Qadimgi Eronning Ahamoniylar hukmronligi davrida davlat boshqaruv aparati


Ahmoniylar hukmronligi davrida Yaqin Sharq arxiv ishi an’analarining Markaziy Osiyo xalqlariga ta’siri



Download 0,85 Mb.
bet3/3
Sana20.09.2021
Hajmi0,85 Mb.
#179603
1   2   3
Bog'liq
2 5397753076129991905

. Ahmoniylar hukmronligi davrida Yaqin Sharq arxiv ishi an’analarining Markaziy Osiyo xalqlariga ta’siri

Qadimgi Eronning ahmoniylar davri turli xil yozma manbalar bilan kengroq hujjatlashtirilgan. Bular shohlar yozuvlari, tarixiy yilnomalar, qonunchilik farmoyishlari, shohlarning farmonlari va satraplarning farmoyishlari, raiyatning viloyat hokimlariga yozilgan shikoyatlari, eronlik yuqori amaldorlarning shaxsiy xatlari, mulklarni boshqarish yuzasidan ko‘rsatmalar, soliqlarni yig‘ish va qullarga munosabat, soliqlarni to‘laganlik haqida kvitansiya (patta), harbiy majburiyatlarni o‘taganlik haqi- 18 da hujjatlar, sud jarayoni bayonnomalari, nikoh shartnomalari, arenda shartnomalari, qarzdorlik tilxatlari, diniy va ilmiy asarlar, adabiy qissalar va boshqalar. Turli xil tillarda yozilgan bu matnlar Eron davlati aholisining tarixiy voqealar jarayonini, iqtisodiy va ijtimoiy tarixini o‘rganish, madaniy hayoti, kundalik hayot tarzi, turmushi va urf-odatlarini o‘rganishda katta imkoniyat beradi. Avesta ilk bora kitobga oramiy yozuvi yordamida yozib birlashtirilgan deb hisoblanadi. Avestaning oramiy yozuvli nusxasi esa yunon-makedon bosqini davrida Aleksandrning buyrug‘i bilan olovga tashlangan, degan xabarlar manbalarda yetib kelgan. Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, gap Avestaning 12 ming mol terisiga oltin harflar bilan yozilgan va “Doro ibn Doro” saroyi xazinasida (ya’ni xos arxiv yoki kutubxonada) saqlangan nusxasi haqida bormoqda. Shunday qilib, Avesta kitobi yo‘q qilingach, uni mobadlar xotirasida (yod olingan holda) avloddan avlodga o‘tib kelgan shaklida qayta yozib olishga qaratilgan harakatlar ko‘p marta takrorlangan. Dastlabki urinish Parfiya podshosi Valaxsh (Vologez) davrida (miloddan avv. I asr oxiri – milodiy I asr boshlari), keyinchalik zardushtiylik Eronga kirib borib davlat dini maqomiga ko‘tarilgan III asrdan boshlab to milodiy VI asr o‘rtalarigacha Avestani to‘liq tiklashga harakatlar takror-takror amalga oshirilgan. Nihoyat, milodiy 532-579-yillarda podsholik qilgan Xusrav I Anushirvan davrida bu ish payoniga yetib, Avesta 21 kitob (nasklar) shaklida tiklangan. Bu orada O‘rta Osiyoxalqlari og‘zaki ravishda Avesta matnlari avloddan-avlodga uzatishda davom etishgan. Chunki zardushtiylikda din amali uchun har bir xonadon otasi javobgar deb hisoblangan. Milodiy VI asrga kelib kitob shaklida tiklangan Avestaning taqdiri og‘ir kechdi. Arab istilosi va islom dini joriy etilishi tufayli zardushtiylik va Avesta o‘z o‘rnini musulmonchilik va Qur’onga bo‘shatib bera boshladi. Bunga islomdagi vahdoniyatning mutloqligi va zardushtiylikda yaratganning yakkaligi g‘oyasidan chekinish (turli ma’bud va ma’budalarga sig‘inishga yo‘l berilishi) kabi farq katta ro’l o‘ynagan. Markaziy Osiyo va O’rta Sharq mintaqalarida islom keng tarqalgan vaziyatda zardushtiylikni saqlab qolishga harakat qilgan ayrim jamoalar islom o‘lkalaridan qochib Hindistonga, uning Mumbay va Gujarot viloyatlariga joylashganlar. Ayni shu jamoalar Avestaning eng muhim nasklarini – Yashna, Videvdat, Visparat, Yasht qismlarini saqlab bugungi kungacha yetkazganlar. Hozirda Avestaning eng qadimiy qo‘lyozmasi Daniyada Kopengagen kutubxonasida saqlanmoqda. O‘zbekistonda shu nusxa asosidagi faksimil nashrning bir nusxasi Fanlar akademiyasi Bosh kutubxonasida mavjud. Avesta faqat shu kitobni yozib olish uchun maxsus yaratilgan 51 harfli alifbo yordamida ko‘chirilgan va o‘ta e’zozlangan kitob bo‘lgani uchun podshohlar xazinalarida, ibodatxonalar (otashkadalar)ning mo‘tabar zahiralarida saqlangan. Avestaning tarixiy manba sifatidagi ahamiyati benihoya katta. Unda asotiriy tasavvurlardan boshlab ulkan tarixiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy jarayonlar, huquqiy masalalar aks etgan. Fors davlatida oramiy tilli hujjatchilik keng yoyilganligini Qizil dengizdagi Elefantin oro’lidan to Hindiston chegaralarigacha bo‘lgan ulkan hududda topilgan ko‘plab papirus, charm o‘ramlari, toshlardagi yozuvlar, tangalar, tarozi toshlari, muhrlar va loydan yasab quritilgan “taxtachalar”ga o‘yib bitilgan yozuvlar tasdiqlaydi. Masalan, Naqshi Rustamdan mil.av. III asrga taalluqli yozuv topilgan. Unda Salavk ismi uchraydi. 1936-38-yillarda Persepolda siniq tosh idish topilgan. Shu kabi idishlarning 203 bo‘lagida qora siyoh bilan yozilgan oramiy yozuvli oramiy tilidagi matnlar bo‘lgan. Erondan mil.av. VIII-V asrlarga taalluqli oramiy yozuvli ko‘plab vazalar? qadahlar (ayoqlar)8 topilgan. 8 Idish-ayoq – juft so‘z. Uning ikkinchi juz’i baland ayoqqa o‘rnatilgan idishvazani bildiradi. O‘rta asrlarda ayoq so‘zi qadah ma’nosida ham qo‘llangan (M.Is’hoqov) 28 Persepoldagi qal’a devoridan topilgan matnlar orasida bir necha sopol taxtachalar diqqatga loyiq. Bundan tashqari, elam tilidagi matnli 44 ta taxtacha topilgan. Ularga siyoh bilan oramiy yozuvi va oramiy tilida izoylar qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida ilova qilingan. Bu qo‘shimcha yozuvlar Elam matni mazmunining qisqacha bayonlaridir. Shu kabi oramiy tilidagi va oramiy yozuvidagi qo‘shimchalar mil.av. VII asrlardagi bobil mixxat yozuvlariga ham qo‘shilgan. Bunday qo‘shimcha izohlar V asr hujjatlarida ayniqsa ko‘p uchraydi. Murashu va Nippur arxivlari buning yaqqol misolidir. Mesopotamiyada yozuv uchun asosan charm va papirus ishlatilgan. Ahmoniylar davrida shaxsiy huquqiy va xo‘jalik hujjatlari oramiy tilida charmga yozilgan. Charm va papirusga yozilgan yozuvlar quruq iqlimli sharoitlarda saqlanib qolgan. 1962-64-yillarda qadimgi Ierixondan 14 km masofadagi Vadi Daliyaxda, ya’ni ahmoniylar davridagi sobiq Samariya viloyatida topilgan bitta qabrda 20 ga yaqin oramiycha papirus va yuzlab hujjat parchalari topilgan. Ular juda yomon ahvolda saqlangan. Papiruslarda 29 muhrning izi saqlangan va sinmagan. Papiruslardagi matnlar xususiy huquqiy va ma’muriy xarakterga ega (nikoh shartnomalari, qullarning huquqiy-ijtimoiy holati, mulklarning oldi-sotdisi va b.) bo‘lib, mil.av. 375-335-yillarni o‘z ichiga oladi Misrda ahmoniylar davriga oid 200 oramiy papirusi topilgan, aksariyati yaxshi saqlangan. Ba’zi papiruslar XIX asrda ma’lum bo‘lgan. Birinchi oramiy papirusi Yevropaga 1824-yilda keltirilgan. Ularni 1903-yildan nashr qilish boshlangan. 1907-1908-yillarda Elefantinda nemis arxeologlari 100 ga yaqin papiruslarni topishgan, bular yahudiy harbiy koloniyasiga taalluqli. Ba’zi hujjatlarda butun bullalar (loy muhr) topilgan. Ularning aksariyati, nikoh shartnomalari, oldi-sotdi hujjatlari, shu bilan birga ahmoniy podsholarining farmonlari va boshqa rasmiy hujjatlardir. Ushbu arxivda bulardan tashqari Qadimgi Eron podsholarining diplomatik maktublari hamda Falastindagi harbiy istehkomlar bilan yahudiy jamoalari o‘rtasidagi munosabatlarga taalluqli yozishmalar ham bor. Ba’zi hujjatlar V asrning ikkinchi yarmi bilan sanalangan. Ularning orasida Bexistun yozuvlarining oramiy tilli tarjimalari ham bo‘lgan. Bular Doro I devonidan Misrga jo‘natilgan, kechroq ko‘chirilgan
Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish