P. M. Matyakubova, P. R. Ismatullayev, A. K. Miraliyeva, U. A. Maxmonov


 O‘lchashlarning fizikaviy asoslarining mohiyati



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/104
Sana06.07.2021
Hajmi3,16 Mb.
#110041
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
Bog'liq
OFA Oquv qollanma

 
1.4. O‘lchashlarning fizikaviy asoslarining mohiyati 
O‘lchanuvchan  fizikaviy  kattalik  tushunchasini  shakllantirishga 
erishilganidan  beri  200  yuz  yil  o‘tdi.  Yangi  o‘lchov  birliklarini  amalga  kiritish 
hamon o‘lchanuvchan kattalikni mana shunday tushunilishiga mos ravishda yuz 
bermoqda. Mashhur matematik va fizik olim Leonard Eyler fizikaviy kattalikka 
ta’rif  bergan  bo‘lib,  bu  ta’rifni  bizning  davrimizda  ham  qo‘llash  mumkin.  U 
o‘zining  “Algebra” nomli asarining eng boshida quyidagicha yozadi (1-qism, 1-
bo‘lim, 1-bob):  
“1.  Birinchi  navbatda  kattalik  deb  kattarish  yoki  kichrayish  qobiliyatiga 
ega  hamma  narsa,  yoki  unga  nimanidir  qo‘shish  yoki  undan  nimanidir  ayirish 
mumkin bo‘lgan narsa ataladi. 
 
Shunday qilib pullar to‘plami (pul) kattalikdir. Chunki u o‘ziga qo‘shishni 
yoki o‘zidan ayirishni taqozo qiladi. 
Vazn ham xuddi shunday sabablarga ko‘ra kattalik hisoblanadi. 
2. Ko‘p  turli-tuman kattaliklar  mavjudki, ularni  sanash  baholash    imkoni 
yo‘q. Ulardan fizikaning turli bo‘limlari kelib chiqadi, ularning har biri alohida 
o‘ziga  xos  kattalik  bilan  shug‘ullanadi.  Fizika  umuman  olganda  kattaliklar 
haqidagi  fan,  kattaliklarni  o‘lchash  kerak  bo‘lgan  vositalarni  izlash  bilan 
shug‘ullanuvchi fan.  


20 
 
3. Biroq bitta kattalikni aniqlash yoki o‘lchash mumkin emas, agar, xuddi 
shu  turdagi  boshqa  bir  aniq  kattalikni  tanlamasak  va  ular  orasidagi  nisbatni 
ko‘rsatmasak. 
Shunday  qilib  kattalik  pul  summasini  aniqlay  olishi  uchun  biror  ma’lum 
sifatida  pulning  qandaydir  miqdori  qabul  qilinadi.  Masalan,  gulden,  rubl,  taler 
yoki  dukat  va  h.k.  Va  pul  summasida  necha  marta  o‘sha  ma’lum  miqdor 
mavjudligi ko‘rsatiladi. 
Xuddi  shunday,  kattalik  vaznni  aniqlash  kerak  bo‘lsa,  ma’lum  sifatida 
qandaydir  vazn  qabul  qilinadi.  Masalan,  funt,  sentner  yoki  lot  va  h.k.,  va  u 
berilgan (noma’lum) vaznda necha marta mavjudligi ko‘rsatiladi. 
Agarda,  uzunlikni  yoki  kenglikni  o‘lchash  kerak  bo‘lsa,  qandaydir  bir 
aniq uzunlikdan foydalaniladi. Masaslan, futdan. 
4.  Shunday  qilib,  turli  kattaliklarni  aniqlash  va  o‘lchashda  biz  dastlab 
aynan shu turdagi qandaydir ma’lum kattalikni o‘rnatib olamiz. Uni mezon yoki 
birlik  deb  ataymiz.  U  faqat  bizning  ixtiyorimizga  bog‘liq.  So‘ngra  berilgan 
kattalik  mezon  bilan  qanday  munosabatda  ekanligi  aniqlanadi.  Bu  munosabat 
son  bilan  ifodalanadi.  Demak,  sonlar  bitta  kattalikning  shu  turdagi  ikkinchi, 
birlik  deb  atalgan  kattalikka  nisbatidan  boshqa  narsa  emas”.  Eyler  tomonidan 
berilgan  fizikaviy  kattalikning,  birligiga  va  son  qiymatiga  berilgan  ta’rifga  biz 
bugun  ham  biror  qo‘shimcha  kirita  olmaymiz.  Faqat,  bugun  bizga  Eyler 
zamonidagidan  ko‘proq  kattaliklar  ma’lum.  Xususan,  elektr  nazariyasi, 
magnetizm, atom va yadroi fizikasi kattaliklari kiritildi. Shunday qilib, biz endi 
juda  ko‘p  kattaliklar  va  ularning  konkret  birliklarining  ta’riflarini  keltirishimiz 
mumkin.  Bu  kattaliklar  ko‘pligi  bizning  ehtiyojlarimiz  oshishi  barobarida   
kengaYib bormoqda. 
Shunday  holatlar  bo‘ladiki,  o‘lchashning  mazmuni  kattalikni  o‘lchashda 
masalaning  qanday  qo‘yilishiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Masalan,  ranglar  haqida 
gapirganda  “ko‘k  rang”  deymiz,  lekin  “yarim  ko‘k”  degan  tushuncha  yo‘q. 
“Yarim ko‘k” tushunchasini qanday ifodalash mumkin? Bunda eng qulay yo‘l – 
bu to‘lqin uzunligi 

=400…500 nm (1 nm = 10
-7
 sm = 10
-9
 m) gat eng bo‘lgan 


21 
 
oraliqdagi  spektral  zichlik  orqali  ifodalashdir,  ya`ni  “ko‘k”  va  “yarim  ko‘k” 
ranglariga mos ravishdagi spektral zichlikni aniqlashdir.  
Kattaliklar va birliklar vaqt o‘tishi bilan tushuncha jihatida ham o‘zgarib 
turadi.  Misol  sifatida  moddaning  radioaktivligini  olish  mumkin.  Boshida 
kiritilgan  1  Kyuri  so‘ng  lord  Rezerford  nomi  bilan  bog‘langan  va  hozir  ham 
radioaktivlikning  birligi  bo‘lib  xizmat  qilayotgan  bo‘lsada,  bir  sekundda 
parchalanuvchi  3,7*10
10
  ta  atom  yadroisiga  teng,  grammlarda  ifodalangan 
modda  miqdorini  bildiradi.  Belgilanishi  1  Ki.  Shuning  uchun  uni  grammlarda 
o‘lchanuvchi modda miqdoriga keltirish mumkin. Hozir esa SI birliklarida  – u 
1s
-1

Shunday  bo‘ladiki,  fizikaviy  effekt  ta’rifga  molik  bo‘ladi,  ta’riflashga 
imkon beradi va uning uchun birlik o‘rnatish mumkin. Lekin, ta’sirini miqdoriy 
tavsiflash  juda  qiyin  bo‘ladi.  Masalan,  agar  tezkor  zarracha  (Aytaylik, 
moddaning  radioaktiv  parchalanishida  paydo  bo‘lgan  alfa  zarracha)  o‘z 
energiyasini  tirik  to‘qimaga  berib  sekinlashsa,  bu  jarayonni  tavsiflash  uchun 
nurlanish  dozasi  tushunchasidan  foydalanish  mumkin.  Ya`ni  massa  birligidagi 
energiya sarfidan. Biroq, bunday zarrachaning biologik ta’sirini baholash hamon 
tadqiqotlar holida qolmoqda. 
Hozirgacha  emotsional  tushunchalarni  miqdor  jihatdan  baholash  imkoni 
mavjud emas. Ularga mos keluvchi birliklarni aniqlash va yaratish imkoni yo‘q.  
Masalan,  bemor  kishi  o‘zini  bezovta  qilayotgan  og‘riq  darajasini  miqdoriy 
jihatdan  ifodalab  bera  olmaydi.  Lekin,    shifokorga  tashxis  qo‘yishda  muhim 
bo‘lgan parametrlar, ya`ni miqdoriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan haroratni, puls 
chastotasini  o‘lchash,  yana  laboratoriya  analizlari  (eritrotsitlarning  cho‘kish 
tezligi, qandning siydikdagi miqdori va boshqalar) katta yordam beradi. 
Shuni  alohida  ta‘kidlash  mumkinki,  o‘lchov  birliklari  qotib  qolgan  tizim 
emas.  O‘lchash  texnikasidagi  har  qanday  muvaffaqiyat,  yangi  hodisalarning 
kashf etilishi asosiy birliklarning qayta aniqlanishi va o‘rganib chiqilishiga olib 
kelishi mumkin.  
 


22 
 

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish