Pedagogik amaliyot yuzasidan o’quv seminari 6-sentyabr kuni Termiz Davlat Universistetida bo’lib o’tdi. Seminar davomida barcha guruhlarga Amaliyot rahbarlari tanishtirib o’tildi



Download 16,13 Kb.
Sana02.12.2022
Hajmi16,13 Kb.
#877186
Bog'liq
2 518854085545505s9729


Termiz Davlat Universiteti Xorijiy Filologiya fakulteti Xorijiy til(ingliz tili) yo’nalishi 5-kurs 502-guruh talabasi Safarov Bahromning Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 9-umumta’lim maktabida 2022-yil 5-sentabrdan 12- noyabrgacha o’tkazgan pedagogik amaliyoti yuzasidan
HISOBOT
Pedagogik amaliyot yuzasidan o’quv seminari 6-sentyabr kuni Termiz Davlat Universistetida bo’lib o’tdi. Seminar davomida barcha guruhlarga Amaliyot rahbarlari tanishtirib o’tildi. Bizning amaliyot rahbarimiz Xayitova Feruza qilib belgilangan ekan. Avvalo amaliyot davomida qilishimiz kerak bo’lgan hujjatlar bilan tanishtirildik. Maktabda o’zimizni tutishimiz, oquvchilarda o’qituvchidek tasurot qoldirishimiz muhimligi takidlab o’tildi. Seminardan keyin amaliyot rahbarimiz Xayitova bilan alohida yig’ilish o’tkazdik. Xayitova.F amaliyot davomida tayyorlashimiz kerak bo’lgan hujjatlar haqida alohida to’xtalib o’tdilar, ayniqsa Inglizcha versiyada qilishimiz kerak bo’lgan hujjatlarni tushuntirib savollarimizga javob berdilar. Har bir o’quvchi pedagogic amaliyotni o’zi yashab turgan tumanlarda olayotganligi sababli talabalar va amaliyot rahbarini doimiy aloqa qilib turishi uchun Telegram guruh shakllantirilib bir birimizbilan aloqada bo’lib tajriba almashishga kelishib oldik.
7-sentyabr kuni Oltinsoy tumani 9-maktabga pedagogik amaliyotni o’tash uchun keldim. Maktab uch binodan tashkil topgan: muzey- maktab hududida tashkil etilgan bu muzey viloyat bo’yicha kattaligi jihatidan ikkinchi o’rinda turar ekan. Uning yonginasida xotira maydoni va motamsaro ona haykali o’rnatilgan. Kichik bino bir qavatli bo’lib o’qituvchilar xonasi, ingliz tili sinfi hamda 12ta sinfxonalardan tashkil topgan. Bu maktabda faqat boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim olganliklari uchun Kichik maktab deb nomlangan. Maktabning asosiy binosida 5-sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan o’quvchilar o’qishadi. Asosiy bino 2 qavatli bo’lib 1ta o’qituvchilar xonasi, Tadbirlar zali, sport zali, maktab oshxonasi, direktor xonasi, hunarmandchilik xonasi, tibbiyot xonasi,kutubxona va har bir fan uchun maxsus jihozlanib bezatilgan sinf xonalar mavjud. O’quvchilar asosan sinf rahbarlariga biriktirilgan sinfxonalarda o’qishadi hamda maxsus sinfxonalar talab etiladigan darslarni o’sha fan uchun ixtisoslashtirilgan xonalarda o’tishadi.
Maktab direktori Abdualimov.A va maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Yunusov.A bilan gaplashib amaliyot o’tash bo’yicha shartnomamni topshirdim. Ingliz tili o’qituvchilari Roziqov.F, Normurodov.N va Normurodov.Q bilan gaplashib oldim. O’tgan yili asosan boshlang’ich sinflar ingliz tili darslarini kuzatganligim bois bu yili kattaroq sinflar ya’ni 5-6-7-8-9-sinflarda ingliz tili darslarini o’tish metodlarini o’rgansam yaxshi bo’lardi deb o’yladim. 5-6-7 sinflarga Normurodov Qamar dars berar ekanlar shu sababli amaliyotimning asosiy qismini ushbu o’qituvchining darsini kuzatib mahoratini o’rganish bilan o’tkazdim. Hozirgi kunda respublikadagi barcha maktablar elektron kundalik rejimiga o’tganligi sababli ham ushbu platformada ishlashni o’rgandim. Bundan tashqari 2oylik amaliyot davomida maktabda bo’ladigan tadbirlarni tashkillashtirishda yaqindan yordam berishga harakat qildim.
Dushanba seshanba kunlari boshlang'ich sinflarda, qolgan kunlari katta sinflarda ingliz tili darsi qöyilgan bo'lib Juma kunlari hech bir sinfda ingliz tili qo'yilmagan ekan sababi Juma kunlari ingliz tili o'qituvchilari uchun metodik mashg'ulot kuni qilib belgilangan ekan. Bu kunda barcha ingliz tili o'qituvchilari tuman markazida metodik mahoratini oshirish uchun yig'ilishar ekan. Shu sababli Juma kunlari faqat boshqa fanlarni kuzatish uchun maktabga bordim.
Universitetda o’rgangan bilimlarim hamda amaliyot davomidagi kuzatishlarimdan kelib chiqqan holda 30-oktyabr kuni 5B sinfiga ochiq dars o‘tdim.
Bir so’z bilan aytganda qanday dars o’tishni o’rganish boshqa, shu o’rgangan narsalaringizni amaliyotda qo’llay olib dars o’tishiz boshqa ekan.

Amaliyotchi talaba: Safarov Bahrom _______________


(imzo)
Download 16,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish