Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar Tahrirlash



Download 217,22 Kb.
Sana24.03.2022
Hajmi217,22 Kb.
#508271
Bog'liq
Hujjat (13)


Tarixiy yozma manbalarda Samarqand yoshi qadimiyligi haqida maʼlumotlar bor. Muhammad an-Nasafiy „al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Haydar as-Samarqandiy (12-asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand sayqali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb behuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.

„Samarqand“ soʻzining kelib chiqishi haqida bir qancha tahmin mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soʻzining 1-qismi, yaʼni „Samar“ soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Ammo tarixda bunday ismli kishi haqida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning 2-qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigʻilish, yigʻin“ soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir.

XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, yaʼni „semiz qishloq“ soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.[1]. 1404 yilda Samarqandga tashrif buyurgan Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixo ham bu talqinni qoʻllab quvvatlaydi[2].

Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar Tahrirlash

Iskandar oʻz doʻsti Klitni Samarqandda oʻldirishi
Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri — 2700 yildan ortiq tarixga ega.

Samarqand miloddan avval IV asrdan milodiy VI asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan (qarang Samarqand makoni).

Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (miloddan avval I asr oxiri — milodiy I asr) yozishicha, Samarqand qalʼasi devorining aylanasi taxminan 10,5 km boʻlgan. Miloddan avval 329-yil Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) askarlari Samarqandni vayron qilgan. Spitamen Samarqandni yunonlardan ozod etishga harakat etgan, ammo xiyonatkor ko’chmanchi qabilalar sardorlari tomonidan o’ldirilgan va boshi Iskandar Maqduniyga sulh sifatida yuborilgan. Afrosiyob xarobolarinig ark qismidan topilgan moddiy manbalarga ko’ra,

Shaxarning yoshi 2750 yilga teng bo’lib, u « Avesto» ning , unda aks etgan « Tur»

Lar va afsonaviy podshoќ Afrosiyob- Alp yer to’nganing tengdoshidir. Afrosiyob

Yodgorligida xozirgi kunda xam arxeologik tadqiqot ishlari xam amalga

Oshirilmoqda. Bu tadqiqot ishlari o’zbek- fransuz qo’shma arxeologik

Ekspedisiyasi tomonidan bajarilmoqda. Xususan, 2000 yili F. Grene, M.

Isamiddinovlar raxbarligida O.N. Inevatkina Abu Muslim saroyi sharqiy qismi,

Arkning shimoliy- sharqiy qismi stratigrafik xolatini o’rganib , axamoniylar davriga

Oid arxitekturaviy kompleksni topdi. Lorian Sev-Martinez mil.avv 3-2 asrlarga oid

Bo’lgan yunon umumjamoa binosida qazishma ishlarini bajardi. Eng muximi AbuMuslim saroyi qoldiqlari va 10-11 asrlarga oid bo’lgan devoriy suratlar topilgani


bo’ldi. Bu rasmlarda otlar, odamlar yuz, chexra tasvirlari, qushlar chizmalari
manzaralari bor. 2002 yili Afrosiyob shaxarchasining 2- raskopida 8 asr 20
yillarida qurilgan Nasr bin Sayyor saroyida tadqiqot ishlari olib borildi. Ko’plab
sopol buyumlar numizmatik manbalar qo’lga kiritildi. Xorazmning
qadimiy Tuproqqal’a saroyidan topilgan tobut o’zra qo’lida qizil ip tutib turgan
motam sahnasidagi ayol tasviri va Samarqand vohasining Panjikentidan topilgan
qo’lida urchuq ushlagan ayolning sopol haykalchasi yuqorida keltirilgan obraz
O’rta Osiyo uchun tasodifiy bo’lmaganligidan dalolat beradi. O’rta Osiyoning
islom davrigacha bo’lgan dahmalari ichidan sopol va toshdan yasalgan urchuq
toshlari — kichkina aylana disklar tez-tez topilib turadi. Bu taqdirlar sohibasi, ip
yigirish homiysiga qilingan tortiqlar bo’lsa kerak.
Taxminan VII asr o’rtalaridan boshlab Sug’d san’ati gullab-yashnaydi va bu
jarayon VIII asr o’rtalariga qadar davom etadi. VII asr oxiri va VIII asrning
birinchi yarmidagi Sug’d rang-tasvir san’ati o’ta rivoyatlarga asoslangani hamda
ifoda etilayotgan adabiy syujetlarning rang-barangligi bilan ajralib turgan.
Holbuki, ilgari ularda murakkab marosimiy manzaralar ustun bo’lgan.
Afrosiyobdagi Varxuman saroyidagi monumental tasvirlar yuqoridagi fikrning
yaqqol namunasidir. Qadimgi rassomlar qo’llagan ranglar jilosi odamni
to’lqinlantiradi. Kishilarning ko’m-ko’k musaffo Afrosiyob rang-tasvir
kengliklaridagi harakatlari tantanavor. Saroy zalining to’rt devorida to’rt xil syujet
tasvirlangan. Zal eshigining qarshisida – Samarqand shohi qabuliga kelgan
elchilarni aks ettiradigan sahna. Shohona kiyinib, sovg’a-salomlar ko’tarib
borayotgan erkaklar safi libosi, sochi, bosh kiyimiga qarab guruhlarga bo’linadi.
Hadya olib borayotganlar va mehmonlar orasida xitoy va koreys elchilari,
tog’liklar va boshqalar bor. Sovg’a-salom olib borayotgan odamlar tasvirlangan
devor zalda asosiy o’rin tutadi. Samarqand shohining obro’-e’tiborini
tasdiqlaydigan syujet qolgan uch syujet qatorida markaziy o’ringa ega. Afrosiyob – Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat XVII asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. Av. 4-asrda Samarqand Aleksandr Maqsuniy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida eslatiladi. Maroqanda Smarakanve ning yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qadimgi Smarakanve 9-asrdan boshlab Samarqand deb atala boshlandi.[1][2]

Tarixi Tahrirlash

Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil
11 – 15-asrlarda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi. 15 – asrdan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan boʻldi.

Afrosiyob hozirgi Samarqandning shim. Chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning maydoni 219 ga. Tepalikning shim. Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Janubiy tomondan „eski shahar“ deb atalgan Samarqandga qoʻshilib ketgan.

Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishlar esa bunday maʼlumotlarni koʻproq bermoqda.

Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy qatlamlar qanday boʻlganligini koʻrishga, boylar va kambagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, kucha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlash tizimi va hokazoni aniqlashga yordam beradi.

Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish 1868 yilda Chor Rossiyasi tomonidan Samarqand bosib olingandan keyin boshlandi. Afrosiyobda dastlabki qazish ishlari bilan mayor Borzenkov (1874), podpolkovnik V. V. Krestovskiy (1883), sharqshunos olimlar N. I. Veselovskiy (1884-85, 1895), V. V. Bartold (1904) va V. L. Vyatkin (1905; 1912– 13)lar shugʻullanishdi. 1919 yilda M. YE. Masson, V. L. Vyatkin tadqiqot boshlagan joylarda qazish ishlarini davom ettirib, somoniylar saroyi (9-asr) xarobalarini ochdi. 1925, 1929–30 ylarda V. L. Vyatkin Afrosiyobda qazish ishlarini davom ettiradi va uning turli davrdagi tarixiga oid koʻplab materiallar toʻplaydi. Ammo 1930 yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga doir juda kam materiallar bergan. Urushdan keyin Oʻzbekiston Faning Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan Afrosiyob I. Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi 6–5-asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. V. Afrosiyob Shishkin (1958-66) va Ya. F. Gʻulomov (1967–70)lar rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam materiallari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks oʻrganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Afrosiyob „arxeologik qoʻriqxona“ deb eʼlon qilinib, uni oʻrganish ishiga Fanlar acsdemiyasi Tarix va arxeologiya institut bilan birgalikda Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining Sanʼatshunoslik instituti ham safarbar etildi. Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning koʻp asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan buhronlar davri aniqlandi. Samarqand yushshdlarining shohona saroyi ochildi.

Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi 8–5-alarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Mil. Av. 329 yilda shahar Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil. Av. 3 – 1-asrlarda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Mil. Av. 3-asrda shahar qoʻshaloq mudofaa devori bilan oʻrab olingan. U davrlarning qalin madaniy qatlami Afrosiyobning shimolida, uning arki aʼlosi joylashgan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallar va yozma manbalarda taʼkidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak Yoʻli oʻtgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaning bosh shahri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xoʻjaliklari kuchaydi, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shim. Qismi mudofaa devori bilan oʻrab olindi. Bu holat Movarounnaxr va unga qoʻshni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand hukmdorlari „Ixshid“, Buxoro hukmdorlari esa „Buxorxudot“ deb atalgan. 712 yilda arablar fotixi Qutayba ibn Muslim qoʻshin tortib kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam boʻlib, atrofida suv toʻla xandaq bor edi. Qutayba Samarqanda Fargʻona, Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni enggach, koʻmaksiz qolgan Sugʻd hokimi Gʻurak noiloj u bilan sulh tuzdi, shaharning ichki qismi (shahriston)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻldi. Arxeologik topilmalar islomga zid boʻlgan haykal va devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi.

9-asrning ikkinchi choragidan Movarounnahrda hokimiyat somoniylar qoʻliga oʻtdi. Buxoro ularning markaziga aylandi. Shu davrda Samarqand iqtisodiy va madaniy jihatdan tez rivojlandi. Afrosiyobda somoniylar davrida oʻymakor ganch naqshlar bilan bezatilgan saroylar, badavlat dehqon xonadonlari, masjid va madrasalar, hammom va kanalizasiyalar, tosh koʻchalar topilmoqda. Shaharni suv bilan taʼminlash ogʻirligidan aholining ehtiyojini qondirish uchun shahar hayotining dastlabki yillaridayoq Dargʻom tomonidan kanal qazib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hozirgi shahar xiyobonining janubida, Alisher Navoiy haykali qad koʻtarib turgan maskanda ochib oʻrganildi. Bu kanal Registon maydoni orqali Hazrati Xizr masjidi tomon yoʻl olgan. Tarixiy manbalarga koʻra Afrosiyobga janubidan kiraverishda shahar xandaqi ustiga pishiq gʻishtlardan ravoqli suvay-irgʻich qurilib, uning tepasidan katta ariq oʻtkazilgan. Bu ariqni „Juyi arziz“ („Qoʻrgʻoshin ariq“) deb ataganlar. Ariq shu erda uchga boʻlingan va shahar oralab Siyob arigʻi boʻyiga borgan.

10-asrning oxirida Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar qoʻliga oʻtganida xam Samarqanda savdo, hunarmandchilik, shahar obodonchilik ishlari davom etadi. Shaharning hunarmandchilik qiyofasi kuchayib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hovlilarida markazlashadi. 1220 yilda Chingizxon qoʻshinlari „Juyi arziz“ toʻgʻonini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim boʻldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga oʻt qoʻydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Moʻgʻulistonga haydab ketildi. Shaharni soʻnggi mudofaachilari Jome masjidiga yashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida bizgacha etib kelib, arxeologik qazish vaqtida topildi. „Qoʻrgʻoshin ariq“ qayta tiklanmadi. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalakda suv chiqarib, kun kurgan, soʻng aholi bora-bora Ani butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qadimgi Samarqand avvallari „Hisori koʻhna“, „Qalʼai Hisor“ atalib, 17-asrdan boshlab aholi orasida „Qalʼai Afrosiyob“ yoki „Afrosiyob“ deb atala boshlangan.

Afrosiyobda qazishma ishlari ayniqsa Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti tashkil topgach, keng koʻlamda kuchaydi. Ya. Gʻ. Gʻulomovdan soʻng Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalarga G. V. Shishkina, Sh. Toshxoʻjaevlar rahbarlik qildi. Keyingi yillarda (1989 yildan) Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari – Pol Bernar, Frans Grene va boshqa jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi Oʻzbekiston arxeologlari bilan (M. Isomiddinov va boshqalar) hamkorlikda Afrosiyobni oʻrganishda qatnashmoqsa. Oʻzbek va fransuz olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijalari qadimgi Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi, yaʼni miloddan avvalgi 6–5-asrlarga taalluqli shahar mudofaa devorlari ostidan gu-valaqdan qurilgan yanada qadimgi devor qoldiqlari ochilib, Samarqandning yoshi miloddan avvalgi 8-asr oʻrtalariga oid ekanligi isbotlaydi; shaharning arki aʼlo qismidan milodiy 8-asrga oid murabba (70x70) shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldikdari ochildi. Afrosiyobda arxeologik tadqiqot ishlari davom etmoqda.[3]
Afrosiyob — Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat 17-asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. Av. 4-asrda Samarqand Aleksandr Maqsuniy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida eslatiladi. Maroqanda Smarakanvening yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qadimgi Smarakanve 9-asrdan boshlab Samarqand deb atala boshlandi.

11 — 15-asrlarda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi. 15 — asrdan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan boʻldi.

Afrosiyob hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning maydoni 219 ga. Tepalikning shim. Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Jan. Tomondan „eski shahar“ deb atalgan Samarqandga qoʻshilib ketgan.

Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishlar esa bunday maʼlumotlarni koʻproq bermoqda.

Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy qatlamlar qanday boʻlganligini koʻrishga, boylar va kambagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, ko’cha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlash tizimi va h.k.ni aniqlashga yordam beradi.

Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish 1868 yilda Chor Rossiyasi tomonidan Samarqand bosib olingandan keyin boshlandi. Afrosiyobda dastlabki qazish ishlari bilan mayor Borzenkov (1874), podpolkovnik V. V. Krestovskiy (1883), sharqshunos olimlar N. I. Veselovskiy (1884-85, 1895), V. V. Bartold (1904) va V. L. Vyatkin (1905; 1912— 13)lar shugʻullanishdi. 1919 yilda M. YE. Masson, V. L. Vyatkin tadqiqot boshlagan joylarda qazish ishlarini davom ettirib, somoniylar saroyi (9-asr) xarobalarini ochdi. 1925, 1929—30 ylarda V. L. Vyatkin Afrosiyobda qazish ishlarini davom ettiradi va uning turli davrdagi tarixiga oid koʻplab materiallar toʻplaydi. Ammo 1930 yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga doir juda kam materiallar bergan. Urushdan keyin Oʻzbekiston Faning Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan Afrosiyob I. Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. V. Afrosiyob Shishkin (1958-66) va Ya. F. Gʻulomov (1967—70)lar rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam materiallari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks oʻrganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Afrosiyob „arxeologik qoʻriqxona“ deb eʼlon qilinib, uni oʻrganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining Sanʼatshunoslik instituti ham safarbar etildi. Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning koʻp asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan bo’hronlar davri aniqlandi. Samarqand yushshdlarining shohona saroyi ochildi.

Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi 8—5-alarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Mil. Av. 329 yilda shahar Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil. Av. 3 — 1-asrlarda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Mil. Av. 3-asrda shahar qoʻshaloq mudofaa devori bilan oʻrab olingan. U davrlarning qalin ma-daniy qatlami Afrosiyobning shim.da, uning arki aʼlosi joylashgan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallar va yozma manbalarda taʼkidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak Yoʻli oʻtgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaning bosh shaxri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xoʻjaliklari kuchaydi, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shim. Qismi mudofaa devori bilan oʻrab olindi. Bu holat Movarounnaxr va unga qoʻshni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand hukmdorlari „Ixshid“, Buxoro hukmdorlari esa „Buxorxudot“ deb atalgan. 712 yilda arablar fotixi Qutayba ibn Muslim qoʻshin tortib kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam boʻlib, atrofida suv toʻla xandaq bor edi. Qutayba Samarqanda Fargʻona, Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni enggach, koʻmaksiz qolgan Sugʻd hokimi Gʻurak noiloj u bilan sulh tuzdi, shaharning ichki qismi (shahriston)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻldi. Arxeologik topilmalar islomga zid boʻlgan haykal va devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi.

9-asrning ikkinchi choragidan Movarounnahrda hokimiyat somoniylar qoʻliga oʻtdi. Buxoro ularning markaziga aylandi. Shu davrda Samarqand iqtisodiy va madaniy jihatdan tez rivojlandi. Afrosiyobda somoniylar davrida oʻymakor ganch naqshlar bilan bezatilgan saroylar, badavlat dehqon xonadonlari, masjid va madrasalar, hammom va kanalizasiyalar, tosh koʻchalar topilmoqda. Shaharni suv bilan taʼminlash ogʻirligidan aholining ehtiyojini qondirish uchun shahar hayotining dastlabki yillaridayoq Dargʻom tomonidan kanal qazib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hozirgi shahar xiyobonining jan.da, Alisher Navoiy haykali qad koʻtarib turgan maskanda ochib oʻrganildi. Bu kanal Registon maydoni orqali Hazrati Xizr masjidi tomon yoʻl olgan. Tarixiy manbalarga koʻra Afrosiyobga jan.dan kiraverishda shahar xandaqi ustiga pishiq gʻishtlardan ravoqli suvay-irgʻich qurilib, uning tepasidan katta ariq oʻtkazilgan. Bu ariqni „Juyi arziz“ („Qo`rg`oshin ariq“) deb ataganlar. Ariq shu erda uchga boʻlingan va shahar oralab Siyob arigʻi boʻyiga borgan.

10-asrning oxirida Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar qoʻliga oʻtganida xam Samarqanda savdo, hunarmandchilik, shahar obodonchilik ishlari davom etadi. Shaharning hunarmandchilik qiyofasi kuchayib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hovlilarida markazlashadi. 1220 yilda Chingizxon qoʻshinlari „Juyi arziz“ toʻgʻonini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim boʻldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga oʻt qoʻydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Moʻgʻulistonga haydab ketildi. Shaharni soʻnggi mudofaachilari Jome masjidiga yashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida bizgacha yetib kelib, arxeologik qazish vaqtida topildi. „Qoʻrgʻoshin ariq“ qayta tiklanmadi. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalakda suv chiqarib, kun ko’rgan, soʻng aholi bora-bora Ani butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qadimgi Samarqand avvallari „Hisori koʻhna“, „Qal`ai Hisor“ atalib, 17-asrdan boshlab aholi orasida „Qal`ai Afrosiyob“ yoki „Afrosiyob“ deb atala boshlangan.

Afrosiyobda qazishma ishlari ayniqsa Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti tashkil topgach, keng koʻlamda kuchaydi. Ya. Gʻ. Gʻulomovdan soʻng Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalarga G. V. Shishkina, Sh. Toshxoʻjaevlar rahbarlik qildi. Keyingi yillarda (1989 yildan) Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari — Pol Bernar, Frans Grene va b. Jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi Oʻzbekiston arxeologlari bilan (M. Isomiddinov va b.) hamkorlikda Afrosiyobni oʻrganishda qatnashmoqsa. Oʻzbek va fransuz olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijalari qadimgi Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi, yaʼni miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli shahar mudofaa devorlari ostidan guvalaqdan qurilgan yanada qadimgi devor qoldiqlari ochilib, Samarqandning yoshi miloddan avvalgi 8-asr oʻrtalariga oid ekanligi isbotlaydi; shaharning arki aʼlo qismidan milodiy 8-asrga oid murabba (70x70) shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldiqlari ochildi. Afrosiyobda arxeologik tadqiqot ishlari davom etmoqda.


Afrosiyob — Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat 17-asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. av. 4-asrda Samarqand Aleksandr Maqsuniy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida eslatiladi. Maroqanda Smarakanvening yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qadimgi Smarakanve 9-asrdan boshlab Samarqand deb atala boshlandi.
11 — 15-asrlarda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi. 15 — asrdan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan boʻldi.
Afrosiyob hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning maydoni 219 ga. Tepalikning shim. Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Jan. tomondan „eski shahar“ deb atalgan Samarqandga qoʻshilib ketgan.
Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishlar esa bunday maʼlumotlarni koʻproq bermoqda.
Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy qatlamlar qanday boʻlganligini koʻrishga, boylar va kambagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, ko'cha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlash tizimi va h.k.ni aniqlashga yordam beradi.
Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish 1868 yilda Chor Rossiyasi tomonidan Samarqand bosib olingandan keyin boshlandi. Afrosiyobda dastlabki qazish ishlari bilan mayor Borzenkov (1874), podpolkovnik V. V. Krestovskiy (1883), sharqshunos olimlar N. I. Veselovskiy (1884-85, 1895), V. V. Bartold (1904) va V. L. Vyatkin (1905; 1912— 13)lar shugʻullanishdi. 1919 yilda M. YE. Masson, V. L. Vyatkin tadqiqot boshlagan joylarda qazish ishlarini davom ettirib, somoniylar saroyi (9-asr) xarobalarini ochdi. 1925, 1929—30 ylarda V. L. Vyatkin Afrosiyobda qazish ishlarini davom ettiradi va uning turli davrdagi tarixiga oid koʻplab materiallar toʻplaydi. Ammo 1930 yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga doir juda kam materiallar bergan. Urushdan keyin Oʻzbekiston FAning Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan Afrosiyob I. Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. V. Afrosiyob Shishkin (1958-66) va Ya. F. Gʻulomov (1967—70)lar rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam materiallari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks oʻrganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Afrosiyob „arxeologik qoʻriqxona“ deb eʼlon qilinib, uni oʻrganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining Sanʼatshunoslik instituti ham safarbar etildi. Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning koʻp asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan bo'hronlar davri aniqlandi. Samarqand yushshdlarining shohona saroyi ochildi.
Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi 8—5-alarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Mil. av. 329 yilda shahar Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil. av. 3 — 1-asrlarda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Mil. av. 3-asrda shahar qoʻshaloq mudofaa devori bilan oʻrab olingan. U davrlarning qalin ma-daniy qatlami Afrosiyobning shim.da, uning arki aʼlosi joylashgan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallar va yozma manbalarda taʼkidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak Yoʻli oʻtgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaning bosh shaxri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xoʻjaliklari kuchaydi, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shim. qismi mudofaa devori bilan oʻrab olindi. Bu holat Movarounnaxr va unga qoʻshni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand hukmdorlari „Ixshid“, Buxoro hukmdorlari esa „Buxorxudot“ deb atalgan. 712 yilda arablar fotixi Qutayba ibn Muslim qoʻshin tortib kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam boʻlib, atrofida suv toʻla xandaq bor edi. Qutayba Samarqanda Fargʻona, Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni enggach, koʻmaksiz qolgan Sugʻd hokimi Gʻurak noiloj u bilan sulh tuzdi, shaharning ichki qismi (shahriston)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻldi. Arxeologik topilmalar islomga zid boʻlgan haykal va devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi.
9-asrning ikkinchi choragidan Movarounnahrda hokimiyat somoniylar qoʻliga oʻtdi. Buxoro ularning markaziga aylandi. Shu davrda Samarqand iqtisodiy va madaniy jihatdan tez rivojlandi. Afrosiyobda somoniylar davrida oʻymakor ganch naqshlar bilan bezatilgan saroylar, badavlat dehqon xonadonlari, masjid va madrasalar, hammom va kanalizasiyalar, tosh koʻchalar topilmoqda. Shaharni suv bilan taʼminlash ogʻirligidan aholining ehtiyojini qondirish uchun shahar hayotining dastlabki yillaridayoq Dargʻom tomonidan kanal qazib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hozirgi shahar xiyobonining jan.da, Alisher Navoiy haykali qad koʻtarib turgan maskanda ochib oʻrganildi. Bu kanal Registon maydoni orqali Hazrati Xizr masjidi tomon yoʻl olgan. Tarixiy manbalarga koʻra Afrosiyobga jan.dan kiraverishda shahar xandaqi ustiga pishiq gʻishtlardan ravoqli suvay-irgʻich qurilib, uning tepasidan katta ariq oʻtkazilgan. Bu ariqni „Juyi arziz“ („Qo`rg`oshin ariq“) deb ataganlar. Ariq shu erda uchga boʻlingan va shahar oralab Siyob arigʻi boʻyiga borgan.
10-asrning oxirida Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar qoʻliga oʻtganida xam Samarqanda savdo, hunarmandchilik, shahar obodonchilik ishlari davom etadi. Shaharning hunarmandchilik qiyofasi kuchayib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hovlilarida markazlashadi. 1220 yilda Chingizxon qoʻshinlari „Juyi arziz“ toʻgʻonini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim boʻldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga oʻt qoʻydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Moʻgʻulistonga haydab ketildi. Shaharni soʻnggi mudofaachilari Jome masjidiga yashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida bizgacha yetib kelib, arxeologik qazish vaqtida topildi. „Qoʻrgʻoshin ariq“ qayta tiklanmadi. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalakda suv chiqarib, kun ko'rgan, soʻng aholi bora-bora Ani butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qadimgi Samarqand avvallari „Hisori koʻhna“, „Qal`ai Hisor“ atalib, 17-asrdan boshlab aholi orasida „Qal`ai Afrosiyob“ yoki „Afrosiyob“ deb atala boshlangan.
Afrosiyobda qazishma ishlari ayniqsa Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti tashkil topgach, keng koʻlamda kuchaydi. Ya. Gʻ. Gʻulomovdan soʻng Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalarga G. V. Shishkina, Sh. Toshxoʻjaevlar rahbarlik qildi. Keyingi yillarda (1989 yildan) Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari — Pol Bernar, Frans Grene va b. jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi Oʻzbekiston arxeologlari bilan (M. Isomiddinov va b.) hamkorlikda Afrosiyobni oʻrganishda qatnashmoqsa. Oʻzbek va fransuz olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijalari qadimgi Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi, yaʼni miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli shahar mudofaa devorlari ostidan guvalaqdan qurilgan yanada qadimgi devor qoldiqlari ochilib, Samarqandning yoshi miloddan avvalgi 8-asr oʻrtalariga oid ekanligi isbotlaydi; shaharning arki aʼlo qismidan milodiy 8-asrga oid murabba (70x70) shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldiqlari ochildi. Afrosiyobda arxeologik tadqiqot ishlari davom etmoqda.
Darhaqiqat, Afrosiyob (Samarqand) shaharchasining eng qadimgi joyi – birinchi mudofaa devor ichidagi markaz qismi o‘sha yillari to‘la ochib o‘rganilmaganligi tufayli, uning tashkil topish sanasi 2500 yil bilan belgilangandi. Mustaqillik yillarida bu yerda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari tufayli bu xato-kamchiliklarga barham berildi. Binobarin, yetakchi mutaxassis olimlar hamkorligida bajarilgan qazishma tadqiqot ishlari tufayli shaharning eng patski 12-15 metr chuqurlikdagi qadimgi ma’dan qatlamlari ochib o‘rganishga erishildi. Natijada avvallari uchratilmagan tosh qurollar, qo‘lda yasalgan rangli naqshli sopol idishlarning parchalari, ibodatxona, saroy, guvaladan qurilgan, qalinligi 7 metrdan iborat mudofaa devor qoldiqlari topildi. Bulardan tashqari shaharchaning 19 gektardan iborat ark qismi ham guvaladan qurilgan mudofaa devori bilan o‘rab olinganligi aniqlandi. Shuningdek, 219 gektardan iborat Afrosiyobni o‘rab olgan mudofaa devorining ham poydevorlari guvaladan qurilganligi ma’lum bo‘ldi. Afrosiyobning boshqa bir necha joylari qazib ko‘rilganda uning eng pastki qatlamlaridan shunga o‘xshash ashyolar topildi. Bu manzara, shaharga asos solinayotgan bir vaqtda shahriston eni 7 metr keladigan mustahkam, fundamental devor bilan o‘rab olinganligini ko‘rsatdi. Bu mudofaa devorlar va ashyolar O‘rta Osiyoda eng qadimgi topilmalar hisoblanadi. Bu manbalar Frantsiyaning Jiv-Syur-Ivest shaharchasidagiradioaktiv ilmiy laboratoriyasida zamonaviy texnologik, yangi yondashuv asosida tekshirib ko‘rilganda ularning mil. Avv. IX-VIII asrlarga oid ekanligi ma’lum bo‘ldi. Xullas, Afrosiyobning quyi qatlamlaridan olingan ashyo va namunalar aynan mil. Avv. IX asrga, aniqrog‘i, 2750 yillik o‘tmish tarixga taalluqli ekanligi isbotlandi va fan jamoatchiligi tomonidan tan olindi. Bu ma’lumotlar Samarqand shahrining ko‘hna ildizlaridan guvohlik berardi. Demak, tadrijiy taraqqiyot mag‘zida Samarqand shahrining ko‘hna joyi Afrosiyob hududida jez davrining o‘rta bosqichida, ya’ni mil. Avv. II ming yillik o‘rtalarida bu yerda yirik aholi markazi – shahar tipidagi qishloq vujudga kelib, uning uzluksiz rivoji asosida bundan 2750 yil avval shaharlashish – urbanizasiya jarayoni sodir bo‘lgan va asrlar osha u o‘z boqiyligini saqlab kelgan.
Samarqand to‘g‘risidagi yozma manbalardan eng qadimiysi «Avesto» kitobi ma’lumotlaridir. Zardushtiylikning bu muqaddas kitobi uzoq davrlar mobaynida shakllangan bo‘lib, unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari mil. Avv. II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlariga oiddir. Bu kitobda Zarafshon vohasi ikki atama bilan – «Sug‘ud» va «Sug‘uda Gava» deb ta’riflanadi. «Sug‘ud» atamasi shaharga, poytaxtga nisbatan qo‘llanilgan. «Sug‘uda Gava» tushunchasi esa Zarafshon havzasining dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan aholi yashaydigan hududlarga nisbatan qo‘llanilgan. Bundan tashqari Firdavsiyning «Shohnoma»sida Afrosiyob Turon mamlakatining podshosi sifatida ta’riflanib, «Avesto»da u Faranrasyan, turkiy manbalarda esa Alp Er To‘nga nomi bilan qayd etilgan. Shaharning shakllanish davri «Afrosiyobning tarix sanasiga chiqqan vaqti bilan bir vaqtda yuz berganligi tarixiy haqiqatdir», deb ta’riflaydi atoqli arxeolog olim T.Sh.Shirinov. Bundan kelib chiqadiki, «Avesto» zamonida Sug‘diyonaning eng yirik shahri, markaz poytaxti Samarqand bo‘lganligidan guvohlik beradi.
Shunday qilib, Samarqand shahri zamonlar ruhiyatini o‘zida aks ettirib, qutlug‘ va shonli yo‘lni bosib o‘tgan, jahon xalqlarining moddiy va ma’naviy hayotida katta rol o‘ynaganligi isbotlanmoqda. Shuning uchun ham vatandoshlarimiz bu keksa va hamisha navqiron shahrimiz, uning jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan munosib hissasi borligi bilan haqli ravishda faxrlanadilar.
Xotima sifatida shuni qayd etish lozimki, shaharlashish jarayoni ibtidoiy jamoa tuzumining jadal inqirozi, birinchi sinfiy jamiyat va davlatchilikning – shahar-davlatlarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq jarayondir. Bu tarixan uzluksiz jarayon Zarafshon havzasini ham chetlab o‘tmagan, albatta. So‘nggi yillarda mustaqillik yaratgan imkoniyat va mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.Karimovning «Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori xalqimizni yanada ruhlantirib yuborish bilan birga, bizlardan Vatan tarixi, Samarqand tarixining hamon ochilmagan sahifalarini istiqlol talabi – yangi yondashuv asosida tadqiq qilish borasida samarali izlanishlar olib borishga chorlaydi.
Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri betakror sharqona ruhi va qiyofasi, boy tarixi, bu yerda saqlanib qolgan noyob, har qanday odamni hayratga soladigan obidalari bilan turli o‘lkalarda afsonaviy shahar sifatida ma’lum-u mashhurdir. Moviy gumbazlari millionlab sayyohlarni o‘ziga maftun etadigan Samarqandning Rim bilan bir qatorda “abadiy shahar” degan nom bilan butun dunyoda shuhrat qozongani bejiz emas, albatta.
Samarqand tarixi bo‘yicha ko‘plab asarlar yozilgan: D.Alimova, E.Rtveladze, Sh.Raxmatullayev. “Samarqand tarixi (qadimgi davrdan bugungi kungacha)”, A.Malikov “Samarqand tarixi”, A.Berdimurodov “Samarqand tarixidan tomchilar” vatadqiqotchilar: M.J.Juraqulov,Sh.S.G‘afforov, N.A.Avanesova, N.U.Xolmatov,B.S.G‘oyibov,A.E.Kuraxmedov, G.B.Normurodova,O.J.Irisqulov, M.Siddiqovalarning monografiya, avtoreferatlarida aks etgan. Ushbu qo‘llanma SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida ishlab chiqilgan o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Mazkur qo‘llanma sodda tilda, talabalar va magistrlarga mos qilib tuzulgan.
Samarqand tarixi haqida turlicha qarashlarni o‘zida mujassamlashtirgan o‘nlab asarlar yaratilgan bo‘lsa-da, vaqt va zamonda shahar tarixi yuzasidan qilingan kashfiyotlar uning mazmunini yangi manbalar va yondashuv asosida doimiy ravishda to‘ldirib borish, ayniqsa, mustaqillik davri talabidir.
Samarqand qulay geografik holatga ega bo‘lib, Movarounnahrning o‘rtasida joylashgandir. U sersuv bo‘lib, uni uch tomondan tog‘o‘rab olgan, unga havoning uch oqimi – tog‘, daryo va keng yaylov daraxtzor vodiy, adir qo‘shilib xushmanzarali, xushtabiatli, orombaxsh iqlim barqarorligini beradi. Bu shahar haqida ko‘plab tarixiy solnomalarda ma’lumotlar beriladi:
“...Samarqand shahri tekis yerda joylashgan bo‘lib, atrofi qum tepaliklar va jarliklar bilan qoplangan.U Sevilye (Ispaniya) shahridan bir oz kattaroq. Shahar tevaragida ko‘plab uy-joylar qurilgan. Uning atrofini butunlay bog‘ va uzumzorlar qoplab olgan. Bog‘lar ba’zi joylarda bir yarim ikki liga masofaga cho‘zilib ketadi. Bog‘larning ora-oralarida ko‘chalar, orombaxsh maydonlar bor. Bularda ko‘p odamlar yashaydi...Bog‘ va uzumzorlar shunchalik ko‘pki, daladan shaharga qaytayotib orqaga qaralsa, ular baland-baland daraxtlardan iborat o‘rmonga o‘xshaydi. Ana shu o‘rmonning o‘rtasida shahar joylashgan. Shahar va bog‘lar bo‘ylab ariqlar o‘tib, ulardan doimo suv oqadi...Bu yer hamma narsaga boy: g‘alla ham, vino ham, meva-cheva ham, parandalar ham, har xil go‘sht ham mo‘l-ko‘ldir. Boshqa mollar ham ko’p va arzon...G‘alla juda ham arzon, sholi esa oshib-toshib yotadi. Bu shahar va uning atrofidagi yerlar shunday to‘kin-sochinki, hayron qolmaslik mumkin emas”. (Ispan elchisi (XV asr) Ryui Konzales de Klavixoning kundaliklaridan)”.
“...Samarqand shahri ajab orasta shahredur, bu shaharda bir xususiyat borkim, o‘zga kam shaharda andoq bo‘lg‘ay. Har hirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut emastur, tavr rasmedur, Ho‘b nonvoliqlari va oshpazlari bordur...
Olamda yaxshi qog‘oz Samarqanddan chiqar. Juvozi qog‘ozlar suvi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob yoqasidadurkim, bu qora suvni Obirahmat ham derlar. Samarqandning yana bir matoi qirmizi baxmaldurkim, atrof va javonibqa eltarlar (Zahiriddin Muhammad Bobur. “Boburnoma” T.; “Yulduzcha” 1988. ).
“Bu shaharning havosi yaxshi va o‘rtachadir. Sira og‘irlik va kasallikka sabab bo‘lmas, bahor faslida bu shahar go‘zallikda uchmoqning bir namunasi bo‘lur. Shuning uchun Samarqandni “firdavsmonand”, ya’ni janantga o‘xshash Samarqand deyirlar. Har dashtining yuzidan jannat ko‘rinadir va har dala parchasidan Eram bog‘i bilinadir. Har tog‘ning etagida ming turlik gullar to‘foni qaynamoqda va har sahroning burchagida ko‘kargan yuz tup sabza va rayhonlar o‘z qo‘yinlaridan “behisht” bog‘larini ko‘rsatmoqda. Yoz faslida bu shaharning havosi issiq, sovuqlikda o‘rtachadir. Har tomondan ko‘p gul ochatirgan yellar va orttiratigan havolar esib ruhga rohat bag‘ishlaydi va jonni toza qiladi. Kuz faslida bu shaharning havosi bir oz sovuqroq bo‘ladi. Sharq tomondagi tog‘dan necha kunda bir qattiq yel esadir. Bu shaharning qish fasli ko‘pincha sovuq bo‘lur, ba’zi yillarda qor uch qarichgacha yog‘adi. Bu yerga kelgan musofir quvonadir” (Abu Tohirxoja. “Samariya” T.; 1991).
Samarqandning nomlanishi turli tarixiy davrlarga tegishli asarlarda, shuningdek, rivoyatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarda uchraydi. Masalan, bu shaharning Afrosiyob, Marokanda, Samariana, Saramanka, Sakkana, Sumron, Shamarkent, Samaron, Semizkent, Samarqand deb nomlanishi mavjud. Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Bobur asarlarida, shuningdek, tarixchi Mirxondning “Ravzat ul-safo” kitobida va Amir Temur saroyiga kelgan ispan elchisi Riu Gonzales de Klavixoning kundalik daftarida ham qayd etiladi.
Umumiy miqyosda qaraganda, Samarqand atamasining bunyodga kelgan vaqti va “Samarqand” degan so‘zning kelib chiqishi hali to‘liq aniqlangan emas.
Mo‘g‘ilistonda XIII asrdayoq Samarqand degan shahar bo‘lgan, Boburning tog‘asi Ulug‘bek Afg‘onistondagi bir qishloqni Samarqand deb atagan, Qozog‘istondagi Temirtov shahri XX asirning 40-yillariga qadar Samarqand deb atalgan, aynan shu yerda Nura daryosi bo‘yida Samarqand suv ombori qurilgan, Farg‘ona viloyatining Bog‘don tumanida Samarqand nomi bilan atalgan qishloq mavjud, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Bog‘i Samarqand qishlog‘i bor, Turkiston tog‘ tizmasida Samarqand cho‘qqisi bor. Haqiqatga yaqin bo‘lgan ilmiy qarash Samarqand Buyuk ipak yo‘lida chorraha vazifasini o‘tagani uchun uni “Chorahadagi shahar” ( arab manbalarida “Smirig‘” chorraha mazmunini beradi) deb atashgan(Shirinov T.Samarqand Rimning tengdoshi. // “Xalq so’zi”, 2003-yil 13-dekabr).
Samarqand – buyuk Amir Temur nomi bilan atalgan ordenni birinchi bo‘lib olishga sazovor bo‘lgan tabarruk shahardir. 1996-yil 28-avgustda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Samarqand shahrini Amir Temur ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Qarori chiqarildi, shu yili 18-oktyabrdaAmir Temurning haykalini ochilish marosimi bo’ldi va marosimda samarqandliklarga ushbu orden topshirildi, 18-oktyabr “Samarqand shahri kuni” deb e’lon qilindi.
Samarqand shahrini Amir Temur ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining Farmoni “Temuriylar davlatining poytaxti sifatida jahon ilm-u fani, madaniyati va me’morchilik san’atining rivojlanishiga hamda davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qo‘shganligi va shahar ahlining o‘zbek xalqi tarixiy va ma’naviy merosini ko‘p asrlar mobaynida avaylab-asrab, jahonga mashhur etishdagi g‘oyatda katta xizmatlarini e’tiborga olib, mustaqil mamlakatimizda tub islohotlarni amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishdagi faol ishtiroki uchun hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlansin”(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov. Toshkent shahri, 1996 yil 28 avgust).
YUNESKO bosh direktori Koichiro Mazuura 2006 yil 8 sentyabrda shahrimizga tashrifi chog‘ida, mustaqillik yillaridagi bunyodkorlik, yodgorliklarning ta’mirlanishi, restavratsiya ishlarining yuqori saviyada bajarilganligini e’tirof etgan holda “Samarqandning jahon tsivilizasiyasi taraqqiyotidagi o‘rni beqiyosdir, bu nafaqat o‘zbek xalqining balki butun insoniyatning mulkidir” deganida haq gapni aytgandi.
Samarqandning qadimgi tarixini yoritishda Afrosiyobda olib borilgan tadqiqotlarga tayanamiz.
Shu o‘rinda Afrosiyob nomi qayerdan kelib chiqqan, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Ma’lumki, ulug‘ shoir Abdulqosim Firdavsiy o‘zining mashhur «Shohnoma»sida Eron bilan Turon o‘rtasidagi munosabatlar, nizolar haqida so‘z yuritar ekan, Turonning podshosi Afrosiyob bo‘lganligini yozadi. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha esa Turon podshosining nomi Alp Er Tung‘a bo‘lib forslar uni Afrosiyob deb ataganlar. Samarqand Alp Er Tunga - Afrosiyobning poytaxti bo‘lganligi uchun uning ilk o‘rni ham Afrosiyob nomi bilan atalib ketgandir.
Atrofi baland jarlar bilan o‘ralgan, hozirda 219 gektar maydonni egallagan Afrosiyob shaharchasida ilk qazish ishlari Turkistonni Rossiya imperiyasi istilo qilganidan so‘ng boshlangan.
1883- yili V.Krestovskiy ilk marta bir necha harbiylar ishtirokida qazish ishlarini boshladi va ko‘plab tarixiy buyumlarni qo‘lga kiritdi. Bu qazishmalar ilmiy-uslubiy tadqiqotlardan juda yiroq bo‘lsa-da, rus harbiylari va ziyolilari o‘rtasida Samarqand tarixiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi. Shundan so‘ng yana bir necha harbiy amaldorlar Afrosiyobda qazish ishlarini olib borib juda ko‘plab tarixiy buyumlarni topdilar. Afrosiyobni ilmiy tomondan o‘rganish V.Vyatkin, A. Terenojkin, M. Masson, V. Bartold, Ya. G’ulomov, Sh. Toshxo‘jayev,V. Shishkin kabi arxeolog va sharqshunoslarning faoliyatlari bilan bog‘liqdir. Bu zahmatkash olimlar Afrosiyob bag‘ridagi ko‘plab sir-asrorlarni o‘rganishib jamoatchilikka ma’lum qildilar.
1965 yil arxeologlar uchun ayniqsa omadli keldi. Akademik Ya.G’ulomov rahbarligida qazish olib borayotgan olimlar VI-VII asrlarda barpo qilingan hashamatli saroy qoldiqlarini topib ochdilar. Saroyning devorlarini tozalayotgan arxeologlar hayratdan lol qoldilar. Saroy devorlariga rang-barang buyoqlar bilan nafis suratlar chizilgan ekan. Suratlar bir necha asrlar mobaynida zax tuproq tagida yotganligiga qaramay ularning rangi hayratlanarli darajada tiniq edi. Samarqand ixshidi- podsho Varxuman saroyi devorlariga o‘z davrining mohir musavvirlari tomonidan chizilgan ushbu suratlarning mavzusi turli tuman edi... Suratlarda Samarqandga turli mamlakatlardan kelayotgan elchilar, fillarda sayr qilayotgan malikalar, to’y marosimlari, ov marosimlari aks ettirilgan bo‘lib, har bir personaj haqqoniy qiyofaga egadir. Ushbu devoriy suratlar Sug‘diyona tasviriy san’atining naqadar yuksak bo‘lganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Afrosiyobning kulollar va zargarlar mahallalaridan topilgan kulolchilik, zargarlik buyumlari ham yuksak mahorat va did bilan yaratilganligi bilan yaqqol ajralib turadi.
Afrosiyobda so‘nggi yillarda o‘zbek va frantsuz arxeologlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bu shaharning yoshi 2750 yil ekanligini isbotladi. Bu Afrosiyob-Samarqand qadimgi Rimning Sharqdagi tengdoshi ekanligini ko‘rsatib turibdi.
219 gektar maydonni egallagan shahar qadimda to‘rtta mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Hukmdorning arki joylashgan maydon birinchi mudofaa devori bilan o‘ralgan bo‘lsa, qolgan uchala mudofaa devorlari shaharning shahriston qismi atrofini o‘rab turgan. XX asrning 40-80-yillarida arxeologik tadqiqotlarga asosan 2 va 4-mudofaa devorlari oralig‘idagi maydonda olib borilgan qazishmalar paytida esa tepadagi madaniy qatlamgina, ya’ni XI-XIII asrlarda faoliyat ko‘rsatgan masjid qoldiqlari ochilgan.
Agarda Afrosiyob shaharchasining 219 gektar (11 ta madaniy qatlamdan iborat) maydoni birdaniga o‘zlashtirilmaganligini, uning eng qadimgi negizi birinchi mudofaa xalqasining ichida shakllanib, so‘ngra shahar maydoni to‘rtinchi mudofaa devori orasida kengayib borganligini inobatga oladigan bo‘lsak, yuqoridagi savollarga javob topiladi.
1970 yilda nishonlangan Samarqandning 2500 yillik yubiley sanasi shaharning eng qadimgi qismidan emas balki ikkinchi va to‘rtinchi mudofaa devorlari orasidan topilgan arxeologik dalillar asosida belgilangan edi.
So‘nggi yillarda Afrosiyobda o‘zbek-frantsuz qo‘shma ekspeditsiyasi hamkorlikda qazishmalar olib borildi. Frantsuz arxeologlari akademik Pol Bernar, professor Frans Grene va o‘zbek arxeologi M.Isomiddinovlar keyingi yillarda bu yerdan Samarqand tarixiga oid g‘oyatda muhim ilmiy kashfiyotlarni qo‘lga kiritdilar.
Xo‘sh bu kashfiyotlar nimalardan iborat? Ma’lumki, Afrosiyob shaharchasi qadimdayoq mustahkam mudofaa devori bilan o‘ralgan va uning ichida hukmdor arki, shaharliklar yashashi uchun shahriston barpo qilingan. Shahriston ichida bir necha mahallalar, keng, ravon ko‘chalar, maydonlar va bozorlar bo‘lgan. Shuningdek, shahar ichida hashamatli Jome’ masjid, aslzodalarning saroylari, zilol suvlarga to‘la hovuzlar ham barpo qilingan. Shahar ichiga ichimlik suv Juyi arzis (Qo‘rg‘oshin ariq) orqali kiritilgan, oqova suvlar esa maxsus sopol quvurlar orqali tashqariga chiqarib yuborilgan. Bu murakkab injenerlik tarmoqlari o‘sha davr uchun eng ilg‘or kashfiyot edi. Arxeologik tadqiqotlar tufayli yuqorida tilga olingan inshootlar va devorlar topilib o‘rganildi. Natijada ekspeditsiya a’zolari shahar arkining eng pastki madaniy qatlamlarini ham to’laqonli o’rganishga erishdilar. Hozirgi er sathidan 10-15 metr chuqurlikda qazishmalar olib borilayotganda avvallari bu erda uchratilmagan tosh qurollarga, sopol idishlarga, ibodatxona va saroy qoldiqlariga va qalinligi 7 metrdan oshiq g’ishtsimon guvaladan barpo qilingan mudofaa devoriga duch keldilar. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bu mudofaa devori O’rta Osiyodagi eng qadimiy bo’lib, u eramizdan oldingi IX-XII asrlarga mansubdir. Hech bir shak-shubhaga o’rin qoldirmaslik uchun bu erdan topilgan ashyoviy dalillardan namuna olinib, Frantsiya ilmiy tadqiqotlar markaziga qarashli Jiv-Syur-Ivst shahridagi radioaktiv laboratoriyada tadqiq qilindi. Laboratoriyadagi tahlillar bu ashyolar bundan 2750 yil ilgari yaratilganligini ro’rsatdi. Shu tariqaSamarqandga 2750 yil ilgari asos solinganligi isbotlandi (Shirinov T. G’arbda Rim, Sharqda Samarqand. // Fidokor. 2006 yil, 9-yanvar).
Download 217,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish