Protsessual tartibi va rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


IIBOB. Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana24.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#701223
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
saydullo

IIBOB. Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati 
II.1.Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish tartibi va turlari 


 
Tanib olish uchun ko‗rsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi 
yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa to‗g‗risidagi ko‗rsatuvini tekshirib 
ko‗rish uchun quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
1) 
bu ko‗rsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini 
aniqlash zarur bo‗lganda; 
2) 
surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga ma‘lum bo‗lgan ko‗plab shaxs yoki 
narsalar orasidan ko‗rsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur 
bo‗lganda (JPK, 125-modda). 
Tanib olish jarayoni ilgari kuzatuvda bo‗lgan ob‘ektni tanish hisoblanadi. SHu 
bois insonning eslash qobiliyati jinoyat sodir bo‗lgan paytdan boshlab vaqt o‗tishi 
bilan bu hodisa to‗g‗risidagi taassurotlar va ularni esda saqlash darajasi vaqt o‗tishi 
bilan pasayib borishi sababli mazkur tergov harakatini tezkor o‗tkazish taktik 
jihatdan to‗g‗ri hisoblanadi. Gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar, 
guvohlar; shunindek, jinoyat qurollari, jasadlar va ularning qismlari, hayvonlar, 
binolar va boshqa ko‗chmas ob‘ektlar tanib olish uchun taqdim etilishi, ya‘ni bular 
tanib olish ob‘ektlari bo‗lishi mumkin. Tanib olishning sub‘ekti bo‗lib esa, tanib 
olishni amalga oshirayotgan shaxs, ayni paytda guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon 
qilinuvchilar va ayblanuvchilar ham ishtirok etadi. SHuni ham unutmaslik lozimki, 
tanib olish jarayonidan oldin tanib oluvchi shaxs ushbu ob‘ekt, uning belgilari 
bo‗yicha to‗la ravishda, batafsil so‗roq qilinishi darkor. 
Tanib olish uchun ko‗rsatish tergov harakatini o‗tkazishdan maqsad shaxsning 
yoki ashyoning aynanligini aniqlashdan iborat. Ushbu aynanlikni topish tanib 
oluvchi shaxsning zimmasiga yuklatiladi.Tanib olish insonning bilish jarayoni bir 
ko‗rinishi hisoblanadi. Muayyan narsa yoki shaxsni tanish jarayoni psixologik 
mazmuniga ko‗ra ikki turga bo‗linadi: 
a) suksessiv tanish-avvalgi taassurotga ega bo‗lgan obraz belgilarini xotirada 
sekinlik bilan tiklab, taqdim etilgan ob‘ekt belgilari bilan bosqichma-bosqich 
solishtirish orqali tanib olish; 
b) simultan tanish-muayyan shaxs yoki narsani darhol, bir ko‗rishning o‗zida tanib 
olish
8

Suksessiv tanishda tanib oluvchi shaxs ob‘ektni solishtirishda bir qancha 
qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklar tanib oluvchi shaxsning tanib 
8
См.: Гапанович Н. Н. Опознание в следственной и судебной практике (тактика). Минск, 1978. Б. 13. 


olinishi kerak bo‗lgan narsa yoki shaxs bilan ilgarigi kam muomalada bo‗lganligi 
yoki belgilarning o‗zgarishi, eskirishi, ko‗rinishining sun‘iy o‗zgartirilishi bilan 
bog‗liq. SHuning uchun ham bu holda birinchi bo‗lib haqiqatan ham aynan shu 
ob‘ekt tergov olib boriladigan xodisa bilan bog‗liqmi yoki yo‗qmi degan masala 
hal qilinishi kerak. Agar tanib oluvchi shaxsga taqdim etiladigan ob‘ekt belgilari 
bo‗yicha yaxshi tanish bo‗lsa, bunday suksessiv tanib olish o‗tkazilmaydi. 
Masalan, tanib oluvchi bilan ko‗p vaqtdan buyon yaqin munosabatlarda bo‗lgan 
kishini (oila a‘zolari, do‗stlari, uzoq qarindoshlari, qo‗shnilari va h.k.) tashqi 
ko‗rinishi bo‗yicha tanib olishga yoki tanib oluvchi shaxsga o‗zining noyob 
belgilari (raqam, dog‗, esdalik yozuv va b.) orqali tanish bo‗lgan buyumlarni 
taqdim etish noo‗rindir. Bu holda suksessiv emas, balki simultan tanib olish 
o‗rinlidir. 
Simultan tanish bilan bog‗liq bo‗lgan tanib olish bevosita boshqa maqsad — 
marhumning shaxsini aniqlash yoki tanib olinadigan ob‘ekt bilan tanib oluvchining 
tanishligi tasdiqlovchi ma‘lumotning rostligini tekshirishni ko‗zlaydi. SHu uslub 
orqali tanib oluvchi bilan tanishligini rad etuvchi shaxs taqdim etilishi mumkin
9

Ba‘zi mualliflar tomonidan bu hollarda tanib olishni o‗tkazishning qonuniyliligi 
rad etiladi
10
. Bunday fikr tarafdorlari tanib olishning o‗rniga yuzlashtirish o‗tkazish 
kifoya deyishadi. SHunga qaramasdan, bizning nazarimizda, ba‘zi hollarda 
yuzlashtirishning imkoniyatlari quyidagi masalalarni echishga etarli emasdir, ya‘ni 
so‗roq qilinadigan shaxslar haqiqatdan ham o‗zaro tanishmi yoki o‗zini 
tanishtirgan shaxs haqiqatan ham o‗sha shaxsmi yoki yo‗qmi. SHaxsan, o‗zaro 
tanishligini tasdiqlovchi shaxsning gaplari qanchalik rostligini aniqlashning iloji 
yo‗q. 
Jinoyat protsessida bir shaxs o‗rtasida bir ob‘ekt yoki bir shaxsni tanib olish uchun 
qayta, qo‗shimcha tanib olish uchun ko‗rsatish tergov harakatini o‗tkazish man 
etilgan. Qo‗shimcha tanib olish uchun ko‗rsatishni o‗tkazishning man etilishi tanib 
oluvchi tanib olish uchun ko‗rsatilayotgan shaxsni yoki ob‘ektni balki birinchi bor 
tanib olish uchun ko‗rsatilganda eslab qolish ehtimoli bilan bog‗liq. SHu bilan 
birga shaxs tomonidan ob‘ektning yoki shaxsning faqat bitta belgisi orqali eslab 
qolganligi bois, tanib olish uchun ko‗rsatish tergov harakati o‗tkazilgandan so‗ng, 
qaytadan o‗tkazishga ehtiyoj tug‗ilishi mumkin. Tanib olishni o‗tkazishning 
maxsus shartlari sifatida tanib oluvchi shaxsni qay hollarda ob‘ekt unga taassurot 
qoldirganligi va qaysi belgilari orqali tanib olishi mumkinligi yuzasidan 
9
См.: КочаровГ. И. Опознание на предварительном следствии. М., 1955. Б. 9. 
10
Гапанович Н. Н. Ўша ерда. Б. 14 


o‗tkaziladigan so‗roq qilish xizmat qiladi. Aks holda tanib olish isbot kuchiga ega 
bo‗lmaydi. 
SHaxs bitta ob‘ektni har xil belgilar orqali tanib olishi mumkin. SHaxs ob‘ekt va 
shaxsning bir belgiga ko‗ra tanib olmagan bo‗lsa, uni boshqa belgisiga ko‗ra qayta 
tanib olish uchun ko‗rsatish mumkin. Biroq birinchi marotaba o‗tkazilgan tanib 
olish uchun ko‗rsatish tergov harakatida tanib oluvchi ―tanib olish uchun 
ko‗rsatilayotgan shaxs‖ haqida hech qanday ma‘lumotni olmasligi choralari 
ko‗rilishi kerak. Aks holda birinchi tanib olish uchun ko‗rsatishda ob‘ektning 
belgilarini eslab qolinishi va ikkinchi marotaba o‗tkazilayotgan tanib olish uchun 
ko‗rsatilayotganda ishning xolisligiga putur etkazishi mumkin. Masalan, dastlab 
shaxsning fotosurati orqali tanib olish uchun ko‗rsatish keyinchalik uning yurish 
(qadam qo‗yish) xususiyatlari bilan tanib olish uchun ko‗rsatishni rad etmaydi. 
Qo‗shimcha tanib olish uchun ko‗rsatish dastlab JPKning talab-larini buzgan holda 
o‗tkazilgan bo‗lsa yoki protsessual shakldan tashqari amalga oshirilgan bo‗lsa ham 
takroran yoki qo‗shimcha o‗tkazilmaydi. (masalan, shaxsni tezkor-qidiruv chora-
larida tanib olish uchun ko‗rsatilganda). 
Tanib olish uchun qo‗rsatishni o‗tkazish uchun asos-bu isbotlash uchun zaruriyat 
bo‗lib, unda ilgari taassurot qoldirgan ob‘ektni tanib olishga taqdim qilingan 
ob‘ekt taqqoslanadi. Agar ob‘ekt isbotlashning boshqa uslub yoki vositalar orqali 
aniqlanadigan bo‗lsa, tanib olish uchun ko‗rsatishni o‗tkazishning zarurati yo‗q. 
Mazkur tergov harakatida tanib oluvchi sifatida guvoh, jabrlanuvchi, gumon 
qilinuvchi va ayblanuvchilar ishtirok etishlari mumkin. Guvoh va jabrlanuvchi 
tanib olishdan oldin ko‗rsatuv berishdan bosh tortish va yolg‗on ko‗rsatuv 
berishlari uchun javobgarlikka tortilishlari to‗g‗risida ogohlantiriladilar. YUqorida 
ko‗rsatilgan shaxslar tanib olinuvchilar sifatida ham ishtirok etishlari mumkin. 
Tanib olish nafaqat ko‗rish sezgi organi yordamida, balki boshqa hissiyot organlari 
orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan eshitish, ushlash orqali (ko‗zi 
ojizlar ob‘ektni ushlash orqali tanib olishi mumkin. Bu esa, keyinchalik tergov 
eksperiment o‗tkazish orqali ham isbotlanishi mumkin). SHu bilan birga, tanib 
olish garchand shubhali bo‗lsa-da, hidlash orqali ham amalga oshirilishi mumkin. 
Hidlash orqali tanib olish uchun ko‗rsatishni «odorologik ekspertiza»dan, shu 
jumladan xizmat itlaridan foydalanib o‗tkaziladigan tanib olishdan farqlash lozim. 
Tanib olish uchun ko‗rsatish tergov harakati faqat shaxs (odam) ishtirokida uning 
shaxsiy sezgi organlari orqali o‗tkaziladi. 
YUqoridagilardan tashqari, tanib olish video va audio yozuvlar orqali ham 
o‗kazilishi mumkin. 



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish