Python tili umumiy harakteristikasi. Ma’lumotlar turi. Funksiya. Modul



Download 148,98 Kb.
bet6/15
Sana05.07.2022
Hajmi148,98 Kb.
#740417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-mavzu

Kortej va lug`atlar. Kortejlar (tuple toifasi) ham roʻyxatlar kabi ketma-ketliklardir, lekin roʻyxatlardan farqli oʻlaroq, kortejlar oʻzgarmasdir. Shu ma'noda ular satrlarga o'xshaydi. Kortejni belgilash uchun kvadrat qavslar emas, balki oddiy qavslar ishlatiladi:
>>> t=('pt', 10, 1.0)
>>> type(t)

>>> t[0]
'pt'
Ob'ektlar to'plamini dastur komponentlari o'rtasida o'tkazishda uzatilayotgan ma'lumotlarning o'zgarmasligini ta'minlash uchun ro'yxatlar o'rniga kortejlar qo'llaniladi.
Lug'atlar (diet toifasi) - bu kalitlar orqali kirish mumkin bo'lgan ob'ektlar to'plami: kalit-qiymat juftliklari, bu yerda qiymat kalit tomonidan yagona aniqlanadi. O'zgarmas ma'lumotlar turi (raqam, satr, kortej) kalit vazifasini bajarishi mumkin. Kalit-qiymat juftlarining tartibi ixtiyoriydir. Lug'atni belgilashda sistemali qavslardan foydalaniladi, kalit-qiymat juftlarini ajratish uchun vergul qo'llaniladi va : belgisi kalitni qiymatdan ajratib turadi. Lug'at elementlariga quyidagi kalit orqali kirish mumkin:
>>> dk={'Ism': 'Ali', 'yosh':'26'}
>>> dk
{'Ism': 'Ali', 'yosh': '26'}
>>> dk['Hobby']='futbol'
>>> dk
{'Ism': 'Ali', 'yosh': '26', 'Hobby': 'futbol'}
Bu misol, shuningdek, yangi lug'at yozuvini yaratishni ko'rsatadi.
Lug'atlarning o'ziga xos metodlari mavjud: paydo bo'lishini tekshirish, kalitlar ro'yxati, qiymatlar ro'yxati, nusxa ko'chirish, standart qiymatni olish, birlashtirish, o'chirish va hk.
Fayllar. Fayl toifasidagi ob'ektlar Python kodi va kompyuterdagi tashqi fayllar o'rtasida interfeysni ta'minlaydi.
O'rnatilgan open funksiyasi fayl ob'ektini yaratadi va close tashqi faylga havolani uzadi. open funksiyasining birinchi argumenti fayl nomini o'z ichiga olgan satr, ikkinchi argument esa fayldan foydalanish rejimi qatoridir. Foydalanish rejimi deganda faylni qanday maqsadda ochish nazarda tutiladi. Bu rejimlar quyidagilar:
 “r” Read – faylni o’qish uchun ochish. Agar fayl mavjud bo’lmasa, xatolik yuz beradi.
 “a” Append – faylga qo’shimcha qo’shish uchun ochish. Agar fayl mavjud bo’lmasa yangi fayl ochadi.
 “w” Write – faylga yozish uchun ochish. Agar fayl mavjud bo’lmasa, yangi fayl ochadi.
 “x” Create – yangi fayl hosil qilish. Agar bunday fayl mavjud bo’lsa xatolik yuz beradi.
Bundan tashqari qo’shimcha 2 ta rejim bor. Ular yuqoridagilar bilan qo’llaniladi:
 “t” Text – matn turi ya’ni fayl matndan iborat bo’ladi.
 “b”-- Binary – binar rejim (ikkilik). Masalan rasmlarni binary rejimda joylashtirish.
Fayldan yozish va o'qishga misol:
>>> f=open('D:\\data.txt', 'w')
>>> f.write('satr1\nSatr2\n')
>>> f.close()
>>> f=open('D:\\data.txt')
>>> s1=f.readline()
>>> s2=f.readline()
>>> s1
'satr1\n'
>>> s2
'Satr2\n'
Faylga yozish uchun write metodi, satr bo`yicha o'qish uchun esa readline metodi qo'llaniladi.



Download 148,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish