Populatsiyalarning umumiy tasnifi. Populatsiyaning asosiy xususiyati



Download 47,62 Kb.
bet7/10
Sana31.12.2021
Hajmi47,62 Kb.
#244480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
POPULATSIYALARNING UMUMIY TASNIFI. POPULATSIYANING ASOSIY XUSUSIYATI

Turning populyatsion tuzilmasi

Xar qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topgan.Uning tuzilmasini esa individlarni xarakatlanishi yoki ma’lum xududga bog’liqlik darajasi,tabiiy to’siqlarni yengib o’ta olishi kabi biologik xususiyatlari belgilab beradi.U doimiy emas.Organizm o’sishi,tug’ilish,o’lish va boshqa sabablarga ko’ra,ya’ni tashqi muhitning o’zgarishi, dushmanlar sonining o’zgarishi kabi qator omillarga bog’liq holda populyatsiyalar ichida o’zgarish vujudga keladi.

Populyatsiyaning jins tuzilmasi. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg’ochi individlarning son jihatidan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromasomalarning qo’shilishi bilan, ya’ni genetik qonuniyatlarga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir etishi mumkin.

Ekologik nuqtai nazardan populyatsiyadagi jinslar nisbatining biror tomonga siljishi ushbu populyatsiyadagi mavqei bilan bog’liq. Masalan, parazit chuvalchanglar va jamoa bo’lib yashovchi hasharotlarda erkak jins faqat otalanish jarayonida ishtirok etishdan iborat bo’lgani uchun jinslar nisbati urg’ochilar tomon siljigan. Sut emizuvchilardan tuyoqlilar orasida ham ana shunday nisbat kuzatiladi. Monogam yirtqich sutemizuvchilar va qushlarda erkak jins bolalarga va urg’ochi jinsga ozuqa topishda ishtirok etadi. Shuning uchun jinlar nisbati teng.Populyatsiya evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega. Masalan, odamlar populyatsiyasining potensial o’sishi o’smir va qariyalarga nisbatan 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar hisobiga to’g’ri keladi. Populyatsiyadagi individlarning nobud bo’lishi, jinslar nisbati amaliy ahamiyatga ham ega.Bu hol ko’proq sut emizuvchi hayvonlar uchun tagishlidir.



Populytsiyadagi jinslar nisbati genetik qonuniyatlarga bog’liq bo’lib qolmasdan, balki ma’lum darajada tashqi muhit ta’siriga ham bog’liq bo’ladi. Masalan, o’rmon chumolilari temperatura -20 °C dan past bo’lganda faqat erkak chumolilar, yuqori haroratda esa deyarli urg’ochi chumolilar rivojlanadi.

Populyatsiyaning yosh tuzilmasi. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanishning jadalligi, nobud bo’lish darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. U aniq sharoitga qarab har bir populyatsiya uchun turning genetitik xususiyatiga bog’liq bo’ladi.Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi.

O’simliklar populyatsiyasining yosh tuzilmasi.Fitosenozdagi muayyan turlarning, har xil holatlardagi individlarning yig’indisi senopopulyatsiya deb ataladi. Uni agar gulli o’simliklar misolida ko’radigan bo’lsak, unga tuproqda (yoki uning yuzasida) o’z hayotchanligini yo’qotmagan urug’lar nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. Senopopulyatsiyaning tarkibiga ba’zan o’t o’simliklarning ikkilamchi tinim holatdagi yer ostki organlari- ildizpoya, piyozbosh, tugunak kabilar ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi –senopopulyatsiyalar yig’indisidir. Turlarning o’zi esa populyatsiyalar tizimidan iboratdir. Jamoada har bir turning senopopulyatsiyasi maydon birligiga to’g’ri krladigan soni va yoshlarning nisbatlari bilan farqlanishi mumkin. T. A. Rabotnov o’simliklar jamoasidagi o’simliklarning hayotini quyidagi asosiy yosh davrlariga ajratadi:

  1. Latent davri.Bunda o’simlik spora, urug’ yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o’simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug’i hayotchanligini 3-4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba’zi bir begona o’t o’simliklar esa urug’ining hayotchanligini bir necha o’n yillab saqlay oladi.Tuproqda turli o’simliklarning ko’p sondagi urug’larini topish mumkin. Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqish xususiyatiga ega. Shu bilan birga har yili yangi urug’lar tuproqqa tushib turadi.

  2. Virgul davri. Bu davr o’simlikning nihollik, yosh o’simlik va voyaga yetgan holatidir.Nihollar yosh o’simliklardan urug’palla barglarining bo’lishi bilan farqlanadi.

  3. Generativ davri. O’simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan ko’payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi

  4. Senil (qarilik) davri.O’simlikning yoshi ortishi bilan generativ ko’payish xususiyati yo’qoladi, ana shunga senil davri boshlanadi.

Populyatsiya o’simlikning turli davrlarida kechadi. T.A. Rabotnov ma’lumotlariga ko’ra invazion, normal va regrissiv turlardagi populyatsiyalar ajratiladi. Invazion tipdagi populyatsiya deyilganda o’simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyatsiyalar tushunilib, uni nihollar yosh o’simlik hamda voyaga yetgan holda uchratish mumkin.Bunday populyatsiyaning urug’lari fitosenozga tashqaridan kelib qolib, jamoada eng muhim o’rinni egallashi yoki mutlaqo yashay olmasligi ham mumkin.

Regrissiv turdagi populyatsiya generativ ko’payish xususiyatini yo’qotgan populyatsiyadir.U odatda gullamaydi yoki gullasa ham unuvchanligini yo’qotgan bo’ladi. Ana shu holat populyatsiyaning fitosenozda o’lib, yo’qolib, chirib ketayotganligidan dalolat beradi.

Normal turdagi o’simliklar populyatsiyasi jamoada taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to’liq o’tgazuvchi o’simliklardir.Ular spora yoki urug’lardan tortib to voyaga yetgan o’simliklar ko’rinishida uchraydi. Senotik nuqtai nazardan ular o’simliklar jamoasining asosiy populyatsiyasi hisoblanadi.

Populyatsiyaning yosh tuzilmasi o’simliklar va hayvonlarda hambir necha omillarga bog’liq. Birinchi navbatda balog’atga, voyaga yetish vaqti, umr ko’rish muddati, avlodlar davomiyligi, ota-onasidan bir vaqtda tug’iladigan individlarning dunyoga kelish muddati, har xil jins va yoshdagi individlarning nobud bo’lish xarakteri, populyatsiyaning son jihatdan o’zgarib turish dinamikasi kabilarga bog’liq. Ikkinchidan, yuqoridagi omillarning tur ichidagi har xil populyatsiyalarda turlicha ko’rinishda namoyon bo’lishidir.Bunda populyatsiyaning yosh tuzilmasi beqarorligi bilan tavsiflanadi. O’simliklar va hayvonlar populyatsiyasining yosh tuzilmasiga juda ko’p misollar keltirish mumkin. Ammo biz populyatsiyaning yosh tuzilmasini yaxshiroq tasavvur qilish uchun odamlardagi yosh davrlariga oid ma’lumotlar bilan cheklanamiz.




Download 47,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish