O’zbeksiton Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Suv  ta’minoti  tizimlari



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana06.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#321102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
yopiq aylanuvchi suv sistemalari va suv tozalash inshoatlari. suv inshoatla

 

Suv  ta’minoti  tizimlari

  inshootlarning  kompleks  quril- 

masidan iborat bo‘lib, ularning vazifasi iste’molchilarni kerakli 

miqdorda,  talab  etilgan  sifat  va  bosimda  suv  bilan 

ta’minlashdan  iborat.  Shu  bilan  birga,  suv  ta’minoti  tizimi 

ma’lum darajada ishlash ishonchiga ega bo‘lishi shart. 

Suv  iste’molchilari  uchun  zarur  bo‘lgan  suvning  umumiy 

miqdori aniqlangan va foydalanish mumkin bo‘lgan tabiiy suv 

havzalaridan  ma’lumotlar  yig‘ilgach,  suv  ta’minoti  uchun  suv 

manbalari  va  uning  chizmasi  tanlanadi.  Suv  ta’minoti  tizimi 

suv  manbalaridan  kerakli  miqdorda  suvni  olishi,  uni  tozalashi 

va  iste’molchining  talabini  qondirish  maqsadida  ularga  suvni 

yetkazib berishi lozim. Bu qo‘yilgan talablarni amalga oshirish 

uchun suv ta’minoti tizimiga quyidagi inshootlar kiradi: 

 

 suv  oluvchi  inshootlar,  bu  inshootlar  yordamida  suv 



tabiiy suv manbalaridan olinadi; 

 



 suvni  yuqoriga  uzatuvchi  inshootlar,  nasos  bekatlari. 

Suvni  tozalash  bekatlariga  va  suv  iste’molchilariga  uzatuvchi 

qurilma; 

 



 suv tozalovchi inshootlar

 



 suv  uzatuvchi  qurilmalar  va  suv  tarmoqlari.  Ular  suvni 

iste’molchilar talab qilgan joyga yetkazib berish uchun xizmat 

qiladi; 

 



 minoralar  va  rezervuarlar.  Ular  suv  ta’minoti  tizimida 

suvni boshqarish va zaxirada saqlash uchun xizmat qiladi. 

Suv  ta’minoti  tizimidagi  asosiy  inshootlarning  joylashish 

sxemasi I.1- rasmda ko‘rsatilgan. 

Suv  manbayidan  suv  oluvchi  inshootlar  (1)  yordamida 

olinadi  va  nasos  bekatining  birinchi  bosqichida  joylashtirilgan 

nasosga (2) yuboriladi, shundan so‘ng suv tozalash bekatiga (3) 

uzatiladi. Suv tozalangach, suv yig‘uvchi rezervuarga (4) oqib 

keladi, undan ikkinchi bosqichdagi nasos bekatida o‘rna- tilgan 



nasoslar yordamida (5) tortib olinib, suv uzatuvchi quvurlar (6) 

orqali  suv  tarqatuvchi  tarmoq  quvurlariga  uzatiladi.  Suv 

minorasi 

(yoki 


bosimli 

rezervuar)ni 

(7) 

tarmoqning 



boshlanishida (I.1 a, e-rasm), uning oxirida (I.1 b, f- rasm) yoki 

tarmoqning  biron-bir  oraliqdagi  nuqtasida  (I.1  d-  rasm) 

joylashtirish  mumkin.  Boshqa  inshootlarning  joylashishi  ham 

turlicha bo‘lishi, ya’ni birinchi va ikkinchi bosqichda joylash- 

tirilgan  nasoslar  bitta  binoda  yoki  alohida-alohida  binolarda 

joylashtirilishi  mumkin.  Birinchi  bosqichda  joylashgan 

nasoslar  suv  oluvchi  inshootlar  bilan  birga  quriladi.  Ayrim 

hollarda  tozalash  inshootlari,  ular  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

rezervuarlar 

va 


nasos 

bekatining 

ikkinchi 

bosqichi 

manbalarining yonida emas (I.1-rasmda ko‘rsatilgan), balki suv 

iste’molchilariga  yaqin  joylashtiriladi  (shahar,  qishloq  yoki 

sanoat korxonalari). 

Suv  bilan  ta’minlanadigan  joyning  tabiiy  sharoiti  va  suv 

iste’molchilarining  turi,  shu  bilan  birga,  iqtisodiy  nuqtayi 

nazardan  suv  ta’minoti  chizmasi  va  ularning  tarkibidagi  ele- 

mentlar o‘zgarishi mumkin. 

Suv  ta’minoti  chizmasiga  suv  olish  uchun  tanlangan  suv 

manbayi  ham  juda  katta  ta’sir  qiladi  (uning  tabiati,  quvvati, 

undagi suvning sifati, undan suv ta’minlash joyigacha bo‘lgan 

masofa  va  h.k).  Ba’zi  hollarda  bitta  obyekt  uchun  bir  nechta 

tabiiy suv manbalaridan foydalanish mumkin. 

Ochiq  suv  manbalaridan  foydalanganda  turli  suv  oluvchi 

inshootlar  quriladi.  Yerosti  suvlaridan  foydalanganda  suv 

oluvchi inshootlar quduq shaklidagi (shaxtali yoki normal) yer-

osti  suv  yig‘uvchi  qurilmalar  va  har  xil  suv  yig‘uvchi 

inshootlar  quriladi.  Suv  manbayining  xarakteri  suv  ta’minoti 

chizmasiga ta’sir qiladi. Berilgan suv manbayidagi suv sifati va 

iste’molchilar  tomonidan  suv  sifatiga  qo‘yilgan  talablarni 

taqqoslash  natijasida  suvni  tozalash  zarurligi  hamda  tozalash 

darajasi  va  tozalash  yoki  ishlov  berish  xarakteri  aniqlanadi. 

Aholini yerosti artezian yoki buloq suvi bilan ta’minlaganda bu 

suvlarni  tozalamasa  ham  bo‘ladi.  Ochiq  suv  manbalaridan 



olinadigan suv sanoat korxonalari (agregatlarni sovitish) uchun 

ishlatilsa,  bu  holda  uni  tozalamasdan  ishlatish  mumkin.  Agar 

suvni tozalash lozim topilmasa, u holda suv ta’minoti sxemasi 

juda  soddalashadi.  I.1  b-  rasmda  shaharni  artezian  suvlardan 

foydalangan holda suv bilan ta’minlash chizmasi keltirilgan. 

Bu yerda artezian quduqlari (parmali quduqlari) (1) alohida 

to‘p-to‘p  holda  joylashtirilgan.  Nasoslar  quduqning  o‘zida 

joylashtirilgan  va  ular  suvni  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  suv  tarmog‘iga 

(8)  uzatishi  mumkin.  Ba’zi  hollarda  bunday  suv  ta’minoti 

tizimlarida  ham  suv  suv  yig‘ish  rezervuarlariga  (4)  (suvni 

boshqarish  va  zaxira  uchun  xizmat  qiladi)  va  undan  ikkinchi 

bosqich  bekatidagi nasoslar  (5) yordamida suv tarmog‘iga  (8) 

uzatiladi.

 

 




 

I.1-rasm. 

Ochiq (a, 

e) va yerosti 

(b, d, 

f

suv 



manbalaridan 

foydalanganda suv ta’minoti tizimining umumiy chizmasi: 



1—

 

suv olish inshooti; 2—nasos bekatining I bosqichi; 3—tozalash inshootlari; 4— 

toza suv rezervuari; 5— nasos bekatining II bosqichi; 

6

—suv uzatuvchi quvur; 7— suv minorasi; 8—suv tarqatuvchi tarmoqalr

9—suv manbayi. 

relyefi  ham  suv  ta’minoti  chizmasiga  ta’sir  qiladi.  Tog‘lik 

joylarda  suv  manbalari  (ko‘l,  suv  ombori,  buloq  suvlari)  suv 

bilan ta’minlash joylaridan ancha yuqorida joylashgan bo‘lishi 

mumkin.  Bunda  suvni  iste’molchilarga  yerning  qiyaligidan 

foydalangan  holda  nasos  bektlarini  qurmasdan  o‘zioqar  suv 

eltuvchi  quvurlar  orqali  uzatish  mumkin.  Yuqorida  I.1  d-

rasmda  ko‘rilgan  suv  bilan  ta’minlashning  umumiy  chizmasi 

ayrim 

hollarda 



uchraydigan 

chizmalardan 

iboratdir. 

Amaliyotda  esa,  mahalliy  tabiiy  sharoitlarga  va  suv 

iste’molchilarining  suvga  qo‘yadigan  talablarini  e’tiborga 



olgan  holda,  suv  ta’minoti  chizmasi  bir-  biridan  tubdan  farq 

qilishi va turlicha bo‘lishi mumkin. 




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish