy qurilmalar jamlangan Geliopoligon mavjud.


Farg’ona politexnika institutida fanlar bo‘yicha olib boriladigan laboratoriya mashg’ulotlari yetarli jixozlar bilan ta’minlangan va uzviy ravishda amaliy mashg’ulotlari Farg’ona politexnika instituti “Geliopoligoni”da, Farg’ona issiqlik energiya stantsiyasi, Farg’ona Nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasi, Farg’ona xududiy elektr tarmoqlari boshqarmasi, “Element kristal” MChJ, “Farg’ona neft maxsulotlari” korxonalari hamda O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi “Fizika Quyosh” IIChB si Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti, Ion plazma va lazer texnologiyalar institutlari laboratoriyalarida ishlab chiqarish amaliyotlarini olib borish tashkillangan, fanlar bo‘yicha berilgan bilimlar o‘quv tanishuv, ishlab chikarish va bitiruv oldi amaliyotlari, yuqoridagi korxona, tashkilotlar bilan mustaxkamlanib borilmoqda.

2021 yilda institutda 19 ta ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ularning 4 tasi davlat ilmiy texnik dasturlari, 4 ta startap, 2 ta Yevropa Ittifoqi loyihasi, 9 tasi “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida hayotga tatbiq etiladi. Bu yil innovatsion rivojlannish vazirligi tomonidan 14 ta loyihalar moliyalashtirilishi maqsad qilingan. Institutning o‘z mablag’lari hisobidan professor-o‘qituvchilarimizning 10 ta loyihasi uchun 5 mlrd. so‘m mablag’ ajratilishi ko‘zda tutilgan.


Hozirgi kunda 31 ta kafedra huzurida ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etib, daromad topish uchun barcha sharoitlar yaratilyapti. Shu yilning o‘zida institutda ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan 10 ta unitar korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz.
Xulosa qilib aytish joizki, qayta tiklanuvchi energich manbalaridan samarali foydalanish, ularni qayta ishlash, ishlab chiqarishga yo‘naltirish, saqlash, yangi yo‘nalishlarini izlash kabi masalalarni o‘z oldimizga maqsad qilib olishimiz lozim.
Download 28,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish