Ozod sharafiddinov tanqichilik kasbi haqida maqola



Download 23,59 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi23,59 Kb.
#891731
Bog'liq
OZOD SHARAFIDDINOV TANQICHILIK KASBI HAQIDA MAQOLA


OZOD SHARAFIDDINOV
TANQICHILIK KASBI HAQIDA MAQOLA

Ozod Sharafiddinov (1929 — 2005) Qo‘qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkentda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi va Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida, so‘ngra Moskvadagi jahon adabiyoti instituti aspiranturasida tahsil oldi. O‘zMUda dotsent va professor, “Jahon adabiyoti” jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlagan.
Shu o‘rinda bir shoirning Vatan sevgisi haqidagi atigi to‘rt misrada aytgan bir gapi esimga tushib ketdi: “Vatan” uchun kimlar nimalar qilmagan? Birovlar Vatan deb jon fido qilgan, birovlar vatan deb gap sotgan…“ Men hech kimni malomat qilmoqchi emasman, buning uchun mening haqqim ham yo‘q. Lekin, nazarimda, shunday tuyuladiki, biz keyingi vaqtlarda Vatanga muhabbatimizni ko‘proq ”gap sotish“ yo‘li bilan ifodalashga berilib ketganga o‘xshaymiz. Nazarimda, ”tarbiya“, ”vatanparvarlik tarbiyasi“ degan narsani ham butunlay bir tomonlama tushunamiz, shekilli. Qancha ko‘p gapirsak, gaplarimiz qancha tum-taroq, balandparvoz bo‘lsa, tarbiyaviy ishlarimiz shuncha yaxshilanayotganga o‘xshaydi. Holbuki, bularning bari bilimimizning sayozligidan, madaniy saviyamizning pastligidan, qolaversa, gapirayotgan gapimizni o‘zimiz qadrlamasligimizdan tug‘iladi va bu siy­qalik oxir-pirovardida, eng noyob, eng inja tuyg‘ularimizni ham o‘tmaslashtiradi. Natijada, ”Vatan sevgisi“ning qadri pasayib, bahosi tushib ketishi ham hech gap emas. Bir misol keltiraman: keyingi paytlarda ancha-muncha odamlar televizor orqali yoki matbuot sahifalarida sira xijolat tortmay ”men falon sohada Vatan uchun 30, 40 yoki 50 yil xizmat qilib qo‘yganman» deya maqtanadigan bo‘lib qolishdi. Biroq odam o‘zi to‘g‘risida shunaqa deganida qilgan xizmatlarini pisanda qilayotganga o‘xshab ketadi. Albatta, biror sohada 30 yilmi, 40 yilmi ishlagani juda yaxshi — buning uchun faqat rahmat aytish va pullar bilan rag‘batlantirish kerak. Lekin nima uchun buni — butun umr bo‘yi tirikchiligini o‘tkazish uchun maosh olib qilgan ishini o‘zining vatanparvarligi deb taqdim etishi kerak?
Vatanni sevish va, ayniqsa, bu sevgini amalda namoyon qilish unchalik oson ish emas. Bu odamdan juda katta jasoratni, bardoshni, chidamni talab qiladi. Qizig‘i shundaki, Vatan o‘z farzandlaridan har oyda, har haftada, har soat, har soniyada jon fido qilishni talab qilmaydi. Vatan yo‘lida sodir bo‘ladigan bunday fidokorlik eng yuksak, eng oliy fidokorlik bo‘lib, u favqulodda hollarda ro‘y beradi. Lekin Vatan sevgisi odamdan bir qarashda mahobatli ko‘rinmaydigan, insonning oddiy faoliyatidan kam farq qiladigan, aslida esa juda mashaqqatli mehnatdan iborat bo‘lgan kundalik jasoratni talab qiladi. Bu o‘rinda bugungi odamlarga juda yaxshi o‘rnak bo‘ladigan yana bir toifa chin vatanparvarlar avlodi yodimga tushdi.
1914-mi yoxud 1915 yilgimi — aniq esimda yo‘q — jadid gazetalaridan birida kichkina axborot e’lon qilingan. Undan ma’lum bo‘ladiki, jadidlar ma’rifat ishlari yo‘lida xayriya kechasi o‘tkazgan ekanlar va kecha oqibatida ma’lum miqdorda pul tushgan ekan. Gazetadagi axborotda ana shu pul tiyinma-tiyin nimalarga sarflangani aniq ko‘rsatilgan. Bu ishlarning barini jadidlar shovqin-suronsiz, biron og‘iz maqtanishsiz, pisandasiz va ta’masiz amalga oshirganlar. Va nihoyat, mana shu xizmatlari uchun sho‘rolar zamonida qamalib, ko‘pchiliklari otib yuborilgan yoxud o‘zga yurtlarga badarg‘a qilinib, urug‘lari quritilgan. Ularning bunday beminnat fidokorliklari biz uchun mangu ibrat bo‘lib qolmaydimi? Bizning esa hamon topganimiz gap… gap… gap… Biri-biridan chiroyli, biri-biridan purviqor, biri-biridan dabdabali va biri-biridan puch, mag‘izsiz gaplar, samimiyatdan uzoq gaplar. Qo‘rqamanki, bu havoyi gaplar hatto bizning picha riyokorligimizni ham oshkor qilib qo‘yadi.
Sezib turibman — shu o‘rinda bir tabiiy savol tug‘ilishi mumkin — maqolada Vatan sevgisi og‘izda emas, amalda, ishda namoyon bo‘lmog‘i kerak degan gap ko‘p aytilyapti. Xo‘sh, bugungi oddiy odam nima qilmog‘i, Vatanga muhabbatini qanday namoyon etmog‘i kerak? Axir, tarixda qiladigan ulug‘ jasoratlarni hamma ham, har kuni qilavermaydi-ku? Menimcha, Vatan yo‘lida bir ishni qilishni istagan odam, avvalo, tarixga kirish haqidagi o‘ylarini bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘ymog‘i kerak; chunki bir shoir aytganidek, avval ishni qoyil qilmoq kerak, shon-shuhratni esa keyin bo‘lishib olinaveradi. Hayot esa hamma vaqt jasorat ko‘rsatishga imkon beradi — jasoratlar, fidokorliklar faqat favqulodda odamlarning mahriga tushgan emas. Prezidentimiz takror-takror aytadigan bir ibora bor — “Savob ishni har kim qilmog‘i, har kuni qilmog‘i lozim”. Faqat bir narsani aytmoq joizki, savob ishlar, shu jumladan, Vatan ravnaqi yo‘lidagi ishlar hech qachon avvaldan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha, birovlarning ko‘rsatmasi bilan qilinmaydi. Har kim o‘z aql-zakovati bilan, o‘z qalbining amriga ko‘ra qudrati yetgan darajada, imkoni bor darajada Vatan, elu yurt yo‘lidagi ishlarni qiladi.
Vatanga muhabbatingizni amalda namoyon qilmoq uchun falon qiling, piston qiling deb ko‘rsatma berolmayman. Hayotning o‘zida siz qilishingiz mumkin bo‘lgan yumushlar oyoq ostidan chiqib qoladi. Hozir o‘zi turgan joyda obodonchilik ishlariga yordam berayotgan, maktablarga, bolalar bog‘chalariga ko‘maklashayotgan, ijodkorlarning kitoblarini chop ettirishga madadlashayotgan, qo‘li qisqaroq oilalarga bolalarning to‘ylarini o‘tkazib berayotgan va yana qanchadan-qancha saxovatpesha ishlarni qilayotgan odamlar haqidagi xabarlar ko‘payib qoldi. Bularning bari elu yurt ravnaqi yo‘lida qilinayotgan savob ishlardir. Agar bordi-yu, bunaqa ishlarga ham qurbingiz yetmasa, hechqisi yo‘q, o‘kinmang — jilla bo‘lmasa, to‘rt-besh tup daraxt eking, hovlingiz atrofini obod qiling, loaqal, eshigingiz tagiga bir tup qirqog‘ayni ekingki, o‘tgan-ketganlar yashnagan gullarni ko‘rib, ichlarida “barakalla” deyishsin. Bunday ishlar ham yurtimizning husniga husn, chiroyiga chiroy qo‘shadi-ku.
Odam ota-onasini tanlayolmaganidek, Vatanni ham tanlayolmaydi. Albatta, Alloh odamga Vatanni muzliklardan ham, sahrolardan ham, changalzorlardan ham ato etishi mumkin. Lekin siz bilan bizga Alloh O‘zbekiston deb atalgan, tuprog‘ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, tog‘ desa tog‘i bor, bog‘ desa bog‘i bor, har tongda bulbullar madhini o‘qib tamom qilolmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan ekan, buning uchun o‘zimizni BAXTLI deb bilmog‘imiz kerak. Prezidentimiz aytganiday, shukronalar bilan yashamog‘imiz kerak. Vatan bizga ato etilgan ulug‘ ne’mat ekan, Vatanga muhabbat ham har birimizga berilgan ulug‘ ne’matdir.


Download 23,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish