Презентация. Собиров Азиз



Download 3,41 Mb.
Sana14.11.2022
Hajmi3,41 Mb.
#865757
Bog'liq
pptx 20221109 224357 0000


MAVZU:DINIY MAROSIMLAR
REJA:
1.Islomiy marosimlar
2.Xristian dinidagi marosimlar
PP.22.11 SOBIROV AZIZBEK
MAVZU:DINIY MAROSIMLAR
REJA:
1.Islomiy marosimlar
2.Xristian dinidagi marosimlar
PP.22.11 SOBIROV AZIZBEK
Marosim — 1) diniy yoki anʼanaviy urf-odatlar munosabati bilan oʻtkaziladigan maʼraka, yigʻin: diniy marosimlar, toʻy marosimlari, dafn marosimi va b; 2) tantanalar bilan oʻtkaziladigan rasmiy yigʻin: yubileylar, mukofot berish marosimi, haykalning ochilish marosimlari va boshqalar.
MAROSIM SOʻZINING MANOSI
Diniy marosimlar - fuqarolarning diniy taʼlimotlardan, ularning qonun-qoidalari va aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. D.m. diniy eʼtiqod, ibodatning amaldagi koʻrinishidir. Barcha dinning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. D. m. diniy tasavvur va sigʻinishlar orqali vujudga kelgan.
Islom dinidagi marosimlar
Islomiy bayramlar islom dinidagi bayramlar (xursandchilik kunlari) boʻlib, ikkita asosiy bayramdan iborat — Iyd al-Fitr va Iyd al-Adha. Bayramlarning nishonlanishi xalqlar va madaniyatlarga qarab, shuningdek, Islom sektalariga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Musulmon bayramlari qamariy taqvimga asoslangan boʻlib, shamsiy taqvimga nisbatan har yili surilib boradi. Islom taqvimida 12 oy va 354-355 kun bor. Sunniy va Shia taqvimlari har doim ham bir-biriga muvofiq kelmaydi. Baʼzan ayni bayram shialarda nishonlanayotgan boʻlsa, sunniylarda u boshqa kuni, odatda ketma-ket nishonlanishi ham mumkin.
HAYIT BAYRAMLARI
Iyd arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida "bayram", "hayit" degani va Fitr soʻzi esa roʻza tutish deganidir. Iyd al-Fitr (عيد الفطر) yoki roʻza hayiti Ramazon oyining tugashi bilan nishonlanadigan bayramdir.
Iyd al-Fitr
Hayit bayramlari
Iyd al-Adha (عيد الأضحى), yoki Qurbon hayiti, Iyd al-Fitrdan taxminan 70 kun keyin nishonlanadi. Ushbu bayram Ibrohim paygʻambarni sharafiga nishonlanadi. Islomga koʻra Ibrohim paygʻambar Allohga sodiqligini koʻrsatish uchun oʻz oʻgʻlini qurbon qilishga ham tayyor boʻlgan. Ushbu bayram anʼanasiga koʻra qoʻy yoki mol soʻyilib, uning goʻshti oila, doʻstlar va muhtojlarga ulashiladi. Hayit, shuningdek, Makkaga hajj marosimini tugashiga toʻgʻri keladi. Qurbon hayiti ham ramazon hayiti singari Oʻzbekistonda umumxalq bayrami deb tanolingan va ushbu kun dam olish kunidi.
Iyd al-Adha
Xristian dini marosimlari misteriyalar (qad. dinlarning maxfiy marosimlari) taʼsirida shakllangan va asosan Iso Masiq shaxsi bilan bogʻliq. Xristianlikdagi pravoslav va katoliklar yetti sirli marosim — choʻqintirish, non va vino totish, xushboʻy moy surish, badanni yogʻlash, nikoh, tavbatazarru va kashishlik (rohiblikka qabul qilish)ni tan oladilar. Protestantlar esa faqat choʻqintirish, non va vino totish marosimini eʼtirof qiladilar. Buddizmda ertalabki va kechki ibodat, monaxlarga oziq-ovqat keltirish, tiyilish kuni, dunyoga kelish va balogʻat yeshini nishonlash, nikoh, yangi uyga koʻchish, ajdodlarni xotirlash va dafn marosimlari mavjud.
Xristian dinining marosimlari
Oʻzbekistonda D. m.ning erkin oʻtkazilishi taʼminlanadi, ammo bunda qonunlar, jamoat tartibi buzilmasligi va shaxsga hamda fuqarolarning huquqiga daxl qilinmasligi kerak. D. m.da qatnashish fuqarolarning xususiy ishidir va hech qanday huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. D. m. ibodatxonalarda, diniy tashkilot muassasalarida, ziyoratgohlarda, qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va uylarida oʻtkaziladi. Belgilangan joydan tashqarida D. m. yoki ommaviy ibodatlar oʻtkaziladigan holatlarda bu hakda mahalliy hokimiyat ogoxlantirib qoʻyilishi va bunday tadbirlar qatʼiy tartibga rioya qilingan holda tashkil etilishi lozim.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Thank You for listening!
Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish