Pul mablag`lari bilan bogliq muomalalarni ichki auditdan o’tkazish



Download 17,49 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi17,49 Kb.
#756372
Bog'liq
Ichki audit mustaqil ish


. Pul mablag`lari bilan bogliq muomalalarni ichki auditdan o’tkazish
Korxonada naqd pul mablag’lari bo’yicha muomalalarni hisobga olish metodikasini me’yoriy hujjatlarga nisbatan mosligini aniqlash, shuningdek, naqd pul oqimlari samaradorligiga oid xulosalarni shakllantirish kassa muomalalarini ichki auditdan o’tkazishning maqsadi hisoblanadi.
Kassa muomalalari ichki auditining mazmuni pul mablag’lari harakatini korxona ichki me’yorlariga mosligi va pul oqimlarini samarali shakllantirishdan iborat.
Tekshirish uchun ma’lumotlar manbai bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • kassa kirim va chiqim orderlari;

  • kassa orderlarini ro’yxatga olish jurnali;

  • kassa kitobi;

  • bo’nak hisobotlari;

  • to’lov qaydnomalari;

  • to’lov qaydnomalarini ro’yxatga olish jurnali;

  • berilgan ishonchnomalarni ro’yxatga olish jurnali;

  • deponentlarni hisobga olish jurnali;

  • 1-jurnal order;

  • 1-qaydnoma;

  • Bosh kitob, hisobot.

Kassa muomalalarini ichki nazoratdan o’tkazganda, ularni yoppasiga tekshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kassa muomalalarining ichki auditini o’tkazish quyidagi ketma-ketlikda tashkil etiladi:

  1. kassani inventarizatsiya qilish va pul mablag’larining saqlanish sharoitini tekshirish;

  2. muomalalarning to’g’ri hujjatlashtirilganligini tekshirish;

  3. pul mablag’larini to’liq va o’z vaqtida kirim qilinganligini tekshirish;

  4. pul mablag’larini xarajatlarga hisobdan chiqarilishini audit tekshiruvidan o’tkazish;

  5. kassa va moliyaviy intizomga rioya etilishini tekshirish;

  6. pul mablag’lariga oid muomalalarning buxgalteriya schetlarida to’g’ri aks ettirilishini tekshirish;

  7. tekshirish natijalarini rasmiylashtirish.

Shuningdek, ichki auditor kassa-nazorat mashinasini(KNM) to’g’ri qo’llanilishi tartibini ham tekshirishi lozim.
Barcha KNMlari korxona joylashgan hududidagi soliq organlarida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim. Ushbu KNMlarni soliq organlari tomonidan ro’yxatga olinganligini tekshirish ichki auditorning vazifasiga kiradi.
Tushumni hisoblash uchun KNMni qo’llayotgan korxona hisobchi-kassir tegishli kitobni yuritishi lozim. Unda KNMda mavjud bo’lgan kun boshidagi va kun oxiridagi ko’rsatkichlar hamda kun davomida tushgan summa ettiriladi. Agar korxona bir nechta KNMni ishlatayotgan bo’lsa, unda ularning har birida alohida hisobchi-kassirga tegishli kitob bo’lishi lozim.
Auditor kassa orderlaridagi, hisobchi-kassir tegishli kitobdagi va kassa kitobidagi summalarni bir biriga solishtirish orqali tushumning to’liq qayd etilishini aniqlaydi.
Shuningdek, maxsulot sotishdan olingan summalarning buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishi tekshirilishi lozim.
Kassa muomalalarini tekshirish vaqtida aniqlangan ko’p uchraydigan hatolar quyidagilardan iborat:

  • birlamchi kassa hujjatlarining mavjud emasligi;

  • belgilangan tartibda kassa hujjatlarining to’ldirilmasligi;

  • belgilangan naqd pul limitlarining buzilish holatlari;

  • kassa muomilalarinig hisob registrlarida noto’g’ri aks ettirilishi;

  • aylanma va qoldiq pullarni hisoblashda arifmetik hatolar;

  • noodatiy buxgalteriya o’tkazmalarining mavjudligi;

  • kassada naqd pullarning etishmasligi (kamaytirib ko’rsatilishi);

  • turli jismoniy shaxslardan kelib tushgan pul mablag’larini kirimga olinmasligi va noqonuniy o’zlashtirilishi;

  • asossiz ravishda pul mablag’larini hisobdan chiqarish;

  • bir xujjatni qayta ishlatish yoki kassa hujjatlarida va hisobotlarida natijalarni noto’g’ri hisoblash orqali ortiqcha pulni hisobdan chiqarish, yoxud assosiz ravishda, shuningdek qalbaqi xujjatlar orqali pul mablag’larini hisobdan chiqarish;

  • boshqa shaxslar uchun qonuniy hisoblangan summalarni o’zlashtirib olish;

  • NKMni ishlatmasdan yoki NKMni soliq organlarida ro’yxatdan o’tkazmasdan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun aholi bilan naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • kassadan olingan mablag’larni ishlatishdagi qonunbuzarlik holatlar va hokazo.

Bankdagi hisob-kitob schotini ichki auditdan o’tkazishdan maqsad naqd pulsiz va valyuta muomalalarining to’g’ri va qonunga muvofiqligini tekshirishdan iboratdir.
Tekshiruvning amalga oshirish manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • korxonaning hisob siyosati;

  • bank xizmati bo’yicha shartnomalar;

  • bank ko’chirmalari;

  • to’lov talabnoma va to’lov topshiriqnomalari, inkasso topshiriqnomalari va boshqalar;

  • chek daftarchalari, akkreditivlar bo’yicha reestrlar;

  • kredit shartnomalari;

  • 5110, 5210, 5510 – schetlar bo’yicha hisob registrlari;

  • to’lov topshiriqnomalarini ro’yxatga olish jurnali

  • soliq hisobotlari;

  • Bosh kitob;

  • Buxgalteriya balansi (shakl №1);

  • pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (Shakl №4).

Bankdagi schyotlar bo’yicha muomalalarning ichki auditida quyidagi amallar bajariladi:

  1. amalga oshirilgan operatsiyalarning mamlakat hududida amal qiladigan me’yoriy hujjatlar va qonunchilik hujjatlariga mosligini tekshirish;

  2. Bank ko’chirmalari va u ilova qilingan muomilalarni tasdiqlovchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirlganligini tekshirish;

  3. bankdagi pul mablag’larini hisobga olish registrlari va bank ko’chirmalaridagi mablag’lari kirimi va chiqimi bo’yicha aylanmalar hamda kun oxiridagi qoldiqining arifmetik to’g’riligini tekshirish;

  4. bank ko’chirmalaridagi va buxgalteriya hisobi registrlaridagi, buxgalteriya hisobi registrlaridagi va Bosh kitobdagi yozuvlarning bir biriga to’g’riligini, shuningdek Bosh kitob va balans moddalaridagi qoldiqlarning bir biriga mos kelishini tekshirish;

Ichki nazorat jarayonida aniqlanadigan odatdagi xatolarga quyidagilar kiradi:

  • Muomalalarni asoslovchi to’lov hujjatlari ilovalarining yo’qligi;

  • bank ko’chirmalari yozuvlarining o’chirib to’g’irlanganligi;

  • qayta ishlash uchun qabul qilingan xujjatlarda bank muhrining yo’qligi;

  • to’lov hujjatlarga o’zgartirish kiritilishi;

  • valyuta kursini noto’g’ri qayta hisoblash;

  • pul mablag’lari harakatini aks ettiruvchi schyotlar korrespondensiyasining noto’g’riligi;

  • hisoblashishning akkreditiv shaklidagi buzilishlar.

Download 17,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish