Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi


His-tuyg‘ularni jilovlash har qanday konflikt vaziyatni kuchaytirmaslikning eng oson yo‘lidir



Download 176 Kb.
bet13/15
Sana24.09.2021
Hajmi176 Kb.
#184184
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
konflikt 11

His-tuyg‘ularni jilovlash har qanday konflikt vaziyatni kuchaytirmaslikning eng oson yo‘lidir.

Noto‘g‘ri. Bunday qarashning ikki o‘ziga xos xususiyati mavjud. Bir tomondan irodasi mustahkam odamlargina o‘z emotsiyalarini jilovlay oladidar. Ikkinchi tomondan, o‘zbeklarning milliy mentalitetida o‘z xis-tuyg‘ularini (ular ijobiy bo‘ladimi, yoki salbiy bo‘ladimi, baribir) ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarga ko‘rsatish, ularni ro‘kach qilish uyat hisoblanadi. Aslida konfliktda o‘z xissiyotlarini yashirish noto‘g‘ri hisoblanadi. Xis-tuyg‘ular turlicha bo‘lishi mumkin. Ular ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin. Ular mazmunining qandayligidan qat’iy nazar o‘z xissiyotlarini, ayniqsa ular salbiy bo‘lsa, yashirish, ularni ochiq namoyon etmaslik, ichga solish, ezilib yurish, yomon xissiyotlarning domiga tushib qolish aslida to‘g‘ri emas. Salbiy xissiyotlar inson sog‘lig‘ini ichdan yemiradi, ular sog‘liqqa zarar hisoblanadi. Bunday xis-tuyg‘ularning chuqurlashib ketib, kuchayishi oqibatida depressiv holatlar vujudga kelishi mumkin. Ular esa o‘z holida insonni kasalliklarga duchor qilishi, yoki uni “suitsid” – o‘z joniga qasd qilish vaziyatlarga olib kelishi mumkin. His-tuyg‘ularni ifoda etish inson sog‘lig‘i uchun foydalidir. Bu yerda gap – xis to‘ylarni jilovlash haqida emas, balki ularni qanday ifoda etish ustida ketyapti. Salbiy xis-tuyg‘ularni ham ifoda etish darkor. Shuningdek, ijobiy xis-tuyg‘ularni ham ifoda qilish usullarini bilish darkor. Xis-tuyg‘ularni ichda saqlashning meyorlari mavjud. Ular, ya’ni xissiyotlar insonga zarar keltirmasligi darkor. Biroq, xis-tuyg‘ularni ifoda qilish, agar ular salbiy bo‘lsa, birovlarga baqirish, ularni haqorat qilish, g‘azab otiga minib olib, barchaga o‘zni qarama-qarshi qo‘yish, birovlar ustidan hukm o‘tkazish, do‘pposlash, urish, so‘kinish, mazah qilish, birovlarni pastga urish, ular nafsoniyatiga tegish degani emas. Xis-tuyg‘ularni ifodalashda ham muomala madaniyati zarur. Ammo shunga qaramasdan, o‘z xis-tuyg‘ularimizga erk berganimizda birovning nafsoniyatiga tegmaslik, uning xis-tuyg‘ulariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zaruriy talabdir. Bizni qiynab turgan salbiy emotsiyalarga erk berganimiz, biz uchun yaxshi holat. Ammo mana shu salbiy emotsiyalarimiz birovga tahdid ekanligi oldini olish va emotsiyalarni jilovlay bilish konfliktlar yechimidagi zaruriy malakadir. Ijobiy emotsiyalarni mustahkamlash, salbiy emotsiyalardan ozod bo‘lish zamonaviy insonni turli ziddiyatlardan asrab qoluvchi xususiyat hisoblanadi. Demak, his-tuyg‘ularni jilovlay bilish har qanday konflikt vaziyatni kuchaytirmaslikning eng oson yo‘li bo‘lmay, balki muomala madaniyati qonuniyatlarini, o‘z emotsiyalarini ifoda etish uslublarini bilish konflikt vaziyatni kuchaytirmaslikning maqbul yo‘li hisoblanadi. Emotsiyalarni ichga solish emas, ularni ifoda qilish, shuningdek ularni ifoda qilish usullarini bilish zarur.

Shunday qilib, konfliktlar inson hayotining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lar ekan, konfliktlarni tan olmaslikning, ularni inobatga olmaslikning ilojisi yo‘q. Faqat konfliktlarni boshqarish, ularning yechimini topishga o‘rganish darkor.



Konfliktlar tipologiyasi, ya’ni uning o‘ziga xos tiplarga, ko‘rinishlarga bo‘linishi ancha murakkab hodisa hisoblanadi. Chunki har bir real konflikt faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlardan iborat bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, konfliktlarni o‘xshash guruhlarga ajratib o‘rganish biroz qiyinchiliklar tug‘diradi. Ammo konfliktlarni biror to‘xtamga, biror ijobiy natijaga keltirish usullari jihatidan ba’zi umumiy qoidalar va tamoyillarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

Birinchidan, konfliktlar hoziri zamonning eng dolzarb ijtimoiy muammolaridan biridir. Konfliktlar kelib chiqishiga ko‘ra: xalqaro, oilaviy, xududiy; konflikt ishtirokchilariga ko‘ra: shaxslararo millatlararo, davlatlararo, ma’lum guruhlar o‘rtasidagi, tizimlar o‘rtasidagi konfliktlarga bo‘linadi.

Ikkinchidan, konfliktning qanday tugaganligi uning qanday yechimga olib kelganligiga qaraganda kengroq tushuncha hisoblanadi. Konflikt, o‘zaro tomonlar nizosi sifatida tugashi mumkin, ammo uning tugatilganligi konflikt o‘z yechimini topganligini har doim ham anglatavermaydi. Masalan, ziddiyat tomonlarning har birining o‘limi bilan tugaydi, deylik. Konflikt nihoyasiga yetgan deb xulosalash mumkin. Ammo bu - manfaatli tomonlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyat tugaganligini anglatmaydi. Nizo qolaveradi. Shu bois, “konflikt yechimi” tushunchasi “konfliktning tugashi” tushunchasidan kengroq va aniqroq tushuncha hisoblanadi. Agar konflikt tugashi tushunchasida har qanday konfliktning har qanday tugashi, uning biror sabablarga ko‘ra nihoyasiga yetishi tushinilsa, konfliktning yechimi tushunchasi uning biror “ijobiy” natija bilan, har ikki tomonni qoniqtirgan yaxshi xulosalar bilan to‘xtam va xulosa kelinganligini anglatadi. Konfliktning yechimi uning haqiqiy tugatilganligi, ikki tomon o‘rtasidagi nizo va inqirozning yechimi topilganligi, o‘zaro qarama-qarshilik yo‘qotilganligi, tinchlik va totuvlik tamoyillari tomonlar o‘rtasida o‘rnatilganligini anglatadi.

Konfliktlar yechimi bo‘yicha amaliyot va hayotiy tajriba har vaqt uning yechimi uchun har ikki tomon tarafidan juda katta sayi-harakatlar va intilish zarurligini, tomonlarning yechim va to‘xtamga kelishi oson kechmasligini ko‘rsatadi. Chunki konflikt “o‘zidan-o‘zi” hal bo‘lib qoladigan voqelik emas. Uni hal qilish uchun birovni anglash, eshitish, adolatparvarlik mezonlariga rioya qilish, kompromisslarga kelish, umumiy va barchani qoniqtirgan yechimni topa bilish, jahldan voz kechish va boshqa bir qator amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Albatta, konfliktni mensimaslik, uni tan olmaslik (ignorirovat), uni o‘zicha talqin qilishga urinish bo‘lishi mumkin. Ammo bu holda konflikt stixiyali tarzda, ya’ni xech kimga bo‘ysunmagan holda takomillashib, rivojlanib boradi, konflikt keskinlashadi, yanada murakkablashadi, o‘z domiga boshqa shaxslarni ham torta boshlaydi, kengayadi, tomonlarni, demakki manfaatlarni to‘xtamga keltirish mumkin bo‘lmay qoladi, manfaatli tomonlar ko‘payadi, va oxir-oqibat butun sistemani, ya’ni konfliktdan oldingi vaziyatni batamom vayron qiladi.

Konfliktning yechimiga kelish uchun muhim bo‘lgan talablardan biri – tomonlarning uning yechimini qidirishga tayyorligi va ularning ixtiyoriy tarzda konflikt yechimini topishga astoydil bel bog‘laganligi hisoblanadi. Agar tomonlar o‘z hoxishiga ko‘ra konflikt yechimini topishga tayyor bo‘lmasalar, konflikt yechimini topib bo‘lmaydi. Eng avvalo konfliktni yuzaga keltirgan obyektiv sabablar to‘xtalishi, uni yuzaga keltirgan sharoitlar aniq belgilanishi darkor. Shu nuqtai nazardan, har qanday konflikt subyektiv omillar (insonlar, guruhlar, tizimlar) ham obyektiv omillardan tashkil topadi (nizoni keltirib chiqarishga sabab bo‘lgan tashqi omillar). Konflikt yechimini topish murakkab, uzoq muddatli, sabr va qonoatni talab etadigan, tomonlarning o‘z ustida uzoq muddat ishlashini zaruriyatga aylantiradigan jarayon bo‘lishi mumkin. Konflikt yechimini topish – tomonlarning bir birini anglashi va tushunishiga qaratilgan yo‘ldir.


Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish