Psixologiya” kafedrasi kurs ishi mavzu: “Psixologiya fanlarini ôqitishda zamonaviy aktdan foydalanish samaradorligi” Bajardi


II BOB. Psixologiya fanlarini ôqitishda zamonaviy AKTdan foydalanish ishlarni tashkil qilish amaliyoti



Download 42,49 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2022
Hajmi42,49 Kb.
#534393
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AKT

II BOB. Psixologiya fanlarini ôqitishda zamonaviy AKTdan foydalanish ishlarni tashkil qilish amaliyoti
2.1-§ Psixologiya fanlarini ôqitishda zamonaviy AKTdan foydalanish mazmundorligi
Bizga ma’lumki, bugungi kunda ta’lim sohasi sifat va samaradorligini oshirishni zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish bosqichida ta’lim-tarbiya mazmunini o’zlashtirishning muammolarini yechishga qaratilgan zamonaviy ta’lim-tarbiya texnologiyalarini yaratish dolzarb masala ekanligi ta’kidlangan. Shu jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonida fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi usullarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar hamda mustaqil bilim olish jarayonini individuallashtirish, shu bilan birga masofali ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o’zlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari hamda masofali o’qitish texnologiyalari asosida o’quvchilarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
Bu vazifalar o’z navbatida Prezident farmon va qarorlari, vazirlik va mutassaddi tashkilotlar qaror va buyruqlarida o’z aksini topmoqda. «Barkamol avlod yili” davlat dasturida ham “ ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish” masalasi dolzarb vazifalar qatorida belgilanadi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, barkamol avlodni shakllantirishda masofaviy o’qitish texnologiyalari asosida masofaviy ta’limni tashkil etish, ushbu vazifalarni amaliyotga tatbiq etilishining ijobiy natijasi sifatida e’tirof etish o’rinlidir.
Internet texnologiyalar asosidagi masofaviy ta’lim, bu ta’limning zamonaviy universal shakli bo’lib, u o’quvchilarning individual so’rov-lariga shaxsiy ehtiyojlariga va ularning qiziqishlariga mo’ljallangan.
O’quv jarayonida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimini tashkil etishni an’anaviy o’qitish tizimi bilan uyg’unlashgan holda samarali amalga oshirilishi quyidagi bir nechta omillarga bog’liq bo’ladi: 

  • ta’lim muassasalarida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari bazasining mavjudligi va yetarliligi; 

  • Internet tarmog’ida ishlashning uzluksizligi; 

  • masofadan bilim olayotgan o’quvchilarning bilim olish ishtiyoqi, qiziqishi va o’zlashtirish darajasining yuqoriligi

  • masofadan o’qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali mutaxassis va o’qituvchilarning jalb etilishi; 

  • masofadan o’qitish tizimining kerakli va sifatli o’quv materiallari, 

elektron darsliklar va o’quv kurslari bilan ta’minlanganligi va ularning yetarliligi; 

  • masofadan o’qitish tizimida barcha mashg’ulotlarni tizimli tarzda olib borilishi. 

O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish vositalariga an’anaviy o’qitish vositalardan tashqari quyidagilar ham kiradi: 

  • elektron o’quv nashrlar; 

  • kompyuter o’qitish tizimlari; 

  • audio-vidio o’quv materiallari; 

  • turli adabiyot va axborotlar manbalari tomonidan tavsiya etilgan o’quv-nazorat testlari; 

  • kutubxona ma’lumotlar ba’zasi bilan aloqa

  • virtual materiallar va laboratoriyalar; 

  • o’quvchilar bilimlarini baholash mezonlari va materiallari. 

Ta’lim tizimida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitishning samaradorligini oshirish ko’p jihatdan yaratilayotgan va qo’llanilayotgan pedagogik dasturiy vositalar – o’quv dastur, elektron o’quv qo’llanma, avtomatlashtirilgan o’qitish kurslari va hokozalarning maqsadi, tarkibiy qismi, mazmuni va o’qitish sifatiga bog’liq bo’ladi.
O’quvchilar mustaqil bilim olishida, o’tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o’rgatuvchi, axborot – ma’lumotli, nazorat qilish dasturlari axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Ta’lim-tarbiya tizimida ana shu funksiyalarning hammasi o’zida mujassamlashtirgan elektron o’quv darsliklarini yaratish va undan foydalanish masofadan o’qitish tizimining eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Masofadan o’qitish tizimida o’quv ma’lumotlarini olish va uzatish usullariga ko’ra masofaviy taxnologiya 2 xil bo’ladi: keysli va tarmoqli.
Keys uslubi va texnologiyasi ta’lim jarayonida amaliy mashg’ulotlar sifatini oshirishning ilg’or vositasidir. Keys ta’lim maqsadini amalga oshirish, amaliy muammoli vaziyatlarni taxlil etish va o’quv natijalariga kafolatli yetishishning optmial usul va vositalari majmuasidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir.
Keys texnologiyasida o’quvchilarga o’quv va o’quv-amaliy materiallar «Keys» yoki portfel ko’rinishida beriladi. Bu materiallar kompakt-disk yoki boshqa axborot tashish vositalarida joylashgan bo’ladi.
O’quvchilarda unda berilgan nazariy ma’lumotlarni mustaqil o’rganish bilan birga, amaliy masalalar yechimiga nisbatan o’zlarining fikr mulohozalarini bildiradilar.
Masofadan o’qitishning tarmoq texnologiyasida o’quv dargohi va o’quvchi orasida ma’lumotlar almashinuvchi telekommunikasiyadan foydalanish bilan, ya’ni lokal yoki internet tarmog’ida ishlash orqali amalga oshiriladi.
Tarmoq texnologiyasidan foydalanish orqali virtual o’qitish formasiga o’tish asoslari va texnologiyalari yaratiladi.
Masofaviy o’qitish an’anaviy o’qitish shakllaridan quyidagi harakterli xususiyatlar bilan ajralib turadi: moslanuvchanligi, ya’ni chegaralanmagan ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda va sur’atda foydalanish imkoniyati; modulliligi, ya’ni extiyojiga qarab ixtiyoriy fanni o’rganishi; parallellik, ya’ni asosiy o’qishidan ajralmagan holda ta’lim olish; qamrab olish, ya’ni bir vaqtning o’zida o’quv axboratlarining bir qancha manbalariga murojaat qilish va o’qituvchilar bilan muloqotda bo’lish; iqtisodiyligi, ya’ni, o’quv xonalari va texnika vositalaridan samarali bepul foydalanish; texnologiyaliligi, ya’ni ta’lim jarayonida axborot va telekommunikasiya texnologiyalarining erishgan yangi yutuqlaridan foydalanish o’quvchilarni jahon axborotlar olamiga kirib berishini ta’minlaydi.
Masofaviy o’qitish barcha o’quvchilarga o’zlarining individual xususiyatlariga muvofiq bilim darajalarini oshirish imkoniyatini beradi. O’qitishning bunday usulida o’quvchi aniq bir vaqtlarda mustaqil tarzda interfaol tarzda o’quv – uslubiy materiallarni o’zlashtiradi, test sinovlaridan o’tadi, o’qituvchi rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va «virtual» o’quv guruhidagi boshqa shquchilar bilan o’zaro aloqa qiladi. Ma’lumotlarni matn ko’rinishda yetkazish asosidagi o’qitishning an’anaviy vositasi o’quvchilarni yangi o’quv materiali bilan tanishtirish uchun qo’llaniladi, interfaol audio va video konferensiyalar esa real vaqt rejimida o’zaro muloqot qilishni ta’minlaydi, kompyuterli anjuman va elektron pochta esa axborotlarni uzatish, o’quvchilar bilan o’zaro aloqa qilish va bir guruhda o’qiydigan o’quvchilarni o’zaro aloqalarini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Oldindan yozib olingan video materiallar o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini vizual tarzda yetkazish imkonini beradi. 
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari ta’lim tizimiga innova-sion texnologiyalarning zamonaviy metodlarini, usullarini va dasturiy vositalarini tatbiq etish bo’yicha yanada kengroq imkoniyatlarni yaratib berdi. Uzluksiz ta’lim tizimida bu imkoniyatlardan samarali foydalanish o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchilarning bilimi, malakasi, kasbiy mahorati, iqtidori, iste’dodi va madaniyatiga hamda dars jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiya-laridan foydalana olish faolligiga bog’liqdir.
Shuning uchun ham bugungi kunda respublikamizda yangi zamonaviy ta’lim texnologiyalari tizimi yaratilib, uning asosiy vazifasi ta’lim tizimidagi ta’lim mazmuni uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, fanlarni o’qitish uslubiyatini takomillashtirish, o’quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdan iborat bo’ladi.
Bugungi kunda barcha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan barcha o’quvchilar kompyuter va axborot texnologiyalarini mukammal o’rgangan, o’zlashtirgan va amaliyotga tatbiq eta oladigan bo’lishi dolzarb masalalar-dan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, dars jarayonida fanlarni bir-biri bilan bog’lab o’tish, o’tilgan mavzuni osonroq tushunishga va ularni o’zlashtirishga olib keladi.
Fan sohasining har qanday yangiligi, loyihasi va ishlab chiqarish tarmog’i murakkab matematik hisoblashlarsiz amalga oshirilmaydi. Bunday hisoblashlarni yengillashtirish maqsadida ko’plab zamonaviy va universal integrallashgan tizimlar, ya’ni amaliy dasturlar paketi yaratilmoqda. Amaliy dasturlar paketi amaliy va tizimli dasturlar bilan birgalikda foydalanish orqali kompyuterlarning amaliy darajasini oshirishga qaratilgan dasturiy ishlanmalarning keng doirasini o’z ichiga oladi.
Ana shunday zamonaviy dasturlar majmuasidan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish uchun matematika darslarini tashkil etishda ular bilan ko’proq muloqot qilish kerak bo’ladi. Matematika darslarini axborot texnologiyalari yordamida tashkil etish etish, bir tomondan dars sifati va samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan o’quvchilarda shu vositalarni chuqur o’rganish bilim va ko’nikmalarini hosil qiladi.
Bizga ma’lumki, matematika fani ta’lim tizimida o’quvchilarning bilim doirasi, dunyokarashini, tasavvurlash qobiliyatini shakllantirishda alohida o’rin tutadi. Chunki matematika fani boshqa ko’plab predmetlarni o’rganishda, yangi texnika va texnologiyalarni, axborot vositalarini o’zlash-tirishda keng qo’llaniladi.
Hozirgi vaqtda matematika darslarida kompyuter va axborot texno-logiyalari vositalaridan keng qo’llanilmoqda. Kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari o’quv materiallarini yaxshi o’zlashtirish va egallashga, ular mazmunini uzok vaqt esda saqlab qolishga, bilimlarni mustahkamlashga imkon beradi, o’quvchilarning predmetga bo’lgan qiziki-shini yanada orttiradi.
Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish keng tarqalganlardan asosiylari MS Excel das-turi hamda Maple matematik paketi hisoblanib, ular o’zining keng imkoni-yatliligi va foydalanishning oddiyligi bilan boshqa vositalardan farq qiladi.
Excel dasturi matematika darslarida oddiy hisoblashlardan tartib murakkab hisoblashlarni bajarish, oddiy ifodalarni qiymatlarini hisob-lash, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarga doir masalalarni yechish, funksiyalarning qiymatlar jadvali va grafigini hosil qilish, tenglama va tenglamalar sistemasini sonli va grafik usullarda yechish, tekisliklar va fazoviy sirtlarni hosil qilish kabi ko’plab imkoniyatlarni yaratadi.
Umumta’lim maktablarida matematika fanlarini o’qitishda Excel das-turidan foydalanish bir tomondan fanlararo integrasiyani amalga oshirsa
boshqa tomondan mavzularni o’zlashtirishda o’quvchilarning bilim darajasini, faolligini va ularni darsga bo’lgan qiziqishini hamda darsning ko’rgazmaligini oshiradi.
Maple muhitida matematik formula va ifodalarni analitik almash-tirishlarni o’tkazish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarga ifodalarni soddalashtirish, qisqartirish, ko’paytuvchilarga ajratish,qavslarni ochish, rasional kasrlarni normal ko’rinishga keltirish va hokazo shunga o’xshash ko’plab ayniy almashtirishga doir amallarni keltirish mumkin. Maple muhitining ushbu imkoniyatlaridan umumta’lim maktablarining matematika darslarida ifodalarni ayniy almashtirishga doir mavzularni o’tishda kengroq foydalanish mumkin. Bu esa o’quvchilarni matematika darslarida ifodalarni soddalashtirish va qisqartirishga oid bilim va malakalarini shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Maple muxitining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish o’quvchilar, qolaversa, barcha foydalanuvchilarning amaliy masalalarni yechish ko’nikma-larini shakllanishtirish samaradorligini oshiradi, hamda matematika darslarini tashkil qilish va yangi mavzularni bayon qilishda matematik va texnik ta’limning fundamentalligini oshirishni ta’minlaydi. O’quvchi-larning nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash bilim, malaka va ko’nikmalarini oshiradi.
Matematika fanini o’rganish jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan bevosita muloqot qilishda o’quv-chilar kompyuter texnologiyalarining amaliy masalalarni yechish vositasi ekanligini ko’radi, anglab yetadi va kelgusida o’zining amaliy faoliyatida undan foydalanish imkoniga ega bo’ladilar. Shu bilan birga o’quvchilarda yangi axborot texnologiyalari va ularning dasturiy vositalariga bo’lgan qiziqishi ancha sezilarli darajada ijobiy o’zgaradi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning nafaqat matematika bo’yicha, balki kompyuter va axborot texnologiyalari bo’yicha ham yetarlicha chuqur bilimga ega bo’lishlariga imkon yaratadi.



Download 42,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish