Pochta orqali jo‘natilgan Nobel mukofoti yoxud mashhur olim Rentgen ixtirosining siri



Download 230,16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.01.2022
Hajmi230,16 Kb.
#417057
Bog'liq
Pochta orqali jo‘natilgan Nobel mukofoti yoxud mashhur olim Rentgen ixtirosi



Pochta orqali jo‘natilgan Nobel mukofoti yoxud
mashhur olim Rentgen ixtirosining siri
xabardor.uz
Rentgen nurlari va apparati nima ekanligini ko‘pchilik biladi. Biroq uni kim ixtiro qilganini
esa hamma ham bilavermaydi. Bu ixtiro egasi taniqli zik olim Vilgelm Rentgen bo‘ladi. U
zika fani bo‘yicha Nobel mukofotini ham qo‘lga kiritgan.
Bolalik yillari
Bolalik yillari
Rentgen 1845-yil 27-mart kuni kiyim-kechak mahsulotlari bilan savdo qiluvchi savdogar
oilasida dunyoga kelgan. Bola oilada yakka-yu yagona farzand edi. Umrining dastlabki
yillarini u Prussiya shahrida o‘tkazadi. 1848-yilda esa oila Gollandiyaning Apeldron
shaharchasiga ko‘chib o‘tishadi. Hali jajji bolakay bo‘lishiga qaramasdan Vilgelm uy
atro dagi o‘rmonlarni o‘rganib chiqadi. Bu esa uning qalbida tabiatga muhabbat
tuyg‘usini uyg‘otadi. 
O‘zining bir qator unvonlariga qaramay Rentgen maktabni bitirmagan. 1862-yilda uni
texnika maktabidan quvishadi. Buning sababi uning fanni o‘zlashtira olmasligida emasdi.
Shunchaki o‘smir o‘qituvchisiga o‘rtog‘ini sotishni istamagandi. Do‘sti yomon ko‘radigan
ustozining rasmini karikatura qilib chizgan va bu surat o‘qituvchining qo‘liga tushib
qolgandi. Aynan mana shu sabab bilan maktab eshiklari u uchun taqa-taq berkilgan.
Biroq yigitcha bundan tashvishga tushmadi va erkin tinglovchi sifatida Utrext
universitetidagi bir nechta o‘quv kurslarida ishtirok etdi.
1865-yilda Vilgelm omadini sinab ko‘rish maqsadida Syurixdagi Federal texnika
institutiga hujjat topshiradi. O‘qishga kirgach, u injener-mexanik yo‘nalishida tahsil oladi.
Oradan uch yil o‘tgach, Vilgelm diplomli ham bo‘ldi.
Yosh Rentgenning tirishqoqligi mashhur nemis zigi hamda professori Avgust Kundtning
diqqatini tortadi va u yigitga zika sohasini tanlashni maslahat beradi. Rentgen bu


maslahatga amal qilib, bir yildan so‘ng doktorlik dissertasiyasini yoqladi, shundan so‘ng
laboratoriyada birinchi asistent bo‘lib ish boshladi.
Yuksaklikka yo‘l
Yuksaklikka yo‘l
Bu voqealarning barchasi yosh olim uchun boshlang‘ich nuqta edi. Keyinroq Kundt
Bavariyadagi Vyursburg universitetiga ishga o‘tib, o‘z shogirdini ham chaqirib oladi. 
1872-yilda Rentgen yangi universitetga o‘tgan bo‘lsa, 1874-yildan o‘zi mustaqil dars ham
bera boshlaydi. U zika sohasida lektor darajasiga erishadi.
Ayni shu yili yosh olim pansion direktorining qizi bo‘lmish Anna Lyudvig bilan turmush
quradi. Aynan turmush o‘rtog‘i uni X-nurlari bilan tajribalar o‘tkazishga undaydi. Bu
juftlikning farzandlari bo‘lmagan, biroq qarindoshlari bo‘lmish bir qizni tarbiyalab, voyaga
yetkazishgan.
1875-yilda 30 yoshga to‘lganida Vilgelm Rentgen Germaniya Qishloq xo‘jalik
Akademiyasida zika fanlari professori bo‘lib faoliyat yuritardi. 
Qiziqishlari bisyor olim
Qiziqishlari bisyor olim
Ishtiyoqli olim sifatida Rentgen juda ko‘p qiziqishlarga ega edi. Ko‘pgina hollarda u
kristallarning xilma-xilligi, ulardagi elektr va optik hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik,
magnitlanish hodisasini o‘rganish bilan shug‘ullangan. Mana shu qiziqishlar keyinchalik
Lorens nazariyasiga asos bo‘lib xizmat qilgandi. Kristallarni o‘rganish keyinchalik olimga
juda ko‘p shon-sharaf va mukofotlarni olib kelgan. 


Nobel mukofoti
Nobel mukofoti
1894-yilda Rentgen universitetga rektor etib tayinlanadi. Shu bilan birga u o‘zining
tadqiqotlarini ham tashlab qo‘ymadi. Aksincha, ularga o‘zgacha ishtiyoq bilan berilib
ketdi. Keyinchalik uning e’tiborini vakuumli shisha naychalardagi elektr zaryadini
o‘rganish o‘ziga jalb etdi.
1895-yil 8-noyabrda zik o‘z laboratoriyasida odatdagidek ishlayotgan edi. Faqat yarim
tun bo‘lgandagina uyga ketishga shoshildi. Chiroqni o‘chirib, eshikni yopishga chog‘landi-
yu, yaltirab turgan qandaydir xira dog‘ga ko‘zi tushdi. Quyosh va sun’iy yorug‘lik yo‘qligida
bunday porlashga nima sabab bo‘lgani olimga ma’lum emas edi. Ammo keyin u katod
naychasiga qaradi va uni o‘chirishni unutganini angladi. O‘chirgach, porlash yo‘qoldi.
Yoqilgach, paydo bo‘ldi. Porlayotgan bu naycha eng katta kash yotning boshlanishi edi.
Nurlarni u X-nurlar deb atadi. Bu nurlar uchun 1,5-2 metrlik masofa to‘siq bo‘la olmas edi.
Ular hatto kitob, shisha va boshqa materiallar orasidan ham bemalol o‘ta olardi. Bu nur
olimning qo‘llariga yetib kelganida u o‘z suyaklarini, to‘g‘rirog‘i, qo‘l skeletini ko‘rdi. Bu endi
g‘ayrioddiy holat edi. 
Shu bilan tungi tajriba to‘xtab qolmadi. Olim qolib, nurlarning fotoplastinkalarda qanday
aks etishini tekshira boshladi. Va u nurlar plyonkani yoritib berishi va ma’lum yo‘nalishga
ega ekanligini ham aniqladi. Tajriba ertasi kuni ertalab yakunlandi. 
Biroq olim keyingi 50 kunini ham yangi hodisani o‘rganish bilan o‘tkazdi. Bu vaqt
davomida Vilgelm Rentgen oilasini ham, butun dunyoni ham unutdi. Uning tajribalari
haqida hech kim ma’lumotga ega emas edi. 


Ma’lumotlarga ko‘ra, Rentgen uchun birinchi “tajriba quyonchasi” vazifasini turmush
o‘rtog‘i o‘tagan ekan. U har kuni Vilgelmga tushlik olib kelar va shunday kunlarning birida
olim uning qo‘lini nurlar ostiga 15 daqiqa tutib turadi. Ayolga o‘z qo‘li surati ko‘rsatilganda
u shu qadar qo‘rqib ketadiki, bu laboratoriyaga qaytib qadam bosmaydi. 
1895-yil dekabr oyida Vilgelm Rentgen o‘zining barcha tadqiqot natijalarini Fizika tibbiyot
universiteti vakiliga jo‘natadi. Olimning maqolasi darhol bosilib chiqadi va shundan so‘ng
u Yevropaning eng mashhur zik olimlari qatoriga qo‘shiladi.
Pochta orqali jo‘natilgan mukofot
Pochta orqali jo‘natilgan mukofot
Olimning ra qasi 1919-yilda vafot etadi. Va u butunlay yolg‘iz qolib ketadi. Rentgen
biogra arining aytishicha, u juda oddiy va sipo inson bo‘lgan. Hatto u bir vaqtlar Bavariya
shahzodasi Regent tomonidan unga berilgan dvoryan unvonidan ham voz kechgan ekan.
Nobel mukofotini u oldi, biroq o‘ta band bo‘lgani bois taqdirlash marosimiga bora olmadi.
Mukofotni unga pochta orqali jo‘natishgan. 
Buyuk olim 1923-yil saraton xastaligidan vafot etdi. O‘limidan so‘ng uni yoddan
chiqarishmadi. Nafaqat o‘zi yaratgan tashxislash yo‘nalishiga, balki Oyning ikkinchi
yarmidagi kraterga ham uning nomi berilgan.

Download 230,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish