Pedagogika. Psixologiya


Psixologiya  fanining  predmeti



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/158
Sana13.08.2021
Hajmi0,89 Mb.
#146715
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   158
Bog'liq
Pedagogika. Psixologiya

5.1. Psixologiya  fanining  predmeti. Har bir fan boshqa fanlardan o’z predmeti bilan farq 

qiladi. Boshqa fanlardan farqli ravishda, psixologiya fanining predmeti, u bahs yurituvchi 

hodisalarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushunish qiyinroq. Buning sababi psixik 

hodisalarning o’zgaruvchanligi, odamni qurshab turgan tashqi olamdagi hodisalardan farq 

qilishida. Psixologiyaning predmeti psixika deb atalmish turli hodisalar (idrok, xotira, tafakkur

iroda va huquq) bo’lib, ular voqelikdagi haqiqiy hodisa va fanlarga qarama-qarshi qo’yib 

kelingan. «Psixologiya» so’zi ikki (grekcha so’z «psyuxe» «jon, ruh», «logos» «ta’limot») 

birikmasidan iborat bo’lib, «ruh, jon» haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Psixik 

hodisalarning barchasi «psixika», «odam psixikasi», «kishining ichki dunyosi», «ruhiy hayoti» 

kabi nomlar bilan ataladi. 

Psixologiya rivojlanish tarixida psixologik bilimlarning to’planishi ikki yo’nalishda amalga 

oshgan: 


1. Hayotiy psixologiyaning rivojlanishi; 

2. Ilmiy psixologiyaning rivojlanishi. 

Psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar haqidagi bilimlar hali yuzaga 

kelmagan juda qadim zamonlardayoq hayotiy tajriba asosida yuzaga kelgan. Bu bilimlar turli 

amaliy faoliyat, hamkorlik, o’zaro munosabatlar jarayonida shakllanib avloddan-avlodga o’tib, 

tilda, xalq ijodiyotida, maqollarda, san‘at asarlarida o’z ifodasini topgan. Masalan, odam xotira 

jarayonlari haqida ilmiy bilimga ega bo’lmasa ham biror matnni takror-takror o’qishi uni yaxshi 

esga olib qolishga yordam berishini bilgan.  

Ammo psixologiyadagi hayotiy bilimlarning hammasini ostida haqiqat, qonuniyat yotadi 

deb bo’lmaydi. Ikkinchidan ko’pchilik hayotiy bilimlardan turli kasblarga doir amaliy faoliyatda 

(pedagogika, tibbiyot, ishlab chiqarishda) foydalanib bo’lmaydi. Bu sohalarda ob‘ektiv va 

ishonchli bilimlar talab qilinadi. Bunday bilimlar ilmiy bilimlardir. 

Ilmiy psixologiya hayotdagi psixik faktlarni miqdor (reaktsiya tezligi, xotira hajmi, 

diqqatning ko’lami va h.k.) va sifat jihatdan (idrokning konstantligi, tafakkurning mustaqilligi

xotiraning anglanganligi va h.k.) o’rganadi. Ilmiy psixologiya psixik faktlarni o’rganish va ularni 

tasvirlash bilan cheklanib qola olmaydi. Ilmiy bilish hodisalarni tasvirlashdan ularni tushuntirib 

berishga o’tishni talab qiladi. Buning uchun o’rganilayotgan psixik hodisa qaysi qonuniyatga 

bo’ysunishini aniqlash va o’rganish lozim. Chunki barcha psixik hodisalar doimo va bir xil 

tarzda yuzaga chiqmaydi. Bu hodisalar yuzaga chiqishi ma’lum qonuniyatlarga bog’liq. Shu 

sababli ba’zi hatti-harakat shakllari, odatlar kishining hayotga moslashishiga yordam bersa, 

boshqalari sharoit o’zgarganda o’zining maqsadga muvofiqligini yo’qotadi va hatti-harakatning 

yangidan shakllantirishni talab qiladi. Hatti-harakatni samarali ravishda qayta qurish uchun 

uning mexanizmlarini bilish lozim. 

Hodisalar o’rtasidagi qonuniy bog’liqlikni bilishning o’zi ana shu qonuniyatni keltirib 

chiqaradigan mexanizmlarni ochib bera olmaydi. Psixik faoliyat u yoki bu psixik jarayonni 

yuzaga keltiruvchi aniq anatomik hamda fiziologik apparatlarning ishi bilan bog’liq bo’lganligi 

tufayli psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va ta’sir masalalarini boshqa fanlar (fiziologiya, 

biofizika, bioximiya, kibernetika va boshqalar) bilan birgalikda aniqlaydi. 

Shunday qilib, hozirgi zamon psixologiya fani psixik hodisalarni, ularning mexanizmlarni, 

ular ostida yotgan qonuniyatlarni o’rganuvchi fandir, ya’ni psixologiya inson ruhiy dunyosiga 

aloqador barcha xilma-xil individual xususiyatlarni hamda ularga xos bo‘lgan umumiy psixik 

sifat, jarayonlarni o‘rganadi. 




Psixologiya fan sifatida kishining psixikasini o’rganish, psixik hodisalar asosida yotgan 

yangi qonuniyatlar ochish, ruhiy hayotga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qiluvchi omillar tahlil 

qilish, turli psixik hodisalarning mexanizmlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. 

Psixologiya o’quv predmeti sifatida esa talabalarni, o’quvchilarni, turli soha mutaxassislarini 

psixologiya fani tomonidan ochilgan yangiliklar, amaliy natijalar bilan tanishtiradi.  


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish