Mudir jadal qadam tashlagan holda to‘xtovsiz gapirar va uning so‘zlari hammani qiziqtirar edi. (P.T.) . Ushbu qo‘shma gapda qanday voqea-hodisa aks etgan?
Bir vaqtda yuzaga kelgan voqea-hodisa aks etgan.
Turli vaqtda yuzaga kelgan voqea-hodisa aks etgan.
Navbatma-navbat yuzaga kelgan voqea-hodisa aks etgan.
Ketma-ket tarzda yuzaga kelgan voqea-hodisa aks etgan.
Ayiruv bog‘lovchili qo‘shma gap berilmagan qatorni toping.
Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi.
Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib jala quyadi.
Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo bilsa ham, o‘zini bilmaslikka soladi.
Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh muzika sadosi avjiga chiqadi.
Qaysi qatorda gap ikki grammatik asosga ega?
Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
Ahillik bor yerda temir ham suvga cho‘kmaydi
Bu shaharda tanish-bilash yo‘qligi Mirzaevga shu bugun bilindi
Men sinfga kirgach, deraza oldida turgan Shahnozani ko‘rdim.
Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.
Dam achchig‘im chiqadi, dam kulgim qistaydi.
Ba’zan sahna, ba’zan minbar vazifasini o‘taydigan so‘ri dam olish joyiga aylantirilgan.
G‘ulomjon goh so‘zlab, goh o‘ylab o‘tirar edi.
Ilgari ham kun shunday qizirmidi yo bu yil yoz issiqroqmi?
Qaysi qatordagi gapda shakliy va mazmuniy nomuvofiqlik ifodalangan?
Shundan xursandmanki, ular Elobodni bilishar ekan.
Chaqirsam, qaramaysiz.
Chaqimchidan qo`rqqin, chunki uning bir soatda buzgan ishini bir yilda ham tuzatib bo`lmaydi.
Sen tabiatga to`pponchadan o`q uzsang, tabiat senga to`pdan o`q uzadi.
Subyektiv modallik ifodalangan qatorni toping.
A. Barcha javoblar to`g`ri.
V. Chamasi, siz bundan xabar topmagansiz.
S.Ey zolim falak, yana qanday jafolaring bor.
D. Dunyoni qizg`anma mendan, azizim.
Qaysi gapda subyekt tushunchasi noma'lum?
Bu yerdan yo`l chiqarishga qaror qilindi
Ona bolasini uxlatdi
Bolalar tonggacha suhbatlashdilar
Ko`prikni biz qurdik.
Qaysi gapda ikkita subyekt ishtirok etgan?
Ona bolasini uxlatdi
Bu yerdan yo`l chiqarishga qaror qilindi
Bolalar tonggacha suhbatlashdilar
Ko`prikni biz qurdik.
Bolani ovutolmay hamma halak. Birov konfet bersa, birov pechene beradi. Ostiga chizilgan gap:
A. Bog‘langan qo‘shma gap
V. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap
S. Shart ergash gapli qo‘shma gap
D. Payt ergash gapli qo‘shma gap
Albatta, arizangizni ko‘rib chiqaman gapida subyektiv modallikning qaysi turi ifodalangan?
A. Tasdiq
V. Ishonch
S. Gumon
D. Subyektiv modallik ifodalanmagan.
To‘g‘ri, maqtov kutib suzuk qizlardan
Yolg‘on she’rlar yozib charchadim ona! (Iqbol).
Ushbu gapda qanday subyektiv modallik ifodalangan?
A. Tasdiq
V. Ishonch
S. Gumon
D. Hech qanday subyektiv munosabat ifodalanmagan.
O’ktam Komilaga savollar berar, faqat shu qizgina pishiq-pishiq javob qaytarar edi (Oybek).
Ushbu gapdagi yashirin hukm (presuppozitsiya)ni yuzaga chiqaruvchi
so‘zni belgilang
A. Faqat
V. Komila
S. Pishiq-pishiq
D. O’ktam
Propozitsiya nima?
A. Gapning denotativ aspekti - «propozitsiya»
V. Gapning subyektiv mazmuni -«propozitsiya»
S. Gapning modal mazmuni -«propozitsiya»
D. Gapning kommunikativ mazmuni -«propozitsiya»
Presuppozitsiya nima
A. Sintaktik qurilma orqali ifodalanadigan yashirin mazmun
V. Sintaktik qurilma ifodalaydigan subyektiv mazmun
S. Sintaktik qurilma ifodalaydigan ob’ektiv mazmun
D. Sintaktik qurilma ifodalaydigan denotativ mazmun
«Ahmad ham keldi» jumlasidagi presuppozitsiyani aniqlang.
A. Boshqa shaxslar keldi
V. Ahmadning kelganligi
S. Ahmadning kelmaganligi
D. Boshqa shaxslar kelmaganligi
Do'stlaringiz bilan baham: |