Pedagogning insoniy xususiyatlari va pedagoglik kasbining mohiyati



Download 24,61 Kb.
bet2/4
Sana13.01.2023
Hajmi24,61 Kb.
#899270
1   2   3   4
Bog'liq
Ta\'lim psixologiya 2-M.I (Tayyor)

Pedagogning kasbiy xususiyatlari.
E`tiqod, odob, fuqorolik burchini anglash – o`qituvchining asosiy xususiyatlaridan biridir . Maktab o`qituvchisi o`zi targ`ib qilayotgan idealning fazilatlarini shaxsiy namunasida ko`rsatishi kerak. Bolalarga mehr-muruvvat ko`rsatishdir o`qituvchning eng muhim fazilatidir. Bu bolalarning hamma qiliq qilmishlarni kechirish ularga xushomadgo‘ylik qilish emas, balki talabchanlik va qattiqqullik adolatlilik bilan qo`shilgan mehr-muhabat bo`lib, ana shu sifatga ega bo`lgan shaxs o`zining ko`p vaqtini va kuchini bolalarga bag`shlaydi. U zarur vaqtda istaklarini qurbon qilib, bolalar manfaati yo‘lida ehtiyojini cheklashga tayyor turadi. Ijtimoiy faollik va fuqorolik burchini anglash o`qituvchi shaxsiga xos sifat, zero haqiqiy pedagog to`la ma`nodagi jamoatchi bo`lib, bolalarga hayotda ijtimoiy faol hayotda turishning amaliy namunasini ko`rsatadi. O`qituvchining muhim fazilati – kishilar bilan tez el bo`la olish, ko`pchilikka aralasha bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bo`lib, bunda muomala madaniyatning yuksakligini ifodalaydi. Chunki o`qituvchiga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga ular bilan ishlashga to`g`ri keladi. O`qituvchi ishidagi muvoffaqiyatini kundalik faoliyatida kattalar va bolalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyatini taminlaydi. Aloqalarda, faoliyatida duch keladigan turli xil voqyealarga pedagogik qoidalar nuqtai nazardan dogmatik munosabatlarda bo`lish emas, balki ularni o`z holicha idrok etib, adolatli baholash, munosabita odil bolish o`qituvchining orasini oshiradi. O`qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo`lsagina, odamlarga nisbatan 13 mexribon, saxovatli bo`la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Buning uchun ochiq ko`ngil, qat`iy bo`lish, o`zini tuta bilish, bardoshli bo`lish kerak. Bolalarga nisbatan talabchanlik bo`lish bilan birga o`z shaxsiga tanqidiy nuqtaiy - nazardan qaray olish kerak. O`qituvchining odobi umuminsonoy axloqning kategoriyalari, qoidalari va normalarini ta‘lim- tarbiya jarayoniga xos xususiyatlari bilan uyg`unlashtirib, pedagogning o`quvchilar, o`qituvchilar jamoasi ota-onalar va jamoatchilik vakillari bilan munosabatida ifodalanadigan kasbiy-axloqiy xususiyatdir.
O`qituvchi pedagogik etikaning normalarini o`zlashtirib olish tajribada qo`llash, o`zining dunyo qarashi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim. Fikirlash va his etish, turmushda sinab ko`rish natijasida pedagogik etikaning qoidalari o`qituvchining o`z e‘tiqodiga, intilishiga, o`z axloqiy sifatiga aylanadi. Bu axloqiy e‘tiqod o`qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, o`qituvchi va boshqa kishilar bilan munosabatida, muomalasida, kundalik turmushida o`zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o`tkazishda ko`zga tashlanadi. Pedagogik takt o`qituvchi axloqining amaliy ko`rinishlaridandir. Muallim axloqning natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining samaradorligida namoyon bo`ladi. Pedagogik etikaning asosiy tushunchalari umuminsoniy axloq kategoriyalariga mos keladi va ularni o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq tarzda bir qadar aniqlanadi. Pedagogik etikada gumanizm, adolatlik, vijdonlik, halollik, yaxshilik qilish kabilar o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq ravishda tahlil qilinadi.
Axloq nazaryasida yaxshilik eng muhim kategoriya hisoblanadi yaxshilik-axloqiy ijobiy fazilat bo`lib, normativ etikaning idealini individual axloqda ijobiy-xulqiy fazilatlarning mazmunini inson faoliyati yoki biror hatti-harakatiga aks ettiradi yazshilik-kishining ongi va axloqiy amaliyotida jamiyat va shaxs manfaatlarining birligini aks ettirib jamiyat va shaxsga manfaat keltiradigan, ijtimoiy tariqqiyotga mos keladigan tushunchadir. Pedagogik etikada yaxshilik tushunchasi o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq xolda aniqlashtiriladi. Unda o‘qituvchi va o‘quvchilar jaomasining manfatlarining birligi, muallim va o‘quvchi maqsadining birligi talim va tarbiya samarasi uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati ikkala 14 tomonning ham yaxshi niyatli, xayrixox, mehribon bo`lishini taqozo qiladi. Yaxshilik qaror topishi uchun yomonlikka murosasiz bo`lishi lozim. Yaxshi istak bilan xushmuomilalik, yaxshi qiliq, yaxshi xatti-xarakatning birligi zarur. Shaxs ahloqni xarakterlaydigan belgilaridan biri ma‘suliyatdir. O`qituvchining mas‘uliyati tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va ta‘lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarni ham o`z ichiga oladi. O`qituvchi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish mas‘uliyati yuklanadi. Muallim o`quvchiga chuqur nazariy bilim berishi uni hayotga, mehnatga tayyorlash lozim. Shu bilan birga u boladagi mavjud layoqat va qobilyatlarni payqab, individual munosabatda bo‘lishi unda mavjud bo‘lgan ijobiyaxloqiy sifatlarni avaylab o‘stirish darkor. Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida o‘quvchi jamoasi bilan yolg‘iz o‘zi ish olib boradi. Bunday sharoitda o‘qituvchining mas‘ulyati uning xulqini tartibga soladigan, boshqaradigan kuch o‘quvchilarga tasir o‘tkazish darajasining asosiy mezoni xisoblanadi. Pedagogik odobga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchilar orasida obro` qozonadi. O‘qituvchi qanchalik ko‘proq obru qozonsa, talim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatliroq bo‘ladi va aksincha, o‘qirtuvchining obro`yi qanchalik past bo`lsa, uning bolalarga ta‘siri shuncha bo`sh va o`quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo`ladi. O`qituvchi har kuni o`quvchilar uchrashadi, savol-javob qiladi, ularning yaxshi ishlarida maqullaydi. Bilimini baholaydi, nojo`yi xatti - harakatlari uchun tanbeh beradi. Albatta o`qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub‘ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek juda to`g`ri munosabatda bo`la olmaslik mumkin. Lekin u hamma o`quvchilarga nisbatan xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo`lmog`i darkor. Sinfda o`qituvchi ―yaxshi ko`radigan‖ yomon ko`radigan o`quvchilar bor degan taassurot tug`ilmasligi kerak. Xullas obro` o`qituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatidir. Obro` kishining chuqur bilimli yuksak axloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi tufayli orttirilgan, ko`pchilik tomondan e‘tirof etilgan ta‘siri nufuzidir.

Download 24,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish