Plastik massalar?


Plastik massalarning tarkibi, klassifikasiyasi va xossalari



Download 27,09 Kb.
bet3/8
Sana01.02.2022
Hajmi27,09 Kb.
#423097
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
nometal materiallar

Plastik massalarning tarkibi, klassifikasiyasi va xossalari.

Plastik massalarning asosiy komponenti bogiovchi modda


hisoblanadi. Ko‘pchilik plastik massalar uchun bog‘lovchi modda
sifatida sun’iy smolalar qoilanilsa, kam hollarda selleyuloza efirlari
qo‘llaniladi. Aksariyat plastik massalar asosan termoplastik boiib,
ular faqat bitta bogiovchidan tashkil topgan, misol: polietielen,
organik shisha va shunga o‘xshashlar boiadi.
Plastik massalarda bogiovchi moddadan tashqari yana bir asosiy
komponent bu toidiruvchi (kelib chiqishi organik yoki noorganik
boigan kukunsimon, tolasimon materiallar) hisoblanadi. Toidiruvchi
komponent bogiovchi komponent bilan to ia aralashtirilgandan keyin
yarim plastik massa mahsuloti hosil boiadi, keyinchalik ularga
kerakli shakl berilishi natijasida tayyor plastik massadan yasalgan
buyum hosil boiadi. Materialdagi toidiruvchi plastik massalami
mexanik xossalarini oshiradi, shakllangan buyumning qotish
jarayonida oicham o‘zgarishlarni qisqartiradi va materialga turli u
yoki bu o‘zgacha xossalarga ega boiishligini ta’minlaydi. Bundan
tashqari, plastik massalarga texnologik jarayonni, ya’ni bosim bilan
ishlashni yengillashtirish maqsadida ularga plastifikator deb
nomlangan turli moddalar, jumladan: oltin kislatasi, sterin,
dibutilftalat hamda shunga o‘xshagan moddalar qo'shiladi va nihoyat
plastik moddalarga qotiruvchi, plastik massalami shakllashdan oldin
qotib qolishligining oldini olish maqsadida sekinlatuvchi yoki
strukturadagi kerakli kimyoviy reaksiyani tezlatish maqsadida
katalizatorlar hamda plastik massadan yasalgan buyumlarga rang
berish maqsadida ranglovchilar qo‘shilishi mumkin.
Plastik massalaming xossalari, asosan, ulaming tarkibidagi kom-
ponentlar miqdori va ulaming orasidagi nisbatlari bilan belgilanadi.
Bu esa materialdagi komponentlar nisbatlarini o‘zgartirish orqali
ulaming xossalarini keng chegaralar qiymatlarida o‘zgartirish
imkoniyati paydo boiadi.
Bogiovchi moddaning xossasiga ko‘ra plastik massalar termo­
plastik — asosan termoplastik polimerlar asosli, va termoreaktiv -
asosan termoreaktiv smolalar asosli plastik massalarga bo‘Iinadi.
Termoplastik plastmassalar qayta ishlashga qulay boiib,
ulaming qotishdagi o‘lcham kirishishlik darajasi 1- 3 % tashkil etadi.
Bundan tashqari ular yuqori bikrlikka, kam mo‘rtlikka va orientatsion
mustahkamlanish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Aksariyat hollarda
termoplastik plastmassalar toidiruvchi qo‘shilmasdan ishlab
chiqariladi (turli idishlar, bakalashkalar). Oxirgi paytlarda
termoplastlarga turli mineral yoki sintetik tolalami to‘ldiruvchi
sifatida kushish natijasida «orgonaplast» nomi bilan ataladigan
materiallar ishlab chiqila boshlangan.
Trmoreaktiv plastmassalar shakllangandan keyingi qotish
jarayonidan, ya’ni bog‘lovchi tennostabil holatga o‘tgandan keyin
buyumning o‘lcham kirishish darajasi 10-15 % ni tashkil etib juda
mo‘rt bo‘ladi. Shuning uchun ulami mustahkamlash maqsadida
toidiruvchi qo‘shilishi kerak boiadi.
Plastik massalar toidiruvchi turiga ko‘ra: kukunsimon; tolasimon;
qatlamsimon; gazsimon turlariga boiinadi. Kukunsimon toidiruvchi
sifatida yog‘och kukuni, grafit, talk, maydalangan qum, maydalangan
shisha va shunga o‘xshash kukunsimon materiallar qoilaniladi.
Tolasimon toidimvchiga shisha, asbest metall yoki qotishma tolalari
va boshqa materiallar asosida olingan tolalar kiradi. Qatlamli toidi-
ruvchilarga yog‘och, asbest, ma’to shisha listlari kiradi. Gazsimon
toidiruvchilarga penoplast - ko‘pikdan tashkil topgan yoki paro-
plastlar - bug'dan tashkil topgan turlari kiradi.
Plastmassalami koianilishiga ko‘ra: 1-yuklamali - konstruksion,
friksion va antifriksion materiallar turlarga boiinsa, 2-yuklamasiz -optik shaffof, kimyoviy turg‘un, elektr izolyasiyalovchi, issiqlik
izolyasyalovchi, materiallar turlariga boiinadi. Ammo bu boiinish
shartli ravishda, chunki u yoki bu material ikkala hollarda ham aynan
sanab o‘tilgan xossalarga ega boiishi mumkin.
Plastmassalar kichik zichlikka 1 - 2 t/m3 egaligi, past 0,1 - 0,3
Vt/(m • K) issiqlik o‘tkazuvchan, yuqori issiqdan, 10 - 30 barobar po‘-
latlarga nisbatan kengayish koeffsienti, juda yaxshi elektr izolyat-
siyalash xossaga, yuqori kimyoviy turg‘unlikka, friksion va antifriksion
xossalarga ega material hisoblanadi. Ba’zi plastmassalar mexanik
xossasiga ko‘ra mustahkam po‘latlar bilan raqobatlasha oladilar.
Bundan tashqari, ular juda yuqori texnologik xossalarga egadirlar.
Plastik massalarning metall va qotishmalarga nisbatan asosiy
kamchiliklariga ularning issiqqa bardoshligi, bikirligi, zarbiy
qovushqoqligi pastligida, hamda ular vaqt o‘tish davomida eskiradi.



Download 27,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish