Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Psixologiyaning tadqiqot metodlari. Psixologiya fanining tarmoqlari



Download 39,67 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi39,67 Kb.
#346139
Bog'liq
1-mavzu


Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Psixologiyaning tadqiqot metodlari. Psixologiya fanining tarmoqlari.

Psixologiya eng qadim iy fanlardan bo‘lib, bundan 2,5 ming yil ilgari jon haqidagi ta ’limot sifatida vujudga kelgan. VII—V asrlarda o ‘tgan qadimgi grek faylasuflarining asarlaridayoq kishining jonli va ruhiy hayoti to ‘g‘risida juda ko‘p xilma-xil fikrlar bayon qilinganligini ko'ram iz. Bu masalalar qadimgi Xitoy va qadim gi hind m utafakkirlarining m uhokam alarida ham katta o ‘rin tutadi. Kishining psixikasi haqidagi m untazam ta ’limotni birinchi m arta Aristotel (eram izdan oldingi 384—322-yillar) «Jon haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan boMgan psixologiyani vujudga keltirgan kishi yoki psixologiya fanining «otasi» hisoblanadi. Uzoq vaqtgacha psixologiya m ustaqil fan boMmay, falsafa tarkibiga kirib kelgan. A lohida ilmiy fan m a’nosidagi «psixologiya» term ini ham yo‘q edi. Bu term in XVI asr oxirida paydo boMib, XVIII asr o'rtalaridan boshlab ham m a ishlatadigan boMib qoldi. Psixologiya XVIII asrning oxirida va XIX asrning boshlaridagina mustaqil fan boMib shakllandi. Qadimgi zam onlardan to bizning zamonim izgacha psixologiya sohasida idealizm bilan m aterializm o'rtasida kurash bo'lib keldi. Psixologiyadagi bu kurash ham isha sinfiy kurashning in’ikosi bo'lib keldi. Psixika, ong nim a degan m asala, shu bilan birga, odam organizm ida psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlar o'rtasidagi munosabat masalasi ham shu kurashda m arkaziy o'rin n i egallab keldi. Psixika va ong haqidagi ta ’lim ot idealistik va vulgar m aterialistik qarashlar ham da nazariyalarga qarshi kurashda chiniqa bordi. Idealistlar, odam ning psixik hayotini odam tanasi bilan qandaydir nom a’lum yo'l bilan qo'shilib, odam da gavdalangan, jismi yo 'q moddiy bo'lm agan alohida bir narsaning, ya’ni ruh yoki jonning zohir boMishi deb hisoblaydilar. (So'zlashganim izda va adabiyotda ham «odam ning joni» va «odam ning ruhi» degan term in ishlatamiz. Ammo bu term inlarni biz moddiy bo'lm agan alohida bir narsani ifodalash uchun emas, balki «psixika» so'zini qay m a ’noda ishlatsak, o 'sh a m a’noda ishlatamiz). Idealistik psixologiya nam oyandalari psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlarning o'zaro m unosabati haqidagi m asalani talqin qilishda yo psixofizik parallelizm yoki psixofizik o 'zaro ta ’sir nuqtayi nazarida turadilar. Psixofizik parallelizm tarafdorlari fiziologik va psixik hodisalar birbiriga bog'liq bo'lm agan holda yonm a-yon (parallel ravishda) voqe bo'ladi, deb hisoblaganlar. Bu qarashga ko'ra, odam ning hayot faoliyati qo'shilib ketm aydigan ikki oqim — organik hayot bilan psixik hayotning harakatlanishidan iborat em ish. Psixofizik o 'zaro ta ’sir tarafdorlari ta ’limotiga ko'ra, psixik hodisalar bilan fiziologik hodisalar o 'z tabiati e ’tibori bilan har xil bo'lsa-da, bir- biriga o ‘zaro ta ’sir etadi: fiziologik hodisalar psixik hodisalarni vujudga keltiradi, psixik hodisalar esa fiziologik hodisalarga sabab b o ‘la oladi. Bu qarashga ko'ra, odamfning hayot faoliyati go'yo harakatdagi zanjir b o ‘lib, unda fizik zveno bilan psixik zveno ketm a-ket kelaveradi. Fanga xilof idealistik muhokamalarga qaram a-qarshi o'laroq, dialektik materializm psixik hayot qandaydir alohida, moddiy bo'lm agan bir narsaning zohir bo‘lishi emas, balki materiyaning yuksak darajadagi mahsuli, ya’ni bosh miyaning xossasidir, deb ko‘rsatadi. Demak, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida bir yo‘sinda aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi bo'lib, faqat m iyaning faoliyatiga bog'liq holda ro'y beradi. Lekin psixikani materiyaning mahsuli deb bilish tushunchasini vulgar materializm namoyandalari targ'ib qilgan soxta (u ham mexanistik) tushunchadan farq qilishi kerak. M exanist va vulgar m aterialistlar tabiatdagi barcha hodisalarni — kimyoviy, biologik, fiziologik hodisalarni, shuningdek, psixologik hodisalarni ham m ateriya zarrachalarining fazoda faqat mexanik sur’atda siljishdan iborat deb bilar edilar. U lar psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlardan iborat bir narsa deb tushunar, psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonning ikkovi bor narsa deb hisoblar edilar. Masalan: vulgar m aterializm ning nam oyandalari (Byuxner, M oleshott, Faxz) jigardan o ‘t chiqib turgani singari m iyadan ham fikr chiqib turadi, deb bilar edilar. M exanistlar nazarida, psixik hodisa fiziologik hodisaning o ‘zi-yu, uni odam faqat ichki, subyektiv tom ondan idrok etar emish. Dialektik materializm nuqtayi nazaridan psixika, m ateriyaning m exanik harakati em as, balki harakatdagi m ateriyaning alohida xossasidir. Shuningdek, psixik jarayon moddiy jarayonga bog'liq, degan so'zdan psixika, ong-fiziologik jarayonlardan boshqa bir narsa em as, degan m a’no aslo chiqm aydi. Fikr, ong — voqelikning sifat jihatidan boshqacha, o'ziga xos bir hodisasidir. Psixika, ong — faqat yuksak darajada tashkil topgan m ateriyaning xossasidir. Hayvonlar bilan odam lar organizm iga xos bo'igan nerv sistemasi ana shunday yuksak darajada tashkil topgan m ateriyadir. Psixikaning bevosita moddiy substrati (asosi) - odam ning bosh miyasidir. O dam ning psixikasi, ongi — bosh miya funksiyasidir. Psixika, ong materiya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida paydo bo'ladi. M ateriya taraqqiy qilib borgan sari turli qonuniyatlar va xossalar — m exanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa qonuniyat va xossalar paydo bo'ladi va taraqqiy qiladi, organik olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichidagina m ateriyaning psixika, sezgi, ong, tafakkur deb ataladigan alohida xossalari vujudga keladi. O lam taraqqiyoti tarixida psixika, ong boMmagan davr o'tgan. Psixika olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichiaridagina paydo bo'ldi. Psixika materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Aks ettirish degan so'zning m a’nosi har xil tushuniladi. Tevarak-atrofdagi voqelikni aks ettiradigan ko'pgina narsalar m a’lum, m asalan, suv aks ettiradi, ko'zgu aks ettiradi va hokazo. Bu misollarda biz fizik hodisa sifatidagi aks etish (in ’ikos)ni ko'ram iz. Psixik hodisalar haqida so'zlashganim izda esa sifat jihatdan boshqacha, o'ziga xos ravishda aks etishini nazarda tutm og'im iz kerak. Bu aks ettirish sezgilarda, xotirada, tafakkurda va boshqa shu kabilarda o 'z ifodasini topadi. Insonning aks ettirish jarayoni o'z mohiyati va xarakteri jihatidan 2 bosqichdan iboratdir: 1) hissiy (aks ettirish) bilish bo'lib, u sezish, hissiy qabul qilish, xotira va tasavvurlardan iboratdir; 2) aqliy bilish bosqichi bo'lib, u tafakkurdan iboratdir. Hissiy bilishning boshlang'ich shakli — sezgidir. Chunki hissiy bilishning boshqa shakllari — hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha m urakkab bo'lib, u sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning sezishdan farqi shundaki, unda predm etlarning ayrim xossalarni emas, balki predm et bir butun holda aks etadi. Hissiy bilishning yana bir shakli tasaw urdir. Tashqi ta ’sir natijasida vujudga kelgan nerv va miya qobig'ining m a’lum qismidagi qo'zg'alish — sezish, qabul qilish — m a’lum davrgacha o'z izini qoldiradi, y a’ni tashqi ta ’sir to'xtagandan so'ng qo'zg'alishning, sezishning izi saqlanib qoladi. O 'sha ta ’sir etgan predm etga aloqador bo'lgan, unga qandaydir m unosabatda bo'lgan hodisa ta ’siri natijasida izlar yana qayta tiklanishi m um kin. M iya qobig'ida saqlanib qolgan shu fiziologik izlarning tiklanishi, qaytadan qo'zg'alishi tasavvur, xotirani vujudga keltiradi. Insonning bilish jarayoni hissiy bilish bilangina cheklanm aydi. Hissiy bilish yoki jonli kuzatish inson bilishining pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich asosida ijtim oiy m ehnat jarayonida ikkinchi yuqori bosqich — aqliy bilish, tafakkur paydo bo'ladi. Hissiy bilish orqali obyektiv reallikdan olingan «m ateriallar»ni qayta ishlash, ularni m unosabatlari, ichki xususiyatlarini aniqlash, m uhim va asosiy tom onlarini nom uhim - laridan ajratib olish, ularning qonuniyatlarini ochish aqliy bilish va tafakkurda am alga oshiriladi. O dam bilan uning tevarak-atrofidagi olam o'rtasida doim o o'zaro birbiriga ta ’sir qilish jarayoni bo'lib turadi. Odam bu jarayonda dunyoni o'z psixikasi bilan aks ettiradi. Shu bilan birga, voqelik odam ongida ko‘zgudagi kabi passiv ravishda aks etmay, balki faol ravishda aks etadi: odam tevarak-atrofdagi olam bilan o'zaro bir-biriga ta ’sir ko‘rsatar ekan, shu jarayonda olamga ta ’sir etadi, uni o'zgartiradi va uni o'z ehtiyojlariga moslashtiradi. Psixologiya fani psixikani o'rganar ekan, uni yuksak darajada tashkil topgan materiyaning obyektiv voqelikni aks ettirishdan iborat bo'lgan alohida xossasi deb biladi. M ateriyaning bu xossasi m ateriyaning boshqa xossalaridan sifat jihatdan farq qiladi va materiya taraqqiyotining faqat muayyan bosqichida vujudga keladi. Psixik hodisani, idealistlar ta ’lim bergani singari, fiziologik hodisadan ajratib qo'yish yaramaganidek, psixik hodisani, vulgar materialistlari ta ’lim bergani singari, fizik hodisaga tenglashtirish ham yaramaydi. Psixik hodisa bilan fiziologik hodisa bir butun bo'lib bog'langandir. Buning m a’nosi shuki, psixologik va fiziologik hodisa sifat jihatidan boshqa-boshqa hodisalardir, am m o fiziologik hodisa bo'lm asa, ya’ni nerv sistemasi ishlam asa, psixologik hodisa bo'lishi m um kin emas; shunday qilib, psixologik hodisa ikkilamchi hodisa hisoblanadi. Psixik hodisalar nechog'li m urakkab bo'lm asin, ularni m oddiy nervfiziologik negizidan ayirib o'rganish yaramaydi. Bunday ayirish idealizm ­ ga olib borishi mumkin, xolos. Shu sababli psixikani o'rganishda psixik hayotdagi hodisa va faktlarni ilmiy asosda tushunib olish uchun psixikaning moddiy negizini, ya’ni bosh miya va uning faoliyatini, psixik jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini bilib olish kerak. I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyati fiziologiyasiga doir genial asarlarida psixik hodisalar moddiy substratining faoliyatidagi asosiy qonuniyatlarni va ayrim psixik jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi. III. PSIXIK HODISALARNING KLASSIFIKATSIYASI Psixik hayot turli-tum an hodisalarda namoyon bo'ladi. Psixik hayot hodisalarida psixik jarayonlar, psixik m ahsuliar va psixik holatlar ajratiladi. Psixik jarayon — psixik hodisaning qonuniy, ketm a-ket o'zgarishi, uning bir stadiya yoki fazodan ikkinchi stadiya yoki fazoga o'tishidir. Psixik m ahsuliar — psixik jarayonlarning natijasidir. Bularga sezgi va idroklarning obrazlari, tasaw urlar, m uhokam alar, tushunchalar shaklidagi subyektiv psixik m as’ullar kiradi. Yoqimli va yoqimsiz tuyg'ular, tinchlik-farog'at, hayajonlanish va m a’yuslanish, uyg'oqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib qolish holatlarini boshdan kechirish psixik holatlarga kiradi. Xilma-xil psixik hodisalarni: bilish, em otsional soha (hissiyot sohasi) va iroda sohasi deb uchga bo‘lish qadimdan bor. Odam ongi faoliyatida zohir boMadigan ana shu turlar psixik funksiyalar deb ataladi. Bilish hodisalari boshqacha aqliy, intellektual jarayonlar deb ataladi. Sezgilar, idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq — bilish jarayonlaridir. Sezgilar — muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko‘ruv, eshituv, tuyish, hid bilish va boshqa shu kabi organlarimizga ta ’sir etib turgan narsalardagi ayrim xossalarning aks etishidir. M asalan, qizil, oqni, shirin, achchiqni, og‘ir, yengilni sezamiz. Idrok — tevarak-atrofimizdagi narsalarning yaxlit holda aks etishidir. M asalan, uy, gul, nutq, musiqa va boshqa shu kabilarni idrok etamiz. Narsalar sezgilar asosida idrok etiladi. Sezgi va idrok — tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar ham da ulardagi xilma-xil xossalarning miyamizdagi obrazlaridir. Xotira. Narsa va hodisalar hamda ulardagi xossalarning sezgi va idrok orqali hosil boMgan obrazlari nom -nishonsiz yo‘qolib ketmaydi — ular m iyam izda o'rnashib, saqlanib qoladi va qulay sharoitda yana esimizga tushadi. Ilgari idrok etilgan narsalarning esimizga tushirilgan obrazlari tasaw urlar deb ataladi. Sezgi va idrok kabi, ko'nglim izdan kechgan fikr, hislarimiz va qilgan ishlarimiz ham miyaga o‘rnashib, saqlanib qoladi va yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko‘ngildan kechgan narsalarning miyamizga o'rnashib (esim izda qolib), saqlanishi va yana esimizga tushishidan iborat boMgan ana shu psixik faoliyat xotira deb ataladi. X a yo 1. Narsa va hodisalarning idrok orqali miyamizda hosil boMadigan obrazlardan tashqari, o ‘zim iz bevosita idrok etmagan narsalar haqidagi tasaw urlar ham miyamizdan katta joy oladi. M asalan, ibtidoiy odam ning hayot sharoiti haqidagi tasaw urlarim iz, Marsdagi hayot haqidagi tasavvurimiz va shunga o ‘xshashlar ana shundaydir. Bu tasaw urlar xotiram izda bor tasaw urlar asosida xayolda (fantaziyada) hosil boMadi. Tafakkur. Idrok va tasaw urlarim izda aks etadigan narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumiylashtiriladi. Tafakkur — voqelikning umumiylashtirilgan bevosita va eng toMiq ham da eng aniq intihosidir. Tafakkur jarayonlaridagi fikrlar — muhokama va tushunchalar tushuniladi va vujudga keladi. Odam fikrlash faoliyati tufayli voqelikni idrok va tasavvurlaridagiga qaraganda aniqroq, toMaroq va chuqurroq bilib oladi. Nutq. Tafakkur nutqqa chambarchas bogMiq. Fikrlarimiz — nutq yordam i bilan shakllanadi va ifodalanadi. Kishilar nutq vositasida aloqa qilar ekanlar, fikrlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashadilar; odamning hissiyoti va intilishlari ham nutqda o ‘z ifodasini topadi. N utq — kishilarning til vositasi bilan aloqa qilish usulidir. Diqqat. Yuqorida ko‘rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odam da diqqat mavjud boMgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat — ongimiz- ning o'zim iz idrok etayotgan, tasaw u r qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga to'plash dem akdir. Diqqat o'ziga xos alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarning faol borishi va sifatli bo'lishi uchun zarurdir, xolos. Ba’zi psixologlar (masalan, G .A .Fortunatov) diqqatni psixik holatlarga qo'shadilar. Am m o, diqqat ong faolligining o'ziga xos alohida bir ko'rinishi ekanligini keyinroq yaqqol anglaniladi. Shu sababli diqqatni iroda sohasiga ham qo'shish mumkin. Odamning idrok qilayotgan, tasaw u r etayotgan, fikr yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga nisbatan ko'nglidan kechayotgan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg'ular em otsional sohaga (yoki hissiyot sohasiga) kiradi. Biz dilimizda xush yoki noxush tuyg'uni, do'stlik, vatanga m uhabbatni, urush olovini yoquvchilarga qarshi g'azabni his qilamiz. O dam ning emotsional tuyg'ulari doimo uning ehtiyoj va manfaatlari bilan bog'liq bo'ladi. Odam ning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan va fikr yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga ijobiy yoki salbiy m unosabati hissiyotda o'z ifodasini topadi. Emotsiyalar ham jarayon, ham holat bo'ladi. Psixik faoliyatning yuksak ko'rinishi, y a’ni niyatim izga (oldindan o'ylagan m aqsadim izga) yetm oq uchun shu m aqsadga erishish yo'llari va vositalarini qam rab olib, shuningdek, uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf qilishda g'ayrat ko'rsatib qilinadigan faoliyat iroda sohasiga kiradi. Ixtiyoriy (iroda bilan bo'ladigan) faoliyatni ixtiyorsiz (irodadan tashqari bo'ladigan) faoliyatdan ajratish kerak. Ixtiyorsiz faoliyat hayotim izdan tashqari va anglab, bilib g'ayrat ko’rsatm asdan turib yuzaga chiqadi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz faoliyat diqqat-e’tiborda va ish-harakatda ko'rinadi. Shu sababli ixtiyorsiz diqqat bilan ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz harakatlar bilan ixtiyoriy (iroda bilan bo'ladigan) harakatlar farq qilinadi. Psixologik hodisalar subyektiv kechinm alar aks etiladigan narsa va hodisalarning miyamizdagi obrazlari shaklida ro'y beradi. Am m o, barcha subyektiv psixik hodisalar sirtda, organizmimizning xilma-xil o'zgarish va harakatida: mimika, imo-ishora, nutq pantom im ikada o'z ifodasini topadi. Odamning psixik hayoti organizm harakatlarida o'z ifodasini topadi, shu harakatlar yig'indisi esa xulq-atvor deb ataladi. Psixika bir butun yaxlit bir narsadir. Psixikaning bu birligi va yaxlitligiga sabab aw alo shuki, bosh miya faoliyati bir butun va yaxlitdir. Psixik hayotning ham m a tom onlari: aql, his va iroda shaxsning faoliyatida namoyon bo'ladi. Shaxs olam ni biladi, shaxs turli hislarni dildan kechiradi va shu shaxs ish-harakat qiladi. Psixik faoliyatning barcha ayrim turlari yagona ong funksiyasi - shaxsning funksiyasidir. Psixologlarning ko‘pchiligi psixik funksiyalar term ini o'rniga psixik jarayonlar term inini ishlatadi. A m m o psixik funksiyalar term inidan foydalangan m a’qulroq. Funksiya tushunchasining m azm uni kengroq. Bu tushuncha psixik jarayonni ham , psixik holatni ham , faollikni ham, ish-harakatini ham o'z ichiga oladi. Funksiya qanday bo'lm asin yaxlit bir narsaning qismi emas, balki nam oyon bo'lishi, amal qilishi demakdir. Shuning uchun sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq, diqqat, hislar, iroda — psixika qismlari emas, o'zaro yonm a-yon ro'y beruvchi jarayonlar emas, balki bir butun ongning funksiyalari — bir butun shaxsning funksiyalaridir. IV. PSIXOLOGIYANING AHAMIYATI Boshqa fanlarni o'rganish kabi, psixologiyani o'rganishning ham, avvalo, bilish, m a’lum ot olish uchun ahamiyati bor. Biz psixologiyani o'rganib, voqelikning g'oyat katta va sifat jihatdan o'ziga xos sohasi — psixik hayot sohasi haqida bilim olamiz. Psixika qanday kelib chiqqan, hayvonot dunyosida psixik hayot shakllari qanday taraqqiy etgan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan, har bir odam tug'ilish paytidan to rtib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odam ning qobiliyatlari qanday shakllanadi - psixologning ilmiy tadqiqotlari ana shu savollarimizga javob beradi. Odam tevarak-atrofdagi dunyoni qanday idrok etadi, u qanday esida qoldiradi, qanday esga tushiradi va fikr yuritadi, u qanday hislarni ko'nglidan kechiradi, odam tevarak-atrofdagi dunyoni o'z ehtiyojlariga moslashtirib, yangi moddiy va m a’naviy boyliklarni vujudga keltirib, qanday ish ko'radi — psixologiyani o'rganish bilan ana shu masalalami bilib olamiz. Psixologiyani o'rganish odam ni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga odam aqlini ham o'stirishga yordam beradi. Odam aql ini o'stirish, jum ladan, yangi bilim lar va ko'nikm alarni tezroq egallash, yangi nazariy va am aliy vazifalarni to 'g 'ri hal qilish qobiliyatini takomillashtirishda, o'z fikriarini nutqda to'g'ri ifodalay bilish va boshqalarning nutqini to'g'ri tushuna bilishda ham o 'z ifodasini topadi. A lbatta, har bir fan bilan shug'ullanish odam ni kamolga yetkazadi. Am m o psixologiya bu sohada alohida o'rin tutadi. Odam psixologiyani o'rganar ekan, aw alo o'z aqlidrokini, uning jarayonlarini bilib oladi, unga diqqat-e’tibor beradi, aqlning faoliyatini kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan o 'z aql-idrokining ko'proq o'sishiga yordam beradi. Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilim lam i egallash shaxs dunyoqarashining shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Psixologiyani bilish, psixikani chinakam iga ilmiy asosda tushunish kishilar ongidagi har xil diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo'lib xizmat qiladi. Odam psixologiyani o'rganar ekan, o'zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini bila oladigan bo'lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o'zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Psixologiyaning bilish, m a’lumot olish ahamiyati shulardan iboratdir. Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida — ta ’lim -tarbiya, ishlab chiqarish, m ehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-m udofaa, san’at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir. Pedagogika ishida, ya’ni yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashda psixologiyaning ahamiyati, ayniqsa, katta. Pedagog o'quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan, shu m aterialni bolalar qanday o'zlashtirayotganini — ko'ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab qolayotganini, fikrlayotganini, ularda diqqat-e'tibor. hissiyot qanday nam oyon bo'layotganini, bolalarning yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro'y berayotganini bilish lozim. Hozirgi paytda ishlab chiqarish, ishlab chiqarish ta'lim i va m ehnatni tashkil etishning har xil turlarida psixologiyadan keng foydalanilmoqda. Ishning har bir turi, har bir kasb odam dan tegishli bilim va m ahorat talab qilish bilan birga maxsus psixologik sifatlarni ham talab qiladi. Shu sababli, ixtisosga qarab murakkab va m as’uliyatli mehnat operatsivalarini bajarishga to 'g 'ri keladigan kishilar maxsus psixologik tekshirishdan o'tkaziladi. Masalan, dastlabki kosmonavtlarni tanlashda talabgorlar xotirasi juda yaxshi, fahmi o'tkir, diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko'chira oladigan, aniq uyg'un harakatlarni tez bajara oladigan kishilarni ajratib olish maqsadida tekshirib ko'rildi. Korxonalar va boshqa xo'jalik, madaniy va m a'm uriy muassasalarining hamda tashkilotlarning rahbarlari kadrlarni tanlav bilishi. ularni joyjoyiga qo'ya bilishi, ularga rahbarlik qila olishi kerak. Buning uchun esa ularning qobiliyatlari, xarakteri. m ehnatga munosabati va boshqa shu kabilarning farqiga bora bilishi kerak. Psixologiya tibbiyot bilan qadimdan bog'lanib keladi. Kasalliklar orasida psixik kasalliklar bo'ladi. Bunday kasalliklarni ham. asosan. psixologik vositalar bilan davolashga to'g'ri keladi. Shifokor psixik kasalliklarni yaxshiroq ajrata bilmoq uchun odam ning norm al psixologivasini ham bilishi kerak. Boshqa kasalliklarni, ayniqsa, nerv kasalliklarini davolashda ham shifokor bem orning ruhiy holatini bila olishi va kasallikning borishiga ruhiy holatning ta ’sirini nazarda tutishi lozim. Shifokor bemorga psixik ta ’sir ko‘rsatish vositalarini, ishontirish, m aslahat berish va boshqa shu kabilarning ahamiyatini bilishi kerak. Psixologiya sud ishida ham muhim rol o'ynaydi. Sud xodimi ayblanuvchining ruhiy holatini, guvohlarning so‘roqda aytgan gaplarini psixologik jihatidan tahlil qila bilishi kerak. Kishilar biron ayb, jinoyat qilganlarida nima niyat bilan shunday qilganliklarini sud xodimi fahmlay bilishi kerak. Aybdorlarning individual xususiyatlarini ham bilib olishga to 'g 'ri keladi. Bularning ham m asida ustalik bilan ish ko‘rm oq uchun odam ning psixikasini bilish, psixologiyani o'rganish kerak. Psixologiyaning san’atdagi ahamiyatini ham ko'rsatib o'tm oq kerak. H ar bir san’atkor (artist, musiqachi, rassom va shunga o'xshashlar) kishilarga — tomoshabinlarga, tinglovchilarga o'z ijodi bilan ta ’sir ko'rsatishni maqsad qilib qo'yadi. Buning uchun esa odamning qanday idrok qilishini, qanday fikrlashini va qanday his qilishini bilmoq kerak. San’at arbobi obraz yaratish ustida ishlaydi, shu obrazning biror badiiy vosita bilan gavdalantiradi. Buning uchun san’atkor obrazni qanday elementlardan qay tariqa yaratilishini bilishi kerak. U ijodiy faoliyat psixologiyasini bilishi shart. Psixologiyani bilish kundalik turm ush uchun ham foydali. H ar kirn doim o boshqa kishilar o'rtasida bo'ladi, muayyan m unosabatlar — tanishbilishlik, oshna-do'stlik va boshqa shu kabilar tufayli boshqa kishilar bilan aloqa qiladi. H ar birimizga boshqa kishilarning xarakter, havas, kayfiyatlarini bilib olishga, kishilarning bir-birini ajratishga va ularga ta ’sir ko'rsatishga to'g'ri keladi. Bu yerda shuni aytish kerakki, odamzod faoliyatining turli sohalarida psixologik bilim larning am alda qo'llanish psixik hayot hodisalari, uni qonuniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish va oydinlashtirish uchun ham ko'p material beradi va shu bilan psixologiyaning nazariy sohalarini boyitadi. Psixologiyaning ilm iy bilish va am aliy aham iyati shundan ham ko'rinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida unda bir qancha maxsus tarm oqlar ajralib chiqdi. Psixologiyaning bu tarmoqlari hozirgi vaqtda mustaqil fanlar darajasiga ko'tarildi. Psixologiyaning shu tarm oqlaridan bir qismi ko'proq nazariy xarakterda b o ’lsa, ikkinchisi ko'proq amaliy xarakterdadir. V. PSIXOLOGIYA METODLARI Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday m etodlar bilan, ya’ni qaysi vo'llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug'iladi. Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga ega bo'lm oq uchun psixikani tekshirish m etodlarini bilish va shu m etodlardan foydalana bilish kerak. H ar bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim. H ar bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablarga amal qilish lozim: T ekshiriladigan h ar bir psixik hodisaga boshqa h o d isalar bilan bog'langan deb qaralishi zarur. M asalan, psixik hodisani uning nervfiziologik asosdan ajratib o'rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va um um an shaxsdan ajratib o'rganish yaramaydi va hokazo. H ar bir psixik hodisa va um um an shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o'zgarish jarayonida ko'zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, m asalan, bolalar va o'sm irlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasini yetarlicha yaxshi bilib bo'lm aydi. Psixik hayot hodisalarini ularni taraqqiyot jarayonidan o'rganganda m iqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga o'tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o'tishini ko'zdan kechirmoq kerak. M asalan, odam psixikasining taraqqiy etishini o'rgana turib, bilim olish va to'plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat jihatidan o'zgarishni ko'rsatib bersa bo'ladi. O dam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli um um iy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakliantirish milliy m afkura va milliy g'oyaning shakllanishiga ijobiy ta ’sir ko'rsatadi. Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o'z mavzuini o'rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi lozim. So'ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim. H ar bir fandagi kabi psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperim ent shaklida qo'llaniladi. Kuzatish va eksperim entdan tashqari, ilmiy tekshirishning boshqa maxsus metodlari: suhbat m etodi, biografiya m etodi, solishtirma tarixiy metod va boshqa m etodlar ham qo'llaniladi. Kuzatish metodi Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odam ning turli-tuman faoliyatida qanday ko'rinishda voqe bo'lsa, o'sha ko'rinishda kuzatish metodining yordami bilan o'rganiladi. Tashqi kuzatish Psixik hayot hodisalarini o ‘rganishda aw alo tashqi kuzatish metodi tatbiq etiladi. Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, o'zim iz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlanadi va tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika, im o-ishora, nutq, turli harakatlar va um um an kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin. Psixik jarayonlar bilan bevosita bog'langan ba’zi bir fiziologik hodisalar yuzning o'zgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning o'zgarishi ham tashqaridan kuzatilsa bo'ladi. Kuzatish m a’lumotlarini so'zlar bilan tasvir etish bilan kifoyalanib qolmay, balki ko'rsatm a vositalari, suratga olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yo'Ilar bilan ham qayd qilish mumkin. Masalan, bolalar nutqini o'sib borishini kuzatish yo'li bilan tekshira olamiz. Bunda bolaning so'z boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishini, nutqning fonetik tom onini, grammatik tuzilishini shu bola qanday bilib olayotganini qayd qilsa bo'ladi. O dam ning tevarak -atro fd ag i voqelikni o 'zg artirish va yangidan ko'rishida duch kelgan to'sqinlikni va qiyinchilikni yengish uchun uning qanday zo 'r iroda bilan sabr-m atonat ko'rsatishini ham kuzatish yo'li bilan ko'zdan kechirsak va tekshirsak bo'ladi. Psixik hayot hodisalarini o'rganayotganda psixologning o'z-o'zini kuzatish m etodiga ham murojaat qilib turishiga to 'g 'ri keladi. 0 ‘z-o ‘zini kuzatish N om idan ko'rinib turibdiki, tadqiqotchi o 'z -o 'zin i kuzatish bilan o'zidagi psixik hodisalarni tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jarayonlar va holatlarning ichki tom oni — odam ning subyektiv kechinmalari qanday ro'y bersa, ularni shu holida tasvir etish va aniqiab olishga intiladi. Psixolog o'z tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning o'z-o'zini kuzatib olgan m a’lumotlariga ham asoslanadi. Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramizgacha va XIX asrning deyarli oxirigacha o 'z-o'zini kuzatish metodi yoki introspektiv m etod ruhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi bo'lib keldi, desa bo'ladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o 'z-o 'zin i kuzatish metodiga tanqidiy ko'z bilan qaraladigan bo'lib qoldi. Bu metodning bir qancha kam chiliklari borligi m a’lum bo'ldi. O 'z-o'zini kuzatishda tadqiqotchi ham , tekshiriladigan ham tekshiruvchi obyektga bo'linib qolishi bu m etodning eng m uhim kamchiligi ekanligi ko'rsatildi. Holbuki, normal kishilar shaxsining am alda bunday «bo‘linib ketishi» m um kin em as. 0 ‘z -o ‘zini kuzatishda psixik hodisalarni (masalan, shodlik yoki qayg‘u hissini, tafakkur jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalarni o'rganish juda qiyin ekanligi, b a’zan esa butunlay m um kin bo'lm asligi ko'rsatib o'tildi. O 'z-o'zini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi deb bilish kerak. Psixolog o'z-o 'zin i kuzatish yo'li bilan faqat o 'z psixikasini o'rganadi-da, axir. Shunday bo'lgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlaming o'z psixologiyasiga aylanib ketadi. Bunday psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, o 'z ixtisosiga ko'ra o'zini-o'zi kuzata oladigan va o 'zini-o'zi m uhokam a qila oladigan kishilar psixikasi haqidagina bilim beradi. Am m o m adaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar psixikasi haqidagi ta ’lim ot ham , bolalar psixikasi haqidagi ta ’limot ham psixologiyaga qo'shilishi kerak. M adaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtayi nazaridan o 'z-o 'zin i kuzata olmasligi tabiiy. Dem ak, o 'z -o 'zin i kuzatish yo'li bilan odam psixik taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib bo'lm aydi. Nihoyat, o'z-o 'zin i kuzatish m etodining yana bir katta kamchiligi shuki, bu yo'l bilan olingan m a’lum otlar psixik hayot hodisalarini turli yo'sinda bir tom onlam a, subyektiv talqin qilishiga olib kelishi m um kin. Masalan, odamning xarakterini tekshirayotgan psixologning o'zi egoist bo'lsa, o'zo'zini kuzatish natijalaridan, egoizm — har qanday xarakterning m uhim belgisidir, deb xulosa chiqarishi mumkin. Dunyoda saxiy, oliyjanob xarakterli kishilar borligini bunday psixolog faqat o'z-o'zini kuzatish yo'li bilan bila olmaydi. Zohiran ko'rinadigan narsa bu yerda Haqiqat bo'lib tuyulishi, yakka hodisa umumiy hodisa bo'lib tuyulishi mumkin. Holbuki, har qanday ilmiy bilim obyektiv va chin bilim bo'lishi kerak. O 'z-o'zini kuzatish yo'li bilan subyektiv ravishda ko'ngildan kechadigan faktlarni aniqlash, tasvirlash m um kin, am m o ularni har tom onlam a tushuntirish m um kin emas. Psixik hodisani tushuntirish — uning sababini, nerv-fiziologik asosini topish va odam yashaydigan ijtim oiy sharoit bilan bog'langanligini aniqlash dem akdir, bularning ham m asi esa o 'zo'zini kuzatish doirasidan tashqaridadir. Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki asosan shu faktlarni tushuntirish, ularning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat. Obyektiv m etoddan foydalangandagina bunga erishish mumkin. Ammo, o 'z-o 'zin i kuzatish m etodining yuqorida aytilgan kam chiliklari bu m etodni psixologiyada keraksiz, g'ayriilm iy m etod deb butunlay rad etishga asos bo'lmasligi kerak, albatta. Bu kamchilik va qiyinchiliklarning ham m asi ham o'z-o'zini kuzatishda uchrashi m um kin, lekin ular hamisha, o 'z-o 'zin i kuzatishning har qandayida bo'laverm aydi. A w alo, odam o ‘z -o ‘zini kuzatish obyekti bo'lolm aydi, degan da’voni asossiz deb bilish kerak. Odam ongi taraqqiy etgan bo'lsa, m a’lum psixik jarayonlarni baravariga boshdan kechirishi ham , kuzatishi ham mumkin, odam ning xususiyati ham shundan iborat. O dam kuzatish bilangina cheklanib qolm ay, psixik ja'rayonlarga ta ’sir o ‘tkazishi, turli psixik jarayonlarni yuzaga chiqarishi, o'zgartirishi, kuchaytirishi va to'xtatishi mumkin. Bu har kimga yaxshi m a’lum bo'igan faktdir. H ar qanday ishda uchraydigan qiyinchiliklar kabi o'z-o'zini kuzatishda uchraydigan qiyinchiliklar ham ham isha bartaraf qilib bo'lm aydigan qiyinchiliklar emas, albatta. Kuchli em otsional holatlardagina o 'z-o 'zin i kuzatish m um kin bo'lm ay qolishi mumkin. Bundan tashqari, psixik hayot hodisalarini dastlab boshdan kechirish paytidagina o'rganish shart em as, ularni esga tushirib, ko'ngildan kechirish ham mumkin. K o'pincha hozir boshdan kechayotgan hodisalar emas, balki ilgarigi hodisalar o 'zo'zini kuzatish obyekti bo'ladi. Bo'lib o'tgan hodisalar dastlabki paytdagiday to 'la va ravshan gavdalanm aydi, albatta. Uzil-kesil xulosa chiqarganda buni hisobga olish shart. O 'z -o 'zin i kuzatish m etodini ilmiy asosda tatbiq etm oq uchun m axsus tayyorgarlik kerak, albatta. Ilmiy tadqiqotlardan birontasini ham maxsus tayyorgarliksiz olib borish um um an mumkin emas. Psixologiya o 'z -o 'zin i kuzatish m etodidan yagona m etod sifatida foydalansa va psixik hayotning subyektiv hodisalari ularning tashqi ifodalaridan, ularga asos bo'ladigan nerv-fiziologik jarayonlardan alohida, odam ning faoliyatidan alohida ko'zdan kechiriladigan bo'lsa, faqat shundagina o'z-o 'zin i kuzatish m etodida bir tom onlam a xulosa chiqarish va subyektivizm ro'y berishi m um kin. Tashqi va ichki kuzatishning birligi Lekin odam psixikasini faqat o ‘z -o ‘zini kuzatish metodi bilan o'rganib b o 'lm asa, faqat tashqi kuzatish yo'li bilan, y a’ni o 'z-o 'zin i kuzatish m a’lum otlari bilan bog'lanm asligi ham m um kin emas. O 'z-o'zini kuzatish m etodining ahamiyatini tamomila inkor qilish — odamning yuksak darajadagi bilish qobiliyatiga, ijodiy qobiliyatiga, ongiga ishonmaslik d em akdir. Boshqa kishilarni kuzatishning xususiyati shundaki, tadqiqotchi shu kishilar x u lq-atvorining tashqi k o 'rin ish larin i idrok etar ekan, ko'nglidan kechayotgan hislarini bir qadar biladi. Shu sababli psixolog tashqaridan kuzatish yo'li bilan va o 'z-o 'zin i kuzatish m a’lumotlariga tayanib, odam ning turli xatti-harakatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanib qolm ay, balki um um an psixik hayot hodisalari haqida, ularning tashqi va ichki (subyektiv) ko'rinishlari haqida xulosalar ham chiqarishi mumkin. Tadqiqotchi psixolog kishilar bilan m uom ala qilishda turmush tajribasiga va ilmiy tekshirish ishlarida yetarli amaliyotga ega bo'lganida psixik h ayotning tashqi ko'rinishlarini kuzatar ekan, psixik jarayonlarning subyek- tiv suratda qanday kechishini ham ozm i-ko‘pm i ocha oladi. M asalan, tafakkurni kuzatish yo‘li bilan tekshirganim izda ko‘z, yuz muskullaridagi xilma-xil harakatlarni va yuzning o'zgarishini qayd qilibgina qolm ay, balki, shu bilan birga, shu tafakkur jarayonlari qanday zabt va qanday tezlik bilan ro‘y berishini ham bir qadar bila olamiz. M odom iki, tafakkur ja ­ rayonlari tashqi m uhitda o‘z ifodasini topar ekan, tafakkurning m azm unini bila olamiz, tafakkur jarayoni qay shaklda ro‘y berayotganini, masala qanday kelib chiqayotgani, masalani yechish jarayoni qanday borayotganini ham kuzata olamiz. Kuzatish metodi psixik hodisalarni faqat tasvir etish im konini berish bilangina cheklanib qolmay, balki shu hodisalarni tushuntirish, ya’ni ularning tevarak-atrofdagi muayyan tarbiyaga, odam ning faoliyat xarakteriga, organizmning um um iy ahvoliga va nerv sistem asining ishlash xususiyatlariga bogiiq ekanligini ochib tashlash im konini ham beradi. Odamzod faoliyatining har xil turlarida psixikani tekshirish uchun kuzatish m etodidan foydalaniladi. Kuzatish yordami bilan bolalar psixikasi ham ularning o ‘yin, o ‘qish va m ehnat faoliyatida bem alol tekshirib o'rganiladi. Pedagog ta ’lim va tarbiya jarayonida o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini tekshirib o ‘rganishda ana shu m etoddan foydalanadi. Kishilarning psixik sifatlari: tashabbuskorligi, ijodiy tafakkur jarayoni, yangilikni bayon qilishi, o ‘z oldiga q o ‘ygan maqsadga yetish yo‘lida sabrmatonat ko'rsatishlari kuzatish yo‘li bilan tekshirib o'rganiladi. Fabrikazavod sexlarida va madaniyatimizning boshqa sohalarida ishlayotgan kishilarda biz shunday sifatlar nam oyon bo'lishini ko'ram iz. Psixologiyada kuzatish m etodi odam hayoti va faoliyatining odatdagi sharoitidagina emas, balki shu bilan birga klinika sharoitida psixikaning kasallik oqibatida o'zgarganligini tekshirishda ham qo'llaniladi. Ayni vaqtda kasallikni tekshirish uchungina em as, shu bilan birga odam ning norm al ahvolidagi psixik hodisalarni yaxshiroq tushunib olish uchun ham klinik kuzatish m a’lum otlaridan foydalaniladi. Eksperiment metodi Kuzatish m etodining ijobiy tom oni shundaki, bu m etod yordam i bilan psixik hayot faktlari ularning tabiiy sur’atda ro'y berishida, borishida va o'zgarishida olib o'rganiladi, ya’ni H aqiqatda, kishilarning kundalik turmushida qanday ro'y bersa, o'shanday holida tekshiriladi. Ammo bu m etoddan foydalanganda b a ’zi bir o'ng'aysizlik va qiyinchiliklarni uchratishga to'g'ri keladi, m asalan, bu yerda tadqiqotchi psixologning tekshirishi uchun qaysi psixik hodisalam ing yuzaga chiqishi kerak bo'lsa, o'sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilami qidirishga yoki biron kishida, b a’zan psixologning o'zida shu hodisalam ing yuzaga chiqishini kutib turishga to'g'ri keladi. Eksperiment m etodidan foydalanganda bu o ‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklar barham topadi yoki kamayadi. Psixologiyada eksperim entning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperim ent tafovut qilinadi. Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo'lsa o ‘sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo'ladigan boshqa psixik hodisalar kom pleksidan ajratib olinishi m um kin. Tekshiriladigan psixik hodisalar eksperim ent davomida o'zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir su r’atda bog'lanishi, kuch, tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari o 'lchab ko'rilishi mumkin. Bu yerda muayyan bir psixik hodisani vujudga keltirgan sharoit sun’iy yo'l bilan o'zgartirilishi, psixik hodisa davom etadigan sharoit o'zgartirilishi m um kin. Shuning uchun ham psixik hodisalarning qonuniyatlari m etodi bilan tekshirishda yaxshiroq ochiladi. Eksperim ental tadqiqotlar o'tkazishda maxsus metodik m ateriallar — narsa, rasm va so'zlar, shuningdek, maxsus asboblar (masalan, 1-rasmdagi xronoskop) qo'llaniladi. Tekshiriladigan hodisalar shu material va asboblar yordam i bilan vujudga keltiriladi, shuningdek, psixik hodisalarning tezligi, kuchi, hajmi va shu kabilar qayd qilinadi. Texnika juda taraqqiy etgan hozirgi zam onda psixologik tadqiqotlar uchun (ayniqsa, m ehnat psixologiyasi sohasida) elektron asboblar va kibernetik metodlar, m asalan, modellashtirish usuli qo'llanilm oqda. Eksperimental tadqiqotlar asosan maxsus laboratoriya va institutlarda o'tkaziladi. Ayrim psixik hodisalarni m ukam m al va aniq o'rganish maqsadida psixologiyaga doir ilmiy tekshirish m uassasalarida maxsus binolar, masalan, tovushni va yorug'likni o'tkazm aydigan kabinetlar, yorug'lik ta ’sirini o'zgartirishga moslangan kabin etlar va shunga o'xshash xonalar quriladi. Yosh psixologiyasi bilan pedagogik psixologiyaga doir m asalalar yuzasidan ko'pgina eksperim ental tadqiqotlar, odatda, bolalar bog'chalari va m aktablarda o'tkaziladi. Bu tadqiqotlarda bolalar o'rganiladi. X o tira jaray o n larin i te k ­ shirishda qo'llaniladigan quyidagi usul laboratoriya eksperimentiga misol bo'la oladi: eksperiment qilayotgan kishi tekshirilayotgan kishining oldida o ‘n ikki so'z qilib beradi. Tekshirilayotgan kishi ana shu eshitgan so'zlarini belgilan- gan vaqtdan keyin aytadi. Ana shu so‘zlarning qanchalik to ‘liq, aniq va tez aytib berilishi tekshirish natijalaridan bilinadi. Xuddi shunday eksperimentlar qilib, so'zlarni, raqamlami yoki qanday bo'lm asin boshqa materialni yodlash tezligi, esda nechog'li m ahkam saqlash, unutish tezligi va shu kabilami aniqlash mumkin. Eksperim ental m etodni birinchi m arta fiziolog Veber (1795—1878) va fizik Fexner (1801 — 1887), sezgilarni tekshirishda qo'llanilgan eksperim ental tadqiqot usullarini Vilgelm Vundt (1832—1920) mukam m al ishlab chiqqan. 1879-yilda V. Vundt Leypsig universiteti huzurida eksperim ental psixologiya bo'yicha birinchi laboratoriyani ochgan. XIX asrning oxirida Rossiyada eksperimental psixologiya bo'yicha bir qancha laboratoriyalar vujudga keltirildi. Tokarskiy — Moskvada, Bexterev — Q ozonda, N.N .Lange — Odessada shunday laboratoriya ochishgan. 1911-yilda M oskva universiteti huzurida professor Chelpanov rahbarligi ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi. Maxsus qurilgan binoga joylashtirilgan va yaxshi jihozlangan bu institut hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Toshkentda birinchi laboratoriya P.Livanov rahbarligida T D PU da tashkil etildi. Endilikda texnika taraqqiy etishi munosabati bilan laboratoriya eksperim enti tekshirilayotgan psixik hodisalarga aloqador bo'igan fiziologik jarayonlarni, masalan, yurak va qon tom irlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o'zgarishlarni, am aliy ish vaqtida miyadagi elektr toklarining o'zgarishini ham nazarda tutish im konini beradi. Ayniqsa, l.P. Pavlovning shartli reflekslar metodi psixologiya uchun g'oyat samarali m etoddir. Laboratoriya eksperimenti psixologiyani taraqqiy ettirishda katta aham iyatga ega. Yuqorida aytilganidek, bu m etod tekshirilishi lozim bo'igan psixik hodisalarni qachon kerak bo'lsa, shu vaqtda vujudga keltirish va o'zgartirishga, tajribani ko'p m arta takrorlash yo'li bilan shu hodisalarni sinchiklab tahlil qilishga im kon beradi. Eksperim ent bir xil psixik hodisalarning ikkinchi xil psixik hodisalar bilan bog'lanishini aniqroq bilishga imkon beradi. Jum ladan, psixik jarayonlarning fiziologik m exanizmlari ko'proq eksperiment yo'li bilan aniqlanadi. Laboratoriyada qilinadigan eksperiment metodlari bilan olib borilgan, tekshirib chiqqan natija va xulosalarni tekshirib ko'rishga ham im kon beradi. Hozirgi zam on psixologiyasining ko'pgina muvaffaqiyatlari laboratoriya eksperimenti tufayli qo'lga kiritilgan. Eksperim ent m etodining psixologiya sohasida qo'llanishi psixologiya m a’lumotlarini pedagogikaga keng tatbiq etishga imkon beradi. Ammo psixologiyadagi laboratoriya eksperimentining kamchiliklari bor. Shu kam chiliklardan eng m uhim i shuki, bu m etodda su n ’iylik bor. Eksperiment o'tkaziladigan sharoitning o'zi tekshirilayotgan kishilarning psixik holatiga, dem ak, tekshirilayotgan hodisalarga va tekshirish natijalariga salbiy ta ’sir etishi mumkin. M asalan, o'quvchining o'ziga berilgan o'quv m aterialini nim a uchun xotirada qoldirish kerakligini bilib, m aktabda yoki uyda dars tayyorlashi uning uchun odatdagi bir ishdir, am m o xuddi shu o ‘quvchining laboratoriya sharoitida, maxsus asboblar qo‘llaniladigan odatdan tashqari eksperim ent sharoitida, ataylab tayyorlangan eksperiment m aterialini esga olib qolish jarayoni boshqacha tusda o ‘tishi mumkin. S h u n in g u c h u n ham lab o rato riy a eksperim enti psixik h o d isalarn i o ‘rganishda psixologiyaning boshqa m etodlari bilan birga q o ‘llaniladi. L aboratoriya eksperim enti m etodidan foydalanganda tekshiriluvchi kishilarning psixikasiga va eksperim entning natijalariga ta ’sir eta oladigan sharoitni nazarda tutm oq kerak. Laboratoriya eksperimentining natijalarini boshqa m etodlar yordami bilan tekshirib ko'rish kerak. Tabiiy eksperiment. Tabiiy eksperim ent m etodi oddiy obyektiv surat - da kuzatish m etodi bilan laboratoriya eksperimenti metodi o'rtasida turadi. Bu m etodni professor A .F.Lazurskiy kuzatish va tajriba m etodlarining kamchiliklaridan saqlanish va ikkala metodning foydali tom onlarini qo‘shish m aqsadida yaratgan. Tabiiy eksperiment metodining mohiyati shundaki, bu yerda tekshiruvchi kishining o'zi tekshiriladigan kishida (yoki kishilarda) biron psixik jarayon (masalan, xotira, tafakkur, diqqat) ro‘y berishi uchun yoki tekshiriladigan kishilarda individual xususiyatlarini (tem peram ent, havas) ro‘y berishi uchun maxsus sharoit tug‘diradi. M asalan, tekshirish lozim bo'lgan biron psixik jarayon odatdagi dars vaqtida yoki o'yin paytida maxsus reja bilan tekshiriluvchining o'ziga sezdirmasdan tajriba qilib sinaladi. Albatta, bu sharoit va unda tekshiriladigan psixik faoliyat dastlab analiz qilinadi. Masalan, bolalardagi m uayyan bir psixik jarayonlarni, muayyan bir xarakter xususiyatlarini, m uayyan bir qobiliyatlarni ularning biron-bir o'yindagi faoliyati sharoitida tekshiriladigan bo'lsa, bolalarning tekshirish nazarda tutilgan psixik jarayoni, xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari qaysi o'yinda, ayniqsa, yaqqol ko'rinishi oldindan bilib olinadi. Tekshiriluvchi kishilar shundan keyin tekshiruvchi kishi tom onidan maxsus ravishda, lekin tekshiriluvchi kishilar uchun tabiiy bo'lgan sharoitga, darsga yoki bu o'rinda o'yinga jalb qilinadi. Tekshiruvchi kishi bolalarning faoliyatini kuzatib turadi va tekshiriluvchi bolalar uchun tabiiy sharoitda kelib chiqadigan psixik jarayonlarni va bolalarning individual xususiyatlarini qayd qiladi. Ammo tekshirilayotgan bolalar, yuqorida aytilganidek, o'z faoliyatlari maxsus suratda kuzatib turilganligini sezmasliklari lozim. Shu shartga rioya qilingandagina, tekshirilayotgan bolalar kundalik hayot va faoliyatda o'zlarini qanday tutsalar, maxsus yo'l bilan atayin vujudga keltirilgan tabiiy sharoitda ham o'zlarini o'shanday sam im iyat bilan tutadilar. Bunday eksperimentning tabiiy eksperimentligi ham shundadir. Tabiiy eksperim ent m etodining tashqi kuzatish m etodidan farqi shuki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisalarni zarur bo'lganda maxsus yo'l bilan ataylab vujudga keltiradi. So'ngra bu psixik hodisalarni boshqacha bir tarzda vujudga keltirish m um kin va bunda shu psixik hodi- salarning tabiiy suratda ro ‘y berm og‘i uchun eksperim ent yangi b ir sharoitda o'tkaziladi. Psixologik-pedagogik eksperiment yoki ta ’sir ko‘rsatuvchi eksperim ent — tabiiy eksperimentning bir turidir. Bu eksperimentning vazifasi o ‘qitish va tarbiyalash ishidagi h ar xil tadbirlar o'quvchilaming o ‘zlashtirish darajasini oshirishga, shaxsning ayrim psixik sifatlari tarkib topishiga qanday ta ’sir ko'rsatayotganligini aniqlashdir. M asalan, o'quvchilaming o ‘zlashtirish darajasiga ayrim m etodik usullarning ta ’siri, o'quvchilarda turli havaslarning tarkib topishiga to 'g arak lar, m a’ruzalar, suhbatlar, kino kartinalarning ta ’siri tekshiriladi. Laboratoriya eksperim enti kabi, tabiiy eksperim ent m etodida ham tadqiqotchi ko'pincha tekshiriluvchilar bilan suhbat qilib turadi. S o‘rash va suhbat metodi So'rash va suhbat m etodi psixik hodisalarning asosan ichki, subyektiv tom onini tekshirish uchun qo'llaniladi. Bu m etodda tadqiqotlar taxm inan quyidagicha o'tkaziladi. Tadqiqotchi psixik hayot hodisalarining birontasini, masalan, odam da shodlik hissi subyektiv ravishda qanday kechishini, poetik ijodiyot jarayoni qanday borishini, irodaga bog'liq harakatlarda qaror qabul qilish jarayoni qanday ro'y berishini, biron m asalani yechganda tafakkur jarayoni qanday borishini va shunga o'xshash hodisalarni tekshirishni oldindan vazifa qilib qo'yadi, tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiriluvchi kishiga beradigan savollarni oldindan belgilab oladi. Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi kishida qaysi kechinm alar va ong jarayonlarini o'rganish kerak bo'lsa, u o 'z javoblarida xuddi o'sha kechinm alarni va o'sha ong jarayonlarini oydinlashtirib bersin. Tekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual xususiyatlariga qarab, suhbat vaqtida savollarni o'zgartirish, to'ldirish, boshqacha qilib berish mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib, masalan, nutqining xususiyatlarini, mimikasini va shunga o'xshash xislatlarini qayd qilib turadi. Beriladigan savollarga tekshiriluvchi kishi te ­ gishli javob qaytaradi. Tekshiriladigan hodisaga va savollarning xarakterigq qarab, tekshiriluvchi kishi ichki kechinmalarini m ukam m al tasvirlab yoki so'z bilan istagancha hisobot berib, javob qaytarishi m um kin, ba’zan tekshiriluvchi kishi faqat «ha» yoki «yo'q» deb javob qaytarishi lozim bo'lib qoladigan tadqiqot davomida tekshiruvchining barcha savollari va tekshiriluvchining barcha javoblari ipidan ignasigacha o'zgartirilm asdan to 'la y o ­ zib olinadi, protokolda m ukammal qayd qilinadi. lloji bo'lsa, tekshiriluvchi kishining javoblari magnitofon lentasiga yozib olinadi. Tekshiriladigan bir necha kishi bilan, ba’zan esa o'nlarcha va yuzlarcha kishilar bilan muayyan bir mavzuda savol-javob va suhbat qilinadi. Shu tariqa rejadagi dastlabki material sistemaga solinadi, statistik jihatdan ishlab chiqiladi, analiz qilinadi, klassifikatsiyaga solinib, xulosa chiqariladi. So‘rash va suhbat metodi o ‘z-o‘zini kuzatish metodi bilan tashqi kuzatish m etodining qo'shilishidan iborat. Bu yerda o ‘z-o‘zini kuzatish shunda nam oyon b o ‘ladiki, tadqiqotchi tekshiriluvchi kishiga savollar berib, uning o 'z ichki ongini chuqurroq bilib olishga majbur etadi. Tekshiriluvchi kishi tadqiqotchining topshiriqlariga muvofiq va tadqiqotchining yordami bilan (savollar ustalik bilan berilganda) o'zining ichki holatlarini ochib tashlab, tavsiya etadi va nutqida ifodalaydi, so‘zlar bilan javob qaytaradi. Tashqi kuzatish shunda nam oyon boMadiki, tadqiqotchi ong jarayonlarini o'zi ustida em as, balki boshqa kishilar ustida tekshiradi. Psixik hayot hodisalaridan bittasini tekshirish uchun bir kishi bilan em as, balki bir necha kishi, b a ’zan esa ko'plab kishilar so'rash va so'zlash m etodi bilan tekshirilgani uchun obyektiv xulosa chiqariladi. Tekshiriluvchi kishilardan birontasining so'z bilan qaytargan javoblarini boshqalarining qaytargan javoblariga solishtirib, taqqoslab, tekshirish mumkin. Suhbat m etodining kamchiliklari haqida gapirganda, odatda, bu m etoddan foydalanishda tadqiqotchining ta ’siri bo'lishi m um kin deb aytadilar. Tadqiqotchining ta ’siri bo'lishi m um kinligini, albatta, hisobga olish va tekshirishning boshlaridayoq bunga yo'l qo'ym aslik kerak. Buning uchun savollar shunday berilishi kerakki, ularda qanday bo'lm asin muayyan javobga ishora ham qolm asin. B undan tashqari, savollar shunday berilishi kerakki, tekshiriluvchi kishining bir savolga qaytargan javoblarini boshqa savolga qaytarilgan javoblar bilan nazorat qilish m um kin bo'lsin. Suhbatni o'ziga xos tergovga aylantirib yubormaslik kerak. Suhbat samimiy, bem alol bo'lishi, tekshiriluvchi kishilarning psixik holatiga zo 'r kelmasligi kerak. Suhbat odam psixik hayotining bevosita kuzatish va eksperim entda aniqlab bo'lm aydigan jarayon va hollari haqida m a’lumot olishga yordam beradigan birdan-bir m etoddir, deyish m um kin. M asalan, kosmosga parvoz qilish vaqtida odam ning psixik faoliyat xususiyatlari haqida bilim olmoq uchun tadqiqotchi kosm onavtlarning o'zi bilan suhbat qilishi kerak. Suhbat m etodi shaxsning individual xususiyatlarini (e’tiqodlari, havaslari, jam oaga munosabati, o'z vazifalarini tushunish) tekshirishda, shaxsning hayoti va faoliyatidagi maxsus voqealar, qahram onlik, ijodiy maqom va shunga o'xshashlarni tekshirishda qo'llaniladi. Bu m etod o'qitish va tarbiyalashning psixik asoslarini tekshirishda, masalan, bolalarning kitobx o n lik k a h av a sin i, ayrim d a rsla rg a m u n o sab atin i tek sh irish d a, o'quvchilarning uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda xotirada qoldirish usullarini, ayrim o'quvchilarning darslarni sust o'zlashtirish sabablarini aniqlashda qo'llaniladi. H ozir suhbat metodi psixologiyada juda keng qo'llaniladi, jum ladan pedagogik psixologiya, m ehnat psixologiyasi, ijodiyot psixologiyasi, kosm ik psixologiyada suhbat m etodidan foydalaniladi. Biograflya m etodi. Odam psixikasini tekshirish uchun ayrim kishilarning hayoti va faoliyati haqidagi m a’lum otlar, ayniqsa, ularning o'zlari bergan m a’lum otlar (avtobiografiya, kundalik daftarlar, m em uarlar, xatlar), shuningdek, boshqa kishilar yozib olgan biografiya m a’lum otlari (bi- ografiyalar, esdaliklar, xatlar, xarakteristikalar va shunga o ‘xshashlar) katta ahamiyatga egadir. Bu m a’lum otlar psixik faoliyat nam oyon bolishining kuzatish va eksperim ent yo‘li bilan tekshirib bo‘lmaydigan turlarini, masalan, ijodiy xayol — poeziya, musiqa, texnika va boshqa shu kabi sohalardagi ijodiyot yuksak jarayonlarini, ilmiy kashfiyotlarda nam oyon bo‘ladigan tafakkur faoliyati yuksak jarayonlarini, kuchli iroda va m a’naviy yuksak sifatlarning alohida ifodasi bo‘lgan qahram onlikni, shuningdek, geniallik, talantlilik va zo‘r qobiliyat kabi xislatlarni ochishga yordam beradi. Odam ongi namoyon bo'lishining ana shunday turlari to ‘g‘risida eng atoqli kishilar bayon qilgan fikrlariga qarab yoki o ‘sha shaxslarga yaqin yurgan kishilarning guvohliklariga qarab ko'pgina fikr yuritish mumkin. Bundan tashqari, biografiyaga doir m a’lum otlar odam ning individual kamolotida tarbiya, shuningdek, kishining faoliyati va o'zi ustida ishlashi qanday o ‘rin tutgani va qanday ahamiyat kasb etganini ham bilishga yordam beradi. Faoliyat sam aralarini tekshirish. O dam ning faoliyat sohalarini, uning m ehnat natijalarini tekshirish psixikani bilish uchun m uhim vositadir. Odamning kuch va qobiliyatlari u yaratadigan narsalarda gavdalanadi. Odamzod faoliyatining samaralarini tekshirganim izda biz, shu sam aralarni barpo etgan kishilar qanday qilib fikr qilganliklarini, his qilganliklarin i, nim aga in tilg an lik larin i, u larn in g irodasi n a q a d a r kuchli b o ‘lganliklarini, ularda qanday m ahorat va m alakalar bo'lganligini bilib olamiz. Masalan, biror uy-joyga diqqat bilan qarar ekanmiz, shu uyni qurgan kishilarning konstruksiya-texnika qobiliyatlari qanday bo'lgani, ularning estetik didi, m a’naviy sifatlari, halolligi, m as’uliyat sezishi va shunga o'xshashlar haqida fikr yurita olamiz. Ayrim kishilarning, m a’lum bir davr kishilarining, muayyan yoshdagi kishilarning psixikasini ularning faoliyat samaralariga qarab bilsa bo'ladi. Kishilarning m ehnat va ijodiyot samaralari ularning psixikasini bilish uchun juda m uhim manbalardir. Bu metod turli yoshdagi bolalar psixikasining xususiyatlarini tekshirishda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. M asalan, bolalarning o ‘zi chizgan rasmlaridan, yasagan qo‘g‘irchoqlaridan ularning nazar doirasi naqadar kengligini, tasaw urlarining xarakterini va hajm ini, tafakkur xususiyatlarini, qiziqish-havaslarini va shunga o ‘xshashlarni bilish mumkin. 0 ‘quvchilarning bajargan ishlarini tahlil qilish pedagogning darsdagi materialni o'quvchilarning o'zlashtirish va zarur malaka hosil qilish xususiyatlarini, shuningdek, bolalarning qobiliyat va havaslarini tekshirib bilib olishiga yordam beradi. Kishilar psixikasini bilib olish uchun badiiy adabiyotning ham katta aham iyati bor.
Download 39,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish