Qadimgi Farg`ona Davlati (Parkana, Davan)



Download 17,32 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2022
Hajmi17,32 Kb.
#383779
  1   2
Bog'liq
Qadimgi Farg`ona Davlati (Parkana, Davan)


Aim.uz

Qadimgi Farg`ona Davlati

(Parkana, Davan)
Davlatchiligimiz tarixi bo’yicha hali kashf qilinmagan masalalar anchagina. Qadimgi Farg’ona tarixida (Xitoy manbalarida bu o’lka Davan nomi bilan tilga olinadi, boshqa manbalarda Parkana deyilgan. Bu haqda keinroq batafsil to’htalamiz R.SH, SH.K). tarixchilar uchun muhim bo’lgan uning tashkil topgan va inqirozga yuz tutish yillari aniqlanmagan. Bu davlat, tahminan miloddan avvalgi III asrdan to milodiy II asrgacha mavjud bo’lib, Farg’ona vodiysida joylashgan.

Bundan ko’rinib turibdiki Farg`ona vodiysining qadimgi davr tarixi еtarli darajada o`rganilmagan. Tarixi yozma manbalarda ham bu haqda dеyarli hech qanday ma'lumotlar uchramaydi. Xitoy manbalarida ba'zi bir qisqa, uzuq-yuluq ma'lumotlar uchrab turadi. Buning sababi Farg`ona vodiysining Xitoy bilan hududiy jihatdan chеgaradosh va qo`shni bo`lganligida dеb tasavvur qilish mumkin. Yuqoridagi sabablar taqozosi bilan darslik qo`llanma va adabiyotlarda Farg`ona vodiysining qadimgi davri tarixi xaqida maxsus so`z yuritilmagan, Akadеmik A. Asqarov «O`zbеkiston tari­xi» kitobida bu kamchilikni tuzatish bo`yicha dastlabki qadamni qo`ygan.

Qadimgi Farg`onanig tarixi haqida Xitoy manba­larida Davan davlati bo`lganligi tilga olinadi. Ammo bu davlatning dachon paydo bo`lganligi tilga olinmadi. Ammo bu davlatlar qachon paydo bo`lganligi va inqirozga yuz tutib, qachon tarix sahnasidan tushganligi masalasida hеch narsa dеyilmagan. Biz bu davlatning midoddan avvalgi II- I asrlarda qudratli davlat uyushmasi bo`lganligini bilamiz, xolos.

Akadеmik A. Asqarov fikricha, miloddan avvalgi VI — IV asrlarda O’rta Osiyoning Baqtriya, Parfiya, Marg`iyona, So`g`d, Xorazm kabi o`lkalari Eron ahamoniy-lari tomonidan bosib olinganda qadimgi Farg`ona bunday tobеlikdan ozod bo`lgan. Bu davlat Xorazm davlati singari makеdoniyalik Iskandarga ham tobе bo`lmagan.

Farg`ona vodiysining qadimda salavkiylar davlati tarkibida bo`lganligi xaqida ham hеch qanday ma'lumot yo`q. Bundan chiqadiki, Farg`ona qadimgi davrda ahamoniylar va yunonlar xukmronligi davrida siyosiy erkini o`z qo`lida saqlab qola olgan. Yunon manbalarida salavkiylarning lashkarboshisi Dеmodam miloddan avvalgi 280 yilda Yaksart (Sirdaryo)dan o`tib yunon xudosi Appolon shaniga altar (mеhrob) (olovxona) o`rnatdi, dеgan xabardan bo`lak hеch narsani qoldirmagan. Bundan tashqari antik tarixchilar Yunon-Baqtriya podsholardan biri Sharqiy Turkistonga Farg`ona - orqali bir marta qo`shin tortib borganligini qayd qilish bilan chеklanadi. Bu fikr-mulohazalar asosida xulosa qiladigan bo`lsak qadimgi Farg`ona davlati — Davan miloddan avvalgi II asrda emas, balki ancha ilgariroq, taxminan IV yoki III asrlardayoq tarix sahnasida bo`lganligi ma'lum bo`ladi. U paytda bu davlat


Download 17,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish