Podsho Rossiyasi



Download 17,51 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi17,51 Kb.
#28089
Bog'liq
Hujjat (3)


Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [mas, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida "Havokand" (Hoʻkand) shaklida, yaʼni "goʻzal", "yoqimli" yoki "shamol shahri" maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda "Hoʻqandi latif" degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari "balandlikdagi shahar", "hular shahri" [yaʼni, "hu (ku) qabilasi — elati shahri"] versiyalari ham bor. Qad. Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi "Guyshan", "Xoʻxan" tarzida ifodalangan.[1]
Qoʻqonning 18-asrgacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qoʻqon podsho Rossiyasiqoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi arxivining koʻp qismi olib ketilgan. Qoʻqon qadimda Hindiston va Xitoyga boriladigan karvon yoʻlidajoylashgan. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-asrgacha Qoʻqon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. 1709yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, 1711 yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. 1732 yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. Norboʻtabiy davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. Olimxon hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qoʻqonning siyosiy mavqei kuchaydi. Umarxon (1810—22) va uning oʻgʻli Muhammad Alixon (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842 yilda Buxoro amiriNasrulloxon tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, Turkiston general-guber-natorligiga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi Yangi Margʻilongakoʻchirilgandan keyin (1877 yil 27 aprel), Fargʻona viloyati uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi. Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871 yilda), Oʻrta Osiyodagi eng sifatli qogʻoz Qoʻqonda ishlab chiqarilgan. Shahar hayotida savdo muhim oʻrin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga boʻlingan. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur boʻlgan paxtachilik sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib shahar va uning atrofida 31 paxta tozalash, 5 yogʻ-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urugʻi zavodlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan. Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Qoʻqonda ham paxta xarid qilish va uni tashish bilan shugʻullanuvchi rus va chet el shirkatlari ("Andreyev shirkati", "Rossiya jamiyati", "Kavkaz va Merkuriy", "Eron savdo-sanoat shirkati", "Sharqiy jamiyat" va boshqalar) tashkil qilingan. 1913 yilda Qoʻqonda 5 mingdan ortiq savdo doʻkoni, 44 karvonsaroy, 20 bozor, 10 bank, kasalxona, tugʻruqxona va 2 dorixona ishlab turgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsatib, ulardan dastlabkisi "Madrasai xishtin" (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani "Soʻfiyon" (1891) madrasasidir. 20-asr boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, temir yoʻl va savdo-tijorat maktablari va boshqa oʻquv mas-kanlari bor edi. 20-asrning boshlarida Qoʻqonda "Sadoi Fargʻona", "Yangi Fargʻona", "Qoʻqon sadosi" gazetalari chop etila boshladi. 1917 yilning kuzida Qoʻqonda "Turkiston muhtoriyati eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu ozodlik harakatining markazi Qoʻqon bolsheviklar tomonidan qonga botirildi (1918 yil fevral). Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha bu qirgʻinda 10 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 1918 yilda Qoʻqonda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi.[1]
Ўлкамизнинг шаҳар ва қишлоқларида ХХ аср бошларида аввал “шайтон ўйини”, кейинчалик “ёввойи ўйин” деб ном олган ўйинлар пайдо бўлди. Гарчанд ҳозирги футболга унчалик ўҳшамаса ҳам майдон ва кўчаларни чангитиб ташкил этилан бу ўйин, кенг кулоч ёза бошлаганди. Маҳаллий ёшлар ўша даврларда чор Россиясининг ўлкамизда ҳизмат бурчини ўтаётган ҳарбийлари бўш вақтиларини қандай ўтказишлари билан қизиқар эдилар. Улар кўп вақтларини бу ерлар учун янги бошланган футбол ўйинига бағишлашар эди. Харбий қисмларларга яқин бўлган қишлоқдаги ёш йигитлар “янги” ўйинга катта қизиқиш билдириб, ҳар бир ўйинни завқ билан томоша қилишади. Оҳир оқибат харбийларга тақлид қилиб, ёшлар ўзлари майсали текис майдон топиб, у ерга дарвозалар учун устунлар ўрнатиб, ўзига хос футбол майдони яратишади. Албатда майдон тайёрлаш, чим ёткизиш, устунларни тиклаш қўқонлик йигитлар учун қийин иш эмасди. Энг муҳими футбол ўйнаш учун тўп топиш керак эди. Албатда у вақт дўконларда копток топиш мумкин эмасди, аскарлардан эса фақат катта пулга сотиб олиш мумкин эди. Шундай бўлишига қарамай, удабурон йигитлар, футболга бўлган иштиёқ катталигидан ўзлари копток ясайдилар. Йигитлар орасида турли касбдаги усталар борлиги бу ерда қўл келади. Улардан бири косибликдан хабари борлиги учун, чаримдан тўп тикиб кўради, лекин уни шишириш учун камера топилмайди. Улар тўпнинг ичига турли енгил латта-путталарни жойлаштириб шу тариқа биринчи марта ўзларича тўп ўйнай бошлайдилар. Бироз вакт ўткач бу футболга фидои йигитлар пул бириктириб аскарлардан хақиқий тўпни харид қилиб олишади.
Шу тариқа 1912 йили Ўлкамизда биринчи бўлиб, Қўқон шаҳрида футбол жамоаси тузилади. Жамоа аъзолари олдинига ўзаро ўйнашади, кейинчалик харбийлар билан рақиблик қилишади. Илк учрашвуларда йирик ҳисобда мағлубиятга учраб келган қўқонлик йигитлар, кейинчалик ўзаро ўйинларда дуранг ва ғолиб бўла бўлашади, хатто йирик ҳисобда ҳам ютиққа эришадилар. Албатда бундай муваффақиятларни ривожлантириш учун бошқа кучли жамоалар билан учрашишлари ва ўзларининг кучларини синаб кўришлари лозим эди. Тез орада Фарғона шаҳридаги харбий горнизонинг терма жамоаси билан ўртоқлик учрашуви ўтказган қўқонликлар кичик ҳисобда бўлса ҳам, мағлубиятга учрашадилар. Бу мағлубият қўқонликларнинг ғурурини паймон қилади ва жавоб учрашув – “реванш”, ўйинига тайёралик кўришади. Орадан бир ой ўтиб Қўқондаги ўзларининг майдонда жавоб учрашувини ўтказадилар. Бу ўйинга кўплаб муҳлислар ҳам келишади. Ўйин муросасиз ўтади. Шунга қарамай қўқонлик йигитлар бу ўйинда ғалаба қозонишади. Энди қўқонлик ишқибозлар орасида савдогарлар, бой одамлар пайдо бўлади. Жадидликнинг, ва умуман ўша пайт, ўлкамизнинг маънавий-маданий марказига айланган Қўқон шаҳрида юртимизнинг энг илғор ёшлари йиғилишганди. Футбол эса келажаги катта спорт тури эканлигини тушуниб етган бу марифатпарварлар хар томонлама миллий. ўзбек футбол жамоасини тузишга интилишади. Шу тариқа 1912 йили Қўқон шаҳрида “Музкоманда” (“Мусульмонлар жамоаси”) тузилади. Афсуски, “Музкоманда”нинг илк таркиби маълум эмас, бу хақдаги маълумотлар, хужжатлар сақланиб қолмаган, лекин хақимизнинг орасида афсона ва ривоятларга айланиб қолган футболчилар хақида кўплаб хотиралар гапирилиб келинади. Бу жамоа мамлакитимиз футболини ривожланишида ҳам катта роль ўйнайди. “Музкоманда” Фарғона водийси бўйлаб жуда кўплаб шаҳарлар ва қишлоқларда ўртоқлик учрашувлар ўтказади. Бу ўйинлардан кейин бу ерл
Download 17,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish