«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


-rasm. Foydali g’ovaklilik m



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

19.1-rasm. Foydali g’ovaklilik m 
(qoldiq suvni 
hisobga 
olgan 
holda) bilan mutlaq o’tkazuv-
shanlikning K
O’T 
o’zaro bog’-
liqligi
. (A.A.Xanin bo’yisha) Alev-
rolitlar: 1 – mayda alevritli frak-
siya; 2 – yirik alevritli fraksiya;
qumtoshlar: 3 – mayda zarrali, 4 – 
o’rta va yirik zarrali


424 
gaz regionidagi Sho’rtan, Gazli, Olon, Zevarda, Qultog’ va b. konlardagi gaz bera 
olish koeffitsientining o’rtacha arifmetik qiymati 0,854 ga teng. 
Gaz bera olish koeffitsientiga qoldiq bosim qiymati anchagina ta’sir qiladi. 
Odatda yirik gaz konlari uchun quduq og’zidagi qoldiq bosim 0,1 MPa, deb qabul 
qilinadi, shunga ko’ra yirik konlar bo’yicha gaz bera olishni yuqoriroq koeffitsientiga 
erishiladi. 
MDH da gaz zaxiralarini hisoblashda, chiqarib olinishi mumkin bo’lgan barcha 
zaxiralar hisobga olinadi, shuning uchun ham qoldiq bosim qiymati foydalanish 
quduqlari og’zidagi yakuniy bosim 0,1 MPa qiymatdan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. 
Gaz zaxiralarini hisoblashda qoldiq bosimni hisobga olishdan tashqari geologik 
zaxiralardan chiqarib olinadigan gaz miqdorini aniqlash ham muhim hisoblanadi, 
shunga ko’ra gaz bera olish koeffitsienti ham aniqlanadi. Eng ko’p tarqalgan gaz 
rejimli uyumlarda gaz bera olish koeffitsienti qiymati 0,90-0,95 ga teng bo’ladi. 
Suv bosimli rejimda ishlatilayotgan gaz konlarining gaz uyumlarida balans 
chiqarib olinadigan gaz zaxiralari hajmi qoldiq bosimni hisobga olmasdan 
aniqlanadi. Lekin kondan foydalanish yakuniga etganda chekka suvlarning bosimi 
etarli bo’lmaganligi va gaz uyumining hamma qismi suvlanmaganligi sababli 
zaxiralar hapjmini aniqlashda qoldiq bosimni hisobga olish zarur bo’ladi. 
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, suv bosimli rejimdagi uyumlarda gaz 
zaxiralarini hisoblashda, qatlamning gaz va suyuqlik bera olish koeffitsientini kiritish 
zarurdir. 
Bu 
koeffitsientlar 
miqdori 
uyumning 
tuzilishiga, 
kollektorlik 
xususiyatlarining o’zgarishiga, gaz va suvlarni o’zidan nisbiy o’tkazishiga, gaz bilan 
to’yinish darajasiga va h.k.larga bog’liq. 
Gaz bosimli rejimda gaz bera olish koeffitsienti qiymatini aniqlash muhim. 
Laboratoriyada turli tipdagi kollektorlarda gazni suv bilan siqib chiqarish tajribalari 
asosan tabiiy va qisman sun’iy qumtosh va ohaktosh kern namunalarida amalga 
oshirilgan va ma’lum bir natijalar olingan. Olingan ma’lumotlarga ko’ra gazni suv 
bilan siqib chiqarishda kollektorlarda ko’p miqdorda gaz qolishi aniqlangan, ular 
hajmi kollektor g’ovaklari bo’shlig’ining 16 dan 50% gacha bo’lgan hajmini 
egallaydi. Masalan, bo’shoq qumlarda gazni suv siqib chiqargandan so’ng qoldiq 
gazga to’yinganlik 16%ga teng bo’lgan; zich qumtoshlarda u 25-50% ga, 
ohaktoshlarda esa 50% ga etgan. Gazning qovushqoqligi, zichligi va siqib 
chiqaruvchi suyuqliklarning sirt tarangligi qoldiq gazga to’yinish qiymatiga ta’sir 
etmaydi, qatlam sharoitlari esa (temperatura, bosim, siqib chiqarish tezligi va bog’liq 
suv miqdori) juda ham kam ta’sir qiladi. 
AQShning Texas shtatidagi Vest-Bomont va Luizianadagi Leyksayd konlarida 
qoldiq gazga to’yinganlik qiymatlari hisoblangan. Qoldiq gazga to’yinganlilik kern 
va elektr karotaj ma’lumotlari asosida ikkita quduqda gaz-suv tutash yuzasining 
siljishini o’rganish orqali strukturaning suvlangan qismida aniqlagan. Kern tahlili 
bo’yicha topilgan qoldiq gazga to’yinganlik g’ovakligi 31-32,9% bo’lgan qumtoshlar 
16,7 dan 18,5 % gacha, elektr karotaj ma’lumotlari bo’yicha esa 19,4 dan 37% gacha 


425 
ekanligi aniqlangan. Bu ma’lumotlar suv bosimli rejimdagi gaz uyumlarining gaz 
bera olish koeffitsientini taxminan 0,8 ga teng, deb qabul qilishga imkon beradi. 
Qayd qilingan ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1) gaz zaxiralari 1,5-2 mlrd.m
3
dan ko’p bo’lgan konlarda gaz bera olish 
koeffitsienti qiymati 0,9-0,99 oraliqda o’zgaradi (0,1 MPa ga teng bo’lgan qoldiq 
bosimni e’tiborga olgan holda hisoblangan dastlabki zaxiralardan); 
2) gaz zaxiralari kam bo’lgan konlar uchun gaz bera olish koeffitsienti 0,66-0,8 
oraliqda o’zgaradi (bunda zaxiralarni hisoblashda qabul qilinadigan qoldiq bosim 
qiymati katta zaxirali konlar uchun hisoblanganiga qaraganda yuqori bo’lishi 
mumkin); 
3) bo’shoq qumlarda gazni suv bilan siqib chiqarishda qoldiq gazga to’yinganlik 
16% yaqin bo’ladi; zich qumtoshlarda esa u 25-50% chegarasida o’zgaradi; 
4) gazli maydonning suvlangan qismidan olingan kernlarni o’rganish 
ma’lumotlari qoldiq gazga to’yinganlilik 16,7-21,8% atroflaridaligini ko’rsatdi. 
Demak, gaz konlari (uyumlari)dagi gaz zaxiralarini hisoblashda gaz uyumining 
o’ziga xos geologik xususiyatlarini va gaz bera olish koeffitsientini hisobga olish 
zarurdir. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish