O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim tizimida tarix fanlarni tuzulishi



Download 22,43 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi22,43 Kb.
#931894
Bog'liq
o\'zbekistonda umumiy o\'rta ta\'lim tizimida tarix fanlarni tuzulishi


o'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim tizimida tarix fanlarni tuzulishi
Har bir tarix darsida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarix o’qitish oldiga qo’yilgan g’oyaviy va tarbiyaviy vazifalarning qandaydir bir elementi amalga oshiriladi. SHuning uchun ham o’qituvchi har bir tarix darsiga tayyorlanishda bu dars oldin o’tilgan darslarning davomi, bu darsda hal qilinishi kerak bo’lgan ta’lim-tarbiya vazifalari esa oldingi yoki kelgusi darslarda bajariladigan ta’lim va tarbiya vazifalarining ajralmas bir tarkibiy qismi ekanligini unutmasligi kerak.
Ilmiy dunyoqarashniig asosini tashkil etuvchi muhim tushunchalarni o’quvchilar asta-sekinlik bilan, bir qancha darslar davomida o’zlashtirib boradi, yangi tushunchalar keyingi dars materiallari asosida konkretlashib, yangi mazmun bilan boyiydi. Keyingi dars o’quvchilarning avvalgi darslarda olgan bilimi, orttirgan malakalarini kengaytiradi, ularda yangi tushunchalar hosil qiladi. O’quvchilar tarixiy jarayonlarni keng va chuqurroq tushunadigan bo’lib boradi.
O’qituvchi har bir navbatdagi darsni rejalashtirar ekan, butun tarix kursining bir qismi bo’lgan bu darsda ta’lim va tarbiya vazifalarining qaysi bo’lagi yoki elementi qay darajada, qanday materiallar asosida va qaysi tomonini hal qilishi, o’quvchilarni qanday umumiy xulosalarga olib kelishi, qanday tarixiy tushunchalarni aniqlashi yoki kengaytirishi, qanday yangi g’oyalar tushuntirilishi, ularni qay tarzda tanishtirishi kerakligini puxta o’ylab olishi zarur.
O’qituvchi butun tarix kursining ta’lim-tarbiya vazifalarini ayrim mavzularning ta’lim-tarbiya vazifalari bilan bog’lab rejalashtirmog’i kerak. Mavzular bo’yicha rejalashtirish mavzularni o’qitishning metodik sistemasini ishlab chiqishga yordam beradi. Mavzular bo’yicha rejalashtirganda har bir mavzuning butun tarix kursida tutgan o’rni va roli aniqlab olinadi.
Har bir darsning ta’lim-tarbiya vazifalari o’z-o’zidan emas, balki o’qituvchining ongli va rejali ishi asosidagina muvaffaqiyatli amalga oshiriluvi mumkin. O’qituvchi darsga tayyorlanayotganda o’quv dasturining hajmi va mazmunini hisobga olib material tanlaydi, dastur va darslik asosida dars rejasini tuzadi, materialni joylashtiradi va uni bayon qilishda hujjat va boshqa ko’rsatmali qurollardan foydalanish metodlarini belgilaydi.
Ammo, bu ishlar o’qituvchi darsning asosiy g’oyasini, undan ko’zlanayotgan ta’lim-tarbiya vazifalarini, darsda nimaga erishish, o’quvchilarda qanday tasavvur va tushuncha xosil qilish kerakligini aniq va to’g’ri hal qilgan taqdirdagina o’qituvchi ko’zlangan maqsadga erishishi mumkin. Darsning bosh g’oyasi va uning tarbiyaviy vazifalari to’g’ri va aniq belgilanmay o’tkazilgan dars dasturida ko’rsatilgan faktlarni tasodifan, shunchaki sanab o’tishdan iborat bo’lib qoladi.
Material tanlash va uni izchillik bilan joylashtirish, darsda qo’llaniladigan butun didaktik usullar va metodik vositalarning hammasi darsning bosh g’oyasiga, uning ta’lim va tarbiya vazifalarini hal etish maqsadiga bo’ysundirilishi kerak. SHuning uchun ham har bir darsning bosh g’oyasi va uning ta’lim-tarbiya vazifalarini aniqlash o’qituvchining darsga tayyorlanishida eng muxim bosqichni tashkil qiladi.
Tarix darsiga tayyorlanishning bu muhim bosqichi eng mas’uliyatli bo’lishi bilan birga, ishning eng qiyin tomoni hamdir.
Tarix darslarining bosh g’oyasini, uning ta’lim-tarbiya vazifalarini aniq belgilash, ayniqsa, yosh, tajribasiz o’qituvchilar uchun qiyin ko’chadi. Ular ko’pincha darsning ta’limiy vazifalari bilan tarbiyaviy vazifalarini aniq ajrata olmay, ularning birini ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar yoki konkret dars materialini, uning mazmunini xisobga olmay, tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda belgilash bilan cheklanib qo’ya qoladilar. Bunday o’qituvchilardan ko’pincha - shu darsingizda qanday muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishingiz kerak edi, - degan savolga,- o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashni ko’zda tutdim,— degan mazmundagi umumiy javob olinadi.
Tekshirib ko’rilganda, mavzularning g’oyaviy mazmuni va ta’lim-tarbiya vazifalarini ochib berishga ojizlik qilgan bu talabalarning ko’pchiligi o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarixdan dars beruvchi o’qituvchilar ekanligi aniqlandi. Ayni vaqtda ularga tarix o’qitish metodikasining nazariy qismi ham o’tilgan edi.
Ko’p yillik pedagogik amaliyot tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar uchun darslarning maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalarini belgilash eng muhim, mas’uliyatli ish bo’lish bilan birga, chuqur bilim, malaka va mahoratni talab qiladigan juda murakkab ishdir. Binobarin, yuqori malakali tarix o’qituvchilarini tayyorlashda bu muhim masalaga alohida e’tibor berish talab qilinadi.
Endi mazkur uchala mavzuni o’qitishdan kuzatilgan maqsadlar va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni, ular mazmunidagi umumiyliklar bilan o’ziga
Avvalo shuni aytish kerakki, tarix darslarining g’oyaviy mazmuni, ta’lim-tarbiya vazifalari tarix programmasida berilgan material mazmuniga qarab belgilanadi.
O’qituvchi darsda tarixiy voqealar va ayrim faktlarni bayon qilar ekan o’quvchilar uchun ularni bilishning qanday ahamiyati borligini jiddiy o’ylab ko’rishi, eng muxim va xarakterli tarixiy faktlarni ayniqsa kengroq qilib gapirib va tahlil; qilib berishi, voqealarning mohiyati, uning qonuniyatlari va tarixiy ahamiyatini ochib ko’rsatishi lozim.
Tarix darslarining asosiy mazmunini tashkil etuvchi tarixiy voqeaning mohiyatini, uni keltirib chiqargan sabablarini, uning qonuniyatlari, ahamiyati va natijalarini chuqur o’rganish asosidagina darsning g’oyaviy mazmunini, ta’lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri va aniq belgilash mumkin.
O’qituvchi tarix darsining mazmuni, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini belgilashda tarixiy asarlar va davlat hujjatlariga asoslanib ish ko’rishi kerak. Davlat hujjatlari tarix o’qitishning nazariy va metodologik asosini tashkil etadi.
Asarlar yuqoridagi namunalarda keltirilganidek, ba’zi mavzularnigina emas, balki butun tarix kursining mazmuni, ta’lim-tarbiya vazifalarini belgilashda o’qituvchi uchun asosiy metodologik manba bo’lib xizmat qiladi. SHuningdek, darsda ulardan foydalanish o’qitishning g’oyaviy, ilmiy-nazariy saviyasini oshirishga yordam beradi. Mavzuni zamonaga bog’lab o’rganish uning mazmunini chuqurroq anglab olishga yordam beradi, mavzuni o’rganishga ko’proq qiziqtiradi, uni aktuallashtiradi, darsning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.
Tarixni hozirgi zamon bilan bog’lash uchun avvalo, butun kishilik jamiyati tarixini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va almashinib turishi muqarrar ekanligi haqidagi bayon qili, tarix darslarining g’oyaviy mazmuni ta’lim-tarbiya vazifalarini belgilashda tarix o’quv dasturining uqtirish xati ham katta ahamiyatga egadir. Bu xatda tarix kursining ta’lim-tarbiyadagi roli, vazifalari va mazmuni aniq ko’rsatib berilgan. SHuning uchun ham har bir darsga tayyorlanishda DTS va o’quv dasturining uqtirish xatidagi ko’rsatmalar nazarda tutiladi.
Tarixdan metodik qo’llanmalar hamda maxsus metodik adabiyotlar ham katta rol o’ynaydi. O’qituvchi tarix darslarining ta’lim-tarbiya vazifalarini belgilashda albatta ulardan foydalanishi kerak.
To’g’ri, tarixning hamma bo’limlari bo’yicha ham darslarning ta’lim-tarbiya vazifalarini aniq belgilab olishga yordam beruvchi ko’rsatmani topish qiyin. SHuning uchun bu sohada har bir o’qituvchi shaxsan o’z tajribasi, ijodiga tayanishi kerak bo’ladi.
Darsga puxta tayyorgarlik ko’rish, uning ta’lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri va aniq belgilab uyg’unlashtirib olib borishning o’zi kifoya qilmaydi. Muhim metodik vosita - darsda ta’lim-tarbiyani uyg’unlashtirib borishga yordam beradigan metod va vositalardan to’g’ri, o’rinli foydalana bilishdir.
Tarix o’qitishda ta’lim bilan tarbiyani uyg’unlashtirib borishga yordam beradigan metod va vositalar nimalardan iborat?
Tarix bilimlarining tarbiyaviy ta’siri shu bilimlarning qay daraja tarixiy faktlarga asoslanganligi va ularni darsda ishonchli hamda emotsional tarzda ochib berilishiga bog’liqdir. O’quvchilar tarixiy faktlarning to’g’riligini tushunib borishlari va faktlar asosida chiqarilgan xulosalar ular uchun ishonchli bo’lmog’i lozim. SHuningdek, o’quvchilar bayon etilgan faktlarning shu jihatdan to’g’riligiga komil ishonch hosil qilishlari ham zarur.
Tarix o’qitishning muhim vazifasi — tarixiy hodisalarga berilgan ilmiy baholarni va o’rganilayotgan material yuzasidan chiqarilgan boshqa xulosalarni o’kuvchilarga ishonarli qilib tushuntirib berishdan iboratdir. Ma’nosini yaxshi tushunmasdan yodlab olingan xulosalar o’quvchilar uchun ishonarli bo’lmaydi, tafakkur bilan, emotsional kechinmalar natijasida, tushunib, bi-lib olingan xulosalar ishonarli bo’ladi.
Tarix ilmi o’quvchilarning tarixiy faktlarga, xalqlarning faoliyatiga, ijtimoiy sinflarning namoyandalariga, ijtimoiy ideologiya va shu kabilarga emotsional munosabatini uyg’otadi. Tarixiy bilimlarni o’zlashtirishning emotsionalligi bilimlarning puxta egallanishida, tarixga qiziqishni oshirishda, tarixiy faktlarni tahlil qilish va umumlashtirishda, bu bilimni o’rganishda, umuman o’quvchilarning faolligini kuchaytirishda muhim o’rin tutadi.
O’qituvchi tarix fanining bugungi kun talablari va o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix kursining maqsad, vazifalariga javob beradigan eng muhim tarixiy faktlarni tanlay bilishi, ularni o’quvchilar ongiga jonli va obrazli qilib yetkaza bilishi lozim. O’quvchilar ko’z o’ngida o’tmish va hozirgi zamon voqealari to’g’risida jonli va yorqin tasavvur hosil qila bilish, ularda his-tuyg’u uyg’otish, ijtimoiy hayotning yaxlit manzarasini gavdalantirish, bilimlarni ongli va puxta o’zlashtirishning muhim shartlaridandir. SHunga erishish kerakki, har bir ayrim va hatto qisqacha bayon qilingan tarixiy fakt, har bir geografik nom va shaxslarning faoliyati ham aniq obrazlar yordamida o’rganiladigan bo’lsin. Obrazli tasvir, obrazli bayon o’quvchilar bilimining ilmiy va puxta bo’lish shartlaridan biridir.
O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix kursining maqsadi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalari va mazmunini bilish tashkiliy formasi uchun tarix o’qitishning ilmiy asoslarini egallab olishning o’zi kifoya qilmaydi. Tarix kursini o’qitish, uni o’quvchilarning o’rganishi ham darsda va
darsdan tashqaridagi mashg’ulotlarda ham davom etadi. O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy formasi darsdir. Zotan, tarix darslari tizimida har bir darsning
tutgan o’rni va ahamiyatini to’g’ri belgilash, darsning ilmiyligi
va g’oyaviyligini ta’minlash, bilish qonuniyatlari va maqsadga
muvofiq o’quv shakllari hamda o’quvchilarning o’quv ishini turi
tashkil etishga yordam beradigan, unga mos pedagogik jarayonni
ilmiy asosda tashkil etish alohida ahamiyatga egadir. Tarix darslarini turlarga bo’lish muammosi tarix o’qitish metodikasi taraqqiyotining bosqichlarida metodistlar tomonidan turlicha hal etib kelindi.
Darslarni turlarga bo’lish masalasida ikki asosiy yo’nalish mavjud edi: birinchi yo’nalish tarafdorlari o’qitish jarayonining qonuniyatlariga asoslanib, darslarni turlarga ajratadilar. Ularning fikricha, darslarni turlarga bo’lishda, ularga xarakteristika berishda ko’proq o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix kursi mazmunini o’zlashtirish jarayonining u yoki bu zvenosiga asoslaniladi. Darslarni turlarga bo’lishning bu printsipini S.V.Ivanov birmuncha to’la ishlab chiqqan edi.
Ikkinchi yo’nalishning vakillaridan biri I.N.Kazantsevdir. U dars turlari klassifikatsiyasiga asosan darsni o’tkazish usullarini asos qilib oladi. Tarix o’qitish metodikasi sohasida prof. V.N.Bernadskiy ham tarix darslari klassifikatsiyasiga metodik usullarni asos qilib oladi va tarix darslarini quyidagi turlarga bo’ladi: o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida ma’ruzasi, hikoya qilib berish darsi, tarixiy hujjatlarni tahlil qilish, badiiy adabiyotlardan foydalanish darsi, o’quvchilarning ma’ruzalariga asoslangan dars, prezident asarlarini o’qish va tahlil qilish darsi, kino darsi, ekskursiya materiallari asosida o’tkaziladigan darslar va hokazo. SHuningdek, V.N.Bernadskiy turli usullar yordamida o’tkaziladigan umumlashtiruvchi takrorlash darslarini ham alohida guruhlarga bo’ladi. Biroq, A.A.Vaginning o’sha asarida asosli ravishda ta’kidlanishicha, dars turlari klassifikatsiyasiga, dars o’tkazishning metodik usullarini asos qilib olib bo’lmaydi. CHunki dars o’tkazish metodi ham, dars turlari ham uning mazmuni va ta’lim qonuniyatlari bilan belgilanadi, tanlangan o’qitish metodi va dars tipi o’z navbatida uning g’oyaviy mazmuni, ta’lim-tarbiya vazifalarini ado qilishga xizmat etadi. SHunga qaramay V.N.Bernadskiy tomonidan tavsiya qilingan dars turlari, o’sha davr uchun juda katta ahamiyatga ega bo’ldi, negaki, tarix darslarini xilma-xil strukturada o’tkazish mumkinligini ko’rsatib berdi.
Ammo 60—70- yillarning boshlarida yaratilgan tarix darsliklarining faktik materiallar bilan haddan tashqari to’ldirib yuborilganligi hamda ularda metodik ko’rsatmalar yo’qligi darsda o’quvchilarning bilish faolligini va mustaqilligini oshirishga, ularda zarur ko’nikma va malakalar hosil qilishga katta to’sqinlik qilar edi. Darsliklarda to’lib-toshib turgan faktik materiallardan o’qituvchi dars davomida arang foydalanib ulgurar edi. Dars vaqti o’tgan mavzuni so’rash, yangi temani bayon etish, mustahkamlash va uyga vazifa berishga yetardi, xolos. Xullas, ta’limning hamma jarayonlari shoshma-shosharlik bilan o’tardn. O’quvchilarning materialni puxta o’zlash-tirishni va malaka hosil qilishning muhim manbai va vositasi bo’lgan hujjatlar va ko’rsatmali qurollar ustida olib boriladigan mustaqil ishlarni qilishga vaqt yetishmas edi. Ayni vaqtda o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun zarur qo’llanmalar va tarixiy hujjatlardan iborat to’plamlarning yetarli emasligi, darsliklarning metodik ko’rsatmalarida savol va topshiriqlar berilmasligi ham darsda o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, mustaqilligini o’stirish ishini qiyinlashtirar edi. Buning ustiga 40-yildan to 50-yillarning boshlarigacha, tarix darslari turlari problemasi ustida maxsus tadqiqot ishlari olib borilmadi. Hattoki, tarix o’qitish metodikasidan nashr etilgan qo’llanmalarda ham dars turlari masalasi maxsus muammo qilib qo’yilmadi.
Ammo shunday sharoitda ham, fanlarni o’qitish, jumladan tarix o’qitish sohasida qo’lga kiritilgan progressiv metod va usullardan, xilma-xil dars turlaridan ilg’or o’qituvchilar muvaffaqiyatli ravishda foydalanib keldi. Ular shablonga aylanib qolgan «aralash» dars turidan shunchaki foydalanmay unga ijodiy yondashdilar. Ilg’or o’qituvchilar va metodist olimlar o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix o’qitishdagi nuqsonlarni bartaraf qilish yo’llarini izlay boshladilar.
O’zligini anglashga intilgan har bir xalq o’tmishini bilishi zarur. Tarixni o’rganish umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatini anglab yetish uchun, barcha xalqlarning umumjahon tarixiy jarayonida qatnashib, jahon madaniyati hazinasiga qay darajada hissa qo’shganligini bilish uchun ham muhimdir.
Yoshlarni tarixdan oladigan bilimlarini takomillashtirishning usullari turlichadir. Jumladan tarix o’qitish samaradorligini oshiradigan vositalardan biri darsda arxiv materiallaridan foydalanishdir. Dars o’quv jarayonining asosiy bo’g’ini sifatida yoshlarga fan asoslarini o’rgatishda muhim o’rin tutadi.
Metodist P.S.Leybengrub ta’limning asosiy tashkiliy formasi bo’lgan dars tuzilishi jihatidan tor sxemaga, qat’iy bir qolipga tushib qolganligi tarix o’qitish oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni qiyinlashtirayotganini, ayni vaqtda bu hol o’qitishda har xil metod va usullardan foydalanishga to’sqinlik qilayotganini, o’quvchilarning darsga qiziqishini ham pasaytirayotganini to’g’ri ta’kidladi. Tarix darsining quyidagi 4 ta tipini tavsnya etdi:

  1. ta’lim jarayonining barcha elementlarini o’z ichiga olgan,
    aralash dars;

  2. to’liq yoki qisman yangi temani o’rganishga bag’ishlangan
    dars;

  3. umumlashtiruvchi — takrorlash darsi;

  4. bilimlarni tekshirish va hisobga olish darsi.

SHuni aytish kerakki, P.S.Leybengrub shu masalaga bag’ishlangan asarlarida ham o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi tajribasida ilg’or o’qituvchilar qo’llanib kelayotgan dars turlarining hammasini ko’rsatmagan bo’lsada, bu masalani o’rtaga qo’yib, matbuot sahifasida munozara boshlab berishi g’oyat foydali ish bo’ldi.
Darslar mohiyatiga qarab turlarga ajratiladi. Tarix darslarining mohiyatini ta’lim jarayoni tashkil qiladi. Demak, ta’lim jarayonining ob’ektiv qonuniyatlariga asoslanib, tarix darslarini turlarga bo’linishi masalasini to’g’ri hal qilish mumkin. Darsning har xil turlariga xarakteristika berishda o’quvchilarni tarixiy voqealarni idrok qilishga tayyorlash, materialni tahlil qilishga, asosiy tarixiy faktlar, tushunchalar va qonuniyatlarni anglab olishga, umumlashtirishga, olgan bilimlaridan zarur paytda foydalanishga o’rgatish kabi ta’lim jarayonlari e’tiborga olinadi. O’qituvchi o’quv materialini bayon qilish jarayonida uni tahlil qilib boradi va umumlashtiradi. Biroq, ba’zi murakkab mavzular va bo’limlar yuzasidan maxsus tahlil qilish darslari, tarix kursining g’oyaviy mazmuni, ta’lim qonuniyatlari bilan bog’lab maxsus umumlashtiruvchi - takrorlash darslari o’tkaziladi. Har bir darsda, o’quvchilarda xarita, har xil suratlar, bezaklar ustida ishlash, jadvallar, reja va konspekt tuzish ko’nikma va malakalari hosil qilish yuzasidan ish olib boriladi.
Demak, o’qitishning ilmiy asosda tashkil qilinishi o’qituvchining darsda har xil vazifalarni muvaffaqiyatli bajara bilishiga bog’liq. Tarix o’qitish tarixiy voqealarni bayon qilib berish va uni navbatdagi darsda so’rashdan iborat emas. O’qituvchi o’quvchilarni tarixiy voqealar ustida mustaqil fikrlashga, o’rganilgan tarixiy materiallardan tegishli xulosalar chiqarib olishga, uni umumlashtirishga, mavzular va umuman kursning asosiy masalalarini puxta o’zlashtirib olishga, turli matnlar, xaritalar bilan mustaqil ishlay bilishga, reja, konspekt, xronologik va sinxronistik jadvallar tuzishga, ma’ruza va referatlar tayyorlashga, diagrammalar mazmunini tushunishga o’rgatishi lozim.
Xo’sh, tarix darslarini turlarga bo’lishda nimalarni ko’zda tutish kerak?
O’quv materialining mazmuni, uning “darsining tur” o’ziga xos xususiyati, sinf o’quvchilarining umumiy tayyorgarligi hamda darsdan kuzatilgan didaktik maqsadlar dars turini, uning strukturasi va metodlarini tanlashda asos bo’lib xizmat qiladi, tanlab olingan dars turi va metodi esa uning mazmunini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. Dars turlari masalasini hal etishda formalizmga va standartga yo’l qo’ymaslik kerak, o’qituvchi navbatdagi temani rejalashtirganda, uning mazmuni, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini izchillik bilan, mantiqan bog’lab o’rganishga yordam beradigan dars turlarini oldindan aniq belgilab olishi kerak.
SHunday qilib, tarix V—IX sinflarda va o’rta maxsus ta’lim tizimida o’qitiladi. O’quvchilar sinfdan sinfga o’tgan sari tarixiy materialning ko’-lami ortib, mazmuni murakkablashib, o’quvchilarning tarixiy bilimlari ham chuqurlashib, ko’nikma va malakalari o’sib boradi. SHu bilan birga, darslar tuzilishi jihatidan va mazmunan murakkablashib, darslarning xilma-xil turlaridan foydalanish zaruriyati tug’iladi.
O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix ta’limining yangi mazmuni va o’quvchilarning bilish faoliyatini yanada faollashtirish vazifalari tarix o’qitishning shakli va metodlarini takomillashtirish uchun imkoniyatlar ochib beradi. O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix o’qitish mazmunan boyidi, o’qitishning mavjud shakli va metodlari takomillashdi, yangi shakl va metodlar yuzaga keldi. Keyingi yillarda seminar va boshqa amaliy mashg’ulotlar yuqori sinflarda tarix o’qitishning o’ziga xos shakliga aylanib qoldi.
Dars turlariga xarakteristika berishda ta’lim jarayonining qonuniyatlari, uning asosiy bosqichlari (o’quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga tayyorlash, material bilan tanishtirish, uni tahlil qilish, umumlashtirish, mustahkamlash, ko’nikma va malakalar hosil qilish, olgan bilimni ishga solishga o’rgatish va tekshirish) asos qilib olinadi. Tarixni o’rganishning har bir bosqichi materialning mazmuniga qarab, o’ziga muvofiq shakl oladi. Tarix darsining turi o’rganilayotgan temaning g’oyaviy mazmuniga va o’quv-ta’limiy va tarbiyaviy vazifalariga qarab belgilanadi. Binobarin, ta’lim qonuniyatlarini amalga oshirish va temani o’rganishda foydalaniladigan dars turlarini unga muvofiqlashtirib borishning aniq usullari tarix dasturi materialining mazmuniga qarab belgilanadi.
Demak, tarix darslarini klassifikatsiya qilish, uning xilma-xil turlaridan foydalanish o’qituvchining shaxsiy xohishiga emas, balki o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix kursining maqsadi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish zaruriyatidan kelib chiqadigan tarix ta’limining asosiy qonuniyatlari bilan bog’liqdir. SHuning uchun o’qituvchi dars turlarini tanlashda o’rganiladigan mavzuning mazmuni, xarakterini hamda uni o’quvchilarning ongli va puxta o’zlashtirishini, ya’ni ta’lim jarayonining asosiy qonuniyatlarini asos qilib olishi lozim. Dars turini bu yo’sinda tanlash esa o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix o’qitishning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda o’qitish metodlari va usullari haqidagi masalani ijodiy hal qilishga yordam beradi.
Download 22,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish