3.Termik ishliv berish bilan metall xossalarini yaxshilash. Po’latlarni termik ishlash turlariga yumshatish, normallash, toblash va bo’shatish kiradi.
Po’latlarni ma‘lum temperaturagacha qizdirib, shu temperaturada tutib turish va bir tekis struktura olish maqsadida sekin sovutish jarayoniga yumshatish deyiladi.
Muvozanat struktura olish uchun uglerodli po’latni 2000C/S; legirlangan po’latlarni esa 30. . . 1000C/soat tezlikda sovutish lozim. Diffuzion yumshatish - po’latlarning ximiyaviy ko’p jinsliligini kamaytirish maqsadida o’tkaziladi va u diffuziyali jarayonlar bilan amalga oishiriladi. Diffuziyali yumshatish rejimi: 1050-12000S gacha qizdirib, shu temperaturada 8-10 soat tutib turish bilan amalga oshiriladi.
To’la yumshatish - ichki kuchlanishlarni yo’qotish, zarralarni maydalash maqsadida evtektoidgacha bo’lgan po’latlarni A3 tempera-turadan ham 30-500S yuqori temperaturagacha qizdirib, sekin sovutish bilan amalga oshiriladi.
To’la yumshatishda to’lig’incha qayta kristallanish ta‘minlanadi. Ferrit-perlit struktura austenitga aylanadi va u mayda donli bo’lib, po’latni sovutishda mayda donli struktura hosil qiladi.
Izotermik yumshatishda-po’lat buyumlarni kritik nuqtalardan ham yuqori temperaturalargacha qizdirib, so’ngra As1 temperaturadan 30-500C dan past temperaturagacha tez sovutiladi va shu temperaturada austenit to’lig’icha perlitga o’tguncha tutib turiladi. Ana shundan keyin tinchgina havoda sovutiladi.
Fe-Fe3C holat diagrammasida yumshatish turlari ko’rsatilgan temperaturalar intervali
Chalayumshatish evtektroiddan keyingi po’latlarda qo’llaniladi.
Normallash- to’liq yumshatishning bir turi. Kam uglerodli va legirlangan po’latlarni termik ishlashning yakunlovchi operatsiyasi hisoblanadi. Normallash ma‘lum temperaturagacha qizdirib, ma‘lum vaqt tutib turib, tez sovutish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda po’latlarning qattiqligi va mustahkamligi yanada oshadi.
Toblash - evtektoidgacha bo’lgan po’latlarni As3 yoki evtek-toiddan keyingi po’latlarni As1 temperaturadan yuqori temperaturagacha qizdirib, biron-bir muhitda tez sovutish bilan amalga oshiriladi. Toblovchi muhit sifatida suv, yog’lar, 10% li Na0H, emulsiya va hokazolardan foydalaniladi.
Toblash tufayli qattiqlik oshadi, ma‘lum qalinlikda martensitli yoki trostitli - martensitli strukturali bo’lgan yuqori qattiqlikdagi qobiq hosil qilinadi.
Martensit - uglerodning -temirdagi joriy etish yo’li bilan hosil qilinadigan tartibli to’yingan qattiq eritmasi hisoblanadi. Bunda uglerod miqdori 2,14% gacha bo’lishi mumkin.
S o r b i t- ferrit-sementitli mexanik aralashmali strukturaga ega. Sorbit austenitni 50-700C|s tezlikda sovutilganda hosil bo’ladi, qattiqligi NV=2300...3200 MPa oralig’ida o’zgaradi.
Trostit - strukturasi ferrit va sementit (F+Ts) ning mexanik aralashmasidan iborat bo’ladi. Juda mayda donli trostit austenitni 80. . .1000C|s bilan sovutilganda hosil bo’ladi, qattiqligi HB=3300. . . 4000 MPa.
Po’latlarni qizdirishda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni Fe-Fe3C holat diagrammasidan umumiy tasavvur etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |