Pedagogik menejment bu ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan printsiplar, usullar, tashkiliy shakllar va texnologik boshqaruv uslublari majmui



Download 44,71 Kb.
bet7/10
Sana02.07.2022
Hajmi44,71 Kb.
#732332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Menejment

9- savol
Maqsad – ixtiyoriy tizimning tizim tashkil etuvchi komponenti hisoblanadi, pedagogik tizimni boshqarishda maqsadning ahamiyati aniq faoliyatning maqsadi sifatida belgilanadi. Bunda avval maqsad umumiy hisoblanib, uni loyihalashtirish jarayonida taktika va vaziyatlar ham inobatga olingan holda topshiriqlar bo‘yicha taqsimlanadi. Ya’ni boshqaruvda maqsadni shakllantirish bir necha darajada amalga oshiriladi: umumiy maqsadni belgilash; umumiy maqsadni aniqlashtirish; vaziyatga ko‘ra maqsadlarni ishlab chiqish. Maqsad, bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi, faoliyatimizning ustivor yo‘nalishini belgilaydi.Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqarish uchun o‘ta zarur. Boshqaruv maqsadlari xilma-xildir. Ular, masalan, siyosiy maqsadlar, iqtisodiy maqsadlar, mamalakat maqsadlari, yakka xodim maqsadi, joriy maqsadlari, fursatli maq-sadlar, oddiy, an’ananviy maqsadlar, muammoli maqsadlar, innovatsion maqsadlarva b. Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maqsad qo‘yish va 
rejalashtirishdan iborat. Boshqaruv faoliyatining maqsadi– ishning umumiy yo‘nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Demak, maqsad – rejaning asosi. Boshqaruvda asosiy maqsad aniq-langanidan keyin, unga erishish uchun qo‘shimcha maqsad qo‘yiladi. Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Bunday qarorlar ma’lum bir muddat davridagi ma’lu-motlarni tahlil qilish orqali yoki yakuniy ishlarni bajarib bo‘lgandan so‘ng qabul qilinishi mumkin. 
Pedagogik menejment” fani bo‘lajak mutaxasisilarni pedagogik menejmentga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsad qilib qo‘ygan. Pedagogik menejment fanining asosiy vazifasi pedagogik menejmentning qonuniyatlari, tamoyillari, metod va usullarini aniqlash, tahlil etish va ulardan amaliyotda foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maasad qo’vish va reialashtirishdan iborat.
Boshqaruv faoliyatining maqsadi — ishning umumiy yo’nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Demak, maqsad — rejaning asosi. Boshqaruvda asosiy maqsad aniqlanganidan keyin, unga erishish uchun qo’shimcha maqsad qo’yiladi. Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Bunday qarorlar mahlum bir muddat davridagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yoki yakuniy ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng qabul qilinishi mumkin.
Ta’lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo’llaniladi:
 muddatli (perspektiv);
 yillik;
 yakuniy.
10-javob
Boshqarish apparati ta’lim tizimini boshqarish maqsadida o‘quv yurtida ichki nazoratdan muhim vosita sifatida foydalanadi.
Boshqarish va rahbarlik tizimida ta’lim muassasalarida ichki nazorat har jihatdan shakllangan, ma’lum tartibga kirgan hamda boshqarishning ta’sirchan vositasidir.
Ichki nazorat-ta’lim muassasasi ichki boshqaruvining ajralmas qismi sifatida bo‘lishi mazkur boshqaruv tizimida juda muhim o‘rin egallaydi. Shu asosda har bir ta’lim muassasasi rahbari xodimlar o‘rtasidagi ish taqsimotiga ko‘ra ma’lum ishlarga javob beradi. Ishning natijalariga tegishli bo‘lgan axborotlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanib, to‘plaganlarni tahlil qilinadi.
Ta’lim muasasasi ichki nazorati jiddiy masaladir. SHuning uchun uni ma’lum tizim va izchillikda amalga oshirish zarur. Buning eng muhim shakllaridan biri aniq maqsad, mavzu va reja asosida ta’lim muassasasining hamma tomonlarini ichki nazorat bilan qamrab olishdir. Ichki nazorat natijalari qog‘oz to‘plash uchun emas, balki chuqur tahlil qilinishi asosida asoslangan xulosalar chiqarish va shu tarzda muntazam o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishdir.
Ta’lim muassasasi ichki nazorati foydali bo‘lishi uchun muntazam ma’lum reja, tezkorlik, xolisona va pedagogik odob qoidalari doirasida bo‘lishi lozim.
Ichki nazorat qamrab olish sohasiga qarab ikkiga bo‘linadi:
1. Tematik nazorat.
2. Kompleks (frontal).
Tematik nazorat qo‘yidagi masalalarini taxminan o‘z ichiga olishi mumkin:

  1. Ijtimoiy - gumanitar fikrlarni o‘qitishda dasturlarning bajarilishi.

  2. Fan asoslarini o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini o‘stirish.

  3. Tabiiy - matematik fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar mantiqiy tafakkurini o‘stirish.

  4. Tillarga doir fanlarning o‘qitilish holati.

  5. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning sifati va samaradorligi.

Ta’lim muassasasida frontal nazorat masalalarni kengroq qamrab oladi. Ta’lim muassasasi ichki nazoratini kompleks rejalashtirishda quyidagi masalalar uning manbai sifatida xizmat qilishi mumkin:

  1. Jamoada ta’lim islohotiga doir qonun va qarorlarning bajarilishi.

  2. Ta’lim muassasasida aniq fanlarni o‘qitilishi holati va ularni yanada yaxshilash chora-tadbirlari.

  3. O‘qituvchilar malakasini oshirishning holati va uning samaradorligini oshirish.

  4. O‘quvchilarini darslik va o‘quv anjomlari bilan ta’minlanganligining holati.

  5. Ta’lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlardan foydalanishning shakl va metodlari.

  6. Pedagogik jamoada va o‘quvchilar jamoasida milliy g‘oyani shakllantirishning yo‘l va vositalar. Ichki nazorat turli metodlarda olib borilsada, bosh maqsad o‘quvchilarga chuqur bilim berish, ularni vatanparvar qilib tarbiyalashdir.




Download 44,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish