Psixоlоgiya kafedrasi



Download 304 Kb.
bet5/6
Sana19.04.2022
Hajmi304 Kb.
#563261
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 Labaratorya

TIPLAR XARAKTERISTIKASI

1-tip «Rahbar» - o’z nomidan ma’lumki rahbarlik, tashiklotchilik qobiliyati bor odamlar bo’lib, ijtimoiy ahloq asosida o’zini tutuvchi, yaxshi ma’ruzachi, har joyda tez moslashuvchi, yashil rangni yaxshi ko’radi.


901, 910, 802, 811, 820 – o’zgalarni o’ziga bo’ysunishini yaxshi ko’radi.
703, 712, 721, 730 – so’z bilan ta’sir etuvchi
604, 613, 622, 631, 640 – o’qituvchi rahbar.
2-tip «Bajaruvchi» - rahbarga o’xshash tomonlari ko’p, lekin bir qarorga kela olmasligi bilan farq qiladi, yuksak kasbiy, tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kuchli, haqiqatparvar, tez-tez nerv tizimi kasallanib turadi (zo’riqish natijasida).
3-tip «Ishchan» turli xil qobiliyat va talant egasi, bir necha kasblarni biladi, bir fan bilan cheklanmaydi, tartibsizlikni, ifloslikni yomon ko’radi. (SHu masalada tez-tez janjallashib turadi) tez xafa bo’ladi, ko’ngli yumshoq.
415 – «SHoir», 424 – «o’ta ishchan».
4-tip «Olim» - o’z nomidan ma’lumki ilmiy ishga layoqatli, izlanuvchan, intellekti kuchli, nazariy bilimi kuchli, o’z ishining ustasi.
316 – nazariy jihatdan har qanday nazariyani ishlab chiqa oladigan, ko’p ishlovchi.
325 – hayotni o’rganuvchi olim, tibbiy xodim, biolog, bu tipga kino, tsirk, teatr, rejissyor va hokazolar kiradi.
5-tip «Intuitsiyali» - nerv tizimi yaxshi ishlaydigan, lekin charchamaydigan, bir ishdan ikkinchi ishga tez o’ta oladigan, yangilikka intiluvchan, o’zgalarni himoya qiluvchi, texnik ijodkorlik bilan shug’ullanuvchi, o’zining axloq normasiga ega bo’lib o’shanga bo’ysunadi va kuchli nazorat qiladi, o’z ozodligini hech narsaga almashmaydi.
235-psixolog;
244-filolog;
217-tasviriy san’at;
226-yangilikka o’ch.
6-tip – «Ixtirochi, loyihachi, musavvir» - bularda idrok, tasavvur (asosan, fazoviy tasavvur) kuchli, texnik, badiiy intellektual ijodkorlik bilan shug’ullanuvchi. O’z g’oyalariga ega, hissiyotli, o’z ahloq normasiga ega.
019 – yaxshi ma’ruzachi;
118-konstruktor.
7-tip «Empatik» - o’zgalarning g’ami va shodligiga sherik, xarakteri, muloyim, o’zgalarni o’ylab o’zini unutib qo’yadigan shaxslar tipi.
8-tip «Empatik emas» - empatik tipining teskarisi, egoistik xususiyatli boshqalarni o’ziga bo’ysindiruvchi, agar shunday qilolmasa o’z muammosi bilan o’zi ovora bo’lib, yakkalanib qoluvchilar tipi.
Bulardan tashqari rasmda ajralib turuvchi tasvirlar bo’lsa:
Bo’yin – tez xafa bo’luvchi
Quloq – tinglashni biluvchi
CHo’ntak – bolalarni o’ylovchi
SHlyapa – tashvishli
Yuzda faqat og’iz bo’lsa – ko’p gapiruvchi
Yuz to’liq (qosh, ko’z, burun, og’iz) – davraning guli
Yuzda faqat burun bo’lsa – hidni sezuvchi, yaxshi ko’ruvchi.

Download 304 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish