Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


Psixologiya fanining rivojlanish tarixi va fanining yirik ilmiy maktablari



Download 69,71 Kb.
bet7/14
Sana31.12.2021
Hajmi69,71 Kb.
#220558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1-мавзу

1.3. Psixologiya fanining rivojlanish tarixi va fanining yirik ilmiy maktablari.

XV – XVI asrlarda ilm – fanga yangicha qarashlar paydo bo’ldi. Bu yangicha qarashlar ratsionalizmga va nazariy yondashuvlarni amaliy asoslashga qaratilgan edi. Bu esa psixologiya fani rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo’yishni anglatdi. Aynan shu yondashuvlar olimlar uchun yangi psixologik kontseptsiyalarni ishlab chiqish uchun motiv bo’lib xizmat qildi.

Psixologiya fanining dastlabki shakllanish jarayonida, falsafaning tarkibida edi. Buni psixologiyaning predmeti faqatgina “jon – ruh” deb qaralganida yaqqol kuzatish mumkin. Psixologiya rivojlanish jarayonida nafaqat jon – ruh borasidagi muammolarni, balki insonning shaxs sifatida shakllanishi jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlarini o’rgana boshladi.

XVII asr psixologlar ko’z o’ngida psixikaga bo’lgan qarashlarning tubdan o’zgarishi davri sifatida namoyon bo’ladi. Psixologik fikr taraqqiyotidagi yangi davrini “fanlar malikasi” bo’lib hisoblangan mexanika fani ta`sirida paydo bo’lgan kontseptsiyalar ochib berdi.

XVII asrga oid psixologik fikrlarning o’ziga xos tomonlarining talqinida ochiq namoyon bo’ldi.

A) tushuntirish uchun hech qanday ruhga muxtoj bo’lmagan tana-mexanik tizim haqidagi ta`limot;

B) ichki kuzatish orqali o’z psixik holati haqida hamma narsani bilish mumkin bo’lgan individning ongi haqidagi ta`limot;

V) inson faoliyatini unga foydali narsalar tomon yo’naltiruvchi yoki zararli narsalardan qaytaruvchi ehtiroslar (affektlar) haqidagi ta`limot;

G) fiziologik va psixologik tomonlar o’rtasidagi munosabati haqidagi ta`limot. Bu ta`limotlarning asosida fanning ulug` zahmatkashlari Rene Dekart(1598-1660), Benedikt Spinoza (1632-1677), Tomas Gobbs (1588-1679), Djon Lokk (1632-1704), Gotfrid Leybnits (1646-1716) kabilar turar edi. Natijada fanda tajribaga asoslangan yangi oqim (empirik oqim) rivojlana boshlaydi.

O‘z o‘rnida, inson jamiyatini o‘rganishga yondashuv umumlashuvi darajasiga ko‘ra, bu fanlarni ikki guruhga bo‘linadi: jamiyatni uning barcha elementlarining o‘zaro ta’sirida rivojlanishini yaxlitligicha ko‘rib chiquvchi fanlar hamda inson jamiyati rivojlanishining alohida aspektlarini o‘rganuvchi fanlar. Fanning berilgan ushbu klassifikatsiyasiga ko‘ra, insoniyat xususiy qonunlari bo‘yicha yaxlit rivojlanayotgan ta’limotligi va bir vaqtning o‘zida, bir qancha alohida odamlardan tashkil topkanligi tasvirlanadi. Shu sababli, barcha ijtimoiy fanlar yo inson jamiyati haqidagi fanlarga, yoki sotsium elementi bo‘lgan inson haqidagi fanlarga bo‘linadi. Biroq berilgan klassifikatsiyada turli fanlar o‘rtasida yetarlicha aniq chegara mavjud emasligini ko‘rsatib o‘tish kerak, sababi, ko‘pchilik ijtimoiy fanlar jamiyatni yaxlitligicha hamda insonni alohida o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ananevning ta’kidlashicha, insoniyat (kishilik jamiyati) haqidagi fanlar tizimiga yaxlit hodisa ko‘rinishida jamiyatni ishlab chiqaruvchi kuchlari haqidagi fanlar, insonlarning joylashuvi va tarkibi haqidagi fanlar, ishlab chiqarish va jamoat munosabatlari haqidagi fan, san’at, madaniyat hamda dunyoni bilish tizimi haqidagi fan, rivojlanishining turli bosqichlarida jamiyat shakllari haqidagi fanlar kiritilishi kerak.

Ayniqsa, insonning tabiat bilan va insoniyatning tabiat muhiti bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi fanlarni alohida ajratib ko‘rsatish zarur. Biogeoximik ta’limot yaratuvchisi V. I. Vernadskiyning ushbu savol yuzasidan bildirgan fikri juda qiziqarli. U o‘zaro ta’sirda bo‘lgan hamda O2 - erkin kislorod molekulasi tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan, ikki qarama-qarshi bioximik funksiyalarni ajratib o‘tgan. Bular oksidlanish va tiklanish funksiyalaridir. Bir tarafdan, ular nafas olishni va ko‘payishni ta’minlab berish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tarafdan – halok bo‘lgan organizmlarni parchalaydi. Vernadskiy ta’biri bilan aytganda, inson va insoniyat koinotning alohida qismi bo‘lgan, o‘zlari yashaydigan - biosfera bilan chambarchas bog‘liq, sababi, ular Yerning moddiy-energetik tarkibi bilan geologik qonuniyat asosida bog‘langan.

Inson tabiatning ajralmas bo‘lagi, ammo u hayvonlardan farqli o‘laroq, o‘ziga optimal ish faoliyati va yashash sharoitini yaratish uchun tabiat muhitini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan faollikka ega. Ayni damda so‘z noosferaning yaralishi haqida bormoqda. 1


Download 69,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish