O‘zingiz yoqtirgan kitobga taqriz yozing



Download 92,85 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi92,85 Kb.
#215465
Bog'liq
Taqriz


7-topshiriq. O‘zingiz yoqtirgan kitobga taqriz yozing.



Bu kitob «Buxoriy boʼstonida» nomli asar muqaddimasi. U oʼnta fasldan iborat. Har fasl bir-biriga bogʼliq alohida mavzularda bahs yuritadi.
Millat faxri barpo etgan betakror maʼnaviy bogʼ bilan tanishishdan oldin koʼpchilikka zohiri maʼlum, botini majhul boʼlgan haqiqiy boqqa kirib oʼtishga ehtiyoj sezildi. Shunga koʼra birinchi fasl bogʼbon va uning bogʼi haqida soʼzlovchi lugʼaviy maʼnodagi uzun hikoya bilan boshlandi. «Hamma bilgan narsalarni takrorlash»ning siri mutolaa asnosida oydinlashadi. Аlloh taolo hammaga maʼlum boʼlgan yer, osmon, quyosh, oy, yulduz va kunda necha bor koʼz tushadigan oziq-ovqat, meva-cheva kabi narsalarga chuqurroq nazar solishga buyurgan. Sababi, bunday nazar insonga maʼnaviy ozuqa berib, iymonning ziyoda boʼlishida, dunyoqarashning oʼnglanishida hamda hayotning yanada yoqimli oʼtishida va totli tatishida koʼmaklashadi. «Kitobga «Muqaddima» deb nom qoʼyish u qadar toʼgʼri emas. Negaki, odatda, muqaddimalar ikki-uch bet yoki koʼpi bilan oʼn bet boʼladi», degan oʼy oʼquvchini qiynashi mumkin. Iztirobga oʼrin yoʼq. Chunki alohida Muqaddima yozish Islom olamida yangilik emas. Salaflarimiz ilmiy merosida bunga namunalar serob. Hofiz Ibn Hajar (773-852) «Sahihi Buxoriy»ning sharhi Fathul Boriyga bitgan ikki jildli muqaddimasi 1300 sahifadan koʼp. Muqaddima sakkiz yil davomida yozilgan. Ibn Hajar ismi Navoiy oʼquvchilariga tanish. Ibn Oshurga (1296-1393) mansub oʼttiz jildli mashhur tafsirning birinchi jildi asosan muqaddimaga bagʼishlangan. Muallif unda oʼn xil mavzuda bahs yuritadi. Ibn Salohning (557-643) hadis ilmlari xususidagi kitobi «Muqaddimatu Ibn Saloh» deb tanilgan. Muarrix, faylasuf, ijtimoiy olim Ibn Xoldunning koʼp tillarga, jumladan fransuz tiliga tarjima qilingan yetti tomli tarix kitobi nafaqat tarixchilarga, ijtimoiy fan olimlariga, balki, nazarimda, oddiy kitobxonlarga ham tanish. Buyuk asarning birinchi tomi «Ijtimoiy fanlar asosi»ga bagʼishlanib, «Muqaddimatu Ibn Xoldun» nomi bilan shuhrat topgan. Muqaddima 518 sahifadan iborat. Аrab hikmatida:»Kim baland uy qurishni istasa, poydevorni mustahkamlasin», deyilgan. Koʼngil koʼp qavatli imorat qurishga orzumand. Lekin bu, yozda fundament quyib, qishgacha tomi yopiladigan inshootdek emas ekan. Аksincha, umr vazifasiga oʼxshaydi. Shunga koʼra «Buxoriy boʼstoni»ning «Muqaddima»si choʼzilib ketdi. Baqadrihol poydevorni mustahkamlashga urinildi. Imorat bitsa, fabiho, bitmay qolsa, mehnat zoe ketmay, asar «Sahih» oʼquvchilari uchun mustaqil qoʼllanma boʼlib qoladi. Bu izohlarning bari baʼzi tushunmovchiliklarni bartaraf qilish uchun favqulodda yozilib, keyinroq izofa etildi.
Download 92,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish