Psixologiya tarmoqlari



Download 51,5 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi51,5 Kb.
#341925
  1   2   3
Bog'liq
Psixologiya tarmoqlari


Psixologiya tarmoqlari

Reja:




  1. Genetik psixologiya.

  2. Zoopsixologiya.

  3. Tarixiy psixologiya.

  4. Yosh psixologiyasi.

  5. XX-asrning birinchi yarmida psixologiya boshqa sohalari.

Amerikada vujudga kelgan bixeviorizm psixologiya maktabi psixologiya falsafaga emas balki tabiatshunoslik fanlariga tayanib kuzatish, eksperiment o`tkazish, ichki (sube‘ktiv) metoddan voz kechib tashqi obe‘ktiv metoda ko`chish g`oyalarini ilgari surdilar. Bixevioristlar insonlar va hayvonlar ruhiy dunyosini o`rganish bevosita hissiy organlar yordami bilan aks ettiriladigan narsalar va hodisalarga yo`naltirilishi kerak degan pozitsiyani egalladilar.

Bixeviorizm psixologiya maktabi, psixologiya fani inson va hayvonlar orgaizmlarining faqat tashqi ifolai harakatlarini (mimika, imo-ishora, pantomimika, nuqt kabilari ) tadqiq qilishi kerak. Undan tashqari na obe‘kt , na aspek bo`lishi mumkin emas, degan davo bilan chiqdilar.

Bixeviorizm maktabi psixologiya fanining predmeti psixikani emas, balki inson va hayvonlar hulqini o`rganishdan iboratdir, degan g`oyani ilgari surdilar. Bixeviorizm xulq deganda organizmning faqat tashqi muhitdagi qo`zg`ovchilarga nisbatan qaytaradigan javob reaktsiyalari (harakatlari) yig`indisini tushunadi.

Demak, bixeviorizm nazariyasiga ko`ra, psixologiyaning bosh vazifasi faqat tashqi stimul (S) bilan unga qaytariladigan reaktsiyalar (R) o`rtasidagi teng ma‘noli bog`lanishlarni aniqlashdan iboratdir, xolos. Bixeviorizm ongning inson hulqidagi rolini va uni ilmiy jihatdan o`rganishni, tekshirishni inkor qiladi.

Bixeviorizm asoschilari amerikalik psixologlar Dj. Uotson (1878 -1958 y.), E.Torndayk (1871-1949 y), K.Leshli (1890-1858 y), A.Vess (1874-1931 y.) va boshqalar . Hozirgi davrda bu oqim bir nechta mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin, ularning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi , ya‘ni hammalari uchun umumiy formalar S-R xizmat qilib kelmoqda. Bixevioristlar psixika, ong, sezgi,idrok, iroda, hayol va shu kabi tushunchalarni psixologiya fanidan uloqtirib tashladilar.

Bixeviorizmning asoschi E.Torundayk hayvon (kalamush) psixikasini o`rganishdagi metodni inson ruhiy dunyosini o`rganishga tadbiq qiladi. Uning fikricha inson xulqi hayvonlarnikiga o`xshash bitta reaktsiya yig`indisi tariqasida emas, balki qo`zg`ovchilarning bir guruh sistemasi yordami bilan hosil qilinadi. E .Torundayk organizmning javob reaktsiyalari yig`indisini hulq, qo`zg`ovchilarnining murakkab sistemasini situatsiya, ya‘ni tashqi sharoit ekanligini tushuntirdi. Shuning uchun inson xulqi ong bilan emas, balki situatsiya bilan boshqariladi. Natijada inson ruhiy dunyosi mexanik ravishda reaktsiyalar yig`indisi bilan tenglashib qoldi. Mazkur oqim namoyondalari insonning murakkab ruhiy dunyosini fiziologik harakat va o`zgarishlarga tenglashtirib qo`yadilar.

Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal komunikatsiyani birga qo`shib keng ma‘noda tushunadi va uni uchta formaga ajratib o`rganadi. 1.Nutq formalaridan biri nutq malakalarini sekin –asta avj oldirish deb ataladi, bunda she‘rni yoki tsitatani aniq esga tushurish o`z ifodasini topadi. 2. Tafakkurning ikkinchi formasi sube‘kt uchun yangi bo`lmagan topshiriqni so`z yordami bilan yechish (yarim yortisi unitilgan she‘rni eslashga harakat) . 3. Tafakkurni uchinchi formasi yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so`z yordami bilan yechish. Demak, Dj.Uotson uchun malaka –bu individual egallagan va o`rgatilgan hatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirib qo`yiladi.

Keyinchalik Bixeviorizm kognitiv nazariyasi vujudga keldi. Bixeviorizm formulasi biroz o`zgartirilib S-S tarzda qo`llanila boshlandi. Xalq kognitiv naziriyasida tafakkur mohiyatini ochishga xizmat qiladigan qator tushunchalar ishlatila boshlandi, jumladan “bilish plani”, “bilishga moyillik”, “ahamiyat”, “maqsad”, “tayyorgarlik”, “bilish strukturasi”, “kutilgan natija”, “mahsul ” va boshqalar. Afsuski, bu nazariyada tafakkur mustaqil bilish protsessi qilib ajratilmagan.

D.Miller , Yu. Galanter, K.Pribram, sube‘ktiv bixeviorizm nazariyasi vakillari sifatida maydonga kirib keldilar. Ular o`z nazariyalariga “TOTYe” deb nom qo`ydilar (bu so`z inglizcha bo`lib sinash, operatsiya, maxsul degan ma‘noni anglatadi). Ularning nuqta-nazariga ko`ra xulq ushbu tarzda namoyon bo`ladi. Sistemaga ta‘sir qilish ---- o`tgan (tajribada sinalgan) holatlarni ayrimlari bilan solishtirish. Agarda ta‘sir qilish tajribaga mos tushsa, u holda solishtirishga bog`liq ravishda organizmda maxsus reaktsiyalar amalga oshiriladi, maboda o`tgan tajriba ta‘sir qilish mos tushmagan tag`dirda qidiruv yoki orietirlash reaktsiyalari vujudga keltiriladi. Bir muncha qoniqtirarli natijaga erishilgandan so`ng oxirgi harakat amalga oshiriladi.

Xulosa qilib aytganda, bixevioristlarning ta‘limotiga ko`ra, inson shaxsi faqat organizm yoki, aniqroq qilib aytganda , eng murakkab mashina bo`lib u o`zining barcha (elimentar yoki murakkab ) harakatlari bilan muhitning shart-sharoitlari va o`z organizmining strukturasi bilan qonuniy ravishda belgilangandir (determinlangan). Insonning butun faoliyati, uning butun xulqi harakatlaridan iborat bo`lgan fizik , mexanik protsess deb qaraladi: insonning psixik hayoti nerv sistemasida, mushak, ichki sekritsiya bezlarida ro`y beradigan harakat va o`zgarishlarga tenglashtirib qo`yiladi.



Download 51,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish