Portlash xavfi va portlash-Yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish bo‘yichA


II bob. Olovli ishlarni olib borishga ruxsatnoma



Download 25,84 Kb.
bet2/5
Sana26.06.2022
Hajmi25,84 Kb.
#706138
1   2   3   4   5
Bog'liq
PORTLASh XAVFI VA PORTLASh

II bob. Olovli ishlarni olib borishga ruxsatnoma
11. Olovli ishlarni olib borishga, shu jumladan falokat holatida ham, ilovadagi shakl bo‘yicha naryad-ruxsatnomani yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak.
12. Olovli ishlar olib borilayotgan joyda bo‘linma rahbari yoki uning o‘rnidagi shaxs, olovli ishlarni tayyorlashga va olib borishga javobgar shaxsni tayinlaydi, olovli ishlarni olib borishda tayyorgarlik ishlarining hajmi va miqdorini, ularning bajarish ketma-ketligini, xavfsizlik choralarini, havo muhitining nazorat tartibini va himoya vositalarini belgilaydi. Bu uning naryad-ruxsatnomasining 8-bandidagi imzosi bilan tasdiqlanadi.
13. Naryad-ruxsatnoma ikki nusxada tuziladi va unda ko‘rsatilgan tadbirlarni bajarish uchun, olovli ishlarni tayyorlashga va olib borishga javobgar shaxslarga beriladi.
14. Naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan barcha tadbirlarni bajargandan so‘ng, olovli ishlarni tayyorlashga va olib borishga javobgar shaxs, tegishligicha 11-bandiga o‘z imzosini qo‘yadi. Shundan so‘ng olovli ishlar olib borilayotgan joydagi bo‘linma rahbari yoki uning o‘rnida ishlayotgan shaxs, bajarilgan tadbirlarning to‘liqligini tekshiradi, yong‘in xavfsizligi xizmati (zarur bo‘lganda korxonaning boshqa xizmatlari) bilan o‘zaro kelishadi, naryad-ruxsatnomaga imzo qo‘yadi va uni tasdiqlash uchun korxona bosh muhandisiga, yoki uning ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosariga, yoki ishlab chiqarish boshlig‘iga beradi.
15. Olovli ishlarni bajaruvchi guruh tarkibi va yo‘riqnoma o‘tilgani haqidagi belgi naryad-ruxsatnomaning 9-bandiga yozib qo‘yiladi.
16. Naryad-ruxsatnoma olovli ishlar olib boriladigan joylari birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlangandan keyin hamda yong‘in xavfsizligi talablari to‘liq bajarilgandan so‘ng korxonaning yong‘in xavfsizligi xizmati bilan o‘zaro kelishiladi.
17. Naryad-ruxsatnomani texnika xavfsizligi xizmati va korxonaning boshqa xizmatlari bilan (gazdan qutqaruv xizmati, energetika va boshqalar), shuningdek o‘zaro bog‘liq sex, uchastka (ish turiga bog‘liqlik holatiga qarab) rahbarlari bilan kelishish tartibi, zaruriyat bo‘lganda, korxonada ishlab chiqiladigan yo‘riqnoma bilan aniqlanadi. Topshiriq-ruxsatnomada kelishilganlik rasmiylashtirilishi kerak yoki “kerak emas” deb yozib qo‘yiladi.
18. Naryad-ruxsatnomaning bir nusxasi olovli ishlarni olib borishga javobgar shaxsda qoldiriladi, boshqasi esa — korxonadagi yong‘in xavfsizligi xizmatining olovli ishlarni tayyorlash uchun javobgar shaxsga beriladi, bu haqda jurnalga qayd etiladi.
Agarda korxonada yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘lmasa, olovli ishlarni olib borishga naryad-ruxsatnomani tasdiqlagan rahbar, olovli ishlarni olib borishda yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi tadbirlarni bajarilishini tekshirish uchun korxonadagi mutaxassislar ichidan javobgar shaxsni belgilaydi. Bu vaziyatda naryad-ruxsatnoma jurnalda qayd etiladi va yuqorida ko‘rsatilgan shaxsda saqlanadi.
19. Bajaruvchilar faqatgina olovli ishlarni olib borishga javobgar shaxsning ruxsati bilan olovli ishlarni bajarish uchun kirishishi mumkin.
20. Naryad-ruxsatnoma olovli ishlarning har bir turiga alohida rasmiylashtiriladi va (u) bir kunlik ish smenasi davridagini o‘z kuchiga ega. Agarda bu ishlar belgilangan muddatida tugatilmagan bo‘lsa, olovli ishlar olib borilayotgan joydagi bo‘linma rahbari yoki uning o‘rnidagi shaxs tomonidan naryad-ruxsatnoma (muddati) uzaytirilishi mumkin, lekin bir smenadan — belgilangan ish vaqtidan ko‘p bo‘lmagan muddatga.
21. Ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatish bilan sexlarda to‘liq ta’mirlashni olib borilishiga va qayta ta’mirlash bo‘yicha ishlarni olib borilishiga naryad-ruxsatnoma to‘liq ta’mirlash va qayta ta’mirlash bo‘yicha ishlar jadvalida nazarda tutilgan muddatga rasmiylashtiriladi.
22. Korxonaning ta’mirlovchi sex ishchilar kuchi bilan yoki o‘zga (tashqi) tashkilotlar tomonidan olovli ishlar bajarilishida, olovli ishlarni olib borish uchun naryad-ruxsatnoma ushbu Namunaviy yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
23. Sig‘imlar ichida, apparatlarda, quduqlarda, kollektorlarda, zovurlarda va shu kabilarda olovli ishlarni olib borish uchun naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilishda ushbu Namunaviy yo‘riqnomada va yopiq idishlarda (sig‘imlar, apparatlar, kollektorlar, xandaqlar va shu kabilar) (olovli ishlar) olib borish bo‘yicha yo‘riqnomada nazarda tutilgan barcha tadbirlarning xavfsizligi hisobga olinishi kerak.

Download 25,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish