O’zmetkombinat


O'zbekiston metallurgiya kombinati



Download 30,92 Kb.
bet2/2
Sana26.03.2022
Hajmi30,92 Kb.
#510874
1   2
Bog'liq
MM-76 Nazarov M O\'zmetkombinat

O'zbekiston metallurgiya kombinati , shuningdek " O'zmetkombinat" OAJ (" O'zbekiston O'zbekiston metallurgiya kombinati" ) - bu O'zbekistondagi qora metallurgiya korxonasi. Mamlakatning sharqida , Toshkent viloyatining Bekobod shahrida, Sirdaryo bo'yida, Tojikiston bilan to'g'ridan-to'g'ri chegarada joylashgan. O'zbekiston metallurgiya zavodi sifatida tashkil etilgan, 1944 yilda O'zbekiston SSRning birinchi metallurgiya zavodi sifatida foydalanishga topshirilgan. 1994 yilda zavod Shirinskiy mashinasozlik zavodi va "Vtorchermet" o'z-o'zini boshqarish korxonasi bilan birlashgandan so'ng "O'zmetkombinat" ochiq aktsiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Zavod metallolomni qayta ishlaydi, metall ishlab chiqaradi.


Bu yil bekobodlik metallurglar po‘ lat eritish va pr okat mahsulotlari ishlab chiqarishda yuqori sur' atlarga erishdilar .Joriy yilning 28 dekabr holatiga ko‘ r a kombinatda 903 591 ming tonna po‘ lat eritilib, belgilangan reja 101, 2 foizga bajarildi. 2017 yil shu davriga nisbatan 249 405 tonna ko‘ p mahsulot ishlab chiqarilib, o‘sish sur'ati 138, 1 foizni tashkil etdi. Bu yil po‘ lat erituvchilar mahsulot ishlab chiqarishda bir qator r ekor dlarni yangilashga erishdilar . Fevr al
oyida Elektr da po‘ lat eritish sexida po‘ lat eritish bo‘ yicha r ekor d o‘ rnatildi. Po‘ lat erituvchilar bu oyda pechdan 656 mar otaba po‘ lat quymasi olishdi. Bu 74 395 tonnani tashkil etdi. Bir oyda shuncha po‘ lat eritish EPET s tarixida bo‘ lmagan edi. Shundan so‘ ng yana to‘ rt bor bu rekord yangilandi. Mart 79, 7 mingtonna, apr elda 81, 2 ming tonna, may oyida 82, 1 ming tonna, avgustda 82, 7 ming tonna po‘lat eritildi. Prokatchilar erishgan natijalar ham salmoqli bo‘ ldi. Shu davrda kombinatda 1 060066 tonna prokat mahsulotlari tayyorlanib, yillik r eja muddatidan oldin 100, 1 foizga bajarildi. O‘ tgan yilga qar aganda 333857 tonna ko‘ p pr okat mahsulotlari tayyorlanib,o‘ sish sur' ati 146 foizni tashkil etdi. Shu jumladan 235 119 tonna po‘ lat zoldirlar ishlab chiqarildi. Bu 2017 yilga nisbatan 41 688 tonnaga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur' ati 121, 6 foizni tashkil etdi.
Milliy valyutadagi pullarni to‘shak ostida saqlash unchalik ham to‘g‘ri qaror emas. Inflyatsiyani hisobga olganda ular yiliga kamida 10%ga qadrsizlanadi. O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun imkoniyatli investitsiyalashtirish instrumentlar — bank omonatlari, qimmatli qog‘ozlar , esdalik tangalari, biznesdagi ulushlar hisoblanadi. Mos instrumentni tanlashda ko‘plab nozik jihatlarni hisobga olish lozim. Eng keng tarqalgan tavsiya — investitsiya portfeli diversifikatsiyasi. Yuqori tavakkalli (ammo daromadli) va ishonchli (biroq kam daromadli) mablag‘larni birinchisi tavakkalini ikkinchi mablag‘lardan olinadigan barqaror daromad hisobiga qoplash uchun birga qo‘ shish lozim. Bugun aksiyaga muvaffaqiyatli kiritilgan mablag‘ investitsiyalashning eng qiziqarli va daromadli turlaridan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda u xatto iyun oyidan 9,5% o‘sgan, bundan bir yil avval 19,8% arzon bo‘lgan AQSh dollari sotib olishdan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi. Masalan, menga investitsiya uchun qiziqarli bo‘lib ko‘ringan o‘nta kompaniyadan iborat to‘plam (ular pastroqda jadvalda ko‘rsatilgan) bir yil ichida olingan dividendlarni hisobga olmaganda ikki baravar o‘ sdi. Dividendlar ham 20% dan oshdi. O‘sishning mutlaq yetakchilari orasida “O‘zbekkimyomash” zavodi aksiyalari bor , zavodning 2019 yilgi tashvishli moliyaviy ko‘rsatgichlariga qaramay ularning narxi qariyb 5,8 baravar oshdi, umid qilamanki, O‘zbekiston neft gaz sektoridagi islohotlar yakuniga yetishi bilan zavodning ahvolida o‘zgarish bo‘ladi. “O‘zbekko‘mir”, “O‘zmetkombinat” aksiyalari, Olmaliq TMKning imtiyozli aksiyalari ham ikki baravardan ziyod o‘ sdi. Bu xildagi portfel aksiyalari narxining eng kam o‘ sishi 40%ni tashkil qiladi. Tabiiyki, aksiyalar bozori investitsiya uchun eng tavakkalli sektorlardan hisoblanadi, shuning uchun mablag‘ kiritish borasida birmuncha bilimtajribaga hamda o‘z oilasining moliyaviy ahvoliga zarar keltirmaydigan hajmdagi mablag‘ga ega bo‘lgan investorlar bu ishga pul kiritishlari lozim. Umuman, men tajribasiz va professional bo‘lmagan investorlarga aksiyalar bozoriga o‘z mablag‘larini faol kiritishlarini tavsiya etmayman negaki bu u yoki bu korporativ voqeaga doimiy diqqat va e’tiborni, aksiyalar bahosidagi ehtimol tutilgan o‘zgarishlardagi yangiliklarni talqin qilish qobiliyati va boshqalarni talab etadi. Shunday qilib, aksiyaga 20 mln so‘m kiritib, bir yil davomida sarmoyani ikki baravar oshirish va 41 mln.dan ortiq mablag‘ olish mumkin.
Alisher Usmonovning O‘zbekistonga kiritayotgan millionlab dollarlik sarmoyalari haqida (O’zmetkombinat) :
2017-yili Usmonovning ko‘magi bilan jahon miqyosidagi metallurgiya klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish borasida tajribaga ega chet el kompaniyasi — SFI Management Group kombinatning tashqi boshqaruviga jalb etildi.
Hozirda kombinatga ilk bor issiq briketlangan temir (IBT) va quyma xomashyo tayyor holda tashqaridan keltirilmoqda — bu aynan jahon standartlariga muvofiq ishlab chiqarish imkonin beradigan omillardir. Bugunga qadar 46 million dollarlik IBT, 27,3 million dollarlik quyma xomashyo keltirildi.
Aylanma mablag‘larni ko‘paytirish uchun qo‘shimcha ravishda yo‘naltirilgan 50 million dollarga teng mablag‘ qisqa vaqtda metallurglar maoshini oshirishga, boshqaruvdagi qing‘ir yo‘llarni bartaraf etib, korporativ boshqaruv hamda moliyaviy menejmentning zamonaviy usullarini qo‘llash va xorijdan yetuk mutaxassislarni jalb qilishga imkon berdi. 2018-yilda metalloprokat ishlab chiqarish prognozi 1,1 million tonnaga teng. Bu SFI Management Group kompaniyasi o‘tgan yili amalga oshirgan tuzilmaviy va tashkiliy o‘zgarishlarning kichik bir qismi, xolos. Natijada birgina iyul oyining o‘zida 99 ming tonna, yil boshidan hisoblansa — 636 ming tonna metalloprokat ishlab chiqarildi. Bu butun 2017-yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 87 foizi demakdir. Suyultirilgan po‘lat eritishning oylik hajmi bo‘yicha rekord o‘rnatildi — 82,4 tonna. So‘nggi 10 yildan beri bu boradagi eng yuqori ko‘rsatkich 64 ming tonnadan oshmagan edi.
Umuman olganda, yil oxiriga qadar ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3,5 barobarga va daromad 3,3 barobarga oshishi, davlat byudjetiga tushumlar esa 0,5 trillion so‘mdan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.
“So‘nggi yillarda katta muammolar bor edi, kominat esa jar yoqasiga kelib qolgandi. Yangi rahbariyat kelib, yangi g‘oyalar, yangi vazifalar belgiladi. Bularning barchasi ortida mamlakat taraqqiyoti uchun kuch va mablag‘ ayamaydigan Alisher Usmonov turibdi”, — deydi kombinat ishchilaridan biri.
Xabar berishlaricha, kombinatga so‘nggi yillarda xalal bergan muammolardan biri metall chiqindilarni yig‘ish bilan bog‘liq edi. Tizimni jonlantirish yo‘lida davlat rahbariyati tomonidan qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Ulardan biri — ikkilamchi qora metallar bo‘linmalari (“Ikkilamchi qora metallar” kompaniyasi) SFI Management Group boshqaruvidagi “O‘zmetkombinat” tarkibiga o‘tkazildi. Ayni paytda barcha mintaqaviy filiallar 10 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgani holda to‘liq modernizatsiya qilinmoqda.
Ushbu kombinat ham SFI Management Group’ning ishonchli boshqaruviga topshirilgan. Hozirgi vaqtda jahonning turli mamlakatlaridan yetakchi mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, ular ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun korxonani taftish (audit) qiladi.
Alisher Usmonov rahbarligida metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan.
Ular tomonidan OKMKni uzoq muddatda modernizatsiya qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun taxminan 300 million dollarlik mablag‘ yo‘naltiriladi.
Bu esa yiliga mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 140 ming tonnagacha, ruh metallini ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, oltingugurt kislotasi ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar — 845 ming tonnadan 1,6 million tonnagacha oshirish imkonini beradi.
Qimmatbaho va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash avvalgi yillarga nisbatan 1,3 martaga ortadi.
Mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad 1,5 barobarga ortib, 12 trillion so‘mga yetadi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi ham 1,4 barobarga ortib, 5 trillion so‘mdan ortadi. Kombinatning sof foydasi ham 1,4 barobarga ortib, 1,6 trillion so‘mni tashkil qiladi.
Yangi konlarni, jumladan, “Yoshlik 1” (23 million tonna mis-molibden) va va “Yoshlik 2” (2 million tonna mis-molibden) konlarini o‘zlashtirish va rivojlantirish yo‘lida ayni paytda yettita istiqbolli investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda
Download 30,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish